Авторы

  • Sabriddin Xudoyberganov
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari
  • Fazliddin Qarshiyev
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari
  • Shahboz Bahriddinov
    Termiz davlat pedagogika instituti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.52507

Ключевые слова:

Yuechjilar Guyshuan Dumi Xise Shaunmi Xyumi Kushon podsholigi davri Dahya (Baqtriya) Guy-Shuy (Amudaryo) Sharqiy Turkiston

Аннотация

Bu davr tarixini oʻrganish jarayoniga bir qator tarixchi-qadimshunoslar katta hissa qo’shganlar. Bularga B.A.Litvinskiy, E.A.Davidovich, G.G.Pugachenkova, B.YA.Staviskiy, L.I.Albaum, E.V.Rtveladze, E.V.Zeymal, B.A.Turgʻunov, Sh.R.Pidayev va boshqalar (Sagdullayev,2021. C. 262-263 b). Keyingi yillarda ham Oʻzbekiston tarixida bu davr tarixshunosligini oʻrganish va yoritilib berish masalasi boʻyicha doimiy ravishda tarixchi-olimlarimiz tomonidan juda koʻp tadqiqot ishlari qilinib kelinmoqda.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

30

KUSHON DAVRI TARIXSHUNOSLIGINI YORITISHDA

FOYDALANILADIGAN OLIY VA O‘RTA TA’LIM DARSLIKLARINING

QIYOSIY TAHLILI

Xudoyberganov Sabriddin Sirojiddin o‘g‘li

Qarshiyev Fazliddin Olim oʻgʻli

Bahriddinov Shahboz Abduhamid

Termiz davlat pedagogika instituti talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.13919041

Kalit soʻzlar

: Yuechjilar, Guyshuan, Dumi, Xise, Shaunmi, Xyumi, Kushon

podsholigi davri, Dahya (Baqtriya), Guy-Shuy (Amudaryo), Sharqiy Turkiston,

Kirish:

Bu davr tarixini oʻrganish jarayoniga bir qator tarixchi-qadimshunoslar

katta

hissa

qo’shganlar.

Bularga

B.A.Litvinskiy,

E.A.Davidovich,

G.G.Pugachenkova, B.YA.Staviskiy, L.I.Albaum, E.V.Rtveladze, E.V.Zeymal,
B.A.Turgʻunov, Sh.R.Pidayev va boshqalar (Sagdullayev,2021. C. 262-263 b).
Keyingi yillarda ham Oʻzbekiston tarixida bu davr tarixshunosligini oʻrganish va
yoritilib berish masalasi boʻyicha doimiy ravishda tarixchi-olimlarimiz
tomonidan juda koʻp tadqiqot ishlari qilinib kelinmoqda. Bu davr tarixini
oʻrganish jarayonida turli xil moddiy va yozma manbalar ma’lumotlariga
tayangan holda, xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar bilan hamkorlikdagi soʻnggi
tadqiqotlar natijasida chiqarilgan ma’lumotlar asosida, shuningdek, yangidan-
yangi topib oʻrganilib kelinayotgan yodgorliklar ma’lumotlaridan ham bilib olish
imkoniyatiga ega boʻlishimiz mumkin. Shu barobarida, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta ta’lim tizimidagi darsliklarga ham doimiy ravishda o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish orqali ham bu davrni tarixini yanada kengroq oʻrganish
imkoniyatiga ega boʻlishimiz mumkin.

