Авторы

  • Sitora Raximova
    Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB TB tergovchisi katta leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.132053

Ключевые слова:

atrof tabiiy muhit radiatsiyaviy ifloslanishi kimyoviy ifloslanishi bakteriologik ifloslanishi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.

Аннотация

Ushbu maqolada atrof tabiiy muhitni ifloslantirish bilan bog’liq tushunchalarga ta’rif, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatining jinoiy-huquqiy elementlari, bir qancha xorij davlatlarining jinoyat qonunchiligida atrof tabiiy muhitni ifloslantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlik masalalari tahlili hamda milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga qaratilgan taklifni ko‘rish mumkin. 


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

60

ATROF TABIIY MUHITNI IFLOSLANTIRISH JINOYATI

UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANGAN JINOYAT

QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Raximova Sitora Alisher qizi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB

TB tergovchisi katta leytenant

https://doi.org/10.5281/zenodo.16713882

Annotatsiya:

Ushbu maqolada

atrof tabiiy muhitni ifloslantirish bilan

bog’liq tushunchalarga ta’rif, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatining
jinoiy-huquqiy elementlari, bir qancha xorij davlatlarining jinoyat
qonunchiligida atrof tabiiy muhitni ifloslantirish uchun belgilangan jinoiy
javobgarlik masalalari tahlili hamda milliy qonunchiligimizni takomillashtirishga
qaratilgan taklifni ko‘rish mumkin.

Kalit so‘zlar:

atrof

tabiiy muhit, radiatsiyaviy ifloslanishi, kimyoviy

ifloslanishi, bakteriologik ifloslanishi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.

Аннотация:

В данной статье можно увидеть анализ вопросов на

понятия экологического загрязнения, уголовно-правовых элементов
преступления по загрязнению окружающей природной среды, уголовной
ответственности, установленной уголовным законодательством ряда
зарубежных государств за загрязнение окружающей природной среды, а
также предложение по совершенствованию нашего национального
законодательства.

Ключивые слова:

окружающая природная среда, радиационное

загрязнение, химическое загрязнение, бактериологическое загрязнение,
охраняемые природные территории.

Abstract:

In this article, one can see the concepts of the natural

environment, pollution of the environment, the criminal legal elements of the
crime of pollution of the natural environment, the analysis of criminal liability
issues established in the criminal legislation of several foreign countries for
pollution of the natural environment, as well as a proposal aimed at improving
our national legislation.

Key words:

environment natural environment, radiation pollution,

chemical pollution, bacteriological pollution, protected natural areas.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, uni ahvolini yaxshilash,

shuningdek, ekologik muammolarni bartaraf etish hozirgi kunda O‘zbekiston
Respublikasining rivojlantirishga qaratilgan bir qator belgilangan, muhim va
dolzarb bo‘lgan vazifalaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

61

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli
Farmonida belgilangan “Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan
mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish” deb nomlangan 79-maqsadiga
ko‘ra unda quyidagilar ko‘rsatilgan, ya’ni “Atrof muhitga ta’sir xavfi yuqori
daraja

(I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik

ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish. Atrof muhitning ifloslanish
darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish,
uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy
axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga
ta’siri ustidan monitoringni amalga oshirish

1

”.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi

“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni

2

ning 47-moddasiga

binoan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik, shu bilan birga
atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa
turlaridan foydalanganlik uchun

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga

asosan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortilish
masalasi aks ettirilgan. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu maqolada atrof
tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatini sodir etganlik uchun belgilangan jinoy
javobgarlik masalasini yoritish, shu bilan bir qatorda, atrof tabiiy muhitni
ifloslantirish uchun javobgarlik belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat
qonunchiligini takomillashtirish oid fikr mulohazalar aks ettirish lozim bo‘ladi.

Shuningdek, ilmiy tadqiqot jamoamiz bilan kelishgan holda, avvalo, ushbu

mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim tushunchalarning ta’rifi va atrof tabiiy
muhitni ifloslantirish jinoyatining jinoiy-huquqiy elementlari tahliliga to‘xtalilish
mavzuning to‘liq mazmuninig ochib berishga xizmat qiladi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.

