JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
To‘ychiyev Hojimurod Zaylobiddin o‘g‘li
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot
instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali kichik ilmiy xodimi
Imomaliyev Erali Nurali o‘g‘li
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot
instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali kichik ilmiy xodimi
GILOS DARAXTINING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI
KURASH CHORALARI
Annotatsiya:
Maqolada gilos bog‘larda uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalar va ularga qarshi
kurash usullari haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Gilos, daraxt, zararkunanda, shira, bog‘ kanasi, qalqondor, o‘rgimchakkana,
komstok qurti, pestitsidlar, akaritsid, insektitsidlar, barg, meva.
Abstract:
The article provides information about sucking pests found in cherry orchards and
methods for controlling them.
Keywords:
Cherry, tree, pest, aphid, garden mite, scale insects, spider mite, Comstock worm,
pesticides, acaricide, insecticides, leaf, fruit.
Kirish: Har bitta o‘simlikning zararkunandasi mavjud. Shu asnoda zararkunandalar turli xil
ko’rinishda zarar yetkazadi. Misol uchun oddiy o’rgimchakkana o‘simliklar bargi orqali shirasini
so‘rib zarar yetkazadi. Kemiruvchi zararkunandalardan misol qilib olcha shilliq arrakashi-
(Caliroa cerasi)ni ko’rsatish mumkin.
Asosiy qism:Kulrang bog‘ kanasi. Birinchi avlodiga mansub voyaga yetgan urg‘ochilari bahorda
olma daraxti gullashidan sо‘ng zarar yetkaza boshlaydi. 3-4 kundan keyin ular tuxum qо‘yadi.
Ushbu tur kо‘payishning partenogenetik usuli bilan ajralib turadi va yetuk zotlari orasida
erkaklari deyarli uchramaydi.
Mevali daraxtlardan asosan olma daraxti kо‘proq shikastlanadi. Qо‘ng‘ir meva kanasi barglardan
sharbatlarni sо‘rib oladi, bu suv muvozanatining buzilishiga, xlorofill darajasining pasayishiga
va natijada fotosintezning tо‘xtatilishiga olib keladi. Kanalar bilan zararlangan barglarning rangi
kulrang-oq, ba’zan jigarrang ranggacha о‘zgaradi. Natijada zaiflashgan daraxt endi tо‘liq hosil
bera olmaydi, hosildorlik 20-50 % gacha kamayishi mumkin.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Zararkunandalarning qishlovdan chiqayotgan zaxirasiga qarshi Fevral oyining oxiri mart oyining
boshida havo harorati kо‘tarilib, zararkunandalar uyg‘ona boshlagan davrda qishlovdan
chiqayotgan kanalarga qarshi havo harorati +7S dan oshganda neft moylari asosli preparatlar va
uning analoglari bilan profilaktik kurash choralarini о‘tkazish tavsiya etiladi. Vegetatsiya davrida
daraxtlarning 10 sm novdasida 100 dan ortiq zararkunanda mavjud bо‘lsa (1 tup daraxtning
barglarida 5-7% zararlanishi aniqlansa) geksidiazoks, propargit, geksitiazoks + propargit,
dimetoat asosli va boshqa tavsiya etilgan akaritsidlarni qо‘llash tavsiya etiladi. Oddiy
o‘rgimchakkana juda mayda bо‘g‘inoyoqli jonivorlar namunasi bо‘lib uni oddiy kо‘z bilan
zо‘rg‘a kо‘rish mumkin. Tanasi oval shaklda, bо‘yi 0,3-0,6 mm ga boradi. Uning bahor-yozdagi
bо‘g‘ini kо‘kish-sariq, qishlab chiqadiganlari esa tо‘q sariq-qizil bо‘ladi. Tanasining yon
tomonlaridagi ikkita qoramtir dog‘lari yaqqol kо‘rinib turadi. Urg‘ochisi rivojlanishida tuxum,
lichinka, pronimfa, deytonimfa va yetuklik (imago) davrlarini kechiradi. Tuxumi yumaloq
shaklda bо‘ladi. О‘rgimchakkana qishlovdan juda barvaqt, о‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat
7,3°S dan oshganda chiqadi. О‘rgimchakkananing birinchi bо‘g‘ini begona о‘tlarda, ayniqsa
qо‘ypechak kabi о‘tlarda rivojlanadi. О‘rgimchakkana yozda (iyun-avgust) 8-12 kunda, may
oyida 15-20 kunda, mart-aprel oylarida esa 25-30 kunda bir bо‘g‘in berib rivojlanadi.
Zararlangan barglarining ustki tomonida och tusli, qattiq zararlangan joylarida esa qo‘ng‘ir va
qizg‘ish dog‘lar hosil bo‘ladi. Zararkunandalarning qishlovdan chiqayotgan zaxirasiga qarshi
Fevral oyining oxiri mart oyining boshida havo harorati kо‘tarilib, zararkunandalar uyg‘ona
boshlagan davrda qishlovdan chiqayotgan kanalarga qarshi havo harorati +7S dan oshganda neft
moylari asosli preparatlar va uning analoglari bilan profilaktik kurash choralarini о‘tkazish
tavsiya etiladi. Vegetatsiya davrida daraxtlarning 10 sm novdasida 100 dan ortiq zararkunanda
mavjud bо‘lsa (1 tup daraxtning barglarida 5-7% zararlanishi aniqlansa) geksidiazoks, propargit,
geksitiazoks + propargit, dimetoat asosli va boshqa tavsiya etilgan akaritsidlarni qо‘llash tavsiya
etiladi.