Kushon davlatining paydo boʻlishi, uning rivojlanishi, siyosiy, ijtimoiy-

iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bo‘yicha Oliy va oʻrta ta’lim tizimidagi
darsliklar turli xil manbalar ma’lumotlari asosida yozilgan bo‘lib, ular bilan
birma-bir tanishib chiqishimiz mumkin. Xususan, bu davlat haqidagi dastlabki
ma’lumotlar bilan biz oʻrta ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan maktab
oʻquvchilari uchun nashr etilgan 6-sinf ,,Qadimgi dunyo tarixi’’ darsligidan bilib
olishi imkoniyatiga egamiz. Keyinchalik oliy ta’lim tizimidagi universitet va
institut talabalar uchun nashr etilgan A.S.Sagdullayev, Q.Usmonov, M.Sodiqov,
S.Burxonova, B.Eshovning yozgan kitob darsliklaridayam bu mavzu boʻyicha
koʻplab ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega boʻlamiz. O‘rta
ta’lim tizimidagi maktab darsligida bu mavzu haqida juda kam ammo, aniq
ma’lumotlar bilan tanishib chiqishimiz mumkin boʻladi. 6-sinf maktab
oʻquvchilari uchun chiqarilgan ,,Qadimgi dunyo tarixi’’ darsligining 2013, 2017


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

31

va 2022-yilgi chop etilgan kitob nusxalarida bu davlatning dastlab mil.avv. 140-
130-yillar oraligʻida koʻchmanchi yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya davlatini
bosib olishidan boshlab ma’lumot beradi. Keyingi tarixiy voqealarni ketma-
ketlik asosida ma'lumot berib, milodiy I asrda yuechjilar orasida Kushon
xonadoni yuksalib, Kushon davlatiga asos solinishi haqida. Bu qabilalarni
birlashtirgan birinchi kushon hukmdori Kudzula Kadfiz boʻlganligi, shuningdek,
uning harbiy yurish paytida bosib olgan hududlari haqida aniq ma’lumotlar bilan
tanishib chiqish imkoniyatiga egamiz (Sagdullayev, Kostetskiy 2017.C. 137-140
b). Eski va yangi tahrirdagi darslikda maktab oʻquvchilariga mavzu boʻyicha
kengroq tasavvurga ega boʻlish uchun turli xil rasmlar va davlat hududi tasvirlab
berilgan hisoblanadi. Boshqa hukmdorlar Vima Kadfiz va Kanishkaning ham
Kushon davlati tarixi oldida qilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy yurishlari
haqida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishimiz
mumkin (Sagdullayev, Kostetskiy 2017. C. 137-140 b). Oliy ta’lim tizimida
oʻqiyotgan talabalar uchun chiqarilgan darsliklarda esa bu ma’lumotlar kengroq
tarzda yoritilib berilgan hisoblanadi. Xususan A.S.Sagdullayevning ,,Oʻzbekiston
tarixi’’ 2021-yildagi nashr etilgan kitob darsligining 1-qismidagi bu mavzu
tarixshunosligi boʻyicha dastlab davlatga kimlar tomonidan asos solinganligi,
qaysi hududlar orqali kirib kelgani, qabilaning kelib chiqishi va ularning tarixda
qanday nomlar bilan atalib kelinishi haqida ma’lumotlar yozib oʻtilgan.
Shuningdek, qadimgi va hozirgi tarixchi-olimlar Strabon, Pompey Trog, Xan
saroyi elchisi Chjan Syan, E.A.Davidovich bergan fikr-mulohazalari haqida aniq
ma’lumotlarga ega boʻlishimiz mumkin (Sagdullayev, 2021. C. 263 b). Darslikda
yuechjilarning kirib kelishi haqida shunday ma’lumotlar bor.Mil.avv. II asrning
ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil.avv. 172-161-yillar oraligʻida
deb belgilashadi) yuechjilar xunnlarda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Oʻrta
Osiyoning shimoliy hududlarida koʻchib yurishadi. Yuechjilar xunn qabilalardan
magʻlubiyatga uchragach, Oʻrta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib,
Dahya(Baqtriya)ni bosib olishadi va Guy-Shuy (Amudaryo)ning shimoliy
tomonidan joylashishadi. Mil.avv 140-130-yillar oraligʻida Baqtriyaga bostirib
kirishgan. Oradan koʻp oʻtmay Baqtriyada Katta yuechji davlati tashkil
topadi.Katta yuechji hukmdorlari qoʻl ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor boʻlib,
ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumi (Sagdullayev, 2021. C. 262-263 b)
Shuningdek, bu kitob darslikdan biz Kushon davlatining paydo boʻlishidan
boshlab milodiy I asrdan to Kushon davlatining inqirozi milodiy III asrgacha
boʻlib oʻtgan davr voqealari haqida aniq ma’lumotlar bilan tanishib chiqish
imkoniyatiga ega boʻlamiz. Bundan tashqari bu kitob darslikdagi mavzudan biz


