Авторы

  • Aybek Igilikov
    Nukus davlat pedagogika istituti Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.52471

Аннотация

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida jamiyatni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak o`qituvchilarning axborot kompetensiyasi shakllantirishning metodik asoslarini takomillashtirish, talabalarda raqamli kompetensiyani rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish, kompyuting ta’limining dasturiy ta’minotini modernizatsiyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak o`qituvchilarning korxonalarni istiqbolli rivojlantirish jarayonlarini loyihalash, amalga oshirish va bashoratlash faoliyatiga tayyorlashda axborot texnologiyalaridan foydalanish, hamkorlikdagi izlanishli va ijodiy faoliyatni tashkil etishning integrativ didaktik vositalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy faoliyat kasbiy yo‘nalganlik, ijodiy tavsifga ega bo‘lib, talabalarga mustaqil qarorlar qabul qilish uchun erkin muhitni yaratish, ularning individual xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etamoqda.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

62

ZAMONAVIY DASTURLAR ASOSIDA BO`LAJAK O`QITUVCHILARNI

O`QITISH METODIKASINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Aybek Igilikov

Nukus davlat pedagogika istituti

Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14005244

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida jamiyatni axborotlashtirish

sharoitida bo‘lajak o`qituvchilarning axborot kompetensiyasi shakllantirishning
metodik asoslarini takomillashtirish, talabalarda raqamli kompetensiyani
rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish, kompyuting
ta’limining dasturiy ta’minotini modernizatsiyalashga katta ahamiyat
qaratilmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak o`qituvchilarning korxonalarni istiqbolli
rivojlantirish jarayonlarini loyihalash, amalga oshirish va bashoratlash faoliyatiga
tayyorlashda axborot texnologiyalaridan foydalanish, hamkorlikdagi izlanishli va
ijodiy faoliyatni tashkil etishning integrativ didaktik vositalarini ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida loyihaviy faoliyat
kasbiy yo‘nalganlik, ijodiy tavsifga ega bo‘lib, talabalarga mustaqil qarorlar qabul
qilish uchun erkin muhitni yaratish, ularning individual xususiyatlarini hisobga
olishni taqozo etamoqda.

Zamonaviy iqtisodiyot, ishlab chiqarish jadal rivojlanayotgan sharoitda,

texnik oliy ta’lim muassasalari o`qituvchilarining turli mutaxassisliklar bo‘yicha
tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan hujjat − bu oliy ta’lim davlat
ta’lim standarti hamda malaka talablari hisoblanadi. Hozirgi DTS texnika va
texnologiya sohasidagi o`qituvchilarning kasbiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiga
quyidagi kiradi:

-

Hisob ishlari va dasturiy-loyihalash ishlari;

-

Loyihalash konstruktorlik ishlari;

-

Ishlab chikirish, sanoat hamda texnologik ishlari;

-

dasturiy-loyiha texnologik ishlari;

-

eksperimental-tadqiqot ishlari;

-

ilmiy-tadqiqot ishlari;

-

tashkiliy-boshqaruv ishlari.

Bizning fikrimizcha, grafik kompetensiya − chizmachilik standartlari va

qoidalari, ularni amalda qo‘llash ko‘nikma va malakalari hamda turli grafik
dasturlar yoki grafik paketlar bilan ishlash darajasini bilishga qaratilgan fazoviy
fikrlash jarayonlari bilan bog‘liq intelektual faoliyatdir.

Kompetentlik yondashuvi nuqtai nazaridan grafik kompetentlikni fanga xos

deb hisoblab, ishlab chiqarish va sanoatda kompyuter texnologiyalari sohasidagi


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

63

kompetentlikka e’tibor qaratamiz.

