JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Omonova Dildora Nekmurodovna
Xalqaro Osiyo universiteti,
Pedagogika va Psixologiya kafedrasi
dotsenti,(PhD)
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDAGI MASHQLARNING NAZARIY
TAHLILI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bevosita boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan
mashqlarning tasnifi hamda ularning turlari bevosita mashqlarning bajarish tartibi haqida ham
ma’lumot keltirilgan. Shuningdek ta’lim mazmuni va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida
ham fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
mashq, topshiriq, darslik,til va nutq, kommunikativ mashqlar, nokomunikativ
mashqlar, reproduktiv mashqlar;
КЛАССИФИКАЦИЯ УПРАЖНЕНИЙ В УЧЕБНИКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА ДЛЯ
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация:
В статье представлена информация о классификации упражнений,
представленных в учебниках родного языка для начальных классов, а также их видах и
порядке выполнения упражнений. Также они обсудили содержание образования и его
значение сегодня.
Ключевые слова:
упражнение, задание, учебник, язык и речь, коммуникативные
упражнения, некоммуникативные упражнения, репродуктивные упражнения;
Kirish:
Ta’limga tizimiga berilayotgan e’tibor, o‘quvchini erkin fikrlashga o‘rgatish doimo
dolzarb va bugungi kunda yanada dolzarb bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. O‘quvchning
mustaqil fikrash ko‘nikmasini rivojlantish uchun asosan ona tilini o‘qitish juda muhim va
dolzarb masalalardan biri hisoblangan. Ona tili darsliklarini bugungi kunda zamon talablariga
javob beradigan yangi avlodi, avvalo, unda bеrilgan o‘quv topshiriqlari o‘quvchini faol ishlashga,
shuningdеk, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o‘rgatadigan shaklda tuzilmog‘i zarur va shart
hisoblanadi. Shuningdek ushbu darsliklarda berilgan mashq va topshiriqlar bevosita o‘quvchini
mustaqil fikrlay olishini rivojlantirish uchun xizmat qilishi zarur hisoblanadi. Xo‘sh amaldagi
boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan mashqlar bugungi kundagi zamon talablariga
javob beradimi degan savolga javob izlash maqsadida biz ona tili mashqlarini tahlil qilishga
qaror qildik.
Asosiy qism. “
Pedagogik insklapediyasida” mashqqa berilgan ta’rifning ancha takomillashgani
va ta’lim sohasiga moslashtirilgan shaklini ko‘rish mumkin;
Mashq (arabcha-husnixat, rasm chizish uchun namunalar) biror faoliyatni puxta o‘zlashtirish
yoki sifatini yaxshilash maqsadida ko‘p marotaba takrorlashdir. Demak mashq so‘zining
lug‘aviy ma’nosidan anglashimiz mumkinki, mashq bevosata o‘quvchining bilim, ko‘nikma
hamda malakasini shakllantirish uchun xizmat qiladigan vosita hisoblanadi
1
.
E.I.Passov esa “Mashqlarni til va nutq mashqlariga bo‘lish til va nutqning bir butunligiga
nisbatan olganda notabiiydir” deb hisoblab, har qanday mashqlar bevosita kommunikativ,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
lingvistik va psixologik xususiyatlariga ega degan fikrni ilgari surgan edi. Uning fikricha, “har
qanday grammatik koʼnikmaga qaratilgan mashq ham nutqqa oid xususiyat – kommunikativlikka
ega boʼlishi shart, chunki oʼzaro fikr almashish nutqda oʼz-oʼzidan grammatik shakllarni
qoʼllashni taqozo etadi. Grammatik koʼnikmalarsiz oʼzga tilda fikr ifodalash mumkin emas, shu
bois “mashqlarni til va nutq mashqlariga ajratish grammatik koʼnikmalar hosil qilishda samarali
natija bermaydi”
2.
