Авторы

  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi
    Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.iqro.83259

Ключевые слова:

Zamonaviy O‘zbekiston Gender tenglik ijtimoiy ong falsafiy yondashuv ayollar huquqlari demokratik jamiyat gender siyosati huquqiy islohotlar ijtimoiy taraqqiyot gender tarbiya ayollarning faolligi inson huquqlari.

Аннотация

Ushbu maqolada Gender tengligi masalasiga zamonaviy O‘zbekiston sharoitida ijtimoiy-falsafiy yondashuv haqida so‘z boradi. Ma’lumki, Yangi O‘zbekiston tarqqqiyotining muhim bosqichida gender tengligini ta’minlash masalasi huquqiy va siyosiy, balki ijtimoiy va ma’naviy-madaniy muammo sifatida ham qaralmoqda. Mazkur maqolada, gender tengligi tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning demokratik jamiyat  qurilishidagi o‘rni va ahamiyati haqida yoritiladi. Shuningdek, maqolada gender tengligini ta’minlash yo‘lida uchrayotgan  turli xil to‘siqlar-an’anaviy qarashlar va jamiyatning ayrim qatlamlarida mavjud bo‘lgan gender tengligiga oid noto‘g‘ri tasavvurlar ham mavjud ekanligi tahlil qilinadi. Mening fikrimcha, gender tengligi faqat ayollar huquqlarini himoya qilish deb tushunishimiz noto‘g‘ri bo‘lib, balki butun jamiyatning sog‘lom rivojlanishini ta’milovchi omil deb hisoblayman. So‘nggi yillarda Gender tengligi to‘g‘risida qabul qilingan qonunlarning bugungi kundagi ahamiyati va ayollarimizni jamiyatning turli sohalarida faol ishtirokini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar,shuningdek, ijtimoiy ong va uning amaliy nuqtai nazardan tahlil qilib borilgan.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

GENDER TENGLIGI VA ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON: IJTIMOIY

TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Gender tengligi masalasiga zamonaviy O‘zbekiston sharoitida

ijtimoiy-falsafiy yondashuv haqida so‘z boradi. Ma’lumki, Yangi O‘zbekiston tarqqqiyotining

muhim bosqichida gender tengligini ta’minlash masalasi huquqiy va siyosiy, balki ijtimoiy va

ma’naviy-madaniy muammo sifatida ham qaralmoqda. Mazkur maqolada, gender tengligi

tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning demokratik jamiyat qurilishidagi o‘rni

va ahamiyati haqida yoritiladi. Shuningdek, maqolada gender tengligini ta’minlash yo‘lida

uchrayotgan turli xil to‘siqlar-an’anaviy qarashlar va jamiyatning ayrim qatlamlarida mavjud

bo‘lgan gender tengligiga oid noto‘g‘ri tasavvurlar ham mavjud ekanligi tahlil qilinadi. Mening

fikrimcha, gender tengligi faqat ayollar huquqlarini himoya qilish deb tushunishimiz noto‘g‘ri

bo‘lib, balki butun jamiyatning sog‘lom rivojlanishini ta’milovchi omil deb hisoblayman.

So‘nggi yillarda Gender tengligi to‘g‘risida qabul qilingan qonunlarning bugungi kundagi

ahamiyati va ayollarimizni jamiyatning turli sohalarida faol ishtirokini ta’minlash borasida olib

borilayotgan ishlar,shuningdek, ijtimoiy ong va uning amaliy nuqtai nazardan tahlil qilib

borilgan.

Kalit so‘zlar:

Zamonaviy O‘zbekiston, Gender tenglik, ijtimoiy ong, falsafiy yondashuv, ayollar

huquqlari, demokratik jamiyat, gender siyosati, huquqiy islohotlar, ijtimoiy taraqqiyot, gender

tarbiya, ayollarning faolligi, inson huquqlari.

