JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Musakulova Sitora Foziljonovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank - moliya akademiyasi magistratura talabasi
e-mail:musakulovasitora@gmail.com; Tel.:+998996781466
ORCID 0009-0003-6487-7418
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TA’LIM: INNOVATSION METODLARNI
QO‘LLASHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya
: Ushbu maqolada ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali
uning samaradorligini oshirish, hozirgi zamon talablariga mos zamonaviy fanlarni ta’limda
qo‘llash hamda ta’lim tizimida ilg‘or texnologiyalardan keng foydlanish xususan sun’iy
intelektdan oqilona foydalanish yo‘llari bayon qilingan.
Tayanch soʻzlar
: Raqamli texnologiyalar, sun’iy intelekt, ta’lim tizimi, o‘quv materiallari,
ta’lim.
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ОБРАЗОВАНИЕ: ПРЕИМУЩЕСТВА
ПРИМЕНЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ
Аннотация:
В данной статье рассматриваются пути повышения эффективности
образовательной системы через использование цифровых технологий, применение
современных наук, соответствующих требованиям времени, в образовательном процессе,
а также широкое использование передовых технологий, в частности, разумное
применение искусственного интеллекта в системе образования.
Ключевые слова:
Цифровые технологии, искусственный интеллект, образовательная
система, учебные материалы, образование.
DIGITAL TECHNOLOGIES AND EDUCATION: THE BENEFITS OF APPLYING
INNOVATIVE METHODS
Abstract:
This article discusses ways to enhance the effectiveness of the education system
through the use of digital technologies, the application of modern sciences that meet the demands
of the present time in education, and the widespread use of advanced technologies, particularly
the intelligent application of artificial intelligence in the education system.
Keywords:
Digital technologies, artificial intelligence, education system, educational materials,
education.
KIRISH
Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalariga, jumladan ta’lim tizimiga
ham chuqur kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim jarayonini
zamonaviylashtirish, balki talabalarning bilim olish jarayonini samarali va qiziqarli qilish
imkonini yaratadi. Ular o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini yanada rivojlantirib, interaktiv va
o‘zgaruvchan qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash,
talabalarning va ustozlarning faoliyatini yangi usullar bilan yaxshilashga xizmat qilmoqda. Shu
bilan birgalikda hozirgi raqamlashib borayotgan hayotimizda sun’iy intellektni ta’lim jarayonida
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
oqilona qo‘llash ustoz va talabalarning bilim salohiyatini oshirishga va vaqtni tejashga xizmat
qilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim tizimini
rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yoshlarning jahon standartlariga mos keladigan
zamonaviy bilimlarni egallab, har tomonlama yetuk inson bo‘lib rivojlanishini ta’minlash uchun
raqamli va innivatsion texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib
borilmoqda. Xususan 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan ta’lim to‘g‘risida
[1.1]gi qonunda ham
bu haqida ta’kidlab o‘tilgan va ushbu qonun ta’lim tizimi uchun asosiy vositalardan biri bo‘lib
xizmat qilmoqda.
Innovatsion rivojlanish davrida raqamli texnologiyalarni talimda qo‘llash butun dunyoda muhim
o‘rin tutmoqda. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ustozlar uchun qanday imkoniyatlar
yaratishi, ularning pedagogik faoliyatini qanday yengillashtirishi va samaradorligini oshirishi
haqida ham so‘z yuritiladi. Raqamli texnologiyalar talabalarga darslarni rejalashtirish,
talabalarning bilimini baholash, o‘quv materiallarini tayyorlash va talabalarning
muvaffaqiyatlarini kuzatishda yordam beradi. Shuningdek, ustozlarning o‘zaro tajriba almashishi
va professionallik darajasini oshirishga xizmat qiladigan platformalar haqida ma’lumotlar
beriladi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlib olib
borilgan bo‘lib, ushbu ishlarda raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, uning samaradorligi va
afzalliklari xozirgi kunda ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning muhimligi haqida
to‘xtalib o‘tilgan.
Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim berilsa ta’lim oluvchilarga ta’lim olish usullari
osonlashmoqda. Bunda esa ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter,
noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib
beradi. Ta’lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg‘ulotlar o‘tkazish ta’lim sifatini
oshirishni ta’minlaydi (N.D. Mirzahmedova 2022) [2.1].
Raqamli ta’lim tizimini yuksalishiga Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi katta xizmat qiladi.
Ta’lim beruvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini o‘tirish va internet orqali
turli ochiq kurslar tashkil etish imkoniyati tug‘iladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim beruvchilarni
o‘z ustida ko‘proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi
(I.A.Uralova 2023) [3.1].
