JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Mallayev Normamat Ramazonovich
Yuridik fanlari nomzodi, dotsent
Tashtemirov Rahmonqul Xursan o‘g‘li
Termiz Davlat Universiteti magistranti
MEHNATGA OID NIZOLARNI HAL ETISHDA ADVOKAT ISHTIROKI
Аннотация:
В статье анализируется значение и роль участия адвоката в разрешении
трудовых споров. Трудовые споры, возникающие между работодателем и работниками,
могут быть исковыми и бесспорными. Исковые споры должны разрешаться в судебном
порядке, тогда как бесспорные споры могут решаться с помощью медиаторов.Адвокаты
играют важную роль в разрешении трудовых споров, так как они оказывают правовую
помощь, готовят документы и представляют интересы в суде. Их участие также
значительно способствует урегулированию конфликтов путем переговоров, что ускоряет
процесс и улучшает отношения между сторонами.Статья также рассматривает роль
адвокатов как медиаторов в процессе разрешения трудовых споров. Адвокаты помогают
сторонам защищать их интересы в ходе медиации и способствуют достижению
соглашения. Таким образом, участие адвоката в разрешении трудовых споров имеет не
только юридическое значение, но и способствует укреплению социальных отношений.
Ключевые слова
: трудовые споры, адвокат, работодатель, работник, медиация, судебный
процесс, документы.
Annotation:
The article analyzes the significance and role of lawyers in resolving labor disputes.
Labor disputes, which arise as conflicts between employers and employees, can be either
contentious or non-contentious. While contentious disputes must be resolved through the courts,
non-contentious disputes can be settled with the help of mediators. Lawyers play a crucial role in
resolving labor disputes by providing legal assistance, preparing documents, and representing
interests in court. Their involvement is also essential in resolving conflicts through mutual
negotiations, which accelerates the process and improves relations between the parties. The
article also highlights the role of lawyers as mediators in the dispute resolution process. Lawyers
help protect the interests of the parties during mediation and facilitate their reaching an
agreement. Thus, the participation of lawyers in resolving labor disputes is not only legally
significant but also contributes to strengthening social relations.
Keywords
: Labor disputes, lawyer, employer, employee, mediation, court proceedings,
documents.
Annotatsiya:
Maqolada mehnatga oid nizolarni hal etishda advokat ishtirokining ahamiyati va
roli tahlil qilinadi. Mehnat nizolari, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar
sifatida, da'voli va da'vosiz bo‘lishi mumkin. Da'voli nizolar sud orqali hal qilinishi kerak bo‘lsa,
da'vosiz nizolar mediatorlar yordamida hal etilishi mumkin.
Advokatlar mehnat nizolarini hal etishda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular huquqiy yordam
ko‘rsatish, hujjatlarni tayyorlash va sudda manfaatlarni himoya qilishda ishtirok etadilar.
Ularning ishtiroki, shuningdek, kelishmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar orqali hal qilishda ham
muhimdir, bu esa ish jarayonini tezlashtiradi va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilaydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Maqola, shuningdek, mehnat nizolarini hal etish jarayonida advokatlarning mediator sifatidagi
rolini ham ko‘rsatadi. Advokatlar mediatsiya jarayonida taraflarning manfaatlarini himoya qilish
va ularni kelishuvga erishtirishda yordam beradilar. Shunday qilib, mehnatga oid nizolarni hal
etishda advokat ishtiroki nafaqat huquqiy jihatdan muhim, balki ijtimoiy munosabatlarni
mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Mehnatga oid nizoar, advokat, ish beruvchi, xodim, mediatsiya, sud jarayoni,
hujjatlar.
Kirish
Iqtisodiy jixatdan yuqori o‘sishlarni ko‘rsatayotga yangi O‘zbekistonda mehnat sharoitlarini va
mehnat munosabatlarini yaxshilash davlat siyosati darjasiga ko‘tarilib bormoqda. Buning yaqqol
misoli yangi tahrirlangan Konstitutsiyamizning 42-moddasida (har kim mehnat qilish, kasb va
faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat
sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz hamda mehnatga haq
to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda, adolatli haq olish,
shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega) keltirilga
huquqlardir.[1] Mehat munosabatlari jarayonida ish beruvchi va xodim o‘rtasida turli nizolar
yuzaga kelishi mumkin. Bunday nizolarni adolatli va qonuniy hal etishda advokatlarning roli
muhim ahamiyatga ega. Ular nafaqat sud jarayonlarida, balki nizolarni muqobil usullar bilan hal
etishda ham faol ishtirok etadilar.
Mehnat nizolarining turlari
Mehnat nizolari ikki asosiy turga bo‘linadi:
1. Yakka tartibdagi mehnat nizolari: Bu nizolar ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat
to‘g‘risidagi qonunlar, boshqa normative hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilangan
mehnat shartlarini qo‘llash yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklardir.[3] Yakka
tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlardan biri bu, mehnat nizolari komissiyasidir.
