INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
39
CHET TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV O’YINLARDAN
FOYDALANISH
Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13924637
Annotatsiya
Chet tilini o‟qitishda kommunikativ o‟yinlardan foydalanish
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish judayam yaxshi samara
beradi. Mashg‟ulotlarda kommunikativ o‟yinlardan foydalanilsa, o‟quvchilarda
chet tilini o‟rganishga faol qiziqish vujudga keladi va chet tiliga doir bilimlarni
egallashga intilish kuchayadi. Bunday mashg‟ulotda asosan o‟quvchilar faolligi
kuzatiladi, o‟qituvchi esa ularni yo‟naltiruvchi vazifasini bajaradi.
Kalit so’zlar:
ko‟nikma, malaka, muloqot oldi faoliyatlari, konservativ
metod, savol javob, debatlar, fuksional muloqot, monolog, dialog, polilogik nutq
Zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalangan holda o‟qitishnining ilg‟or va ustivor uslublarini joriy etish, o‟sib
kelayotgan yosh avlodga chet tillarini puxta o‟rgatish, shu tillarda erkin
so‟zlasha
oladigan
mutaxasislarni
tayyorlash
tizimi
yanada
takomillashtirilmoqda. Dars mashg‟ulotlari davomida ta‟limiy-kommunikativ
o‟yinlardan foydalanib ham o‟quvchilar faolligini oshirish, ularning o‟z ustida
ishlashlariga imkoniyat yaratish mumkin bo‟ladi. O‟qitishning bu usullari
ma‟lum ma‟noda dars uslubini o‟zgartira oladi, o‟quv jarayonida ijobiy natijaga
erishishni ta‟minlaydi. Shuningdek pedogogik texnologiya o‟qituvchi va
o‟quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan holda mustaqil fikrlash,
o‟quv materialini o‟zlashtirishda faollikni ta‟minlaydi. Bugungi kunda chet tilini
o'qitishning an'anaviy usullarining zaif tomonlari sababli til ko‟nikmalarini
egallashda bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotganligi kommunikativ
o‟yinlardan foydalanib chet tilini o‟rganishni talab qilmoqda. Demak, chet tilini
o„qitishni isloh qilish va til ko‟nikmalarini takomillashtirish borasida hali ko„p
ish qilish kerak, desak xato bo„lmaydi. Shu sababli, tilni o'qitishning
kommunikativ yondashuvini qo'llash usullarini muhokama qilish va ulardan
o‟rinli foydalanish hamda chet tili darslarida kommunikativ o'yinlardan
foydalanish talabalarni kommunikativ bo'lgan sinf faoliyatiga jalb qilishning eng
yaxshi usullaridan biri hisoblanadi.Til o'yinlari chet tilini o‟rgatishdagi eng
qimmatli va samarali usullardan biri sifatida ko'plab g'arb o'qituvchilari
tomonidan uzoq vaqt davomida qo'llanilgan. Chet tilini o‟rganish o‟ziga xos
jarayon bo‟lib, uning samaradorligi quyidagilarga bog‟liq: – chet tilini o‟qitish
orqali ta‟lim mazmunini tashkil qilgan aspektlarni, nutq faoliyati turlari (tinglab
tushunish, gapirish, o‟qish va yozuv) ni yaxlit va izchillikda lingivistik
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
40
kompetensiyaning asosi bo‟lgan nutqiy kompetensiya tarkibida o‟rgatish;
lingivistik nutqiy (kommunikativ), til, pragmatik, sotsio-lingivistik va o‟quv-
kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish;
fanlararo integratsiya (o‟quv
fanlarining o‟zaro aloqadorligi)ni tashkil qilish;
nutq faoliyati turlari (o‟qish,
yozish, tinglab tushunish va gapirish) hamda shakllari (og‟zaki va va yozma
nutq) orasidagi o‟zaro bog‟liqlikni ta‟minlash maqsadida rivojlantiruvchi
mushtarak tizimni ishlab chiqish;
o‟quvchilarga madaniyatlararo muloqotga
xos bo‟lgan urf-odatlarni singdirish bilan o‟z xalqi madaniyatini chuqur anglab
yetishga o‟rgatib borishdan iborat. Zamon talablariga mos holda chet tillarini
mukammal o‟rganish har bir o‟sib kelayotgan yosh uchun juda ham muhim.