Аннотация:

В этой статье эта статья посвящена социальному и философскому подходу к

вопросу гендерного равенства. Известно, что на важном этапе нового Узбекского

грядущего комиссара проблема гендерного равенства также рассматривается как

юридическая и политическая, значительная социальная и культурная проблема. В этой

статье смысл концепции гендерного равенства рассказывает о ее роли и важности в

построении демократического общества. В статье также представлены неправильные

представления, которые находятся на пути обеспечения гендерного равенства, а также

невидимых взглядов, которые содержат гендерное равенство в некоторых гендерных

равенстве в некоторых слоях общества. По моему мнению, гендерное равенство

неправильно понимать, что оно защищает права женщин, но я считаю это фактором

здорового развития всего общества. В последние годы работа, проделанная гендерным

равенством сегодня, анализируется важность наших женщин в различных областях, а

также общественного сознания и его практической точки зрения.

Ключевые слова:

современный Узбекистан, Гендерное равенство, социальное общество,

женщины, демократическое общество, гендерная политика, социальная реформа,

гендерное образование, гендерные права, права человека.

Annotation:

In this article, this article is about the social and philosophical approach to the issue

of gender equality. It is known that in an important stage of the new Uzbek Coming

Commissioner, the issue of gender equality is also considered as a legal and political,


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

notensential social and cultural problem. In this article, the meaning of the concept of gender

equality reveals about its role and importance in the construction of a democratic society. The

article also provides misconceptions, which are on the way to provide gender equality, and the

misidential views that contain gender equality in some of the gender equality in some strata of

society. In my opinion, gender equality is wrong to understand that it is to protect women's rights,

but I consider it a factor of healthy development of the whole society. In recent years, the work

done by gender equality today is analyzed the importance of our women in various fields, as well

as the social consciousness and its practical point of view.

Keywords:

modern Uzbekistan, Gender Equality, Social Society, Women, Democratic Society,

Gender Policy, Social Reform, Gender Education, Gender Rights, Human Rights.

Kirish:

Gender(inglizcha gender-urug‘)-inson jinsining ijtimoiy-madaniy va msa’naviy

jihatdan ifoda etuvchi tushuncha. Gender iborasi ijtimoiy fanlarda jins mavzusini o‘rganishda

yangicha yondashuv shakllangan paytda, ya’ni 1950-yillardan boshlab kirirtilgan. Bugungi

kunda globallashuv jarayonida jamiyatimizning barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlashda

inson omilining, shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida teng huquq va imkoniyatlar

yaratishning ahamiyati ortib borayapti. Gender tengligi masalasi faqat inson huquqlari, balki

ijtimoiy adolat, taraqqiyot va demokratik jamiyat qurilishi uchun zarur bo‘lgan omillardan biri.

Quvonarlisi shuki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilyotganli va buyangi

bosqichda inson qadri, huquq va erkinliklari, ijyimoiy adolat va tenglik singari qadriyatlar

jamiyatimiz taraqqiyotining bosh mezoniga aylanmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,

ayollar faolligining ortib borishi, ularning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi faol ishtirok

qilishi jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasida ham gender tengligi muhim ustuvorliklardan biri sifatida qaralmoqda.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda sezirarli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bular sirasiga: gender tengligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosati kuchaytirildi, huquq jihatdan

mustahkamlandi, ayollarni qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy institutlar faoliyati kengaytirilganini

ko‘rishimiz mumkin. Bu borada, 2019-yilda ‘‘Gender tengligi to‘g‘risida’’gi Qonunning qabul

qilinishi ham bu sohadagi tarixiy qadam bo‘lgani hech kimga sir emas. Gender tengligini

ta’minlash faqat qonuniy choralarni, balki jamiyat ongida chuqur ildiz otgan stereotip va

an’anaviy qarashlarni ham o‘zgartirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy-falsafiy jihatdan

qaralganda, gender tengligi faqat ayollar manfaatlarini himoya qilish emas, balki erkaklar va

ayollar o‘rtasida muvozanatli va adolatli munosabatlarni rivojlantirishdir.