Viktorinalar ta’lim texnologiyasi yordam berishi mumkin bo‘lgan yana bir faol o‘rganish
strategiyasidir. O‘quvchilar sinfda birgalikda loyiha ustida ishlashni boshlashlari va ijtimoiy
media, interfaol doskalar va boshqa texnologiyalardan foydalangan holda ravon hamkorlik
qilishlari, muloqot qilishlari va bir-biridan g‘oyalarni o‘zaro bog‘lashlari mumkin. Jismoniy,
ijtimoiy cheklovlar o‘quvchilarga istalgan joydan va istalgan vaqtda hamkorlik qilish imkonini
beradi (F.M.Mulaydinov 2023) [4.1].
Raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan ta’limga faol foydalanish o‘quvchi- talabalarni
o‘quv jarayoniga intellektual va emotsional jalb etish, qoloq va ehtiyoji yuqori bo‘lgan o‘quvchi-
1
2020-yil 23-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
talabalarni qo‘llab-quvvatlash sifatini oshirish, ortiqcha yuklamalarni bartaraf etish kabi muhim
muammolarni hal qilish imkonini beradi (X.R.Saidova 2024) [5.1].
Ta’lim ilovalari va veb-saytlari raqamli sinflarda o‘quvchilarga o‘qish tajribalarini yaxshilashda
yordam berish uchun ishlatiladi. Fikr-mulohaza tsikllari (Feedback loops) va texnologiya raqamli
sinfning ikkita muhim tarkibiy qismlaridir. Fikr-mulohaza tsikllari (Feedback loops)
o‘quvchilarga o‘qituvchilaridan real vaqt rejimida fikr-mulohaza olish imkoniyatini taqdim etish
uchun zarurdir (A Haleem 2022) [ 6.1].
Sun’iy intellekt o‘quv materiallarini tashkil etish, pedagogik maslahatlar berish va ma’muriy
vazifalarni boshqarish uchun virtual yordamchilar yaratishi mumkin. Shunda o‘qituvchilar
talabalar bilan bevosita muloqotga e’tibor qaratib, yanada shaxsiylashtirilgan yo‘naltirishni
ta’minlashlari mumkin (M. I. Dacholfany 2023) [7.1].
Sun’iy intellekt shuningdek, talabalarga va o‘qituvchilarga aqlli baholash tizimlari orqali fikr-
mulohaza (feedback) taqdim etib, an’anaviy baholash tizimini o‘zgartirdi, bu esa ularga o‘z
holatini yoki kamchiliklarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi (Xinyi Sun 2024) [8.1].
TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Ushbu maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston
Respublikasining Qonunlari, Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Nizomlar, yo‘riqnomalar, xorijda va Respublikamizda chop
qilingan ilmiy ishlar, darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i materiallari
hamda izlanishlar olib borilgan amaliy materiallar tashkil etadi. Tahlil jarayonida analiz va sintez,
kuzatish, tahlil qilish usullaridan hamda jadvallardan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’lim tizimida muhim
o‘rin tutmoqda. Ular o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini yanada samarali, interaktiv va
o‘zgaruvchan qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash,
talabalarning va ustozlarning faoliyatini yangi usullar bilan yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Quyida ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish
yo‘llari:
1. O‘quv jarayonining shaxsiylashtirilishi
Raqamli texnologiyalar yordamida talabalarni individual darajada qo‘llab-quvvatlash imkoniyati
yaratiladi. Dasturlar va onlayn platformalar orqali talabalar o‘zlarining bilim darajasiga mos
materiallarni tanlashlari va o‘rganish tezligini nazorat qilishlari mumkin. Shuningdek, sun’iy
intellekt texnologiyalari yordamida talabalarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va ularga
mos o‘quv dasturlarini taqdim etish mumkin.
2. Masofaviy ta’lim va onlayn kurslar
Internet va raqamli platformalar masofaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratadi. Talabalar turli
joylardan va turli vaqt oralig‘ida ta’lim olishlari mumkin, bu esa ustozlarni va talabalarning
vaqtini va energiyasini samarali boshqarishga yordam beradi. Masofaviy ta’lim tizimlari video
darslar, onlayn testlar, forumlar va interaktiv mashqlar orqali talabalarga o‘z bilimlarini
tekshirish va yangilash imkonini beradi.
3. Interaktiv darsliklar va materiallar
Raqamli texnologiyalar yordamida o‘quv materiallarini interaktiv qilish mumkin. Masalan, video,
animatsiyalar, 3D modellar, simulyatsiyalar va o‘yinlar orqali ta’lim jarayonini jonli va
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tushunarli qilish mumkin. Bu talabalarni yanada qiziqtiradi va ularga murakkab mavzularni
tushunishda yordam beradi.