Chet tillarni bilish orqali yoshlarimiz xorijlik tengdoshlari bilan bemalol ilm-
fanda raqobatlasha oladi, jahon sahniga chiqa oladi. Chet tilini o`rganishda
talabalarda muloqot faoliyatini olib borish qobiliyatini shakllantirishda va ularni
jonli muloqotda qo`llash, ko`nikma va malakalarni shakllantirishda quyidagi
faoliyatlar qo`l kelishi va samara berishligi aniqlandi: 1. Muloqot oldi faoliyatlar
( pre – communicative activities ). 2. Muloqot davridagi faoliyatlari: a)
funksional muloqot faoliyatlari (functional communicative activities) b) Ijtimoiy
o`zaro kechadigan faoliyatlar 3. Muloqotdan keyingi faoliyatlar ( post
communicative activities ) Bunday faoliyatlarning har birini o`ziga xos tomoni
bo`lib, biri ikkinchisiga xizmat qiladi. Masalan: muloqot oldi faoliyatlar
talabalardan muloqot birliklari (gap, sodda, qo`shma gaplarning qo`llanilishi
haqidagi dastlabki bilimlarni bo`lishini taqozo etadi ). An`anaviy metodlardan
farqli o`laroq, barcha mavjud metodlarning ijobiy hizmatlarning o`zida
mujassamlashtirgan kommunikativ metod, jumladan, interfaol metod bilan dars
berishganda ayniqsa, talabalar kommunikativ faoliyatini o`stirish maqsadida
darslar o`zgacha tusda va ruhda, ya`ni zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan
holda, ayniqsa, psixologiya, pedagogika va metodika fanlari yutuqlariga
tayangan holda kommunikativ o‟yinlar orqali chet tilida muloqotga o`rgatish
asosiy vazifani tashkil etadi. Asosiy e`tibor talabalar kommunikativ faoliyatini
o`stirishga xizmat qiluvchi barcha faoliyatlarni o`ziga mujassamlashtirgan
kommunikativ o‟yinlar orqali talabalar nutqning muloqotga layoqatliligi,
muloqot strategiyasi kabi jihatlarini shakllantiruvchi ko`nikma va malakalar
hosil qilish usuliyatini ishlab chiqishga urunishdir, chunki, bunday bilimlarsiz
muloqot olib borishning boshqa faoliyat turlarini amalga oshirib bo‟lmaydi.
Bunday faoliyatlarni amalga oshirishda o`qituvchi talabalardan bir qator til
mashqlarini bajarishlarini tavsiya etadi va bunda yetishgandan so`ngina ikkinchi
faoliyat turi, ya`ni muloqot davomida olib boriladigan faoliyatlarini amalga
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
41
oshirishga kirishadi. Muloqot davomida olib boriladigan faoliyatlar talabalarda
jonli nutqni shakllantirishga, ularning muloqotga layoqatlilik jihatlarini va
muloqot strategiyasining shakllantirishga xizmat qiladiki, bunda shartli nutq
mashqlariga asosiy e`tibor beradi. Muloqot davomida olib boriladigan
faoliyatlardan yana bir turi sof nutq faoliyatlari bo`lib, unda talabalar o`qituvchi
nazoratida sof nutq mashqlari orqali erishadilar. Shunisi e`tiborga moliyki
barcha faoliyat turlari kechib borar ekan o`qituvchi faqatgina kommunikativ
faoliyatini o`stirishda turli tuman faoliyatlar, o‟yinlar jumladan monologik nutq
orqali dialogik va polilogik (ikkitadan ortiq suhbatlash ishtirokida) nutq
faoliyatlari barchasi u yoki bu darajada bir – birini to‟ldirib, muloqotning
to`laqonli va uzluksiz, eng muhim samarali kechishiga xizmat qiladi. Bunday
kommunikativ faoliyatlarni o`stirishda barcha faoliyatlar lingvo didaktik talablar
darajasida amalga oshirilishi, ma`lum ko`zlangan asosiy maqsad - chet tilida
erkin muloqot olib borishlik qobiliyatini shakllantirishga muntazam tayyorlaydi.
