JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Islomova Odina Abduhomid qizi
SamDU Kattaqo’rgʻon filiali
2 bosqich talabasi
XALQ PEDAGOGIKASIDA MEHNAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI
ANOTATSIYA:
Ushbu maqolada xalq pedagogikasida tarbiyaviy jarayonlar ularni tashkil etish
shakillari ,ahamiyati tarbiyada mehnatning o’rni va vazifasi, hozirgi zamon yoshlariga tarbiya
berishda xalq pedagogikasi manbalarini oshirish borasida so’z boradi .
KALIT SO’ZLAR:
Tarbiya tarbiya usullari va xususiyatlari , xalq pedagogikasi, tarbiya
turlari , mehnat tarbiyasi, kasb -hunarga o’rgatish, xalq og’zaki ijodi, globallashuv.
Xalq pedagogikasi -millatning tabiyaviy tajribalari,qadriyatlari urf -o’datlari va an’analarining
jamlamasi bo’lib ,asrlar davomida shakllangan tarbiya usullarini
o’zida mujassam etadi . Mehnat tarbiyasi esa xalq pedagogikasining
eng muhim
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi, chunki u insonning hayotga moslashuvi , kasbiy ko’nikmalari
va shaxsiy ma’sulyatini shakllantirishda muhim o’rin tutadi . Bu ikki jumla xalq pedagogikasi
va mehnat tarbiyasi azal -azaldan insonlar ongi va hayotida muhim ahamiyat kasb etib
kelmoqda ,shuningdek yoshlar turmush tarzida
va davlatimiz islohatlarida
yaqqol
ko’rishimiz mumkin. Masalan qadimda
O’RTA OSIYODA keng tarqalgan Zardushtiylik
dinida ham mening e’tiborimni tortgan jumla barcha ezgu ishlar zamirida mehnat ko’zda
tutilishi qayd etiladi. Hozirgi kunda esa davlatimiz qator islohatlarni amalga oshirmoqda bu
islohatlarning eng katta qismi yoshlar bandligini taminlash, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil
etishga qaratilganligini ko’rishimiz mumkin .Prezidentimiz aytganlaridek dunyo miqyosida
raqobat yanada kuchayib boradigan o’ta murakkab bir davrda yashaydigan bolalarimizni
kelajakka tayyorlab , sog’lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish talim -tarbiya sohasi
o’qituvchi mehnatini tashkil etadi.Anashu o’tkir haqiqatni hisobga olib ,davlat siyosatining eng
muhim va ustuvor yo’nalishi borasida olib borgan islohotlarini qarab o’tishimiz mumkin
TARBIYA
maqsadga qartilgan uzluksiz jarayon sifatida , tor manoda va keng manoda
ishlatiladi ,u shaxsning manaviy axloqiy sifatlarini
shaklantirish, duyoqarashini va xulq -
atvorini tarkib topdirish jarayoni . Tarbiya eng qadimgi tushuncha bo’lib , insoniyat paydo
bo’lgandan boshlab paydo boladi CHunki tarbiya insonga insoniyligini ko’rsatuvchi muhim
omil hisoblanadi .
1 AXLOQIY TARBIYA
2. AQLIY TARBIYA
3 JISMONIY TARBIYASI
4 MEHNAT TARBIYSI
5 EKOLOGIK TARBIYA
6IQTISODIY TARBIYA
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
7 ESTETIK TARBIYA
Xalq pedagogikasida qo’llaniladigan usullari quyidagilardan iborat
1 AMALIY O’RGATISH ota-onalar bolalarini hayotiy ko’nikmalarga o’rgatish uchun ishni
amalda bajarishni ko’rsatishgan. Masalan , qizlarni tikuvchilik tayyorlashga o’gil bolalarni esa
dehqonchilik yoki hunarmandchilikka yonaltirishgan
2 O’RNAK
KORSATISH
Yoshi kattalar bolalarga o’z menhatsevarliklari orqali o’rnak
bo’lishgan . Bu orqali bolalar mehnatning qadri va natijasini tushunishni o’rganganlar
3 RAG’BATLANTIRISH
yaxshi bajarilgan ish uchun maqtov yoki kichik
sovg’alar berish orqali bolalarning mehnatga qiziqishini oshirish usulidan foydalanilgan.
4 XALQ OG’ZAKI IJODI maqol va matallar dostonlar orqali mehnatning
qadriyat ekanligi targ’ib qilingan . MASALAN mehnat unutmadi,mehnat odamni
kabi hikmatli so’zlar mehantning ahamiyatini aks ettiradi.XALQ OG’ZAKI IJODI
sifatida buyuk bobokolonimiz IBN SINO o’zining
TIB QONUNLARI asarida mehnatni
sog’lom hayotning muhim omillaridan biri deb bilgan .U jismoniy faollik organizmdagi tabiy
jarayonlarni faollashtiradi ,qon ayalnishini yaxshilaydi va kasalliklarning oldini oladi deb
hisoblagan .QUYIDA IBN SINONING asosiy fikrlari yoritiladi : .