Metodlar:

Mazkur maqolada gender tengligi masalasi zamonaviy O‘zbekiston sharoitida

ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilishga va uni yoritishda bir necha ilmiy tadqiqot metodlaridan

foydalanishimiz mumkin. Birinchidan, tizimli yondashuv asosida gender tengligi masalasi

jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, madaniy va iqtisodiy omillar bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Bular

orqali gender tengligi muammosi jamiyatning ichki tartibi, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy

institutlar faoliyati haqida tahlil qilinadi. Ikkinchidan, tarixiy-falsafiy metod orqali gender

tengligi tushunchasining kelib chiqishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari va O‘zbekiston jamiyatida

ushbu masalaga nisbatan shakllangan an’anaviy qarashlar o‘rganiladi. Uchinchidan, kontent-

analiz yondashuvi yordamida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan asosiy qonun hujjatlari

bunga misol bo‘ladi. Xususan, ‘‘Gender tengligi to‘g‘risida’’gi Qonun, Konstitutsiya, Prezident

farmonlari va milliy rivojlanish stratregiyalaridagi gender tengligi bilan bog‘liq bandlar tahlil

qilinadi. Ushbu yondashuv orqali davlat siyosatining mazmuni ochib beriladi, albatta.

Beshinchidan,qiyosiy ya’ni solishtirma metod yordamida O‘zbekiston tajribasi boshqa

davlatlarning gender siyosati bilan taqqoslanadi. Bu esa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlarning o‘ziga xostaraflarini, yutuqlarini va muammolarini aniq qilib ko‘rsatib berishga

xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Natijalar:

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘ggi yillarda ushu yo‘nalishda davlat tomonidan

ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Xotin-qizlarning huquqiy maqomini mustahkamlash,

ularning ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat bozori va siyosiy jarayonlardagi ishtirokini

kengaytirish borasidagi cgora-tadbirlar ijobiy samara bermoqda. Quyidagi natijalarga erishildi:

1. Huquqiy asoslar takomillashtirildi-gender tengligi borasida bir qator muhim qonunlar qabul

qilinib, ayollar va eraklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni kafolatlovchi huquqiy bazalar

yaratildi.

2. Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshdi- ayollar parlament, mahalliy kengashlar va

boshqa ijtimoiy institutlarda faol ishtirok qila boshladi, bu esa ularning jamiyat hayotidagi rolini

mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

3. Ta’lim va mehnat bozorida imkoniyatlar kengaydi-xotin-qizlar uchun zamonaviy kasb-

hunar o‘rganish, oliy ta’lim olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirildi.

4. Gender tengligiga to‘sqinlik qiluvchi stereotiplarga qarshi kurash kuchaydi-ommaviy

axborot vositalari, ta’lim tizimi va fuqarolik jamiyati institutlari orqali gender madaniyati targ‘ib

qilinib kelinmoqda,albatta.

Tahlil:

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, inson

huquqlarini ta’minlash, xususan, gender tenglini ta’minlash borasida muhim qadamlarni qo‘yadi.

Aynan ‘‘Yangi O‘zbekiston’’ konsepsiyasi doirasida yangi bosqichga ko‘tarilib, tizimli va izchil

islohotlar orqali jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi teng huquqlilik masalasi chuqur

o‘rganilib, yangicha yondashuvlar asosida amali chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Gender

tengligi zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ajralmas omillaridan biri sifatida O‘zbekistonda

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Ayniqsa, 2017-yildan boshlab,

mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar gender masalasiga yangicha bir yondashuvni

shakllantirdi. Davlat siyosatida, asosan, gender tenglini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va

manfaatlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha

ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib bormoqda. Eng avvalo, qonunchilik sohasidagi

o‘zgarishlar e’tiborga molik. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-

moddasida ‘‘Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga

jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining boshqa

sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.’’ Jumladan, 2019-yilda qabul qilingan

