Авторы

  • Sh. Mavlonov
    Buxoro davlat universiteti Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.129404

Ключевые слова:

oʻxshatish badiiy tasvir vositasi tashbeh turgʻun oʻxshatish erkin oʻxshatish oʻxshatish subyekti oʻxshatish asosi oʻxshatish etaloni oʻxshatish vositasi.

Аннотация

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un hamda erkin o‘xsahtishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilgan, misollar bilan dalillangan. Bunda buxorolik adib Shodmon Sulaymon she’riyatidan unumli foydalanilgan. Har bir mavzuviy guruh misollar bilan dalillangan.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

56

O‘ZBEK TILIDA OʻXSHATISHNING MAVZUVIY GURUHLARI

(SHODMON SULAYMON SHE’RIYATI MISOLIDA)

Sh.Mavlonov

Buxoro davlat universiteti

Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi

mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16605515

Annotatsiya

. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un hamda erkin

o‘xsahtishlarning mavzuviy guruhlari tuzib chiqilgan, misollar bilan dalillangan.
Bunda buxorolik adib Shodmon Sulaymon she’riyatidan unumli foydalanilgan.
Har bir mavzuviy guruh misollar bilan dalillangan.

Kalit soʻzlar:

oʻxshatish, badiiy tasvir vositasi, tashbeh, turgʻun oʻxshatish,

erkin oʻxshatish, oʻxshatish subyekti, oʻxshatish asosi, oʻxshatish etaloni,
oʻxshatish vositasi.

Tilshunoslikda oʻxshatish hodisasi, uning nazariy jihatlari, lingvistik

tabiati bir qator olimlar tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Mazkur hodisa jahon
tilshunosligida V.Vinogradov, D.Ashurova, V.Obrazsova, S.Nevelova, E.Nekrasova
[1;11;12;13;15], oʻzbek tilshunosligida esa Atoulloh Husayniy, Abdurauf Fitrat,
R.Qoʻngʻurov, A.Hojiahmedov, M.Mukarramov, Y.Is’hoqov, N.Mahmudov,
D.Xudoyberganova, M.Yoqubbekova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan
[2;3;4;5;7;8;10;14;16].

Oʻxshatish hodisasi oʻzbek tilida quyidagi yoʻllar orqali yuzaga kelishi

manbalarda keng izohlanadi: a) oʻxshatish vositalarisiz hosil boʻlish; b)
morfologik (grammatik ) usul bilan hosil boʻlish; d) leksik usul bilan hosil
boʻlish; e) sintaktik usul bilan hosil boʻlish. Biz bu oʻrinda oʻxshatishning
morfologik (grammatik ), hamda leksik usul bilan hosil boʻlishiga toʻxtalamiz.

Buxoro zaminidan koʻplab iste’dodli shoir va yozuvchilar yetishib

chiqqanligini keng izohlashga hojat yoʻq. Shunday ijodkorlardan biri Shodmon
Sulaymonov boʻlib, u yaratgan badiiy asar namunalari keng kitobxonlarga
ma’lum va mashhur. Shodmon Sulaymon she’riyatida ham turgʻun, ham erkin
(novator) oʻxshatishlardan oʻrinli foydalanganligiga guvoh boʻlamiz. Ayrim
misollarni kuzatamiz: 1.

Sen shoirni tushun, nogahon/ Kulfat uni etganda ta’qib/

Zir yugurib izlasa imkon/ Tish qayrama

misoli

raqib.

(“Muhammad Yusuf”) 2.

Kuzgi yaproq misol titrab turibman/ Jonim, oʻzing meni hayotga qaytar.

(“Kuz

xayoli”) 3.

Sen bahorsan, tillari biyron/ Begʻuborsan,

koʻkday

bepoyon/ Keksa

tutga suyangan rayhon…

(“Sen va men”) 4.

She’riyat

misoli

kapalak – Puflasang,

singaydir qanoti.

(“She’riyat”) 5.

Sen otamning koʻksidagi mangu ogʻriq/ Oʻgʻlim

tutgan bayroq

kabi

azizdirsan/ Mangu orzu, mangu matlab, mangu armon/


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

57

Yodginangdan aylanayin, Buxorojon.