Bizga tarixan ma’lumki jahon ta’lim tizimida ikkinchi til taʼlimida kommunikativ va
nokommunikativ mashqlar turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. E.I.Passov
fikricha, kommunikativ mashqlar haqiqiy yoki shartli muloqot vaziyatini yuzaga keltirishni talab
etadi. Haqiqiy kommunikativ mashqlar bevosita muloqot paytida yuzaga keladi.
R.Tolipovaning fikricha, soʼz va iboralar yarim ijodiy (reproduktiv) mashqlar natijasida
oʼzlashtirib olingandan soʼng, bu soʼzlarni mavzu boʼyicha talab qilingan grammatik qurilmalar
tarkibida erkin qoʼllashga oʼrgatuvchi ijodiy (produktiv, mahsuldor) mashqlar beriladi. Shu
tarzda topshiriqlarda oʼzlashtirilgan soʼz va grammatik qurilmalarni muayyan vaziyatlarda
nutqda qoʼllashga oʼrgatiladi. Soʼnggi ijodiy tarzdagi vaziyatli topshiriqlar oʼquvchilarda har bir
mavzu boʼyicha oʼz fikrini mustaqil ogʼzaki va yozma ravishda ifoda etish boʼyicha ilk
koʼnikmalarni hosil qilish uchun shart-sharoit yaratadi
3
.
Professor G.A. Pristupa tomonidan taklif sifatida quyidagi mashqlar taqdim etilgan:
- tayyorlov mashqlar;
- tasviriy mashqlar;
- takrorlovchi
-umumlashtiruvchi mashqlar;
- ijodiy mashqlar.
O‘rganilgan tahlillarimiz natijasida, ona tili darsliklarida biz o‘quvchining nutqini
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarishga e’tibor qaratmaymiz. Lekin jahon ta’lim
tizimida berilgan mashq va topshiriqlar asosan o‘quvchining kreativ fikrlashiga va nutqini
rivojlantirishga qaratilgan. Ona tili darsliklarida berilgan mashqlar asosan bilim va ko‘nikmalarni
asosiy vositasi hisoblanadi. Shuni inobatga olib darsliklarda berilgan mashqlar tizimla va tartibli
bo‘lishi kerak.
1.Propaedevtik yoki tayyorgarlik mashqlari.
Bu mashqlarning maqsadi oʼquvchilarga
materialni birlamchi idrok etish, masalan, soʼzning semantik taʼrifini berish, uni lisoniy
boʼlmagan voqelik bilan bogʼlash; orfoepiya va imlo xususiyatlarini tushuntirish.
2. Tasviriy mashqlar.
Mashqlarning maqsadi oʼrganilayotgan hodisaning nutqda qanday
faoliyat koʼrsatishi va uni qanday aniqlash mumkinligini koʼrsatib berishdan iborat.
3. Asosiy mashqlar.
Bu mashqlar natijasida bolalar paradigmatik bogʼlanishlarni oʼzlashtiradilar:
oʼrgangan narsalarini amalda qoʼllay olish koʼnikmasini rivojlantiradilar.
4. Takrorlanuvchi va umumlashtiruvchi mashqlar.
Mashqlarning maqsadi materialning
boshqa material bilan munosabatlarida oʼzlashtirilishini taʼminlashdan iborat. Bu turdagi
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
mashqlar oʼz ichiga ogʼzaki va yozma shakllarni oladi, bir mavzu boʼyicha soʼzlarni tanlashga
qaratiladi.
5. Ijodiy mashqlar.
Ushbu mashqlarning maqsadi oʼrganilayotgan til materialini bogʼlanishli
nutqda qoʼllashni oʼrgatish, oʼquvchiga taklif etilgan mavzuda (ogʼzaki va yozma ravishda)
gapirish, oʼz nutqida tanish soʼz birikmalaridan foydalanish va uning leksik va grammatik
xususiyatlarini oʼrganishni namoyish etishdan iborat. Asosiy ijodiy faoliyat-taqdimot va insho.
Aqliy faoliyatning xususiyatiga qarab analitik, sintetik va analitik-sintetik mashqlar mavjud.