‘‘Ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘isida’’gi Qonun va

‘‘Xotin-qizlar tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun gender tengligini

ta’minlashda muhim huquqiy jihatdan ayollarning himoyasini kuchaytirdi va jamiyatda gender

masalalariga ongli munosabat shakllanishiga xizmat qilib kelmoqda. Siyosiy sohada ham ijobiy

o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyapti. Parlament va mahalliy kengashlar tarkibida xotin-qizlarning

ulushi sezirarli darajada oshmoqda. Bunga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining Qonunchilik palatasida ayollarning ulushi 2015-yilda 16 foizini tashkil qilgan bo‘lsa,

2020-yildagi saylovlardan so‘g bu ko‘rsatkich 32 foizga yetadi. Bular esa, ayollar siyosiy

qarorlar qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib kelayotganini ko‘rsatadi. Mening fikrimcha,

gender gtengligi borasidagi islohotlar faqat huquqiy emas, balki ma’naviy-madaniy, axborot va

tarbiyaviy yo‘nalishlarda ham keng olib borilishi kerak. Maktabgachsa ta’limdan boshlab, Oliy

ta’limgacha bo‘lgan tizimda gender tengligi tamoyillarini targ‘ib qilish va media orqali

ayollarning ijobiy obrazlarini ko‘rsatib berish, erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘zaro hurmat,

hamkorlik va ma’sulyat muhitini shakllantirish juda ham muhim. Shu bilan birga, fuqarolik

jamiyati institutlari- nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari gender

tengligi masalalarida jamiyat bilan davlat o‘rtasida ko‘prik vazifazini bajarmog‘i lozim bo‘ladi.

Ularning faol ishtiroki orqaligina, gender tenglini amaliyotga keng tatbiq etish samaradorligini

oshirishimiz mumkin, albatta.


background image

JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 15, issue 01, 2025

ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431

www.wordlyknowledge.uz

ILMIY METODIK JURNAL

Xulosa:

Mazkur maqolani o‘rganish jarayonida gender tengligi nafaqat ayollar huquqlarini

himoya qilish, balki jsamiyatning har tomonlama taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil

ekanligini tushunib oldim. O‘zbekiston gender tengligiga erishish borasida so‘nggi yillarda katta

yutuqlarga erishib kelgan bo‘lsa-da, bu yo‘lda hali qilinishi kerak bo‘lgan islohotlar anchagina

ekan. Mening fikrimcha, har bir fuqaro, ayniqsa, yosh avlodlar gender tengligi g‘oyalarini

qadrlab, uni amalda qo‘llab-quvvatlashi kerak deb hisoblayman, albsatta. Zero, tenglik bor joyda

har doim adolat, taraqqiyot va faravonlik hukm suraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent,2023

2.

https://uz.wikipedia.org

3.

https://www.mintrans.uz

4. ‘‘Gender tengligi va gender zo‘ravonligi savol va javoblarda.-Toshkent ,2024

5. ‘‘Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun.-Toshkent,2019.

6. Toshxo‘jayev

X.T.

O‘zbekistonning zamonaviy

ijtimoiy-falsafiy

muammolari-

Toshkent:Fan,2009.

7. Mirziyoyev.SH.M Yangi O‘zbekiston-taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘li.-Toshkent:

O‘zbekiston,2021.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent,2023

‘‘Gender tengligi va gender zo‘ravonligi savol va javoblarda.-Toshkent ,2024

‘‘Gender tengligi kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonun.-Toshkent,2019.

Toshxo‘jayev X.T. O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-falsafiy muammolari-Toshkent:Fan,2009.

Mirziyoyev.SH.M Yangi O‘zbekiston-taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘li.-Toshkent: O‘zbekiston,2021.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)