Olxо‘ri soxta qalqondori (Hemiptera) turkumi, Coccidae oilasi mansub. Ikkinchi yosh
lichinkalari daraxt pо‘stiga yopishib qishlab chiqadi. Bahorda havo harorati 6-7° ga yetishi bilan
harakatga tushgan lichinkalar qulay ochiq joy topib oziqlana boshlaydi. Yetuk urg‘ochi zotlari
may oyida paydo bо‘ladi va urchib yoki urchimasdan (partenogenez) tuxum qо‘yishga kirishadi.
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
Tuxumni о‘zining qalqoni tagiga qо‘yadi, bu davr 16-20 kunni egallaydi. Bitta urg‘ochi zot 2 oy
mobaynida 696 donagacha tuxum qо‘yishi mumkin. О‘zbekiston sharoitlarida olxо‘ri soxta
qalqondorining har bir urg‘ochi zoti 500 dan 2000 tagacha tuxum qо‘yishi mumkin. Muallifning
kо‘rsatishicha, zararkunandaning ikkinchi avlod lichinkalari avgust oxirida chiqadi va 2-yoshli
lichinkalari qishlovga tayyorgarlik kо‘radi. Olxо‘ri soxta qalqondorida tekinxо‘rlik qiladigan
kushandalar uchrab turadi. Bu zararkunanda tushgan daraxt himoyalanmasa 2-3 yilda qurib
qolishi mumkin. Asosan daraxtlarga zarar yetkadi. Qishlovdan chiqayotgan zararkunandalarga
qarshi neft moylari asosli preparatlar va uning analoglari bilan profilaktik kurash choralarini
о‘tkazish. Katta shaftoli tana shirasi bilan kuchli zararlangan bog‘larda imidakloprid,
tiametoksam, lyambda-sigalotrin, aversektin, fenoksikarb asosli preparatlardan biri bilan ishlov
о‘tkazish lozim.
Vergulsimon qalqondorlar—teng qanotlilar turkumi qalqondorlar oilasiga mansub
hasharotlarning bir necha turi, tanasining qalqoni vergulsimon egilganligi uchun shunday nom
berilgan. Oʻrta Osiyo Vergulsimon qalqondorlar (Lepidosaphes mesasiatica) tanasi sargʻish-
malla, uzunligi 3,5—4,7 mm. Keng maʼnoda polifag , Oʻrta Osiyo endemigi. Lichinkasi va
urgʻochisi terak, tol, naʼmatak, katalpa, shuningdek olma, nok va boshqa mevali daraxtlarda
oziqlanadi va koʻpayadi. Yil davomida 2 nasli rivojlanadi, tuxumi daraxtlarning tanasi va
butoqlarida qalqon ostida qishlaydi. Erkin yashovchi nasli may oyi boshlarida paydo boʻladi va
oʻsimliklarga yopishib olib, umrini oxirigacha bu joyni tark etmaydi. Olma vergulsimon
qalqondori (Lepidosaphes ulmi) oldingi turga nisbatan oqishroq rangda, tanasi kichikroq (2,5—
3,0 mm), mevali daraxtlar (olma, nok, behi, shaftoli, olxoʻri, oʻrik, gilos va b.) ga ziyon keltiradi.
Yil davomida bitta nasli rivojlanadi. Vergulsimon qalqondorlar ga qarshi kurashish uchun kuzda,
erta koʻklamda daraxtlar barg yozmasdan oldin 8% li mineral moy emulsiyasi purkaladi.
Kaliforniya qalqondori (Quadraspidiotus perniciosus ) — teng qanotli hartumlilar turkumining
qalqondorlar oilasiga mansub hasharot. Mevali, manzarali va bargli oʻrmon daraxtlarining
karantin oʻta xavfli zararkunandasi. Urgʻochilari och sariq rangda, tanasi dumaloq. Tanasining
ustki tomoni to‘q kulrang , diametri 2 mm, qalqon bilan qoplangan. Ogʻiz organlari soʻruvchi,
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 14, issue 02, 2025
ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431
ILMIY METODIK JURNAL
koʻzi, moʻylovi, oyogʻi va qanoti yoʻq, kam harakatchan. May—iyul oylarida bir urgʻochisi
200—500 ta tirik lichinka tugʻadi. Bir yilda 3 avlod beradi. Ular olma va nok daraxtlariga
ko‘proq zarar yetkazadi, bundan tashqari, u behi, o‘rik, bodom, yong‘oq, olxo‘ri, tog‘olcha, gilos,
olchaga zarar yetkazadi, boshqa juda ko‘p mevali daraxtlar, tok manzarali daraxt va butalarning
shirasini so‘radi. Asosan, zararlangan mevalarda yoki novdalarda qizgʻish dogʻlar paydo boʻladi,
poʻstloq yoriladi, bargi toʻkilib, daraxt qurib qoladi. Oʻzbekiston hududiga 1964 yilda koʻchatlar
bilan kelib qolgan. Deyarli hamma viloyatlarda uchraydi. Biologik kurashda xonqizi va xalsid
parazitlardan foydalaniladi. Eng samarali usuli, meva daraxtlariga gullashdan oldin erta bahorda
pestitsidlar bilan ishlov berish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Sh.T.Xo‘jayev - O‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning
zamonaviy usul va vositalari
2. Konstantinova G. M., Ko-zarjevskaya E. F., Kaliforniyskaya shitovka, M., 1990
3. Pospelov S.M, Arsenyeva M.V, Gruzdyev O‘simliklarni himoya qilish “ o‘qituvchi
nashriyoti” Toshkentn-1978
