Авторы

  • Ahror Xudoyberdiyev
    44-maktab tarix fani oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.52515

Ключевые слова:

istiqlol din bagʻrikenglik islom bayram odat milliy siyosiy

Аннотация

Mazkur maqolada Ijtimoiy va etnik bag'rikenglikning mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

20

IJTIMOIY VA ETNIK BAG'RIKENGLIKNING MOHIYATI

Xudoyberdiyev Ahror Nabi oʻgʻli

44-maktab tarix fani oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907258

Annotatatsiya.

Mazkur maqolada Ijtimoiy va etnik bag'rikenglikning

mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit soʻzlar

:istiqlol, din, bagʻrikenglik, islom, bayram, odat, milliy, siyosiy

O'zbekiston ko'p millatli, ko'p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda

millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va
taraqqiyotni ta'minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning
uchun diniy bag'rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik
jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Zero, mamlakatimizda 16 diniy
konfessiya o'zaro totuvlikda faoliyat ko'rsatmoqda. O'tgan qisqa davr ichida
mazkur yo'nalishda qator ishlar amalga oshirildi va diniy islohotlarga keng
zamin yaratildi. Buni quyidagi omillarda ko'rishimiz mumkin.

1995 yilda “Bir osmon ostida” shiori bilan o'tkazilgan musulmon va

xristian dinlari vakillari o'rtasida muloqot, 1996 yilning noyabr oyida Rus
pravoslav cherkovi Toshkent va O'rta Osiyo yeparxiyasi tashkil
etilganligining 125 yillik yubileyi, 1996 yilning dekabr oyida O'zbekiston
yevangel-lyuteran jamoasi tashkil etilganligining 100 yilligiga bag'ishlangan
tadbirlar bu boradagi xayrli ishlarning yorqin namunasidir.

O'z navbatida fuqarolik jamiyati turli etnik nizolar, konfliktli vaziyatlar,

to'qnashuvlar yuki ostida qolgan hozirgi davrda, bir tomondan, insoniyat
o'zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida olingan har bir jamiyat
ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo'lgandagina mavjud muammolarni hal
qilish, yangilari paydo bo'lishining oldini olish va taraqqiyotni ta'minlash
mumkinligini tobora chuqur anglab bormoqda. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, jamiyatda ijtimoiy bag'rikenglik muhitini qaror toptirish muhim
ahamiyatga ega.

Jamiyat rivoji manfaatlar, qadriyatlar va xulq normalari umumiyligiga

asoslanadigan, o'zaro aloqalarning darajasi, kuchi, xarakteriga ko'ra
farqlanadigan kishilarning nisbatan barqaror birliklari – ijtimoiy
guruhlarning shakllanishiga olib keldi. Xususan, bugungi kun ilmiy
adabiyotlarida turli sotsial qatlamlar, etnik birliklarni o'z ichiga oladigan
katta, qishloq, tuman, shahar aholisi birligini xarakterlaydigan o'rta, oila,
brigada, o'quv guruhlarini qamrab oladigan kichik ijtimoiy guruhlar
farqlanadi. Katta va o'rta guruhlarga xos xususiyatlar nisbatan barqarorligi,


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

21

qisqa oraliqda mavjud bo'ladigan kichik guruhlar o'zgaruvchanligi bilan ajralib
turishini qayd etish lozim.

Jamiyat yuqoridagi kabi guruhlarga bo'linishi uzoq davom etgan

ijtimoiy jarayonlarning hosilasidir. Jumladan, aqliy mehnatning jismoniy
mehnatdan ajralishi, mulkchilik munosabatlarining rivoji turli ijtimoiy
qatlamlarning paydo bo'lishiga olib kelgan bo'lsa, asosan, agrar va industrial
ishlab chiqarishga ixtisoslashuv qishloq va shahar aholisi turmush tarzidagi
o'ziga xosliklarning shakllanishiga zamin yaratdi.


Ijtimoiy bag'rikenglik masalasi jamiyat sotsial strukturasining

murakkablashib borishiga hamohang ravishda hamisha dolzarb bo'lib kelgan.
Ijtimoiy tizim elementlari o'rtasidagi barqaror va tartibli aloqalarni anglatadigan
yaxlit hodisa hisoblanmish sotsial struktura o'zgaruvchan xarakterga
egaligini qayd etish lozim. Bu bir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimidan
boshqasiga o'tish davrida ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi. Bunda ijtimoiy
guruhlarning jamiyat sotsial strukturasidagi o'rni, mavqei tez o'zgarishi
mumkin. Shu bilan birgalikda, keskin ijtimoiy o'zgarishlar sotsial guruhlarning
qatlamlararo darajada yoki muayyan qatlam ichida sodir bo'ladigan vertikal
va gorizontal harakatchanligi (mobilligi)ni ham keltirib chiqaradi. Ayni paytda,
bunday o'z garishlar bir avlod, ikki avlod (ota-bola), uch avlod (ota-bola-
nabira) doirasida ham sodir bo'lishi mumkin.

Sotsial strukturadagi keskin o'zgarishlar ijtimoiy ong va ma'naviy

hayotdagi beqarorlikni va uning oqibati sifatida toqatsizlik va murosasizlikni
ham, o'zaro hamkorlik va tolerantlikka asoslangan yangi mazmundagi
ijtimoiy munosabatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Tarix jamiyatda keskin ijtimoiy tabaqalashuv, qashshoqlik darajasining

kuchayishi, nochorlar, yordamga muhtoj kishilar sonining o'sib borishi, sotsial
adolat normalarining buzilishi xilma-xil ko'rinishdagi toqatsizlik va
murosasizlik qarashlari hamda harakatlarining paydo bo'lishiga yo'l
ochishini ko'rsatadi. Mavjud munosabatlarning mazmuniga ijtimoiy-falsafiy
fikr rivoji tarixida ham alohida e'tibor berilgan.