4. Sinov va baholashni avtomatlashtirish
Raqamli texnologiyalar testlar va baholash tizimlarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Bu
talabalarga vaqtni tejash va talabalarning bilim darajasini tezda aniqlash imkonini beradi. Onlayn
sinovlar va testlar yordamida talabalar o‘z bilimlarini baholashlari, natijalariga ko‘ra o‘quv
jarayonini optimallashtirishlari mumkin.
5. Talabalar uchun resurslar va o‘quv materiallarining boyitilishi
Talabalarga raqamli resurslar va o‘quv materiallari taqdim etish orqali ularning ishini
yengillashtirish mumkin. Online kurslar, darsliklar, o‘quv dasturlari va ilmiy maqolalar
ustozlarga yangi pedagogik usullarni o‘rganishda yordam beradi. Shuningdek, talabalar o‘z
tajribalarini raqamli platformalarda baham ko‘rishlari mumkin, bu esa ta’lim tizimining umumiy
samaradorligini oshiradi.
6. Tezkor va aniq tahlil qilish imkoniyatlari
Raqamli texnologiyalar yordamida ustozlar talabalarning faoliyatini va o‘qish natijalarini real
vaqt rejimida kuzatib borishlari mumkin. Bu tahlil qilish jarayonini osonlashtiradi va
talabalarning qaysi mavzularda qiyinchilikka duch kelayotganini aniqlashga yordam beradi.
Natijada ustoz o‘z darslarini yanada samarali tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
7. Kooperativ va guruhli o‘rganish imkoniyatlari
Raqamli texnologiyalar guruhli ish va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Onlayn
platformalar yordamida talabalar bir-birlari bilan fikr almashish, guruhli muammolarni hal qilish
va bilimlarini baham ko‘rishlari mumkin. Bu o‘zaro o‘rganish va jamoaviy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantiradi.
8. Talabalarning raqamli savodxonligini oshirish
Raqamli texnologiyalarni ta’limda qo‘llash, talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanishni o‘rgatadi. Raqamli savodxonlik — bu 21-asr ta’limining ajralmas qismiga
aylangan va talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi.
9. Innovatsion yondashuv va tajriba almashish
Raqamli texnologiyalar orqali butun dunyo bo‘ylab ta’lim tizimlari o‘rtasida tajriba almashish
imkoniyatlari yaratiladi. Ustozlar, talabalar va ta’lim muassasalari o‘z bilimlarini va tajribalari
bilan o‘rtoqlashishlari mumkin. Bu innovatsion yondashuvlarni joriy etishda va ta’lim sifatini
oshirishda katta rol o‘ynaydi.
10. Tarmoq imkoniyatlari va jahon miqyosida ta’lim
Internet va raqamli platformalar ta’lim tizimlarini global miqyosda birlashtirish imkoniyatini
yaratadi. Talabalar dunyoning turli burchaklaridan bilim olishlari, xalqaro ta’lim tizimlari bilan
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
tanishishlari mumkin. Bu talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi va xalqaro miqyosda tajriba
orttirish imkonini beradi.
Raqamli texnologiyalar, jumladan internet, kompyuterlar, mobil qurilmalar va turli dasturlar
ta’lim jarayonida bir qator afzalliklarni taqdim etadi:
1.
O‘quv materiallariga kirish:
Talabalar istalgan joydan va istalgan vaqtda zarur
ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Bu esa ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
2.
Interaktivlik:
Raqamli platformalar orqali ustozlar darslarni interaktiv tarzda o‘tkazishlari
mumkin. Bu esa talabalarning diqqatini jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.
3.
Shaxsiylashtirilgan ta’lim:
Raqamli texnologiyalar yordamida har bir talabaning individual
ehtiyojlariga mos ravishda dasturlar ishlab chiqish mumkin. Buning natijasida har bir talaba o‘z
sur’atida bilim olishi mumkin.
4.
Tahlil va baholash:
Ta’lim jarayonidagi raqamli tizimlar orqali talabalarning yutuqlari va
muammolarini tezkor tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu esa ustozlarga samarali strategiyalarni
ishlab chiqishga yordam beradi.
Shu bilan birga sun’iy intellektga asoslangan virtual repetitorlar va chatbotlar talab bo‘yicha
talabalarni qo‘llab-quvvatlashlari, savollarga javob berishlari, tushuntirishlari va dars soatlaridan
tashqari yo‘l-yo‘riqlar taklif qilishlari mumkin. Bu talabalarga tushunchalarni tushunishlarini
mustahkamlashga va o‘rganishdagi to‘siqlarni engishga yordam beradi [9.1].