Mehnat nizolari komissiyasi tashkilotda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi
kelishuvga asosan tuziladi va komissiyaga kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchining
vakillari kiritiladi. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etishning yanabir usuli to‘g ‘ridan
to‘g‘ri sudlarga ariza berish hisoblanadi. Bazi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudlarda
ko‘rib chiqiladi. Bular, agarda ish joyida mehnat nizolari komissiyasi bo ‘lmasa, nizo ishga
tiklash, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslarini o‘zgartirish to‘g‘risida bo‘lsa,
majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa,
hodim tomonidan ish beruvchiga yoki ish beruvchi tomonidan hodimga etkazilgan zararni
to‘lash haqida bo‘lsa, ishga qabul qilishni g‘ayri qonuniy rad etishga doir bo‘lsa, nizo kasba
uyushmasi va ish beruvchi tomonidan kelishib hal etilgan masala yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa
xodim bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.[2]
2. Jamoaviy mehnat nizolari: Bu ish beruvchi (yoki ish beruvchilar birlasmasi) va xodimlar
jamosi (yoki ularning vakillik organlari) o‘rtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklardir.[4]
Ushbu nizolar quyidagi masalalar bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin. Bular, yangi mehnat
shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o‘zgartirish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini
tuzish, o‘zgartirish va bajarish, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa hujjatlarni qo‘llash bilan
bog‘liq nizolardir.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Jamoaviy mehnatnizolarini hal etish uchun yarashtiruv-vositachilik tartib tamoillari qo‘llaniladi.
Ushbu jarayon ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.
1. Yarashtirush komissiyyasi: ish beruvchi va xodimlar (yoki ularning vakillari) o‘rtasidagi
kelishuv asosida tuziladigan va ushbu organ nizoni yarashtiruv yo‘li bilan hal etishga harakat
qiladi.
2. Mehnat arbitraji: agar yarashtirush komissiyasida kelishuvga erishilmasa, nizo mehnat
arbitrajiga olib chiqiladi. Mehnat arbitraji doimiy asosda faoliyat ko ‘rsatuvchi organ bo‘lib, u
jamoaviy mehnat nizolarini hal etish bilan shug‘ullanadi.
Advokatning mehnat nizolarini hal etishdagi roli
Advokatlar mehnat nizolarini hal etishda quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadilar:
1. Huquqiy maslahat berish: Xodimlar va ish beruvchilarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha
maslahat berish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish. Bu nizolarni oldini olishga
yordam beradi.
2. Hujjatlarni tayyorlash: Advokatlar mehnat shartnomalari, jamoa shartnomalari va boshqa
huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etib, kelgusidagi nizolarning oldini olishga hissa qo
‘shadilar.[7]
3. Sud jarayonlarida ishtirok etish: Mehnat nizolari bo‘yicha sudlarda mijozlarini himoya
qilishadi. Ular huquqiy hujjatlarni tayyorlaydi, dalillarni taqdim etadi va mijozlarining
manfaatlarini himoya qiladi va zarur hollarda kompensatsiya talab qilishadi.[2]
4. Mediatsiya jarayonida ishtirok etish: Advokatlar mediator sifatida ish beruvchi va xodim
o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal etishda vositachilik qilishi mumkin.
Mediatsiya va advokatning roli
Mediatsiya – bu nizolarni sudgacha hal etishning muqobil usuli bo‘lib, unda advokatlar mediator
sifatida ishtirok etishlari mumkin va unda mediator taraflarga kelishishga yordam beradi.[5]
Mediator dalillarni tekshirmaydi, balki taraflar o‘rtasidagi muammoni hal etishga ko‘maklashadi.
Bu jarayon quyidagi afzalliklarga ega:
Tezkorlik: Nizolarni qisqa muddatda hal etish imkoniyati.
Harajatlarni kamaytirish: Sud jarayonlariga nisbatan kamroq xarajat talab etadi.
Konfidensiallik: Jarayon yopiq tarzda o‘tkaziladi va tomonlarning obro‘siga ta'sir qilmaydi.
Advokat-mediatorlar mediatsiya jarayonida tomonlarga o‘zaro manfaatli yechim topishda
yordam beradilar va kelishuvga erishishlariga ko‘maklashadilar.[8]
Xulosa
Mehnat nizolarini hal etish muhim huquqiy jarayon bo‘lib, u ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi
kelishmovchiliklarni qonuniy asosda hal qilishga qaratilgan. Bu nizolar yuqorida keltirilgani kabi
individual va jamoaviy shaklda bo‘lishi mumkin. Ularni hal etish usullari ichida mehnat
nizolarini muhokama qilish komissiyalari sud organlari, murosaga kelish jarayonlari va arbitraj
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
mehanizmlari muhim rol tutadi. Huquqiy tizimda mehnat nizolarini hal qilishda xoddimlarning
mehnat huqularini himoyalanishi, adolatli va samarali ish yuritish ta’minlanishi kerak. Ayniqsa,
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bu
jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnat nizolarini hal etishda advokatlarning ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Ular nafaqat sud
jarayonlarida, balki mediatsiya kabi muqobil usullar orqali ham nizolarni samarali hal etishga
ko‘maklashadilar. Bu esa mehnat munosabatlarining barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
3. Mehnat huquqi: amaliyotga kirish / Elizabet Eylott-T.:TDYU nashiriyoti,2023.
4. Mualliflar jamoasi: 000 Mehnat huquqi. Darslik. -T.: TDYU nashriyoti, 2020. - 282 bet
5. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyulidagi 482-son “Mediatsiya to‘g‘risida”gi
qonuni.
6.
7.
Advice.uz https://advise.uz/oz/document/3031
8.
https://uzmarkaz.uz