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

32

davlatning,siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti boʻyicha ham aniq
ma’lumotlar berilib ketilganiga toʻxtalib, alohida e’tibor qaratishimiz maqsadga
molik boʻlgan jihatlardan biri hisoblanadi. Hukmdorlarning harbiy yurishlari
paytida bosib olgan hududlari, davlat oldida qilgan siyosiy, madaniy va iqtisodiy
sohalari boʻyicha islohotlari, shuningdek, turli xil davlatlar bilan boʻlgan
diplomatik munosabatlar haqida ham ma’lumotlar berib ketilgan hisoblanadi
(Sagdullayev, 2021. C. 263-266 b). Bundan tashqari oʻsha davr tarixidan xabar
beruvchi, shuningdek, hozirgi vaqtgacha yaxshi saqlanib kelinayotgan turli xil
tarixiy yodgorliklar va budda ibodatxonalari nomlarigayam toʻxtalib oʻtib
ketilgan hisoblanadi ( Sagdullayev, 2021. C. 270-274 b) . Ularni qurilish tarixi
boʻyicha ham bir-ketinlikda toʻxtalib, qurilish tarixi boʻyicha a’lumotlar yoritilib
berilgan. A.S.Sagdullayevning bu kitob darsligidagi Kushon mavzusi boʻyicha
berib oʻtgan ma’lumotlari boshqa oliy ta’lim tizimda foydalanib kelinayotgan
darsliklardagi mavzudan asosiy farqli jihatlaridan biri bu nafaqat Kushon davri
tarixi, undan tashqari badiiy madaniyati, yozuvi, tasviriy san’ati va dini boʻyicha
ham kengroq tushunchaga ega boʻlish imkonini beruvchi ma’lumotlarga tòxtalib
oʻtilganligiga ham alohida e’tibor qaratishimiz maqsadga molik boʻladi
deyaolamiz (Sagdullayev, 2021. C. 274-283 b). Bu kitobdagi mavzu ham ilmiy
yondashuv, shuningdek aniq manbalar ma’lumotlari asosida yozilgani,
darslikning eng katta ahamiyatga ega boʻlgan yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Umumiy darslikdagi bu mavzuni oladigan boʻlsak, davr tarixi boʻyicha barcha
jihatlar inobatga olingan holda, ma’lumotlar talabalarga mos tarzda yoritilib, oʻz
oʻrnida yetkazilib berilgan deyishimiz mumkin.
Keyingi Q.Usmonov, M.Sodiqov va S.Burxonovaning ,,Oʻzbekiston tarixi” 2016-yil
qayta ishlangan ikkinchi oʻquv-darslik kitobida bu davr tarixshunosligi mavzusi
boʻyicha ham ma’lumotlar berib oʻtilgan hisoblanadi. Darslikdagi berilgan
mavzuning boshida Yuyechjilarni Oʻrta Osiyoga kirib kelishi haqida shunday
ma’lumotlar berib ketilgan, Sharqiy Turkiston hududlarida yashovchi yuyechji
qabilalari oʻz qoʻshinisi-xunlar tazyiqiga bardosh berolmay gʻarb tomon
siljiydilar. Yuyechjilar Issiqkoʻl atrofida sak qabilalari bilan toʻqnashib, ularni
janubi-gʻarb tomonga suradilar. Mil.avv.130-yillardaYuyechjilar Sugʻdiyona
hududiga kirib keladilar. Xan saroyi elchisi Chjan Syan ta’kidlashicha,
Sugʻdiyonadan Baqtriyaga yuradilar va Baqtriyadagi yunonlar hukmronligini
agʻdaradilar. Yuyechjilar 5 ta siyosiy guruhga boʻlingan: Guyshuan (Kushon),
Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi (Usmonov 2016. C. 64 b). Bundan tashqari darslikda
hukmdorlarning davlat oldida qilgan islohotlari va harbiy yurishlari paytida
bosib olgan hududlari, davlat poytaxtining dastlab Dalvarzintepada