Ta’lim jarayonida talabalar tomonidan dasturiy-loyihalashda kompyuter

grafikalari (LKG) yordamida foydalanishga tayyorlik LKGdan foydalanish uchun
mantiqiy – didaktik tuzilmasini, motivatsion–qadriyatli, hamda uning nazariy
jihatlarini bilish, tegishli hissiy va irodaviy sifatlarni namoyon qilish va kasbiy
ko‘nikmalar majmuasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

Kasbiy-grafik kompetensiya uchta shakllanish darajasiga ega: motivatsion-

qadriyatli, kognitiv-faoliyatli va kreativ-irodaviy.

Motivatsion-qadriyatli yondashuv o‘qitish va keyingi kasbiy faoliyat

jarayonida kompyuter texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalanish zaruriyati
bilan tavsiflanadi. Buning natijasidan talaba mavzu haqida umumiy
tushunchalarga ega bo‘lish bilan birga, qurilishda kompyuter texnologiyalarining
texnik vositalari haqida quruq tasavvurga ega bo‘lib qolmasdan emas, ularning
ahamiyati va o‘quv jarayonida foydalanishini tushunadi.

Shaxsiy kompyuterdan foydalanish bugungi kunda ta’limning eng muhim

tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Grafik tasvirlar ko‘rinishida ma’lumotlarni
taqdim etish, mutaxassisni tayyorlash masalalari: chizmalar, diagrammalar,
ishchi chizmalar, eskizlar, taqdimotlar, vizualizatsiya, modelashtirish, loyihalash,
animatsiya, virtual olam va boshqalarni taqdim etish dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi sohasidagi bo‘lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi,
ta’limni axborotlashtirishning o‘sib borayotgan sur’atlari, yagona axborot
muhitini yaratish va dasturiy ta’minot, intellektual mahsulotlar va yechimlarning
jadal rivojlanayotganligi sharoitida, ijtimoiy buyurtmadan, jamiyatning
o`qituvchilarga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, raqobatbardosh mutaxassis
tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak [8]. Buning uchun dastlab bo‘lajak
o`qituvchining loyihalash yechimlarini maqbul tanlay olishi, loyihaviy faoliyatni
dual ta’limda qo‘llay olishi, fazoviy tassavurini, dasturiy-loyihalash
kompetensiyasini hamda kompyuter texnologiyalari grafik dasturlardan
foydalanishni bilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ye.Vox [7] fikriga ko‘ra, oliy ta’lim muassalari talabalari uchun muayyan

vaziyatlar metodidan foydalangan holda grafik fanlarni o‘qitish tavsiyasi berilgan.
Ya’ni bo‘lajak o`qituvchilarning umumiy kasbiy va dasturiy-loyihalash
kompetensiyalarini shakllantirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalariga
grafik fanlarni o‘qitishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqilgan. Grafika ta’limi
o`qituvchilarni tayyorlashda to‘siq bo‘lib qolgan muammolar ko‘rsatilgan. Ushbu
muammolarni hal qilishda grafik fanlarni o‘qitish darajasini kuchaytirishga va
ko‘tarishga yordam beradigan vositalardan biri sifatida aniq vaziyatlarni tahlil


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

64

qilish usuli taklif qilingan. Ushbu uslubni amalga oshirishning turli xil turlari
keltirilgan, uni an’anaviy va innovatsion o‘qitish usullari bilan birgalikda qo‘llash
foydali ekanligi dalillar bilan keltirilgan.

Oliy ta’lim muassasalarida bunday murakkab talablarni bajara oladigan

mutaxassis tayyorlashda ayrim kamchiliklarga to‘xtalib o‘tamiz [8]:

o`qituvchilarni kasbiy tayyorgarligi uchun davlat va jamiyat buyurtmasi,

ish beruvchi tomonidan qo‘yiladigan yuqori talablar va bo‘lajak o`qituvchilarga
kompyuter grafikasi yordamida loyihaviy faoliyatini o‘rgatish jarayonining
nazariy va uslubiy asoslanishi etarli emasligi;

kompyuter grafikasi yordamida loyihaviy faoliyatini shakllantirish va

undan oliy ta’lim tizimida o`qituvchilar tayyorlash jarayonida ilmiy amaliy
salohiyatning yetarli darajada emasligi;