Atrof tabiiy muhit

3

o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan tabiiy obyektlar

(havo, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi) yig‘indisi.

Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi

deganda, xo‘jalik va boshqa faoliyat,

tabiiy kuchning halokatli ta’siri, falokat yoki ofat oqibatida inson sog‘lig‘iga,
tabiiy ekologik tizimga, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondlari holatiga
tahdid soluvchi atrof tabiiy muhitni doimiy salbiy o‘zgarishi sodir bo‘ladigan

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// https://lex.uz/uz/docs/-5841063.

2

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni//

URL: https://lex.uz/uz/docs/-107115#-5524742.

3

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M. Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik

adabiyotlar publish”, 2024. – 3-qism. – 15-bet.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

62

hudud, shuningdek, suv va havo bo‘shliqlarining radiatsiyaviy, kimyoviy,
bakteriologik yoki boshqacha ifloslanishi tushuniladi

4

.

Atrof tabiiy muhitni ifloslanishi quyidagi turlarga bo‘linadi

5

:

1. Radiatsiyaviy ifloslanishi;
2. Kimyoviy ifloslanishi;
3. Bakteriologik ifloslanishi.

Atrof tabiiy muhitni radiatsiyaviy ifloslanishi

– atrof-muhitning inson

faoliyati yoki texnogen omillar ta’sirida radiaktiv moddalarning me’yoridan
ortiq darajada tarqalishi bilan ifodalanadi. Radiatsiyaviy ifloslanish sabablari:
atom elektr stansiyalaridagi avariyalar, yadro qurollari sinovlari, radiaktiv
chiqindilarning noto‘g‘ri saqlash yoki utilizatsiya qilish, tibbiyot yoki sanoatda
radiaktiv moddalardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilar va
boshqalardan iborat

6

.

Atrof tabiiy muhitni kimyoviy ifloslanishi

– bu muhitga inson faoliyati

natijasida turli zararli kimyoviy moddalar tushishi va ularning tabiatda
to‘planib, tirik organizmlar salomatligiga hamda ekologiyaga salbiy ta’siridir.
Ularga sanoat chiqindilari (metallar, kislotalar), qishloq xo‘jalik kimyoviy
moddalar (o‘g‘itlar, pestitsidlar), avtotransport chiqindilari (azot oksidlari,
benzol), maishiy chiqindilar (plastmassa qoldiqlari) va boshqalarni misol
keltirish mumkin

7

.

Atrof tabiiy muhitni bakteriologik ifloslanishi

– muhitga zararli

mikroorganizmlar, asosan bakteriyalar tushib, ularnining ko‘payishi natijasida
tirik organizmlar salomatligiga xavf tug‘diruvchi holatdir. Oqova suvlarining
tozalamasdan hamda chirish jarayonidagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilinishi,
hayvonlar yoki odamlar tomonidan yuqadigan yuqumli kasalliklar bakteriologik
ifloslanish sabablari hisoblanadi

8

.

Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

kodeksining 196-modda

sida jinoyat sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu moddaga

ko‘ra, “

Yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfrera havosini

ifloslantirish odamlarining ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar,
parrandalar

4

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M. Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik

adabiyotlar publish”, 2024. – 3-qism. – 30-bet.

5

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa”

nashriyoti. 2007 – 201-bet.

6

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa”

nashriyoti. 2007 – 202-bet.

7

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa”

nashriyoti. 2007 – 202-bet.

8

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa”

nashriyoti. 2007 – 202-bet.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

63

yoki baliklarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab
bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yohud
uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, - muayyan huquqdan mahrum

qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi

9

deb ko‘rsatilgan.