(“Aylanayin, Buxorojon”) 6.

Sen pokiza

qaldirgʻochimsan/

Onam

taqqan

koʻzmunchogʻimsan/

Ishqdek

toza

ovunchogʻimsan

…(“Sen va men”)

Sodmon Sulaymon qoʻllagan oʻxshatishlarning mavzuviy guruhi keng

qamrovli boʻlib, bunda qiyos vositasining oʻxshatish etaloniga munosabatiga
koʻra quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:

1. Tarixiy shaxs nomlariga: Yozma, gar

Samandar Vohidiy misol

– Gulga

burkamasang umr charbogʻin. (“Shoirlik”)

Tur, olgʻa bos, el oʻgʻli, adolat –

shioringdur –

Temur bobomdek

Sohibqironlar sasi kelgay.

(“Kamronlar sasi

kelgay”)

2. Afsonaviy shaxs va narsa nomlariga:

Havo yangligʻ

Odam izlab koʻkka

uchgan kabutarim/ Bu savdolar, bu savdolar senga aslo tanishmasmi?

(“Maktub”)

Hijron toshlar otsa, qalandar/ Armon oʻtlar yoqsa, sitamgar/ Nur taratib

misli

samandar

/ Kul ichida yaxshi koʻrasiz.

(“Yaxshi koʻrasiz”)

3. Oʻrin-joy otlari:

Sarhadlardan shoshib qaytaman/

Daryo misol

toshib

qaytaman/ Erta Xudoga ham aytaman: Meni juda yaxshi koʻrasiz.

(“Yaxshi

koʻrasiz”)

Sen bahorsan, tillari biyron/ Begʻuborsan,

koʻkday

bepoyon/ Keksa

tutga suyangan rayhon

…(“Sen va men”)

4. Joy nomlari:

Navoiy va Bobur. Bobur, Navoiy – Sayqal Samarqand-u zebo

Buxoro

/

Yangligʻ

dil koʻkida porlaydi boqiy/ Falak ayvoniga bergancha oro.

(“Navoiy va Bobur”)

Dunyo minbaridan dunyoga boqqan/

Qadim Zarafshondek

hayqirib oqqan/ …Ona tilim, baxting muborak boʻlsin.

(“Iftixor”)

5. Shaxs otlariga:

Jilmaysam yigʻlaysiz, yigʻlasam kulib…/ Boʻlmasmi

odamga oʻxshab

yashasak.

(“Seni doʻst deyinmi va yo dushmanim”)

Qatra

yoshmi yoki shabnam yonogʻingda/

Onangdayin

asta oʻpar qarogʻingdan.

(“Oʻzbekyurt”)

Zir yugurib izlasa imkon/ Tish qayrama

misoli raqib

.

(“Muhammad Yusuf”)

6. Narsa-buyum nomlari:

Qor misol

begʻubor,

qor kabi

uygʻoq/ Yurtim,

oq tonglaring buncha munavvar.

(“Yangi yil tilaklari”)

Kuzgi

yaproq misol

titrab

turibman/ Jonim, oʻzing meni hayotga qaytar.

(“Kuz xayoli”)

7. Modda-ma’dan nomlari:

Ishqing sharobidan aylagandik noʻsh/ Dardlari

sochildi

misoli kumush

.

(“Girya”)

Xush xabar keldi vatanga,

misli gavhar

shamchiroq/ Boʻlgʻusi dillar nurafshon, kulgusi gʻamdin yiroq

. (“Xush xabar

keldi”)

8. Hayvon nomlariga:

Uzoqlashishni kutar ekan yuragi

yomonlogʻon

otdek

tipirchilar edi.

(A.Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”)


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

58

9. Qush nomlariga:

Shoirlik – baxt,

misoli bulbul

/ Bogʻlar kezib, tanlaysan

soʻzni.

(“Shoirning armoni”)

Biri keldi uzukka nuqra koʻzdek/ Xiromlar ayladi

hindiy tovusdek

.

(“Buyuk ipak yoʻli”)

10. Oʻsimlik nomlariga:

Keling, ifor sochgan

guldek

muattar/ Keling, Siz

tufayli totlidir hayot.

