JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Omonova Dildora Nekmurodovna
Xalqaro Osiyo universiteti,
Pedagogika va Psixologiya kafedrasi dotsenti,(PhD)
ONA TILI DARSLARIDA MASHQLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bevosita boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari va vositalari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek
maqolada o‘quvchilarning mashqlarni bir necha turlari haqida ham fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
nutqiy kompetensiya
,
nutq malakasi, mashq, topshiriq, grammatik mashqlar,
sintaktik mashqlar;
Аннотация:
В статье рассматриваются пути и средства развития речевых компетенций
учащихся начальной школы. В статье также рассматриваются несколько видов
упражнений для студентов.
Ключевые слова:
речевая компетенция, речевые навыки, упражнение, задание,
грамматические упражнения, синтаксические упражнения;
Bugungi kunda ona tili darslarida nutqiy kompetentsiyani rivojlantiruvchi ta’lim vazifalarini
yaratishda integratsiya masalasi til ta’limida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu hisoblanadi.
Nutq malakasi samarali muloqotda hal qiluvchi rol o‘ynaydi va u o‘quv rejasini tuzishda va
o‘qitish amaliyotida ehtiyotkorlik bilan e'tiborni talab qiladi.
Xususan, professor O‘.Q.Tolipovning “Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy
ko ‘nikma va malakalarini rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi doktorlik
dissertatsiyasida “Mashqlar -mehnat ko‘nikmalari va mahoratiga erishishning zaruriy sharti
hisoblanib, faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda bilim va
malakalarning takomillashib borishi bilan birgalikda sharoitning sifat va tezlikka bo ‘lgan
talabining ortib borishiga mos ravishda ulardan foydalanish darajasi ortib boradi”
1
D. Bogoyanskiyning ta’kidlashicha, “Mashqlar -qoidalarni qo‘llash orqali to‘g‘ri yozish
namunasini faqat mustahkamlabgina qolmasdan, balki morfologik orfografiya uchun alohida
ahamiyatga egadir. So‘zlarni yozuvda ifodalashda mos qoidani tanlash va orfografiyaning
grammatik tabiatini farqlash uchun zarur bo'lgan fikrlash operatsiyalari ham ongli qabul qilish
ham mashqlarda o‘rganiladi”
2
Metodist olimalar U.Fayziyeva, G.Ziyodullayeva tomonidan tuzilgan “Ona tili” deb nomlangan
o'qituvchilar uchun metodik qo'llanmada mashqlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
1.Mashqlar qat‘iy bir tizimga xos qoidalar asosida o'tkazilishi kerak
2.O‘quvchilarning yozma va og‘zaki fikrlarini to‘g‘ri ifodalash malakasini hosil qilishi lozim.
3.Grammatik mashqlar o'quvchilarning o‘z fikrlarini qisqa, ixcham ifodalashga o‘rgatishi kerak.
4.Mashqlar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini o‘stirishga yordam berishi kerak.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
5.Mashqlar orqali ifodali o‘qish, chiroyli yozish malakalarining takomillashtirilishiga erishish
lozim.
6.Mashqlar o'zlashtirilgan grammatik bilimlarni o'z nutqida mustaqil ravishda va ijodiy qo'llash
malakasini hosil qilishga xizmat qilishi kerak.
7.O‘quvchilarda topqirlik, hozirjavoblik, zukkolik, notiqlik fazilatlarini tarbiyalashda mashqlar
tayanch omil bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi talablar bilan tashkil qilingan mashqlar izlanuvchanlikka, tirishqoqlikka
undaydi.O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan talab o‘quvchidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
hosil qilishi учун tayanch funksiyani bajaradi, ravon nutq vositasida muloqot qilishni o ‘rgatadi.
Ravon nutq– bu kishilarning muloqotini va o'zaro bir-birlarini tushunishlarini ta'minlovchi
mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq
bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza
qilish va ularni to'g'ri ifodalash qobiliyati aks etadi. To‘g‘ri mulohaza qilish, aniq, hayotiy,
mantiqqa asoslangan xulosa va yechimga kelish, subyektiv fikrlarini kommunikativ muhitda
ravon, izchillikda ifoda qilishni belgilaydi.
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan mashqlar bevosita o‘quvchining
to‘rt ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan.