Darhaqiqat, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish jinoyatining

asosiy

obyekti

– yer, suv va atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishni

ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar bo‘lsa, inson hayoti va sog‘lig‘ini
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar ushbu jinoyatning

qo‘shimcha bevosita obyekti

hisoblanadi. Shuningdek, atrof tabiiy muhitni

ifloslantirish jinoyatining

obyektiv tomoni

tariqasida esa odamlarning

ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan yerlarni ifloslantirish
yoki buzishda, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirishda ifodalanadi. Ushbu
jinoyatning

subyekti

o‘z navbatida 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso

jismoniy shaxs bo‘lsa, jinoiy qilmishga nisbatan qasd yoki ehtiyotsizlik bilan va
jinoiy oqibatlarga nisbatan esa ehtiyotsizlik bilan tavsiflanishi – bu atrof tabiiy
muhitni ifloslantirish jinoyatining

subyektiv tomoni

ekanligini anglatadi

10

.

Shuni takidlash joizki, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish qilmishi jinoyat

sifatida belgilangan milliy jinoyat qonunchiligimizda

muhofaza etiladigan

tabiiy hududlar

ni ifloslantirish kabi qilmishlar uchun javobgarlikni ushbu

modda o‘z ichiga olmaganligi o‘z navbatida ushbu kodeksdagi mavjud bo‘lgan
kamchiliklar hamda bo‘liqlardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 06-yanvardagi

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-son Qonunining
4-moddasida Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar degan tushunchaga ta’rif
berilgan bo‘lib, unda

“yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning)

ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-
sog‘lomlashtirish ahamiyatga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki
vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastklardir

11

deb qayd

etilgan.

9

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // URL: https://lex.uz/docs/-111453#-266471.

10

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M. Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik

adabiyotlar publish”, 2024. – 31-bet.

11

O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 06-yanvardagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi

710-II-son Qonunining 4-moddasi.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

64

Shu bilan birga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi

va rejimiga qarab quyidagi toifalarga ajratilgan

12

:

- davlat qo‘riqxonalari;
- majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
- tabiat bog‘lari;
- davlat tabiat yodgorliklari;
- ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish

va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;

- muhofaza etiladigan landshaftlar;
- ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
E’tiborlisi shundaki, 2024-yilning 25-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-

muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy bayonotiga
ko‘ra, vazirlik tizimida bugungi kunda 24 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
faoliyat yuritib kelayotganligi, ulardan 12 tasi — milliy tabiat bog‘i, 7 tasi —
davlat qo‘riqxonasi,

1 tasi — davlat biosfera qo‘riqxonasi, 2 tasi — davlat buyurtma

qo‘riqxonasi, 1 tasi — biosfera rezervati, 1 tasi pitomnikdan iboratligi, umumiy
yer maydoni 5 822 391 gektarni tashkil etishi ko‘rsatib o‘tilgan

13

. Bundan

ko‘rinib turibdiki, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o‘z ichiga ko‘plab nazorat
ostidagi obyektlar va hayvonot va o‘simlik dunyosi mavjud bo‘lgan hududlarni
qamrab olgan va shu sababli ham ular davlatimizning alohida e’tibor qaratilgan
tabiat makon sifatida qaraladi. Bu esa albatta, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
bilan bog‘liq qilmishning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda sodir etilishi
og‘irroq oqibatlarga olib kelishi ehtimolini oshiradi.

Bundan tashqari yuqorida takidlanayotgan taklifni asosli ekanligini

tekshirish maqsadida ayrim xorij davlatlarining jinoyat qonunchiligida
belgilangan atrof tabiiy muhitni ifloslantirish yoxud suvni ifloslantirish, yerni
ifloslantirish hamda atmosferani ifloslantirish kabi alohida jinoyat tarkibiga ega
mustaqil moddalarni tahlil qilish va taqqoslash lozim bo‘ladi.

Birinchi navbatda, davlatimizning shimolida joylashgan

Qozog‘iston

Respublikasi

Jinoyat kodeksiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu Jinoyat

kodeksida atrof tabiiy muhitni ifloslantirish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan
modda mavjud emasligi ajablanarli hol, ammo, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
jinoyatining predmeti bo‘lmish yer, suv va atmosferalar o‘z navbatida ushbu

12

O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 06-yanvardagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi

710-II-son Qonunining 5-moddasi.

