Авторы

  • Shaxzodbek Narziyev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi o‘qituvchisi
  • Oybek Abduhakimov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o’quv kursi 317-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.52513

Ключевые слова:

ma’muriy nazorat ma`muriy cheklash ma`muriy cheklash turlari huquqbuzar g’ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxs profilaktik tadbirlar.

Аннотация

Maqolada profilaktika inspektorining mamuriy cheklash choralarini qo’llashga doir faoliyatni yanada takomillashtirishning o’ziga hos xususiyatlari va uning bugungi kundagi tutgan o’rni, ahamyati haqida so’z boradi.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

31

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY CHEKLASH

CHORALARINI QO’LLASH FAOLIYATINI

TAKOMILLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Narziyev Shaxzodbek Zoyirovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar

profilaktikasi kafedrasi o‘qituvchisi

Abduhakimov Oybek Abzalil o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

3-o’quv kursi 317-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14131072

Anotatsiya.

Maqolada profilaktika inspektorining mamuriy cheklash

choralarini qo’llashga doir faoliyatni yanada takomillashtirishning o’ziga hos
xususiyatlari va uning bugungi kundagi tutgan o’rni, ahamyati haqida so’z
boradi.

Annotation.

The article talks about the specific features of further

improvement of the activities of the prevention inspector on the application of
administrative restriction measures and his role and importance today.

Kalit so’zlar:

ma’muriy nazorat, ma`muriy cheklash, ma`muriy cheklash

turlari, huquqbuzar, g’ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxs, profilaktik tadbirlar.

Keywords:

administrative control, administrative restriction, types of

administrative restriction, offender, person with antisocial behavior, preventive
measures.

О‘zbekiston Respublikasining "Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod

qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat tо‘g‘risida"gi Qonuni
shu yilning 2 aprel kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolanib, kuchga kirdi.
Ushbu hujjat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi
shaxslar ustidan ma’muriy nazorat bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Ma’muriy nazorat - nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan
ma’muriy cheklovlarni qо‘llashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik ta’sir kо‘rsatish
choralaridir .

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida quydagi tushunchalarga ta’rif

berilgan:
ma’muriy nazorat — nazorat ostidagi shaxslarga sud tomonidan belgilanadigan
ma’muriy cheklovlarni qo‘llashdan iborat tarbiyaviy-profilaktik ta’sir ko‘rsatish
choralari majmui;
ma’muriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki
zimmaga majburiyatlar yuklatish bo‘lib, ushbu cheklash yoki majburiyat


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

32

yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud
tomonidan belgilanadi ;
nazorat ostidagi shaxs — o‘ziga nisbatan ma’muriy nazorat amalga
oshirilayotgan shaxs;
nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi (yashash joyi) — nazorat ostidagi shaxs
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan turar joy .
Bugungi kunda huquqbuzarliklarni oldini olish fuqarolar orasida qonunlarga bir
hilda va aniq rioya qilishlari ustidan qatiy chora-tadbirlarni amalga oshirish har
kungidan dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan qonunchilik
tizimida ham bir qator o’zgarish va qo’shimchalar kiritilib yanada
takomillashtirilib bormoqda. Bu borada qonunlarning ijrosini ta’minlash va
fuqarolarning huquqiy bilimini yuksaltirish, huquqbuzarlik sodir etgan
shaxslarning qayta huquqbuzarlik sodir etishini oldini olishga doir masalalarni
hal etish borasidfa eng samarali mehnat olib borayotgan Ichki ishlar
organlarining mahallalardagi profilaktika inspektorlarining xizmatlarini alohida
takidlash joiz. Aynan profilaktika inspektorlari jinoyatlarning oldini olish
maqsadida o’z ma’muriy hududdida barcha fuqarolar bilan, ayniqsa muqaddam
sudlangan shaxslar shu jumladan, ma’muriy nazoratda turuvchi muqaddam
sudlangan shaxslar bilan tarbiyaviy profilaktik ishlarni tashkil etuvchi asosiy
subyektlardan biri bo’lib hisoblanadi. Ular nafaqat ma’muriy nazorat o’rnatilgan
shaxslarga nisbatan nazorattekshiruv va tarbiyaviy mazmundagi profilaktik
tadbirlarni amalga oshiradilar, balki ma’muriy hududdagi barcha fuqarolarga
umummajburiy qoidalarga rioya qilishlarini nazorat qiladilar.
Maʼmuriy nazorat - davlat va maxsus vakolatli organlar (mansabdor shaxslar)
faoliyatining alohida turi. Maʼmuriy nazorat qonuniylikni va davlat intizomini
taʼminlash usullaridan biri hisoblanadi. Maʼmuriy nazorat davlat organlari,
tijorat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat
rivojlanishi uchun ahamiyatli boʻlgan umummajburiy qoidalarga qatʼiy rioya
qilishiga qaratilgandir. Ma’muriy cheklov — huquqlar va erkinliklarni
vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga majburiyatlar yuklatish bo‘lib, ushbu
cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan
shaxsga nisbatan sud tomonidan belgilanadi .
Ma’muriy cheklov - huquq va erkinliklarni vaqtinchalik cheklash yoki zimmaga
majburiyatlar yuklatish bо‘lib, ushbu cheklash yoki majburiyat yuklatish jazoni
ijro etish muassasasidan ozod qilingan shaxsga nisbatan sud tomonidan
belgilanadi. Jumladan ma’muriy cheklash choralari sifatida quydagilarni keltirish
mumkin:


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

33

Yashash joyidan sutkaning belgilangan vaqtida tashqarida bо‘lishni;

Muayyan joylarda bо‘lishni;

Sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan ichki ishlar organlarining

ruxsatisiz chiqishni;

Alkogolli ichimliklar iste’mol qilishni taqiqlash;

Rо‘yxatdan о‘tish uchun har oyda bir martadan tо‘rt martagacha ichki

ishlar organiga kelish ma’muriy cheklov turlaridir
Xulosa o‘rnida Ma'muriy cheklov choralari — davlat tomonidan qonun va
qoidalar orqali belgilangan, fuqarolar, tashkilotlar va tadbirkorlik
subyektlarining huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan tadbirlar
majmuidir. Ushbu choralarning muhim ahamiyati quyidagi asosiy jihatlarda
namoyon bo'ladi:

I.

Tartib va xavfsizlikni ta'minlash: Ma'muriy cheklov choralari tartib-

intizomni saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikni oldini
olishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu chora-tadbirlar orqali xavfsizlikni buzuvchi
harakatlarga qarshi ta'sirchan nazorat o'rnatiladi .
II.

Tartibga solish va nazorat: Bu choralar orqali davlat iqtisodiyot, atrof-

muhit, sog'liqni saqlash kabi sohalarni tartibga soladi. Masalan, mehnat
qonunchiligidagi qoidalar ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilishga
xizmat qiladi, ekologik me’yorlar esa atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan.
III. Ijtimoiy adolatni ta'minlash: Ma'muriy cheklov choralari turli ijtimoiy
qatlamlarning manfaatlarini muvozanatlash, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va
muhtojlarga yordam berish imkonini beradi. Misol uchun, soliqlar orqali
kambag'allarga yordam ko'rsatish va ta'limga investitsiya qilish maqsadida
davlat resurslari jamg'ariladi.
IV.

Bozor mexanizmlarini boshqarish: Ma'muriy cheklov choralari

tadbirkorlik faoliyatini ham tartibga solib, monopoliyalashuvning oldini olish,
iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hamda sog'lom raqobatni qo'llab-
quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi .
V.

Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarga javob berish: Ma'muriy choralar

orqali davlat favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko'radi. Masalan,
epidemiyalar vaqtida sog'liqni saqlash choralari kuchaytirilishi yoki ijtimoiy
masofa saqlash qoidalari joriy etilishi mumkin.
Bu chora-tadbirlar davlat boshqaruvida qonun ustuvorligi va barqarorlikni
ta’minlash uchun asosiy vositalardan biri bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka
xizmat qiladi.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

34

Foydalanilgan adabiyotlar:

1) Зиёдуллаев М. Жамоат тартиби” ва “Жамоат хавфсизлиги”
тушунчаларининг моҳияти ҳамда ўзаро боғлиқлиги //Ҳуқуқий
тадқиқотлар журнали.–2018. – 2018. – Т. 7.
2) Зиёдуллаев М. З. и др. Хоразм вилоятида ўғрилик жиноятларининг
бугунги ҳолати ва уларнинг барвақт олдини олиш йўллари //Евразийский
журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 10 Special
Issue. – С. 4-8.
3) Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar
ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-aprel,
O‘RQ-532-son qonuni
4) Зиядуллаев М. З. УПРАВЛЕНИЕ В ОРГАНАХ ВНУТРЕННИХ ДЕЛИ
СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД К ЕГО ПОНИМАНИЮ //Вестник Барнаульского
юридического института МВД России. – 2020. – №. 2. – С. 110-113.
5) Ziyodullayev M. Z., Yuldashev M. O. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
YANGILANGAN KONSTITUSIYASI–JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA
FUQAROLAR ISHTIROKINING MUHIM HUQUQIY ASOSI //Молодые ученые. –
2023. – Т. 1. – №. 20. – С. 58-61.
6) Суюнов Ш., Азаматов А. СУРИШТИРУВ ИНСТИТУТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ
ИСТИҚБОЛЛАРИ //Академические исследования в современной науке. –
2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.

Библиографические ссылки

Зиёдуллаев М. Жамоат тартиби” ва “Жамоат хавфсизлиги” тушунчаларининг моҳияти ҳамда ўзаро боғлиқлиги //Ҳуқуқий тадқиқотлар журнали.–2018. – 2018. – Т. 7.

Зиёдуллаев М. З. и др. Хоразм вилоятида ўғрилик жиноятларининг бугунги ҳолати ва уларнинг барвақт олдини олиш йўллари //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. – 2022. – Т. 2. – №. 10 Special Issue. – С. 4-8.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-aprel,

O‘RQ-532-son qonuni

Зиядуллаев М. З. УПРАВЛЕНИЕ В ОРГАНАХ ВНУТРЕННИХ ДЕЛИ СИСТЕМНЫЙ ПОДХОД К ЕГО ПОНИМАНИЮ //Вестник Барнаульского юридического института МВД России. – 2020. – №. 2. – С. 110-113.

Ziyodullayev M. Z., Yuldashev M. O. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YANGILANGAN KONSTITUSIYASI–JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA FUQAROLAR ISHTIROKINING MUHIM HUQUQIY ASOSI //Молодые ученые. – 2023. – Т. 1. – №. 20. – С. 58-61.

Суюнов Ш., Азаматов А. СУРИШТИРУВ ИНСТИТУТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 9-14.