1. tinglab tushunish (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi asosiy axborotni,
dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish);
2. gapirish (monologik, dialogik ogʻzaki nutq turlarida oʻz shaxsiy qarashlari va fikrlarini
bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish koʻnikmalarini rivojlantirish);
3. oʻqish: mavzuga oid materiallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop materiallarni (gazeta,
hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) oʻqish;
4. yozish (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish qogʻozlarini
yuritishni bilish) Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sintaktik mashqlarni bajartirish orqali
o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish dolzarb va muhim masala hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinku, bugungi kunda ona tili darsliklarida berilgan mashqlar
orqali o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish muhim va dolzarb bo‘lgan
masalalar hisoblanadi. Nutqiy kompetensiyani tashkil etuvchi tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish
tarkibiy elementlari o‘quvchilarda bir-birini taqoza etuvchi hamda to‘ldirib boruvchi, o‘zaro
chambarchas bog‘langan nutqiy jarayonlar bo‘lib, har biri nutqiy faoliyatning rivoji uchun
muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning nutqiy
kompetensiyalari tizimli va uzluksiz ravishda o‘qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab
rejaga muvofiq til sathlariga oid grammatik qoidalar va ularni mustahkamlashga doir mashq va
topshiriqlar asosida rivojlantirilib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Omonova, D. N. Q. (2021). The Linguistic competence in language teaching based on
Integrative Approach. In
World science: problems and innovations
(pp. 213-215).
2. Omonova Dildora, N. Q. (2022). Conceptual Bases of Linguistic Competences in Updating
the Content of Education.
International Journal of Trend in Scientific Research and
Development
,
6
(6), 1546-1550.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3. Omonova, D. (2022). Boshlаng‘ich sinf o‘quvchilаrining kompetentsiyasini shаkllаntirish
vа rivojlаntirish metodik muаmmo sifаtidа.
" педагогическая акмеология" международный
научно-методический журнал
,
2
(2).
4. Yoqubovna, R. M. (2017). Expression of Attitude to Colors in Turkic National Ritual
Songs.
ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American
Studies
,
6
(1), 54-68.
5. Yokubovna, R. M. (2020). About color symbols in folklore.
JCR
,
7
(17), 461-466.
6. Ruziyeva, M. Y., & Lobar, S. (2023). Lyro-epic literary fairy tales in uzbek children's
literature.
7. Bahrievna, P. N., & Ro'ziyeva, M. Y. (2023). Reforms and Innovations in the Educational
System in Uzbekistan.
American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-
2157)
,
1
(6), 47-51.
8. Ro'ziyeva, M. Y. (2020). COLOR SYMBOLISM IN UZBEK FOLKLORE.
Theoretical &
Applied Science
, (5), 277-284.
9. Ruzieva, M. Y. (2022). SYMBOLISM OF MYTH, SYMBOL AND COLOR.
Ann. For.
Res
,
65
(1), 2719-2722.
10. Ruzieva, M. (2016). Colour and its psychoanalytical interpretation in folklore.
Язык и
культура (Новосибирск)
, (23), 127-130.
11. Ro’ziyeva, M. Y. (2020). Color symbolism in Uzbek folklore. ISJ Theoretical & Applied
Science, 05 (85), 277-284.
12. Ro'ziyeva, M. Y. (2015). Some peculiarities of white colour in uzbek folklore. In
Applied and Fundamental Studies (pp. 277-285).
13. Ruziyeva, M. Y. (2020). About color symbols in folklore.
Journal of critical reviews.
ISSN-2394-5125 VOL
,
7
.
14. Ruziyeva, M. Y., & Aslonova, S. S. (2021). Theoretical and Practical Foundations of
Teaching Folklore In Primary School.
Middle European Scientific Bulletin
,
10
.
15. Ro‘ziyeva, M. Y. (2021). O’qish darslarida fasllar bilan bog’liq matnlar va ularning
ahamiyati: DOI: 10.53885/edinres. 2021.86. 66.011 Ro ‘ziyeva MY, Boshlang ‘ich ta’lim
nazariyasi kafedrasi mudiri, fffd (PhD) Madinabonu Xayrulloyeva, BuxDU, boshlang’ich ta’lim
yo’nalishi 4 kurs talabasi. In
Научно-практическая конференция
(pp. 23-24).