ta’lim sifatini oshirishga yordam beradigan va bo‘lajak o`qituvchilarni

tayyorlashda ushbu imkoniyatlardan foydalanish rivojlantirish modeli va
dasturini amalga oshirishning uslubiy va texnologik jihatlarining yetarli darajada
rivojlanmaganli;

mazmunli, tadqiqot, faolitli – ijodiy, axborot va amaliy loyihalar orqali

kelajakdagi o`qituvchilarning ijodiy, o‘zini-o‘zi anglashi zarurligi va ushbu
jarayonni mavjud pedagogik sharoitlar va loyihani kompyuter grafikasi
texnologiyalari asosida tashkil etish qobiliyatining cheklanganligidir.

Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili bo‘lajak o`qituvchilarning grafik

kompetentligining quyidagi tarkibini aniqlash imkonini beradi [10]:

− motivatsion-qadriyatliy komponent (shaxsning faoliyat obyekti sifatidagi

o‘rnini va yo‘nalishini belgilovchi shaxsiy sifatlar;

− faoliyatli – ijodiy (ongli faoliyatni ta’minlaydigan nazariy bilimlarning

mavjudligi);

− amaliy komponent (shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan, amalda sinab

ko‘rilgan bilim va ko‘nikmalar eng samarali deb hisoblanadi);

− refleksiv-baholash komponent (shaxsning kasbiy grafikaviy ishlarni

amalga oshirishda konstruktorlik, loyihalash faoliyatida mustaqilligi, faolligi,
ijodkorligi, kreativligi va o‘zini-o‘zi baholash).

Bo‘lajak o`qituvchilar dasturiy-loyihalash kompetentliligining mazmuniy va

faoliyatiy komponentlarini aniqlash uchun [12]:

birinchidan, biz o`qituvchining faoliyatini tahlil qildik, bu esa yangi texnik

jihozni loyihalash umumiy maqsadga erishishga qaratilganligini ko‘rsatib berdi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun o`qituvchi quyidagi vazifalarni ketma-ket
bajarishi lozim. Masalan, loyihalashning texnik vazifasi, texnik taklif, texnik


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

65

loyiha, ishchi loyiha (xomaki konstruktorlik hujjatlari)ni o‘z ichiga oladi.

ikkinchidan, faoliyatli yondashuvdan kelib chiqib, amaliy ko‘nikmalar

uning nazariy bilimlarining ishlash shakli hisoblanadi.

Kompyuter grafikasi grafik dasturlar yordamida loyixalash faoliyatda o‘quv

faoliyatining mazmunini integratsiyalash har qanday yosh bosqichida uning
boshqa faoliyat turlari, jumladan, talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan turli mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar, muhim
omillarni e’tiborga olgan holda maqsadga yo‘naltirilgan qonuniyatlardan
foydalanish, rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlari o‘stirish bilan bog‘lash imkonini
beradi.
Dasturiy loyihalash va konstruktorlik talabalarda bilim, ko‘nikma va
malakalarning mavjudligini nazarda tutadi. Texnik fazifalarni belgilash, iqtisodiy
samaradorlikni asoslash, axborotlar ustida ishlash, ijodiy umumlashtirish hamda
turli ko‘rinishdagi loyihalarni erkin tasavvur etish, konstruksiyalarni, ularga mos
keluvchi hujjatlarni mustaqil ishlab chiqish, yangi loyihalarni qo‘llay olish
malakasiga ega bo‘lishini nazarda tutadi.