O‟qituvchi kuzatuvchi, nazoratchi, yoki boshqaruvchi vazifasini bajaradi,
talabalar esa barcha faoliyatlarning ham ob‟ekti, ham ijrochisi, ham
ko`zatuvchisi, ham baholovchisi bo`lib, muloqotning markazini figuralariga
aylanadilar. Bunday kommunikativ o‟yinlarning yana bir afzal tomoni shundaki
talabalarda muloqot erkinligi, o`zaro hamkorlik, o`zaro hurmat, o`zaro
mas`uliyatlik va o`zaro javobgarlik hislari shakllanadiki, bunday hissiyotlar
majmuasi ularga nafaqat chet tilini o`qitishda, hayotda ham qo`l keladi va katta
samaralar berishi tabiiy. Talabalar kommunikativ faoliyatini shakllantirishda
asosiy omillarda biri obdon o`ylanib tuzilgan kommunikativ o‟yinlar tizimidir.
Bunday o‟yinlar tizimi uch xil o‟yinlarni o`z ichiga oladi. 1. Til ko‟nikmalarini
shakllantiruvchi o‟yinlar 2. Nutq ko‟nikmalarini rivojlantiruvchi o‟yinlar 3.
Muloqot ko‟nikmalarini shakllantiruvchi, o‟stiruvchi o‟yinlar Har bir o‟yin
turini o`ziga xos o`rni va kommunikativ faoliyat olib borishda o`ziga xos
ahamiyati bor. Kommunikativ o‟yinlar talabalarda muloqot birliklari bo`lgan
gaplar (sodda, qo`shma gaplar) ning qurilishi bilan, ularning kesimlarida
qo`llaniladigan fe`l shakllarini o`rganish bilan bog`liq bo`lgan barcha
faoliyatlarini o`z ichiga oladi. Bu birinchi bosqichda muhim ahamiyatga ega.
Demak, talabalar kommunikativ faoliyatini o`stirishda til mashqlari “muloqot
oldi faoliyati (pre – communicative activities)” olib borishda muhim omil bo`lib
sanaladi. Talabalar kommunikativ faoliyatini o`stirishda ikkinchi etapida”
muloqot davomidagi faoliyatlar (during communicative activities)” muhim o`rin
tutadi. Aynan mana shu bosqichda talabalarda muloqotga layoqatlilik qobiliyati,
muloqot yuritish uslubi (yo`l – yo‟riqlari), ya`ni muloqot strategiyasi
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
42
shakllanadi. Bunday bosqichda “shartli nutq mashqlari (conditional speech
exercises)” muhim ahamiyat kasb etadi, natijada talabalarda muloqotga
layoqatlilik, muloqot strategiyasi kabi omillar shakllanib, talabalar erkin
muloqot olib borishga ko`nikma va malakalarini talab darajasida shakllantirib
oladilar.
Foydalanilgan adaboyotlar:
1. "Pedagogika" - S. M. Kamilov.Ta'lim jarayonining nazariy va amaliy asoslari,
o'qitish usullari haqida ma'lumotlar.
2. "O'qitish metodlari" - R. A. Qodirov
O'qitish usullarini tahlil qilish va ularning samaradorligini oshirish bo'yicha
tavsiyalar.
3. "Ta'lim metodikasi" - M. A. Sattorov
Ta'lim jarayonida foydalaniladigan metodlar va ularning qo'llanilishi haqida.
4. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari" - N. A. Murodov. Zamonaviy ta'lim
texnologiyalari va innovatsion usullarni qo'llash haqida
5. "O'qitish usullari va texnologiyalari" - L. M. Ergasheva.O'qitish jarayonida turli
usullar va texnologiyalarni qo'llash bo'yicha amaliy misollar.
6. "Pedagogik texnologiyalar" - T. A. Abdurahmonov.Pedagogik texnologiyalarni
o'rganish va ularni ta'lim jarayonida qo'llash.
7. "Ta'limda o'yin metodlari" - Z. R. Shukurova. O'yinlarni ta'lim jarayonida
qanday samarali ishlatish mumkinligi haqida.
8. "O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma" - Oliy ta'lim muassasalari uchun. •
O'qituvchilarga mo'ljallangan usullar va strategiyalar to'g'risida.