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

33

joylashganligi haqida ham ma’lumotlar berib oʻtilgan. Shuningdek, Kushonlar
davlatining boshqa madaniyatlar bilan doimiy ravishda aloqada boʻlib turganligi,
qoʻshni boʻlgan davlatlar bilan munosabatlari, qishloq xoʻjaligi va sugʻorish
tizimi boʻyicha turli manbalar ma’lumotlari asosida yozilgan, bu davr mavzusini
yoritib bergan darslik boʻyicha barcha jihatlarga bir-ketinlikda toʻxtalib ketish
uchun alohida yondashuv boʻlgan deyishimiz maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Talabalarga mavzu boʻyicha umumiy tushunchani hosil qilish uchun asosiy
ma’lumotlarga koʻproq toʻxtalib ketilgani maqsadga molik ishlardan biri deb
aytaolamiz. Kushonlar davlatining qulashi boʻyicha shunday ma’lumot berilgan
boʻlib, janubi-gʻarb tomondan Eron sosoniylari, shimoli-sharqdan esa xioniylar
kirib kelishi natijasida davlat quladi va batamon zavolga yuz tutadi deb mavzu
oxirida berilib yakunlangan (Usmonov 2016. C. 65-66 b).
B.Eshovning ,,O‘zbek davlatchiligi va boshqaruv tarixi’’ nomli darsligida
Kushonlar davlatchiligi mavzusiga alohida tòxtalib, yoritilib berilgan
hisoblanadi. Bu kitob darslikdagi mavzuda ham dastlab davlatga kimlar
tomonidan asos solinganligi, tarixchi-sayyohlar ma’lumotlari, turli xil qabilalar
nomlari sanab oʻtilgan boʻlib, Baqtriya tarixidagi butun yuechji davrini 3
bosqichga boʻlib oʻrganish haqida aniq ma’lumotlar qayt etilganligini koʻrishimiz
mumkin (Eshov, 2012. C.97-98 b). Bundan tashqari hukmdorlar islohotlari,
hukmronlik qilgan yillari, bosib olgan hududlari, òsha davrda barpo etilgan
yodgorliklar haqida qisqacha ammo, aniqroq ma’lumotlar yoritilib berilishga
harakat

qilinganligini

koʻrishimiz

mumkin.

Mavzuda

E.V.Rtveladze

tadqiqotlariga kòra deydi, faqatgina Shimoliy Baqtriyada (Surxon vohasi) 120
dan ziyod Kushon davriga oid aholi shahar va qishloqlari aniqlangan degan
ma’lumotlar bor (Eshov, 2012.C.100 b). Shuningdek, Kushon davri shaharlari
diniy-mafkuraviy markazlar vazifasini ham bajarib kelgan degan ma’lumotni
koʻramiz.Bu kitobdagi berilgan mavzu boʻyicha barcha ma’lumotlar òrganilib
kelinayotgan tadqiqotlar va manbalar asosida yozilgan deb aytaolamiz,
shuningdek boshqa oliy ta’lim tizimdagi darsliklardan ham foydalanib kelingan
hisoblanadi.
Umumiy xulosa beradigan boʻlsak, yuqoridagi darsliklarning barchasida Yuechji
va Kushonlar davlati haqida juda koʻp ma’lumotlar va aniq manbalarga
asoslangan tarzda tarixchilarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Shuningdek,
Oliy va oʻrta ta’lim tizimida oʻqiyotgan oʻquvchi va talabalarga mos holda mavzu
boʻyicha barcha asosiy ma’lumotlarni yetkazib berish masalasigayam alohida
e’tibor qaratilganligini ta’kidlab oʻtishimiz maqsadga muvofiqdir. Darsliklarning


