Авторы

  • Dilbar Bayzakova
    Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi
  • Abdulaziz Xabibullayev
    Kibersport fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.134539

Ключевые слова:

Iqtisodiyotni rivojlantirish investitsiya moliyalashtirish kredit.

Аннотация

Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlari o‘rganildi.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

29

INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH IQTISODIY

TARAQQIYOT ASOSI

Bayzakova Dilbar

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi

Xabibullayev Abdulaziz

Kibersport fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16893985

Annotatsiya.

Maqolada

iqtisodchi

olimlarning

iqtisodiyotni

rivojlantirishga investitsiyalarni moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan.
Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va ularning
xususiyatlari o‘rganildi.

Kalit so‘zlar.

Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya, moliyalashtirish,

kredit.

Annotation:

The article highlights the views of economists on financing

investments for economic development. It also examines the sources of
financing for investment projects and their characteristics.

Keywords:

Economic development, investment, financing, credit.

Investitsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda bir qator
iqtisodchi olimlarning qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik
iqtisodchi olim I.Mazurning “Loyihalarni boshqarish” kitobida: “loyihaviy
moliyalashtirish – bu investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida
moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu
yerda , kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki
to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida esa
“loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda
kreditlarning qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan
fikr ilgari surilgan. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning
mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy
munosabatlari bilan kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli
shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov
asarlarida loyihaga kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha
ishga tushganidan so‘ng olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Haqiqatdan

ham

investitsiyalarni

loyihaviy

moliyalashtirish

moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga ega. Aytish joizki, loyihaviy
moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

30

yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga
e’tibor beradi:

kreditni qaytarish manbai sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha

olinadigan sof pul oqimiga
loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini
ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa
ta’minotlarga. Loyihaviy moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha
izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan kreditni berish,
baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish,
qayta ta’mirlash yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani
sotib olish yoki asosiy fondlarni tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga
yo‘naltiriladi”.

Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni

qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish
orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni
loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmaydi, u biznes-reja asosida amalga
oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.

Loyihaviy moliyalashtirish

– bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga

bo‘lgan kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini
amalga oshirish uchun maqsadli kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov
majburiyatlarini ta’minoti sifatida, investitsiya faoliyati davomida to‘plangan pul
mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning
manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan daromad hisoblanadi.
Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib,
qarzdorning umumiy faoliyatidan olgan daromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni
qaytarishning asosiy manbai loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda
va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof
ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit
bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda
aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi
kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy
moliyalashtirish - bu bank tomonidan kreditni berish, baholash va
monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab chiqarish va


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

31

xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash
yoki asbob-uskunani sotib olish uchun yo‘naltiriladi deb e’tirof etilgan.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini
kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan
bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy
kredit operatsiyalarida , eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini
o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek,
garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat
berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor
qaratiladi. Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning
loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi.
Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan investitsiyalarni loyihaviy
moliyalashtirishda investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud
bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

qiymati yuqori bo‘ladi;

loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi;

ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi;

kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda

katta bo‘lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;

loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;

ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;

loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani

rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi;

davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.

Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator

omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi:

loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil

bo‘limlarga bo‘lib o‘rganishni;

loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy holatini

to‘liq tahlildan o‘tkazishni;

loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishni;

rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib

borishni.
Ushbu omillar va ular bilan bog‘liq risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga
oshirishda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko‘p


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

32

bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining
ko‘pligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat:

1.O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi
qonuni. 2015-yil 6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
– Toshkent, 2015.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.
3.Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.
4.Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I
statistika, 2001. – S.231.
5.Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va
texnologiya, 2012. – 367 s.
6.Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish
va moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA,
2014. – 608 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2015-yil 6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.

Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.

Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I statistika, 2001. – S.231.

Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 367 s.

Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA, 2014. – 608 b.