JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Guliston Davlat Pedagogika Instituti
“Pedagogika” kafedrasi,PhD
Samatova Dilrabo Yusufovna taqrizi
ostida
Yusupova Ziyoda Ikrom qizi
Guliston Davlat Pedagogika Instituti
Pedagogika yo‘nalishi magistranti
Email:yusupovaziyoda2001@gmail.com
ORCID ID- 0009-0000-5074-1091
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Mazkur tadqiqotda boshlang‘ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishning muhimligi va buni amalga oshirish usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda ijodiy
faoliyatning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta'siri, o‘qituvchilarning roli, innovatsion
metodlar va erkin ifodaning ahamiyati o‘rganilgan. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish orqali ularning fikrlash doirasini kengaytirish, muammolarni hal qilish qobiliyatini
oshirish va ijodiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish mumkin. Tadqiqotda ilgari surilgan
metodlar va tavsiyalar boshlang‘ich ta'limda ijodiy qobiliyatlarni samarali rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar:
Boshlang‘ich sinf, ijodiy qobiliyatlar, ta’lim metodlari, innovatsion pedagogik
usullar, fikr va ijodiy fikrlash, ta’lim jarayoni, o‘qituvchining roli, kreativ faoliyat, o‘quvchilarni
motivatsiya qilish, ta’limda interfaol metodlar.
Abstract:
This study analyzes the importance of developing the creative abilities of primary
school students and the ways of doing it. The research examines the influence of creative
activities on the learning process of students, the role of teachers, innovative methods and the
importance of free expression. By developing students' creative abilities, it is possible to expand
their thinking, increase their ability to solve problems, and raise their creative potential to a
higher level. The methods and recommendations put forward in the research serve to effectively
develop creative abilities in primary education.
Key words:
Primary class, creative abilities, educational methods, innovative pedagogical
methods, thought and creative thinking, educational process, teacher's role, creative activity,
student motivation, interactive methods in education
Аннотация:
В данном исследовании анализируется важность развития творческих
способностей учащихся начальных классов и способы этого. В исследовании
рассматривается влияние творческой деятельности на процесс обучения учащихся, роль
преподавателей, инновационные методы, а также важность свободы самовыражения.
Развивая творческие способности учащихся, можно расширить их мышление, повысить
способность решать проблемы, поднять на более высокий уровень творческий потенциал.
Выдвинутые в исследовании методы и рекомендации служат эффективному развитию
творческих способностей в начальном образовании.
Ключевые слова:
Начальный класс, творческие способности, методы обучения,
инновационные педагогические методы, мышление и творческое мышление, учебный
процесс, роль учителя, творческая деятельность, мотивация учащихся, интерактивные
методы в образовании.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Kirish
Biz bilamizki,o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish zamonaviy maktabdan
boshlanadi. Shu boisdan 2019-yil 26-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining,
Zamonaviy maktab” larni tashkil etish chora tadbirlari togrisida“gi qaror qabul
qilindi.Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025- yilgacha 20 foizi
2030-yilga qadar esa 50 foizini, zamonaviy maktablarga aylantirishning asosiy parametrlari
belgilandi.[1]
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish — bu o‘quv
jarayonini faol va samarali tashkil etishning muhim jihatlaridan biridir. Ijodiy fikrlash va
qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangi g‘oyalarni
ishlab chiqish va o‘zini ifoda etish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Ijodiy qobiliyat — bu o‘quvchining yangi, original g‘oyalarni yaratish va ularga asoslanib
amaliy natijalar olish imkoniyatidir. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy fikrlash va qobiliyatlarining
rivojlanishi o‘quvchilarning intellektual va shaxsiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Ijodiy qobiliyatlar muammosi psixologiya fanida qiziqarli va ma’lum darajada tadqiq qilingan
muammolardan biridir. Bu muammo yuzasidan qadimdan to shu kunga qadar izlanishlar olib
borganlar. Insonning imkoniyatlarini o‘rganishga sharq mutafakkirlari (Farobiy, Beruniy, Abu
Ali ibn Sino),, Rossiya psixologlari (B.M.Teplov, B.G.Ananev, N.V.Kuzmina, S.L.Rubinshteyn,
A.G.Kovalev, V.N.Myasishev), G‘arb olimlari (A.Bine, T.Simon, F.Galton, V.Shtern, U.Ollport,
K.Rodjers) kabilar katta xissa qo‘shganlar. Ushbu muammo ustida Uzbekiston psixolog olimlari
(E.G‘oziey, R.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, B.R.Kodirov, V.A.Tokareva va boshqalar) ham
izlanish olib borganlar.