13

2024-yilning 25-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy

bayonoti// URL: https://www.xabar.uz/uz/mahalliy/ekologiya-vazirligining-4-ta-muhofaza-etiladigan-tabiiy.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

65

kodeksning 328 (Suvning ifloslanishi, axlatlanishi yoki kamayishi), 329
(Atmosfera havosining ifloslanishi), 330 (Dengizning ifloslanishi) va 332-modda
(Yerni vayron qilish)larida alohida jinoyatlar sifatida belgilanganligi e’tiborga
loyiq hisoblanadi. Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 328-moddasi
ya’ni Suvni ifloslanishi, axlatlanishi yoki kamayishi normasinining ikkinchi qismi

“o‘sha harakatlar (ya’ni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan
harakatlar) katta zarar yetkazgan yoki yetkazish xavfini yaratgan,
shuningdek,

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda

yoki ekstremal

ekologik vaziyat zonalarida sodir etilgan bo‘lsa

14

degan mazmundagi qilmish

uchun javobgarlik belgilangan. Undan tashqari, yerni vayron qilish jinoyati
Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 332-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib,
ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi bandida esa

alohida muhofaza

etiladigan tabiiy hududlarda

yoki favqulotdda ekologik vaziyat zonasida

yoki ekologik ofat zonasida katta zarar yetkazgan harakatlar

15

degan

mazmundagi norma aks etgan. Ushbu holatda ko‘rish mumkinki, Qozog‘iston
Respublikasi Jinoyat qonunchiligida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
kesimida sodir etiladigan suvni ifloslantirish, axlatlash yoki kamaytirish hamda
yerni vayron qilish kabi og‘irlashtiruvchi qilmishlar uchun Jinoyat kodeksida
belgilangan tartibda yuqorida sanab o‘tilgan moddalarning birinchi qismiga
qaraganda og‘irroq jazolar tayinlanishi mumkinligi aks ettirilganligi bejiz emas.
Bu o‘z navbatida atrof tabiiy muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq qilmishning
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda sodir etilishi zararlilik va xavflilik
darajasi yuqoriligini ko‘rsatishi bilan asoslanadi.

Shuningdek, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq Qozog‘iston

Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan har bir moddalar to‘liq yoritilib,
ijtimoiy xavfli qilmish sifatida baholanishi lozim bo‘lgan holatlar tegishli
moddalarning turli qismlarida o‘z aksini topgan hamda qilmishning yengilidan
tortib to uni og‘irigacha to‘g‘ri tizimlashtirilgan.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan yirik va rivojlangan

davlatlardan bir bo‘lmish

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi

ga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak, ushbu kodeksda ham atrof tabiiy muhitni ifloslantirish
uchun bitta umumiy modda mavjud bo‘lmay, balki uning o‘rniga har biri alohida
jinoyat tarkibini tashkil etuvchi ya’ni suvning ifloslanishi, atmosfera havosining
ifloslanishi, dengiz muhitining ifloslanishi va yerga yetkazilgan zarar kabi
qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining
250 – 252 va 254-moddalarida belgilangan. Shu bilan birga, ushbu kodeksda

14

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi// URL: https://adilet.zan.kz/kaz/docs/K1400000226.

15

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi// URL: https://adilet.zan.kz/kaz/docs/K1400000226.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