Sun’iy intellektning dasturlash imkoniyatlari ta’limda juda foydalidir, chunki har bir talaba
noyobdir: ularning motivatsiyalari turlicha, duch keladigan muammolari boshqacha va turli
talablarni talab qiladi. Ana shunday savol va muammolarga sun’iy intellekt javoblarni taqdim
etadi [10.1].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash o‘qitish va o‘rganish jarayonini ancha samarali
qilishga yordam beradi. Bu nafaqat talabalarning bilim darajasini oshiradi, balki ustozlarning
ishini ham yengillashtiradi va ta’lim tizimining umumiy sifatini yaxshilaydi. Raqamli
texnologiyalar ta’limning barcha darajalarida qo‘llanilishi kerak, chunki ular talabalarga
zamonaviy bilimlarni olish imkonini beradi va kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun zarur
ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash uning
samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Talabalar uchun qiziqarli va
interaktiv muhit yaratish, shuningdek, ularning individual ehtiyojlarini inobatga olish orqali
sifatli ta’lim berishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kelajakda raqamli texnologiyalar bilan
birgalikda innovatsion yondoshuvlarni joriy etish ta’lim tizimini yanada sifat jihatidan
yaxshilaydi va yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha misollar va takliflar:
1. Onlayn platformalar: Ta’limda Moodle, Google Classroom kabi onlayn platformalar yanada
keng qo‘llash. Ushbu platformalar orqali dars materiallarini joylash, topshiriqlar berish va
natijalarni baholash mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
2. Virtual sinflar: Zoom, Microsoft Teams kabi dasturlar yordamida masofaviy ta’lim
jarayonlarini o‘tkazish. Bu esa pandemiya davrida ham ta’lim sifatining pasaymasligini
ta’minlashga xizmat qildi.
3. Interaktiv ilovalar: Kahoot!, Quizizz kabi ilovalar yordamida talabalar bilan interaktiv tarzda
muloqot olib borilishi mumkin, bu esa darslarni yanada qiziqarli qiladi.
4. Simulyatsiya va virtual reallik: Maktab yoki universitetlarda simulyatsiya dasturlari yoki
virtual reallik qurilmalaridan foydalanish orqali amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari
oshirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
2020-yil 23-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-
son Qonuni https://lex.uz/docs/-5013007
2.
N.D.Mirzahmedova Raqamli texnologiyalarining ta’lim sohasida qo‘llanilishi Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN
2181-1784
SJIF
2022:
5.947.
538-541
b.
https://www.oriens.uz/media/journalarticles/71_Mirzahmedova_Nargiza_Dilmurodovna_538-
3.
I.A.Uralova Ta’lim sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish, Models and methods
for increasing the efficiency of innovative research Vol. 3 No. 35 (2024)
https://interoncof.com/index.php/germany/issue/view/34
4.
F.M.Mulaydinov, A.A.Abdullayev, M.D.Odilova Ta’limda raqamli texnologiyalarning roli
Qo‘qon
universiteti
xabarnomasi
26-dekabr
2023-yil
237-240
b.
https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html
5.
X.R.Saidova, M.Sh.Tursunbekova Ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etishda
raqamli texnologiyalardan foydalanish. International scientific and practical conference
“Innovative management in the education system: international and national concepts”, may 16,
2024. 472-477b.
6.
A Haleem, M.Javaid, M.Qadri, R.Suman (2022) Understanding the role of digital
technologies in education: A review. Sustainable Operations and Computers Volume 3, Pages
275-285
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2666412722000137#bib0046
7.
M. I. Dacholfany and others (2023) Harnessing Artificial Intelligence to Increase the
Efficiency of Education Management in the Future, AL-FIKRAH: Jurnal Manajemen Pendidikan,
11(2)
-
December
2023
245-258
https://www.researchgate.net/publication/377216488_Harnessing_Artificial_Intelligence_to_Incr
ease_the_Efficiency_of_Education_Management_in_the_Future
8.
Xinyi Sun (2024) The Application of Artificial Intelligence in Education Vol. 5: 2nd
International Conference on Artificial Intelligence, Database and Machine Learning
https://wepub.org/index.php/TCSISR/article/view/2698
9.
https://futuramo.com/blog/how-can-ai-improve-schools-and-education/
10.
https://apacentrepreneur.com/how-ai-can-help-to-improve-the-education-system/
11.
U.A.Uzakov Iqtisodiyotda axborot texnologiyalarining o‘rni, JOURNAL OF NEW
CENTURY INNOVATIONS Volume-24 Issue-1 March 2023