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

34

mualliflari tomonidan, mavzu boʻyicha oʻxshashlik va farqli tomonlariga ham
toʻxtalib òtishimiz zarur.
Yuqoridagi darsliklarning barchasida yuechjilarning kirib kelishi haqida
ma’lumotlar yoritilib ketilganligini bilib oldik. Ammo boya ta’kidlangandek, 6-
sinf ,,Qadimgi dunyo tarixi” darsligida bu haqida qisqacha ma’lumotlarni
koʻrishimiz mumkin. Ammo qolgan darsliklarning hammasi oliy ta’lim tizimida
foydalanishini inobatga oladigan boʻlsak, maktab oʻquvchilari uchun nashr
etilgan bu 6-sinf darsligidagi ma’lumotlar bizga mavzu haqida yetarlicha
tushunchani paydo qilishga imkon beraoladi.Qolgan darsliklarda qabila nomlari,
bosib olgan hududlar, tarixiy joy nomlarida qisman farqli va oʻxshash jihatlarini
koʻrib oʻtishimiz mumkin. Bu darsliklarda yuechjilarning kirib kelishidan to
Kushonlar davlatining inqirozigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladigan juda koʻp
ma’lumotlar bazasi berilganini aytib oʻtishimiz ham joiz boʻladi.
A.S.Sagdullayevning darsligida bu mavzu boʻyicha barcha ma’lumotlarni yoritib
berishga alohida yondashuv boʻlgan deyishimiz maqsadga muvofiq boʻlganligini
koʻrdik. Oxirgi yillarda koʻplab tadqiqotlar va xalqaro ekspeditsiyalar tashkil
qilinib bu davr boʻyicha, shuningdek, bu davrda barpo etilgan yodgorliklar tarixi
boʻyicha ham aniqroq ma’lumotlar toʻplab olishishga harakat qilinmoqda.
Shuning uchun bu davr tarixshunosligini oʻrganishga alohida e’tibor
qaratishyotgan tarixchi-arxeologliklarimizni ta’kidlab oʻtishimiz maqsadga
molik ishlaridan biri boʻladi. Biz bu tariximiz boʻyicha yozib qoldirilgan barcha
yozma manbalar, shuningdek madaniy meros yodgorliklarini asrab-avaylab
kelajak avlodga saqlab qolishimiz barchamizning tariximiz oldidagi insoniylik
burchimiz hisoblanadi.

Foydalaniladigan Adabiyotlar:

1. Eshov B. Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi. Toshkent: 2012. C. 97-
102.bet
2. Sagdullayev A. Oʻzbekiston tarixi 1-kitob. Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021.
C. 262-283.bet
3. Sagdullayev A., Kostetskiy V. Tarix Qadimgi dunyo. Toshkent: Yangiyoʻl
Poligraf Servis, 2017. C. 137-140.bet
4. Sagdullayev A., Kostetskiy V. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent:2022. C. 143-
147.bet
5.Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʻzbekiston tarixi. Toshkent: Iqtisod-
moliya, 2016. C. 64-66.bet

Библиографические ссылки

Eshov B. Oʻzbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi. Toshkent: 2012. C. 97-102.bet

Sagdullayev A. Oʻzbekiston tarixi 1-kitob. Toshkent: Donishmand ziyosi, 2021. C. 262-283.bet

Sagdullayev A., Kostetskiy V. Tarix Qadimgi dunyo. Toshkent: Yangiyoʻl Poligraf Servis, 2017. C. 137-140.bet

Sagdullayev A., Kostetskiy V. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent:2022. C. 143-147.bet

Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. Oʻzbekiston tarixi. Toshkent: Iqtisod-moliya, 2016. C. 64-66.bet