(“Izhor”)

11. Hasharot nomlariga:

Gʻimirlaydi

xuddi qumursqa

/ Toshim olib

ketaymi, dunyo!

(“Havolandim yolgʻonlaringdan”)

12. Yegulik va ichimlik nomlariga:

Sharob kabi

ichdim tomchilab/ Telba

charxning anduhlarini.

(“Motsart. Soʻnggi sonata”)

13. Fazoga aloqador soʻzlarga:

Ma’yus-ma’yus termulasan Oy balqigan

hovuzlarga/ Ogʻushimda

Oydek

balqi, termulgancha yulduzlarga

. (“Maktub”)

Muhabbat qoʻshigʻin kuylar joʻravoz/ quyoshdek bagʻrikeng yurt insonlari. (“Bu
yurtda tugʻulmoq…”)

14. Mavhum ma’noli soʻzlarga:

Yukunsang,

koʻngilday

bu goʻzal

chogʻlarga/ She’r aytsang, oh urib tinglasa kunduzlar

. (“Soʻnggi parvoz”)

Goʻyo

mudrab yotgan turkona jur’at

/ Porladi Alisher yoqqan chiroqda

. (“Ona tilim”)

Dalli shoir muallim darsi/ Tuyuladi

misoli ertak.

(“Katta tanaffus”)

Sen pokiza

qaldirgʻochimsan/

Onam

taqqan

koʻzmunchogʻimsan/

Ishqdek

toza

ovunchogʻimsan… (“

Sen va men”)

15. Afsonaviy qahramonlarga:

Telba Majnunga qiyos aylar

meni koʻrgan

kishi/ Ogʻrininb hol soʻrga-yu, ul Laylilar – sogʻlar kular

. (“Men agar…”)

16. Bayram nomlariga:

Goʻzal iforlaring taralsin, koʻklam/ Yurtim, har bir

kuning

Navroʻzdek

boʻlsin.

(“Koʻklam quvonchi”)

17. Harakat-holat ma’noli soʻzlar:

Kecha –

togʻni yiqqudek chogʻlar

/

Bugun sochda koʻpaydi oqlar.

(“Eski xirgoyi”)

Kuzatishlar koʻrsatadiki, shoir qoʻllagan oʻxshatishlarning aksariyati

metaforik xarakterga egaligi aniqlandi. Masalan: 1.

Yosuman misoli

sochimni

silayman/ Yigʻlasam sevinib, sevinsam yigʻlaysan.

(“Araz”) 2.

She’riyat

misoli

kapalak

– / Puflasang, singaydir qanoti.

(“She’riyat”)

Shoirning

“Men agar soʻz soʻylasam ohlar urib, togʻlar kular”

misrasi bilan

boshlanuvchi gʻazalida oʻxshatish vositasining qoʻshma shakli, ya’ni “qiyos
aylamoq” koʻrinishiga guvoh boʻlamiz. Mazkur vosita tarixiy mazmunda
yozilgan asarlardagina kuzatiladi:

Telba Majnunga

qiyos aylar

meni koʻrgan

kishi/ Ogʻrinib hol soʻrga-yu, ul Laylilar – sogʻlar kular.

Xullas, Shodmon Sulaymon she’riyatidagi oʻxshatishlar tahlili quyidagicha

xulosalar chiqarishimizga asos boʻla oladi: a) shoir qoʻllagan oʻxshatishlar keng
mavzuviy doirada boʻlib, ularni yigirmaga yaqin tur ostida tasniflash va