Mashqlar odatda ikki asosiy xususiyat-maqsad va unga erishish vositasi sifatida tavsiflanadi.
Bugungi kunda ona tili darsliklarida berilgan mashqlar til sathlarini o‘qitish nuqtayi nazardan
ham bir necha turlarga bo‘linadi:
1. Fonetik va grafik mashqlar.
Ushbu mashqlar asosan o‘quvchining tovush va harflarni ajratish, ularni yozuvda to‘g‘ri
ifodalash uchun qo‘llaniladi.
-so‘zlarni alifbo tartibda joylashtirish
-tanlangan so‘zlarning tovush qiymatini aniqlash
-tovush va harflarni farqini anglash;
-tovushlarga mos kelmaydigan harflarni aniqlash;
Bunday mashqlar asosan o‘quvchilarni so‘zlarni o‘zaro farqlash, so‘zlarni o‘zaro farqlash,
so‘zlarni umumlashtirish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili 2-sinf darsligining uchunchi qism 9-sahifasida bevosita o‘quvchining
fonetik va grafik ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ko‘rishimiz mumkin;
2-mashq
. Gaplarni ko‘chiring.Ikkita so‘z bir-biriga qo‘shilishidan paydo bo‘lgan yangi so‘zlarni
namunada ko‘rsatilgan kabi ajratib yozing.
1.Hamma bolalar muzqaymoqni yaxshi ko‘radi.
2.Tuyaqush-yer yuzidagi eng yirik qush.
3.Ta’til vaqtida tomorqada mehnat qildim.
Bevostida ushbu mashqni dastlab o‘qituvchi o‘quvchi ikki so‘zlar qo‘shiamsi qanday hosil
bo‘lishini tushuntiradi.So‘ngra ikki so‘zni qo‘shilmasidagi so‘zlarni ajratib olishlarini
o‘quvchiga topshiriq beradi, so‘ngra doskaga o‘quvchilar tomonidan gaplar yoziladi va ostiga
chiziladi.
2.Leksik va frazalogik mashqlar;
Ushbu mashqlar orqali asosan o‘quvchida so‘z boyligini oshirishga qaratilgan mashqlar
hisoblanadi. Ushbu mashqlarni bajarish jarayonida bevosita o‘quvchilarning frazelogiya va so‘z
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
o‘rtasidagi farqlarni tushunib boradi. Darslikda berilgan mashqlarni bevosita quydagi tahlillar
asosida ko‘rishimiz mumin;
4.
-frazalogik iboralarni aniqlovchi mashqlar;
-o‘quv izohli lug‘ati bian ishlash (kasb hunarga oid so‘zlar,atamalarni) aniqlash;
-sinonim antonimlarni aniqlash;
- o‘quvchi tanlagan so‘zlarini ma’nosini aniqlash uchun lug‘atdan foydalanish;
-mashqdagi so‘zlarning lug‘aviy va ko‘chma ma’nolarini aniqlash;
-gapdagi va so‘zdagi imloviy xatoliklarni toppish;
-matnda berilgan iboralarni so‘zga aylantirib tushuntirish;
3.Morfologik mashqlar.
Darslikda berilgan morfologik mashqlarni bajartirish orqali o‘quvchida bevosita tinish belgilarini
to‘g‘ri qo‘llay olish, shuningdek imlo qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qila olamiz. Buning
uchun darslikda quydagi mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
-berilgan so‘zlarni imlosi va talaffuzini izohlash;
-qo‘shib yoziladigan so‘zlarga e’tiborli bo‘lish;
-chiziqcha bilan so‘zlarni aniqlash va alohida yozish;
-berilgan matnda xató yozilgan, yozilishi va talaffuzi bir biridan farq qiladigan so‘zlarni yozish;
Ushbu qoidalarga amal qilish orqali biz o‘quvchida bevosita so‘zlarni to‘g‘ri yozish va
qoidalarga amal qilishini yanada soddaroq usulda yetkazib olishimiz mumkin.