Farobiy “Fozil odamlar shahri ” asarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni juda muhim deb
hisoblaydi. Unga ko‘ra, haqiqiy bilimga erishish uchun odamlar mustaqil fikrlashlari, dalillarni
sinchiklab tekshirishlari va turli fikrlarni tahlil qilishlari kerak. [2]
J.Guilfordning fikriga ko'ra ijodiy fikrlashning xususiyatlari quydagilar: O‘ziga xoslik,
g‘ayrioddiy g‘oyalar; Semantik moslashuvchanlik-ob'ektni turli nuqtai nazardan ko‘rish
qobiliyati; Majoziy moslashuvchanlik-ob'ektning yashirin tomonlarini ko‘rish uchun idrokini
o‘zgartirish qobiliyati; Noma'lum vaziyatda turli g‘oyalarni ishlatish qobiliyati deb sanab o‘tgan.
[3]
O‘quvchilarga ko‘p tajriba, amaliy mashqlar va muammolar orqali ijodiy tafakkurlarini
rivojlantirishni o‘rgatish zarur. Bu nazariyada, o‘qituvchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
amaliy faoliyatlar va yaratish uchun imkoniyatlar berish orqali ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishi
mumkin[4]
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-
sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va
shu talablar asosida uning ustuvor qo‘nalishlarini izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar
yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida tashkil etilishi o‘quvchilar ijodiy
faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi.[5]
Tadqiqot metodologiyasi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyalarining asosiy turlari
1.
O‘yin texnologiyalari
:
O‘yinlar orqali o‘quvchilar nafaqat bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki ijodiy fikrlash va yechimlar
topish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.Masalan, «So‘zlar o‘yinlari», «Qiziqarli savollar»,
«Piktogrammalar» kabi o‘yinlar ijodiy fikrni rivojlantirishga yordam beradi.
2.
Loyiha faoliyati
:
O‘quvchilar muayyan loyiha ustida ishlash orqali yangi g‘oyalarni ishlab chiqadilar. Ular turli
manbalarni o‘rganib, yangi mahsulot yoki g‘oyalarni yaratadilar. Bu metod ijodiy va amaliy
fikrlashni rag‘batlantiradi.Misol: "Tabiatni asrash" mavzusida loyiha yaratish, bu o‘quvchilarni
ijodiy yondashuvga va jamoada ishlashga undaydi.
3.
Kreativ yozish va hikoya qilish
:
O‘quvchilarni hikoya qilishga undash, ularning tasavvurlarini rivojlantiradi va o‘z fikrlarini
yaratishga yordam beradi. Misol uchun, «Kechasi yulduzlar orqasida nima bo‘ldi?» kabi
mavzuda hikoya yozish.
4.
Konspektlar va kartalar
:
O‘quvchilarga o‘z bilimlarini ko‘rsatuvchi konspektlar, mavzu xaritalari va diagrammalarni
yaratishni o‘rgatish, ijodiy va mantiqiy tafakkurni rivojlantiradi.
5.
Interaktiv texnologiyalar
:
Multimedia vositalari, kompyuter dasturlari va taqdimotlar orqali o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlarini
taqdim etishlari mumkin. Bu texnologiyalar o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi.
6.
Kreativ matematika va mantiqiy o‘yinlar
:
Masalan, problemali vazifalar va mantiqiy o‘yinlar yordamida o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi
va analitik fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Bu o‘quvchilarga yangi va muammolarni yaratishda
ijodiy yondashuvni o‘rgatadi.
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda metodik yondashuvlar
1.