66

suvning ifloslanishi deb nomlangan 250-moddasining ikkinchi qismida ya’ni

“o‘sha harakatlar inson salomatligiga zarar yetkazilishiga yoki hayvonlarning
ommaviy nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan, shuningdek,

qo‘riqxona

yoki

hayvonot

dunyosi qo‘riqxonasi

hududida yoxud ekologik ofat zonasida yoki favqulotda

ekologik vaziyat zonasida sodir etilgan bo‘lsa

16

deb qayd etilgan bo‘lib, ushbu

moddada ham “qo‘riqxona yoki hayvonot dunyosi qo‘riqxonasi hududida” degan
jumla bilan ularni o‘z navbatida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga
umumiy mazmunda tarkibiga kirishi va u yerda suvni ifloslantirilishi bilan
bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishning og‘irlik darajasi ushbu moddaning birinchi
qismiga ko‘ra yuqoriroq ekanligi hamda ushbu qilmish uchun tayinlanishi
mumkin bo‘lgan jazo turlarining o‘g‘irroq qilib belgilanganligini inobatga olgan
holda suvni qo‘riqxona yoki hayvonot dunyosi qo‘riqxonalarida ifloslantirilishi
tabiatga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oqibatida bir nechta yoxud
barcha muhofaza etiladigan o‘simliklar va daraxtlarning yo‘q bo‘lib ketishi,
hayvonlar, baliqlar va parrandalarning qirilib ketishiga olib kelishi mumkinligi
bilan tavsiflanadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joziki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

kodeksining 196-moddasining ikkinchi qismiga qo‘shimcha tariqasida

“o‘sha harakatlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda sodir etilsa”

degan jumlani, hamda amalda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan
“o‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa” degan jumlani esa ushbu
moddaning uchinchi qismiga joylashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu
esa o‘z o‘rnida, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kesimida nafaqat hayvonlar,
parrandalar yoki baliqlar balki “Qizil kitob”ga kiritilgan jonzotlar, o‘simliklar va
boshqa tabiat ne’matlari ham mavjud bo‘lib, ular alohida tartibda muhofaza
etilishi lozim hisoblanadi va atrof tabiiy muhitni ifloslantirilishi natijasida zarar
ko‘radigan umumiy hayvonlar, parrandalar yoki baliqlardan ko‘ra muhofaza
etiladigan tabiat, hayvonot dunyosi va turli xildagi o‘simliklani zararlanishi yoki
yo‘q bo‘lib ketishi ehtimolining ijtimoiy xavfliligi darajasi yuqoriroq qilmish
ekanligi bilan asoslanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // URL: https://lex.uz/docs/-
111453#-266471.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 06-yanvardagi “Muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-son Qonuni.

16

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi// URL: https://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_10699 /1b6

8b637c0dd97e3f005e8306e7d4f442c950d73.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

67

3. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni// URL: https://lex.uz/uz/docs/-
107115#-5524742.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// https://lex.uz/uz/docs/-
5841063.
5. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M.
Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2024. – 451-bet.
6. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun
darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa” nashriyoti. 2007 – 201-bet.
7. Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi// URL: https://adilet.zan.kz/kaz/
docs/K1400000226.
8. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi// URL: https://www.consultant.ru/d
ocument/cons_doc_LAW_10699/1b68b637c0dd97e3f005e8306e7d4f442c950d
73.
9. 2024-yilning 25-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish
va

iqlim

o‘zgarishi

vazirligining

rasmiy

bayonoti//

URL:

https://www.xabar.uz/uz/

mahalliy/ekologiya-vazirligining-4-ta-muhofaza-

etiladigan-tabiiy.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi // URL: https://lex.uz/docs/-111453#-266471.

O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 06-yanvardagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi 710-II-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 09-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-sonli Qonuni// URL: https://lex.uz/uz/docs/-

#-5524742.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// https://lex.uz/uz/docs/-5841063.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism/ M. Rustambayev. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2024. – 451-bet.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik/ P.S.Sultonov. – T.: “Musiqa” nashriyoti. 2007 – 201-bet.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi// URL: https://adilet.zan.kz/kaz/ docs/K1400000226.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi// URL: https://www.consultant.ru/d ocument/cons_doc_LAW_10699/1b68b637c0dd97e3f005e8306e7d4f442c950d73.

-yilning 25-sentyabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish

va iqlim o‘zgarishi vazirligining rasmiy bayonoti// URL: https://www.xabar.uz/uz/ mahalliy/ekologiya-vazirligining-4-ta-muhofaza-etiladigan-tabiiy.