INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
5
REGISTON MAYDONIDAGI XATTOTLIK SANATI VA BUYUK
TEMURIYLAR IMPERIYASI.
Fayzullayeva Xursheda
Registon ansambli gid ekskursovodi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14293360
“Mulk Allohnikudur , Boqiylik Allohga xos , Allohga shukr “ ushbu
muqaddas so’zlar Tillakori masjidi peshtoqida bitilgan . Masjid XVII asrda
Samarqad hokimi va qolaversa Buxoro xonligining bosh qomondoni
Yalangtushbiy Bahodir tarafidan qurilgan. Buyuk ajdodlarimiz bilan doimo
faxrlanamiz ! Ular qoldirgan meros bizning o’zligimizni doimo yodga solib
turadi. Ajdodlarning shonu shavkatidan darak beruvchi terixdan bizgacha yetib
kelgan meroslardan eng go’zali Registon madoni desak mubolag’a bo’lmaydi
albatta.
Registon maydoni o’zida to’rt asrlik tarixni jamlagan salobatli obida!
Registon maydonida Ulug’bek madrasasi, Sherdor madrasasi , Tillakori masjidi
va Shayboniyar daxmasi qad rostlagan. Bu sirli maydon yozuvlarini o’qish bizga
ota bobolarimizning madaniyati , dini , maqsadini yoritib beradi . Misol uchun
Ulug’bek madrasasini olaylik . Ulug’bek madrasasi maydondagi eng birinchi qad
rostlagan oliy ta’lim maskani bo’lib XV asrdan XX asr boshlarida ish faoliyati olib
brogan . O’zbekistonning II renesansi davri bo’lmish XIV – XV asrlarda ilm
rivojlanib mamlakatimiz hududlarida renesans vujudga kelgan buning asosiy
sababi : Amir Timur tarafidan olib kelingan olimlar , qimmatbaho kitoblar ,
xazina va albatta Mirzo Ulug’bekning jonkyarligi va ilm ortidan “ sher “ kabi
quvib kamolotga erishganligi va xalqni ilmga undaydi. Hadisi shariflarda ham
ilm ulug’lanadi. Bir soatlik ilm tuni bo’yi qilingan toat ibidatdan ustun deyiladi.
Mirzo Ulug’bek tolibi ilmlarni ilhomlantirishda aynan o’sha hadislardan
foydalangan va hattoki har bir xujraning eshigi yuqorisida hadis yozdirtirgan va
hadislarga hurmat ko’rsatilsin uchun eshiklarni past qildirib shoxu- gadoni
hadisga bosh egishlariga undagan.
Ulug’bek madrasasi yozuvlari judaham ajayib . Islom olamida taraqqiyotga
erishgan Movoraunnahr deb nomlangan buyuk yurtdan dunyoga dong taratgan
olimlar chiqqan . Madrasadagi yozulardan birida ilm ulug’lanadi va uni
izlovchilar math etiladi . Ulug’bek madrasasining chap tarafdagi kirish qismida
yozilgan : Allohning nomi bilan o’qi so’zi ham bunga yaqqol misoldir . Bu so’z
shuni bildiradigi Alloh ilmga davat etadi.
Ulug’bek madrasasi peshtoqida “ Dunyo manzillarini yuksalishiga asos
solishning afzali va oxirat maydoni , qurilishi mustahkamligiga erishishning eng
mukammal yo’li – hidoyat va ilm qoidalarini tuzish , shariat va fatvo
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
6
maskanlarini bunyod etish , xususan , olimlar makon qiladigan shunday oliy
maqomlarni bino qilishdur”
Ushbu madrasalarning qurilishidagi asosiy sabab bu Alloh taoloning
marhamatiga erisishdur . Alloh taoloning bizga bergan marhamati shunchalik
ko’p u narsalarni o’z vaqtida qadriga yetmaymiz . Temuriylar saltanatida Islom
dinu ustun bo’lib xizmat qilgan aynan Amir Timur , Shoxrux Mirzo , Mirzo
Ulug’bek davrida Islom saltanatni gullatib yashnatgan. Buyuk sultonlar
Allohning marhamatidan umidvor bo’lgan holda ko’rkam bog’u rog’lar yaratgan ,
go’zal madrasayu – masjidlar , saroylaru karvonsaroylar qurdirib mamlakatni
mustahkamlagan . Ilm ahli doimo ulug’langan va ularga katta – katta sovg’a
salomlar in’om etilgan .
Alisher Navoiy tomonidan Mirzo Ulug’bekka ajoyib ta’rif berilgan bo’lim Alisher
Navoiy bu sherlarni Ulug’bek madrasasida o’qiganda yozgan.
Tumerxon naslidan sulton Ulug'bek
Ki olam ko'rmadi Sulton aningdek
Rasadkim bog'lamish zebu jaxondin
Jaxon ichra yana bir osmondir
Bilib bu nav ilmi osmoniy
Ki , ondin yozdi " Zini Ko'ragoniy "
Qiyomat deguncha ahli ayyom
Yozurlar oning ahkomidan ahkom .
Ushbu sherda ham Mirzo Ulug’bekning qanchalik kuchli shaxs bo’lganligi aks
etgan.
Registon maydonida aks etgan yozuvlar insonlarni ilm olishga hayotdagi
qiyinchiliklarga qaramasdan doimo iymonda mahkam turib bilimga intilishga
undaydi . Buyuk ajdodlarimiz bo’lmish Mirzo Ulug’bek va Yalangtushbiy Baxodir
bunga yaqqon misoldesak adashmagan bo’lamiz .
Adabiyotlar:
1.
Maʼnaviyat yulduzlari, T., 1999.