Faol ta’lim metodlari
:
O‘quvchilarning aktiv ishtirokini ta’minlash uchun interaktiv darslar, rolli o‘yinlar va guruhli
faoliyatlardan foydalanish. Bunda o‘quvchilar o‘z fikrlarini o‘rtoqlashadilar, yangi g‘oyalarni
ishlab chiqadilar.
2.
Ochiq va yopiq savollar metodikasi
:
O‘quvchilarga mavzular bo‘yicha ochiq savollar berish, bu orqali ular o‘z ijodiy fikrlarini
rivojlantiradilar. Misol uchun: «Agar siz o‘quv kitobining muallifi bo‘lsangiz, hikoyaning
davomida nima o‘zgartirardingiz?» kabi savollar.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3.
Tasavvurga asoslangan mashg‘ulotlar
:
O‘quvchilarga tasavvur qilishga asoslangan faoliyatlar taklif qilish, masalan, «Fazoga sayohat»
mavzusida tasavvur qilib, hikoya yaratish. Bu usul ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yordam
beradi.
Natijalar
Boshlang‘ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ta’lim jarayonining
interfaol va yaratishlarga yo‘naltirilgan uslublari samarali natijalar beradi.
O‘quvchilarga ijodiy faoliyatni tashkil qilish, ularni turli turdagi kreativ faoliyatlarga jalb etish,
masalan, hikoya yozish, rasm chizish, qo‘shiqlar yaratish yoki teatr ijrosida ishtirok etish,
o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantiradi.
O‘quvchilarga erkin ifoda qilish imkoniyatini berish, ularning o‘z fikrlarini va his-tuyg‘ularini
oshkor qilishiga yordam beradi.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishda o‘qituvchining roli
O‘qituvchi o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy yo‘naltiruvchi bo‘lib
xizmat qiladi. U o‘quvchilarga:
O‘ylash jarayonlarini boshqarish,
Fikr almashish va muhokama qilishni rag‘batlantirish,
Yangi g‘oyalar yaratishda yordam berish,
Amaliy faoliyatlarda ishtirok etishni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi darslarni qiziqarli va har tomonlama rivojlantiruvchi tashkil etishi lozim.
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar
O‘qituvchining metodik mahorati
: O‘qituvchining innovatsion metodlarni qo‘llash va
ijodiy yondashuvni ta’minlashdagi qobiliyati.
Sinfdagi muhit
: Sinfda o‘quvchilarga erkin fikr bildirish imkoniyati yaratilishi zarur.
O‘quv materiallari
: Ijodiy fikrni rivojlantirish uchun zamonaviy va qiziqarli o‘quv
materiallari tanlanishi kerak.
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli
texnologiyalar va metodlardan foydalanish zarur. O‘quvchilarni yangi g‘oyalar yaratishga,
mustaqil fikrlashga va turli vazifalarni ijodiy tarzda hal qilishga undash muhimdir. Bu jarayon
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali hamkorlikni talab qiladi.
O'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, nafaqat ularning bilim olish jarayonini
samarali qiladi, balki ularni yangi bilimlar izlashga undaydi va ularning dunyoqarashini
kengaytiradi. Yangi va interfaol metodlarni (guruh ishlari, kreativ darslar, tanqidiy fikrlash)
qo'llash, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi va ularning
o'zgaruvchan dunyoga moslashishini ta'minlaydi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-4537-son 26.11.2019-T.:2019
//https://lex.uz/docs/4613683
2. Abu Nasr Farobiy ―Fozil odamlar shaxri tarjimonlar Abdusodiq Irisov, Mahkam Mahmudov,
Urfon Otajon. Mas’ul muharrirlar M.Xayrullaev, M.Jakbarov. – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2016. – 320 b
3. J.Guilford. “The Nature of Human Intelligence”, McGraw-Hill Press.1967
4. “The Language and Thought of the Child”, Harcourt, Brace & World. 1923
5. Jumayeva H.G.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning
psixologik xususiyatlari//TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR xalqaro ilmiy-
metodik jurnal.-2023.-T. -N-1 236-bet