1 MEHNAT VA SALOMATLIK
2 MEHNAT VA AXLOQIY BARKAMOLLIK
3 MEHNAT VA IJTIMOIY AHAMIYAT
4 MEHNATNI ME’YORDA BAJARISH kabi uning fikrlari bugungi kun Sharoitida ham
dolzarbligini yo’qotmagan , ayniqsa mehnat va dam olishning sog’lom nisbati haqidagi
qarashlari zamonaviy hayot tarziga mos keladi. SHuningdek yuqoridagi misollardan ko’rib
o’tishimiz mumkinki demak Qadimdan mehnat qurollaridan foydalanish bronza davridan asta
sekin tosh qurollardan voz kechilib ,mehnatni tog’ri tashkil etish takomillasha boshladi,
shundan so’ng qabila boshliqlari urug’chilik tizimida birlasha boshlashdi.
Xalq hoyotida globallashuv jarayoni vujudga keldi bu degani ishchi kuchi ya’ni mehnat boziri
va ish sharoitlari global miqyosda o’zgarishi va integratsiyasi
natijasida yuzaga keladi. Globallashuv mehnat tarbiyasida quyidagi asosiy o’zgarishlarni
keltirib chiqaradi.
1ISHCHI KUCHINING GLOBAL harakatchanligi rivojlangan davlatlar ishchi ishchi kuchi
yetishmivchiligini qoplash uchun rivojlanayotgan davlatlardan kadrlarni jalb qilmoqda .
2 MEHNAT BOZORINING RAQOBATLASHUVI NATIJASIDA xalqaro rivojlanayotgan
davlatlarda arzon kampaniyalar arzon ishchi kuchidan foydalanmoqda.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
3 TEXNOLOGIYALR TA’SIRI VA AVTOMATLASHTIRISH raqamli Texnologiyalar
rivojlanishi natijasida masofaviy ishlash va freelancing ommalashmoqda
4 YANGI IQTISODIY VA MADANIY ALOQALAR milliy chegaralar asosida kampaniyalar
va ishchilar o’rtasida aloqalar kengaymoqda .
Bu xalq pedagogikasi birgina bu sohalar bilan emas boshqa fanlar va davlat Siyosati bilan
integrasiyaga kira oladi demak bular ;
1Xalq og’zaki ijodi
2 Diniy ilmlar
3 Buyuk mutafakkirlar asarlari
4Xalq amaliy san’ati
5 Milliy qog’irchoqlar
6 Milliy o’yinlar
7 Milliy rassomchilik
8 Diniy ta’limot
9 Tarixiy me’moriy obidalar va boshqalar .
Xalq pedagogikasini o’rganish obyektlarida asosiy jihatlar tarbiya va uni tashkil etishdan iborat.
Har bir obyektlarda tarbiyani tashkil etishda mehnat omili kuchli ekanligi borasida so’z boradi.
Mehnat tarbiyasi -tarbiyaning muhim turi,shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri
bo’lgan pedagogik jarayon.Mehnat tarbiyasi hamma mehnat turlaridan oldin paydo bo’lgan
bo’lib u xalq amaliy san’atida muhim ahamiyat kasb etadi.Mehnat tarbiyasini tashkil qilishda
xalq amaliy san’atining ahamiyati ;
1.Xalq amaliy san’ati orqali bolalarda mehnat faoliyati, shu bilan birgalikda ijodiy faoliyatni
shakllantiradi
2.Xalq amaliy san’ati orqali bolalarda mehnat faoliyatini tashkil qilishda sabirlilik,sinchkovlik
kabi sifatlarni qaror toptirishga hizmat qiladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil qilishda sharq mutaffakirlari asarlarida mehnat tarbiyasining
ahamiyati.
Sharq tarbiyasida asosiy mehnat mehnat tarbiyasi bo’lganligi uchun Ibn Sino mehnat tarbiyasini
alohida tarbiya sifatida, Ahmad Al -Farg’oniy esa insonning kelajagini belgilovchi omil sifatida
baholaydi.
Mehnat tarbiyasida xalq o’yinlari bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga hissa qo’shish
bilan birga, ularga turli mehnat ko’nikmalarini o’rgatadi. Ushbu o’yinlar bolalarni kichik
yoshdan turli kasb-hunarlarga, jamoada ishlash mas’uliyatni his qilishga tayyorlaydi.Ular
quyidagilarga bo’linishi mumkin:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Mehnatsevarlikni rivojlantirish: o’yinlarda mehnatga oid elementlarning bo’lishi bolalarni
harakat qilishga , biron maqsadga intilishga undaydi.Masalan “Tuproq chopish”, “Paxta terish”
kabi o’yinlar bolalarni mehnatga tayyorlaydi.
Ko’nikmalarni shakllantirish:O’yin jarayonida bolalar aniq harakatlarni bajarish orqali kasbiy va
jismoniy ko’nikmalarni rivijlantiradi.Masalan “bo’g’irsoq pishirish” kabi o’yinlar orqali
oshpazlikka oid dastlabki qadamlar o’rgatiladi.
