Авторы

  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi
    Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Miliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83258

Ключевые слова:

Gender tengligi davlat siyosati falsafiy asoslar ijtimoiy adolat ayollar huquqlari oila jamiyat inson huquqlari demokratiya va tenglik.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada, avvalo, gender tenglik tushunchasining falsafiy mohiyati va uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga gender tenglikni ta’minlashda davlat siyosatining ro‘li va bu siyosatning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida gender tenglikka oid kiritilgan o‘zgarishlar va ularning jamiyatdagi ahamiyatiga to‘xtalinadi. Yangi O‘zbekistonda gender tenglikning ham xalqaro-huquqiy, ham konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari kafolatlangan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti

Miliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHDA DAVLAT

SIYOSATINING FALSAFIY ASOSLARI

Annotatsiya

: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta’minlash

borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada,

avvalo, gender tenglik tushunchasining falsafiy mohiyati va uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati

yoritiladi. Shu bilan birga gender tenglikni ta’minlashda davlat siyosatining ro‘li va bu

siyosatning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek,

O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasida gender tenglikka oid kiritilgan

o‘zgarishlar va ularning jamiyatdagi ahamiyatiga to‘xtalinadi. Yangi O‘zbekistonda gender

tenglikning ham xalqaro-huquqiy, ham konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari kafolatlangan.

Kalit so‘zlar:

Gender tengligi, davlat siyosati, falsafiy asoslar, ijtimoiy adolat, ayollar huquqlari,

oila, jamiyat, inson huquqlari, demokratiya va tenglik.

Abstract:

This article analyzes the philosophical foundations of the state policy implemented

in the Republic of Uzbekistan to ensure gender equality. The article, first of all, highlights the

philosophical essence of the concept of gender equality and its role and significance in society.

At the same time, it highlights the role of state policy in ensuring gender equality and the impact

of this policy on social, economic and political processes in society. It also discusses the changes

introduced in the new Constitution of the Republic of Uzbekistan regarding gender equality and

their significance in society. In the new Uzbekistan, both international legal and constitutional

legal foundations of gender equality are guaranteed.

Keywords:

Gender equality, public policy, philosophical foundations, social justice, women's

rights, family, society, human rights, democracy and equality.

Аннотация:

В статье анализируются философские основы государственной политики,

реализуемой в Республике Узбекистан по обеспечению гендерного равенства. В статье в

первую очередь рассматривается философская сущность концепции гендерного равенства,

ее роль и значение в обществе. При этом подчеркивается роль государственной политики

в обеспечении гендерного равенства и влияние этой политики на социальные,

экономические и политические процессы в обществе. В статье также рассматриваются

изменения, внесенные в новую Конституцию Республики Узбекистан, касающиеся

гендерного равенства и их значения в обществе. В новом Узбекистане гарантируются как

международно-правовые, так и конституционно-правовые основы гендерного равенства.

Ключевые слова:

Гендерное равенство, государственная политика, философские

основы, социальная справедливость, права женщин, семья, общество, права человека,

демократия и равенство.

Kirish:

Hozirgi kunda globallashuv sharoitida har bir davlatning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti

va barqaror rivojlanishida gender tengligini ta’minlash muhim omillardan biri sanaladi. Ayniqsa,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

inson huquqlarini e’zozlash, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish va har bir fuqaroning

teng imkoniyatlardan foydalanishini kafolatlash kabilar. Demokratik jamiyat qurish yo‘lida

muhim falsafiy va siyosiga masalaga aylanibulgurgan. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda,

gender tengligi masalasi huquqiy , falsafiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Vatanimiz

mustaqillikka erishganidan keyin, inson huquqlarini ta’minlash, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi

tenglikni qaror topishi borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. So‘nggi

yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari va milliy

strategiyalar gender tengligini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi. Shuningdek, ‘‘Ayollar

va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun va Gender

tenglikni ta’minlash strategiyasi kabi hujjatlar bu masalaga davlat siyosati darajasida

yondashilyotganligini ko‘rsatadi. Quvonarlisi shuki, davlat xizmatidagi rahbarlik lavozumlarini

egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi O‘zbekiston

qonunchiligi bilan kafolatlab qo‘yilganligidir. Bugungi kunda rivojlangan jamiyatning

talablaridan biri bu-erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishi hisoblanadi.

Gender tengligi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ijtimoiy adolat, inson

huquqlari, teng imkoniyatlar va demokratiya kabilarga tayangan holda shakllanib boradi. Bu kabi

tushunchalar falsafa fanining asosiy kategoriyalari-erkinlik, inson qadri, axloqiylik, ijtimoiy

tenglik asosida mavjud bo‘ladi.

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi:

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 58-moddasida ‘‘Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-

qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat

hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.’’ 2019-yilda ‘‘Gender

tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun gender tengligini davlat

siyosatining ajralmas qismi sifatida belgilaydi. Unga ko‘ra, ayol va erkaklar siyosiy, iqtisodiy,

ijtimoiy va madaniy hayotga teng huquqlarga ega bo‘lishi lozim. Qonunning falsafiy asosi-inson

qadri va tenglik prinsiplariga tayanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ‘‘Yangi O‘zbekiston-

taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘li’’ asarida gender tengligi keng yoritilgan. Unda ayollarning

ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi

sifatids ko‘rsatilgan. Bu asarda gender tengligi faqat huquqiy emas, balki ma’naviy va axloqiy

muammo sifatida ham qaraladi. X.T.Toshxo‘jayev o‘zining ‘‘O‘zbekistonning zamonaviy

ijtimoiy-falsafiy muammolari’’ asarida gender tengligi masalasi ijtimoiy adolat, erkinlik va inson

huquqlari nuqtai nazaridan tahlil qilgan. Muallifning fikricha, gender tengligi-bu ijtimoiy

taraqqiyotning indikatori. Z.R.Xodjievaning ‘‘Feministik falsafa va gender muammolari’’

asarida gender mouammolariga falsafiy yondashuni o‘z ichiga oladi. Ushbu asarda O‘zbekiston

jamiyatiga mos yondashuvlar taklif qilngan. ‘‘Yangi O‘zbekiston’’ gazetasi, ‘‘Xalq so‘zi’’ va

boshqa rasmiy nashrlarda gender tengligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar,

qonunchilkdagi o‘zgarishlar, ijtimoiy tashabbuslar haqida maqolalar chop etiladi. Ayniqsa,

ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangiliklari muntazam yoritiladi.

Tadqiqot metodologiyasi:

Gender tengligining falsafiy tahlili-gender tengligi masalasining

mavjudlik, qadriyatlar va bilish jihatlarini yoritadi. Gender siyosati bo‘yicha O‘zbekiston

tajribasi MDH davlatlari, Yevropa yoki Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslanadi. Gender

tengligiga falsafiy asoslar nuqtayi nazaridan yondashish orqali masalaga chuqurroq tushuncha

beriladi. Faqat huquqiy yoki siyosiy emas, balki jamiyat ongida stereotiplar, qadriyatlar tizimi va

axloqiy mezonlar nuqtai nazaridan baholash ilmiy yangilik kiritadi.

Tahlil va natijalar:

O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha mavjud holatning tahlili sifatida:

‘‘Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun (2019), Ayollar va erkaklar uchun teng huquq

va imkoniyatlar komissiyasining faoliyat; Mehnat, siyosiy ishtirok, ta’lim va sog‘liqni saqlash

sohalarida ayollar uchun alohida kafolatlar belgilangan. Falsafiy tahlil gender tengligini: inson


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

qadriyatlari, erkinlik va adolat tamoyillari; shaxs taraqqiyoti va jamiyatdagi ijtimoiy muvozanat

bilan bevosita bog‘laydi albatta. Bugungi kunda statistik ma’lumotlarga ko‘ra: Aypllarning oliy

ta’limga kirish darajasi oshgan; ayollar rahbarlik lavozimlariga tayinlash holatlari sezirarli

darajada oshgan. Biroq mehnat bozorida erkaklarga nisbatan kam maosh olishi va uy ishlarining,

asosan, ayollar zimmasida qolishi davom qilib kelmoqda.

Gender tengligining ijobiy natijalari va yutuqlari sirasiga:

-

O‘zbekistonda gender tengligini qonuniy dsarajada kafolatlovchi huquqiy baza yaratildi;

-

Ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy dasturlar yo‘lga qo‘yildi;

-

Ayollarning siyosiy sohadagi ishtirokida o‘sish bor-Oliy Majlis deputatlarining 30 foizidan

ortig‘ini ayollar tashkil qiladi;

-

Gender masalalari bo‘yicha alohida tashkilotlar kuchaytirildi. Bunga misol qilib, Gender

tenglik bo‘yicha komissiya va Xotin-qizlar qo‘mitasini ke;tirish mumkin.

Xulosa va tavsiyalar:

Mening fikrimcha, O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida

muhim huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy asoslar yaratilgan. Gender tengligi faqatgina huquqiy

masala bo‘lib qolmay, uning falsafiy asoslari- inson qadri, adolat, erkinlik va teng imkoniyatlar

tamoyillari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Mana shunday holatlarni inobatga olgan holda

quyidagi tavsiylarni ilgari surish mumkin:

1.

Gender madaniyatini shakllantirish maqsadida ta’lim tizimiga gender tengligi bo‘yicha

alohida darslik va dasturlar joriy qilinishi kerak;

2.

Qonunchilikdagi normalarni amaliyotga tatbiq qilish;

3.

Axborot vositalari, blogerlar vsa diniy-ma’rifiy tashkilotlar orqali gender tengligi

g‘oyalarini keng targ‘ib qilish lozim;

4.

Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik orqali gender tengligini ta’minlash bo‘yicha

innovatsion yondashuvlar yaratish muhim ahamiyatga ega;

5.

Qishloq joylarida ayollar uchun kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlikni rivojlantirish, huquqiy

jihatdan savodxonligini oshirish bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish orqaligina amalga

oshirish mumkin.

Mening bu maqoladan xulosam shuki, Gender tengligi-bu adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi

strategik maqsad bo‘lish bilan birga, u davlat siyosatining faqat huquqiy emas, balki chuqur

falsafiy mazmun kasb qiluvchi yo‘nalish hisoblayman, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi-Toshkeny:2023.

2.

https://www.mintrans.uz

;

3.

https://uzmarkaz.uz

;

4. ‘‘Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun.-Toshkent,2019.

5. Toshxo‘jayev

X.T.

O‘zbekistonning zamonaviy

ijtimoiy-falsafiy

muammolari-

Toshkent:Fan,2009.

Mirziyoyev.SH.M

Yangi

O‘zbekiston-taraqqiyot

va

bunyodkorlik

yo‘li.-Toshkent:

O‘zbekiston,2021.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi-Toshkeny:2023.

‘‘Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun.-Toshkent,2019.

Toshxo‘jayev X.T. O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-falsafiy muammolari-Toshkent:Fan,2009.

Mirziyoyev.SH.M Yangi O‘zbekiston-taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘li.-Toshkent: O‘zbekiston,2021.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)