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

59

tavsiflash mumkin; b) ijodkor qoʻllagan erkin oʻxshatishlar konstruksiyasida
qiyos asosi ba’zida eksplitsit, ba’zida implitsit tarzda kelganligi kuzatildi. Bu
holatni shoirning badiiy niyati, koʻzlagan maqsadi bilan bogʻlash mumkin; d)
shoirning tarixiy mavzuda yozilgan she’rlarida oʻxshatish vositalasining tarixiy
shakllari ham qoʻllanganligiga guvoh boʻlish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения:
Автореф.дис. …канд.филол.наук. – Москва, 1970. – С. 23.
2.Фитрат. Адабиёт қоидалари. Танланган асарлар. 5 жилдли. (4-жилд). –Т.:
Маънавият, 2006. – 187 б.
3.Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т.: Шарқ, 1999. – 240 б.
4.Ҳусайний А. Бадойиъ ус-санойиъ. –Т.: Адабиёт ва санъат, 1981. – 132 б.
5.Исҳоқов Ё. Ташбеҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти, 1970, № 4. – Б. 27-33.
6.Маҳмудов Н., Худойберганова Д, Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли
луғати. –Т.: Маънавият. 2013. – 320 б.
7.Mahmudov N. Oʻxshatishlarning til va nutqdagi oʻrni./ Til tilsimi tadqiqi. –T.:
Mumtoz soʻz, 2017. – 120 б.
8.Mahmudov N. Oʻxsahtishlarda milliy mentalitet jozibasi. // Til va adabiyot
ta’limi. 2019, № 2. – Б. 5-7.
9.Mardonova S. Oʻzbek tilida individual-uslubiy neologizmlarning struktur-
semantik tadqiqi. (M.Yusuf, U.Azim, F.Afroʻz she’riyati misolida): Filol. fan.
boʻyicha fals. dokt. (PhD) …diss. avtoref. – Buxoro: 2025. – B.22.
10.Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатишлар. Монография. –Т., 1975. – 115
б.
11.Некрасова

Э.

Сравнения

общеязыковаго

типа

в

аспекте

сопоставительного анализа художественных идиолектов. Лингвистика и
поэтика. – Москва: Наука, 1979. – 156 c.
12.Невелова С. Вопросы поэтики древнеиндийского эпоса. Эпитет и
сравнение. – Москва: Наука, 1979. – 136 б.
13.Образцова В.В. Сравнения в поэзии Сергея Есенина: Автореф. дис.
…канд. филол. наук. – Ленинград, 1971. – С. 23.
14.Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. –Т.: Фан, 1977. – 152
б.
15.Виноградов Н.А. О теории художественной речи. – Москва: Высшая
школа, 1989. – 162 с.

Библиографические ссылки

Ашурова Д.У. Лингвистическая природа художественного сравнения: Автореф.дис. …канд.филол.наук. – Москва, 1970. – С. 23.

Фитрат. Адабиёт қоидалари. Танланган асарлар. 5 жилдли. (4-жилд). –Т.: Маънавият, 2006. – 187 б.

Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т.: Шарқ, 1999. – 240 б.

Ҳусайний А. Бадойиъ ус-санойиъ. –Т.: Адабиёт ва санъат, 1981. – 132 б.

Исҳоқов Ё. Ташбеҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти, 1970, № 4. – Б. 27-33.

Маҳмудов Н., Худойберганова Д, Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т.: Маънавият. 2013. – 320 б.

Mahmudov N. Oʻxshatishlarning til va nutqdagi oʻrni./ Til tilsimi tadqiqi. –T.: Mumtoz soʻz, 2017. – 120 б.

Mahmudov N. Oʻxsahtishlarda milliy mentalitet jozibasi. // Til va adabiyot ta’limi. 2019, № 2. – Б. 5-7.

Mardonova S. Oʻzbek tilida individual-uslubiy neologizmlarning struktur-semantik tadqiqi. (M.Yusuf, U.Azim, F.Afroʻz she’riyati misolida): Filol. fan. boʻyicha fals. dokt. (PhD) …diss. avtoref. – Buxoro: 2025. – B.22.

Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатишлар. Монография. –Т., 1975. – 115 б.

Некрасова Э. Сравнения общеязыковаго типа в аспекте сопоставительного анализа художественных идиолектов. Лингвистика и поэтика. – Москва: Наука, 1979. – 156 c.

Невелова С. Вопросы поэтики древнеиндийского эпоса. Эпитет и сравнение. – Москва: Наука, 1979. – 136 б.

Образцова В.В. Сравнения в поэзии Сергея Есенина: Автореф. дис. …канд. филол. наук. – Ленинград, 1971. – С. 23.

Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. –Т.: Фан, 1977. – 152 б.

Виноградов Н.А. О теории художественной речи. – Москва: Высшая школа, 1989. – 162 с.