4. Sintaktik mashqlar:
Sintaktik mashqlarni bajartirish orqali o‘quvchida bevosita gaplarning turlari, soda va qo‘shma
gaplar ularning ifodalanishi kabi tushnchalarni bilib oladilar.
-gaplarni so‘roq,buyruq, istak ohangida o‘qish va tallaffuziga e’tibor berish;
-sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring;
-nuqtalar o‘rniga kerakli tinish belgilarini qoying;
-matnda ishlatilgan tinish belgilarini izohlang;
-matndagi nuqtalar o‘rniga mos keadigan tinish belgilarini qoying;
Ushbu topshiriqlarni bajartish orqali bevosita biz o‘quvchida sintaktik tushunchalarni yanada
yaxshi tushunishlari uchun zamin hozirlaymiz.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
M.Usmonova tomonidan tuzilgan “Mashqlar toʼplami”da berilgan mashqlar asosan grammatik
malaka hosil qilishga qaratilgan bir tilli mashqlardan iborat boʼlsa-da, 12ta mashqdan iborat
variantlar majmuasining oxirgi mashqlariga bogʼlanishli matnlar va tarjima mashqlari kiritilgan
boʼlib, ular oʼquvchilarning soʼz boyligini, grammatik mavzularni qanchalik puxta
oʼzlashtirganliklarini aniqlash, egallangan bilim va koʼnikmalarni ogʼzaki va yozma nutqda
toʼgʼri qoʼllay olishlarini tekshirib koʼrishga qaratilgan topshiriqlar berilgan.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga mashqlarni bajartirish orqali bevosita ularnimng og‘zaki va yozma ko‘nikmasini
ham shakllantirish uchun xizmat qilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ruziyeva, M. Y. (2020). About color symbols in folklore. Journal of critical reviews. ISSN-
2394-5125 VOL, 7.
2. Ruziyeva, M. Y., & Aslonova, S. S. (2021). Theoretical and Practical Foundations of
Teaching Folklore In Primary School. Middle European Scientific Bulletin, 10.
3.
Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's literature
MY Ruziyeva, S Lobar
4. Yoqubovna, R. M. (2017). Expression of Attitude to Colors in Turkic National Ritual
Songs. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and
American Studies, 6(1), 54-68.
5. Yokubovna, R. M. (2020). About color symbols in folklore. JCR, 7(17), 461-466.
6. Ruziyeva, M. Y., & Lobar, S. (2023). Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's
literature.
7. Bahrievna, P. N., & Ro'ziyeva, M. Y. (2023). Reforms and Innovations in the Educational
System in Uzbekistan. American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157), 1(6), 47-51.
8. Ro'ziyeva, M. Y. (2020). COLOR SYMBOLISM IN UZBEK FOLKLORE. Theoretical &
Applied Science, (5), 277-284.
9. Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND COLOR. Ann. For.
Res, 65(1), 2719-2722.
10. Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in folklore. Язык и
культура (Новосибирск), (23), 127-130.
11. Xaqqulova,
D.
(2024).
ABDURAHMON
GO
‘ZAL–
YASSAVIYSHUNOS. PEDAGOG, 7(6), 8-15.
12. Xaqqulova, D. (2024). ADABIYOTSHUNOS OLIM ABDURAHMON GO
‘ZALNING TADQIQOTLARI XUSUSIDA. PEDAGOG, 7(5), 548-555.
13. XAQQULOVA, D. (2023). BADIIYLIK MASALALARI TADQIQIDA OLIM
MAHORATI. Наука и технология в современном мире, 2(5), 5-11.
14. Abduvasiyevna, X. D. (2024). SO ‘Z TUZILISHI VA SO ‘Z YASASH. The latest
pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 261-266.
15. Abduvasiyevna, X. D. (2024). NUTQ MADANIYATI VA OG ‘ZAKI
MULOQOT. The latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 255-
260.
16. Abduvasiyevna, X. D. (2024). MATN TAHLILI VA MAZMUNNI TUSHUNISH. The
latest pedagogical and psychological innovations in education, 1(2), 279-284.