Jamoaviylik va hamkorlikni o’rgatish xalq o’yinlari:Ko’p xalq o’yinlari jamoaviy harakatlarni
talab qiladi,bu esa bolalarni birgalikda ishlashga, muloqat qilishga va o’zaro yordamga o’rgatadi
Tabiat va mehnatga mehir uyg’otish:O’yinlarda tabiat bilan bog’liq elementlar, masalan, yerga
g’amxorlik qilish, hosil yetishtirish mavzulari aks etgan bo’lsa, bu bolalarda tabiatga mehr-
muhabbat uyg’otadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki xalq pedagogikasida mehnat tarbiyasi shaxsning ma’naviy-
amaliy jihatdan kamol topishida muhim o’rin tutadi. Mehnat sevarlik, mas’uliyat, sabr-toqad va
o’z kuchiga ishonch kabi fazilatlarni shakillantirish orqali insonning hayotga tayyorlanishiga
hissa qo’shadi. Asrlar davomida xalq pedagogikasi amaliy o’rgatish, o’rnak ko’rsatish va og’zaki
ijodiy vositalar orqali mehnatning ahamiyatini targ’ib qilib kelgan. Bugungi kunda ham xalq
pedagogikasining bu boy tajribasidan foydalanish dolzarbligini yo’qotmagan. U yosh avlodni
sog’lom dunyo qarashga ijtinoiy mas’uliyatga va hayotiy ko’nikmalarga ega bo’lishga undaydi.
Shu sababli mehnat tarbiyasining qadriyatlarini zamonaviy ta’lim tizimiga tatbiq etish va uni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi
Mehnat tarbiyasini shaxsda qaror topdirish bilan faqatgina jismoniy emas, balki o’z o’rnida
axloqiy, insoniy sifatlarini qaror topdirish uchun asosiy vosita hisoblanadi.Oddiy jihat bo’lib
ko’rinayotgan mehnat tarbiyasi insonlarning ertangi kuni, kelajak istiqbolini jamiyatda tutgan
o’rnini turli yod fikrlardan uzoqlashishini u o’zini anglashi o’z-o’zini baholashi joiz bo’lsa o’z-
o’zini rivojlantiririshning bosh omili sifatida qarash mumkin.Shuning uchun bolani
tarbiyalashda unga kichik yoshidan milliy o’yinlar, milliy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-
odatlar qisqa qilib aytganda xalq pedagogikasida ham foydalanish samarali vosita bo’lib xizmat
qilish mumkin.
Mehnat tarbiyasi insonni yangi g’oyalar yaratishga va ijodkorlik ko’rsatishga undaydi.Amaliy
ishlar orqali odamda tafakkur va qobilyat rivojlanadi.Bu tarbiya insonni halollik adolat, qat’iyat
va fidoyilik kabi fazilatlarga o’rgatadi. Mehnat jarayonida inson mashaqqatlarni yengib , o’z
maqsaiga intilish orqali kuchli ma’naviy asosga ega bo’ladi . Jamoviy mehnat insonni boshqalar
bilan hamkorlik qilishga o’rgatadi .bu esa uning jamiyatda ijtimoiylashuvi va jamoa azosi
sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega .Qanchalik ko’p mehnat qilgan inson o’ z
ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan ko’nikma va bilimlarga ega qiladi .Mehnatsevar
odam mustaqil bo’ladi va o’z hayotini boshqalar hayotiga qaram bo’lmagan holda qura
oladi .Mehnat tarbiyasi inson hayotida nafaqat moddiy barqarorlikni ta’minlaydi’ balki uni
ma’naviy va ijtimoiy jihatdan rivojlantiradi.
Mehnatni qadrlash,unga hurmat bilan qarash va ma’sulyat bilan yondashish nafaqat insonning
shaxsiy muvaffaqiyatiga , balki jamiyat taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.Shu bois mehnat
tarbiyasini bolalikda boshlab shakllantirish va uni hayotning barcha bosqichlarida davom
ettirish zazrur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
1. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo'lidan og‘ishmaylik. — Т.:
« 0 ‘zbekiston». 1993
2. I.M.Mutalipova "Xalq pedagogikasi" o'quv qo'llanma. - T.:
"Fan va texnologiya" 2015
3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Т.:
« 0 ‘zbekiston», 2000.
4. Maqola: "Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti"
https://azkurs.org/ilk-etnopedagogik-fikrlar-va-xalq-pedagogik-tafakkuri-taraqqiy.html
5. Maqola: "Entopedagogikaning jamiyatdagi o'rni"
https://dragonlist.pl/esYzldEcvR/
6. ODINOY ZIYOVUDDIN QIZI Mamarasulova O’quvchilarga mehnat tarbiyasini singdirish
7. NAZAROV .S. Xalq pedagogikasi asoslari Samarqand ilm ziy nashriyoti 2017
