INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
26
KORXONALARDA MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGINI
BOSHQARISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
O‘.M.Baytanov
Jizzax politexnika instituti dotsenti v.b
R.Akbaraliyeva
Kibersport fakulteti, 531-22 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16891909
Annotatsiya:
Mazkur maqolada sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalarning raqobatbardoshligini boshqarishdagi muammolar va ularning
iqtisodiy yechimlari yoritilgan. Shuningdek, raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi
integratsiya, modernizatsiya va innovatsion omillarning ta’sir doiralari
atroflicha o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Sanoat mahsulotlari, sanoat korxonalari, raqobat,
integratsiya.
Аннотация:
В данной статье освещаются проблемы управления
конкурентоспособностью предприятий-производителей промышленной
продукции и их экономические решения. Также детально изучены сферы
влияния факторов интеграции, модернизации и инноваций, влияющих на
конкурентоспособность.
Ключевые слова:
промышленная продукция, промышленные
предприятия, конкуренция, интеграция.
Bugungi kunda narxsiz raqobat kurashi kuchayib borayotgan bir sharoitda
sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini
boshqarish tizimidagi muammolar juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa
o‘z
navbatida
sanoat
korxonalarining
raqobatbardoshligi
yuqori
harakatlantiruvchi omil sifatida baholanmoqda. Shu bois, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarni ularning sifatini oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini
optimallashtirishga, mehnat mahsuldorligini oshirishga olib keladi [1].
Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ular
faoliyatida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator mahalliy va
xorijiy olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Sanoat masulotlari
raqobatbardoshligini boshqarishning nazariy va metodologik asoslari A.Aronov,
O.Vixaniskiy, O.Bogomolov, R.Fatxutdinov asarlarida tadqiq etilgan. Jumladan
Maykl Porter shunday deb yozgan edi: “Raqobat ustunligining ikkita asosiy turi
(differentsiatsiya va arzon narx), firma ularga erishishga intilayotgan faoliyat
doirasi bilan birgalikda uchta natijaga olib keladi, umumiy strategiyalar sohada
o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun: xarajatlar
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
27
bo‘yicha yetakchilik, farqlash va e’tibor. Fokus strategiyasi ikkita variantga ega:
xarajatlarga yo‘naltirilganlik va farqlash fokusi” [2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-
yanvardagi “2022-2026 – yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida strategik
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” ijrosini ta’minlash doirasida milliy
iqtisodiyotni tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bir
qator amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan [3].
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarini rivojlantirishning
amaldagi bosqichi zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish orqali global
iqtisodiy tizimning turli pog‘onalarida raqobatbardoshlikning yuqori darajasini
ta’minlash muammosini dolzarblashtiradi. Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ushbu tarmoqlarda ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalashga
olib
keladi,
pirovardida
sanoat
mahsulotlarining ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligi ta’sirida
aholining ish bilan bandligi ortadi, uning turmush darajasi yuksaladi hamda
mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanadi [4].
Bozorda ta’minot darajasini oshirish uchun ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish va mahalliy, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish,
integratsiyani chuqurlashtirish va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha
zavodlar faoliyatini integratsiyalash zarur. Talab bilan bog‘liq vaziyatni
yaxshilash uchun milliy ishlab chiqaruvchilar, brendlar va dizaynerlarning
xorijiy sheriklar bilan samarali integratsiyalashuvini, eksport bozorlariga,
xususan, Yevropa Ittifoqi, Belorussiya, Yaqin Sharq va Kanadaga chiqishni
ta’minlash zarur. Shu bilan birga, mahalliy kompaniyalar mamlakat hududidan
tashqarida mato yetkazib beruvchilarni jalb qilish kontekstida integratsiyaga
yo‘naltirishi mumkin.
Bizning fikrimizcha, sanoatda integratsiyani amalga oshirish alohida
ishtirokchilarning ham, umuman butun majmuaning faoliyati samaradorligini
baholash imkonini beruvchi mezonlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.
Integratsiyalashgan sanoat majmuasi faoliyatiga quyidagilar kiradi:
integratsiyalashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hajmida fanni talab qiluvchi
mahsulotlar ulushini oshirish; mahsulotlarni kompleks ishlab chiqarish
jarayonida yangi texnoogiyalardan foydalanish; ishlab chiqarish zanjirini
modernizatsiya qilish darajasini oshirish va tayyor mahsulotni kompleks ishlab
chiqarishning har bir bosqichida ishlab chiqarish hajmlarining muvofiqligini
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
28
belgilash; biznes strategiyasi natijasida mahsulotlarning raqobatbardoshligini
oshirish darajasi; yaxlit kompleks xodimlari daromadlarining o‘sishi.
Sanoat korxonalarini integratsiya sharoitida raqobatbardoshligini oshirish
uchta darajadagi maqsadlilikni o‘z ichiga oladi:
birinchidan, o‘z biznes jarayonlariga e’tibor qaratgan kompaniyalarning
ichki integratsiyasi, bunda sheriklar, yetkazib beruvchilar, ta’lim muassasalari va
iste’molchilar bilan integratsiya elementlari amalga oshiriladi;
ikkinchidan, mahalliy kompaniyalarga xalqaro bozorlarga chiqish uchun
zarur shart-sharoitlarni shakllantirish imkonini beradigan davlat darajasida
yaxlit kompleksni shakllantirish;
uchinchidan, savdo bozorlarini kengaytirish va raqobatbardosh
pozitsiyalarni mustahkamlash uchun xorijiy biznes hamkorlar bilan integratsiya
Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir etuvchi
integratsiya, modernizatsiya va innovatsion omillarning kompleks vazifalari
ushbu maqsad amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. Integratsiyalashgan sanoat
majmuasi korxonalarning raqobatbardoshligiga ko‘p jihatdan korxona oldiga
qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning o‘zaro munosabatlari
yordamida erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. G.Madrahimova. Analysis of the Role and Current State of the Textile Industry
in the Economy of Uzbekistan. Archive of scientific research. 2020. № 16. 134-
142 p.
2. Porter, Maykl E. (1985). Raqobat afzalligi. Bepul matbuot. ISBN 978-0-684-
84146-5.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning “2022-2026 –
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni. 2022-yil 28-yanvar. lex.uz
4. Чистов Л.М. Эффективное управление социально-экономическими
системами. СПб.: ООО ТК “Петрополис”, 1998 – 475 с.