Adabiyotlar ro`yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada

rivojlantirish chora – tadbirlari” tog‘risidagi (2017 yil 20 – aprel) PQ-2909-son
Qarori // httrs://www.lex.uz/docs/3171590.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqit strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni. QMMB: 06/22/60/0082-son 29.01.2022-y.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
(2019 yil 8 oktabr) PF-5847-sonli Farmoni // httrs://lex.uz/docs/4545884.
4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy

ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
(2019 yil 8 oktabr) PF-5847-sonli Farmoni, 1-ilova 9-bandi //
httrs://lex.uz/docs/4545884.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim Davlat

standartlarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi (2021 yil 12 avgust) 511- sonli Qarori
6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining (2020 yil 30

iyun) 30-sonli buyrug‘i 1-ilovasi.
7.

Vox Ye.P. Formirovanie graficheskix kompetensiy u buduщix injenerov v

samostoyatelnoy poznavatelnoy deyatelnosti: dis. kand. ped. nauk. –
Yekaterinburg: 2008. – 189 s.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

66

8.

Rixsiboev T. Kompyuter

grafikasi. KHK va

oliy

ta’lim

muassasalari talabalari uchun qo‘llanma. – T., 2018. – 68 b.
9.

Nasritdinova U.A, Satimxo‘jaev M. Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishga

zamonaviy yondashuv// Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishga zamonaviy
yondashuv // “Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy, ommabop j. – T.: 2013. - №9. – 38
– 41– b.
10. Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. Bo‘lajak texnologik ta’lim
o‘qituvchining loyihalash faoliyati // Met.qo‘ll. – T.: TDPU Rizografi, 2014.– 6 – 5
b.
11. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim, ko‘nikmalarini
rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
metodikasi // Monog. – T.: TDPU Rizografi, 2014.– 7–5 b.
12. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish / Monog. – T.:
Fan, 2004. – 126 b.
13. Muslimov N.A. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchining loyihalash faoliyati
/ O‘quv qo‘ll. – T.: TDPU, 2012.–105 b.
14. Imomov M. P. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy
madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini
takomillashtirish: Ped. fanl. bo‘yicha fals.dokt. atoreferat.‒T.: 2021. ‒ 17 b.
15. Alimov A.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan
texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash: Pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (RhD) monografiyasi avtoreferati. – T.: 2018. – 48 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari” tog‘risidagi (2017 yil 20 – aprel) PQ-2909-son Qarori // httrs://www.lex.uz/docs/3171590.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqit strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. QMMB: 06/22/60/0082-son 29.01.2022-y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2019 yil 8 oktabr) PF-5847-sonli Farmoni // httrs://lex.uz/docs/4545884.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2019 yil 8 oktabr) PF-5847-sonli Farmoni, 1-ilova 9-bandi // httrs://lex.uz/docs/4545884.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim Davlat standartlarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi (2021 yil 12 avgust) 511- sonli Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining (2020 yil 30 iyun) 30-sonli buyrug‘i 1-ilovasi.

Vox Ye.P. Formirovanie graficheskix kompetensiy u buduщix injenerov v samostoyatelnoy poznavatelnoy deyatelnosti: dis. kand. ped. nauk. – Yekaterinburg: 2008. – 189 s.

Rixsiboev T. Kompyuter grafikasi. KHK va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qo‘llanma. – T., 2018. – 68 b.

Nasritdinova U.A, Satimxo‘jaev M. Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishga zamonaviy yondashuv// Kompyuter grafikasi fanini o‘qitishga zamonaviy yondashuv // “Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy, ommabop j. – T.: 2013. - №9. – 38 – 41– b.

Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchining loyihalash faoliyati // Met.qo‘ll. – T.: TDPU Rizografi, 2014.– 6 – 5 b.

Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi // Monog. – T.: TDPU Rizografi, 2014.– 7–5 b.

Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish / Monog. – T.: Fan, 2004. – 126 b.

Muslimov N.A. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchining loyihalash faoliyati / O‘quv qo‘ll. – T.: TDPU, 2012.–105 b.

Imomov M. P. Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasbiy madaniyatini kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Ped. fanl. bo‘yicha fals.dokt. atoreferat.‒T.: 2021. ‒ 17 b.

Alimov A.A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) monografiyasi avtoreferati. – T.: 2018. – 48 b.