Xususan, qadimgi Misr, Hind, Xitoy manbalari, buyuk mutafakkirlari

qarashlarida ijtimoiy hamkorlikning insonlararo totuvlikni ta'minlashdagi
beqiyos ahamiyati bilan bir qatorda, ulkan bunyodkorlik qudratiga egaligi
ko'rsatilganini qayd etish lozim.

“Bag'rikenglik” (“tolerantlik”) so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-

birini to'ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag'rikenlik”


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

22

chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o'zgacha qarashlar va harakatlarga
hurmat bilan munosabatda bo'lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik,
mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin. Bugungi
kunda chuqur ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma'rifiy mazmun kasb etgan
ushbu tushuncha ko'pchilik tomonidan tan olingan, ilmiy ta'rifi ishlab
chiqilgan.

“Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag'rikenglik tushunchasiga

shunday ta'rif berilgan: “Bag'rikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy
madaniyatlarni, o'zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon
qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to'g'ri
tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr,
vijdon va e'tiqod vujudga keltiradi.

Bag'rikenglik – turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma'naviy burchgina

emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag'rikenlik – tinchlikka
erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik
madaniyatiga eltuvchidir” .

O'rta asr arab muarrixi Ibn Xaldun fikricha, bag'rikeng bo'lmagan ya'ni

murosasiz inson - “xavfli hayvon”, ingliz filosofi Tomas Gobbsning fikricha,
“inson insonga nisbatan bo'ri” . Inson tabiatan murosasiz bo'lib, u
birinchidan muhtojlik, ikkinchidan esa aql-idrok orqali bag'rikenglikka
o'rganadi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlaridan olingan saboqlar
bag'rikenglik tushunchasining vujudga kelishiga hamda uni o'zaro hamkorlik,
plyuralizm, xilma-xillik va birgalikda tinch yashashning asosiy tamoyiliga
aylantirdi.

Ayni paytda lisoniy bag'rikenglik (til bag'rikengligi) etnik

bag'rikenglikning bir ko'rinishi sifatida serqirra hodisa bo'lib, uning
mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Shunga qaramay,
uning asosini o'zga etnik va lisoniy guruhlarga nisbatan toqatli munosabat
tashkil etadi, deyish mumkin.

Etnolisoniy bag'rikenglik bevosita etnik-madaniy aloqalar jarayonida

namoyon bo'ladi. Adabiyotlarda bag'rikenglikning aniq vaziyatlar bilan
shartlanganligi masalasi nisbatan kam tadqiq etilganini ta'kidlash joiz. Zero,
bag'rikenglik darajasi o'zaro aloqalar muntazamligiga bog'liq ravishda har bir
konkret holatda o'ziga xos mazmunga ega bo'ladi. Shuning uchun shaxs hamda
etnik va lisoniy darajadagi bag'rikenglikni tadqiq qilishda turli vaziyatlar
bilan bog'liq ravishda sodir bo'ladigan aloqalarni ajratib ko'rsatish muhim


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

23

ahamiyatga ega. O'zbekiston turli millat va elatlar vakillarining umumiy
uyidir.

Bu, bizningcha, buyuk boylik va taraqqiyotning muhim manbaidir.

Zero, polietnik salohiyat va xilma-xillikni o'zida mujassam eta olish
imkoniyatiga ega bo'lgan mamlakat taraqqiyot kalitini o'z qo'lida tutib
turadi.

Turli til va madaniyatlarni bilish, etnik va lisoniy bag'rikenglik,

o'zgalar borlig'i va dunyoqarashining ijobiy jihatlarini o'ziga qabul qila olish
xususiyati jamiyatga yangi g'oyalar va yangi ijtimoiy-iqtisodiy resurslarning
kirib kelishiga imkoniyat yaratadi. Buni mamlakatimiz misolida, etnik xilma-
xillik turli yo'nalishlarda “chegaralarimizni ochayotgani” hamda etnoslararo
bag'rikenglik tufayli jahon hamjamiyatining bizga nisbatan hurmati va
ishonchining ortib borayotganida ham ko'rishimiz mumkin.

Aslini olganda, o'zbek etnosi va davlatchiligi tarixi ko'plab xalqlar, oddiy

insoniy, lisoniy, madaniy darajalardagi o'zaro ta'sirlashuv natijasida boyib
borgan. Shunday ta'sirlashuv hamda o'zbek etnosining etnoslararo, madaniy,
lisoniy bag'rikengligi uning uzoq tarixi, milliy o'ziga xosligining saqlanishi va
rivojlanishining ham muhim omili bo'ldi.
Bugungi kunda ham biz ushbu fikrning tasdig'ini ko'rib turibmiz. Zero,
millatlararo totuvlik va o'zaro hamjihatlik yangi mazmundagi o'zbek
davlatchiligining qaror topishida hal qiluvchi omil bo'ldi. Shu tufayli
jamiyatimiz o'tish davriga xos bo'lgan ichki etnoslararo ziddiyatlardan xoli
yashamoqda. Vaholanki, bunday ziddiyatlar bir qator mamlakat va
mintaqalarda sodir bo'lgani, ularning tadrijiy taraqqiyotini izdan chiqarib
yuborgani hammaga ma'lum. Mustaqil O'zbekiston esa, aksincha, butun
dunyoga etnoslararo totuvlik va bag'rikenglik jamiyatni isloh etishning
muhim resursi ekanini isbotlash borasida namuna bo'lmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Agzamxodjayev S.S., Rahimjonov D.O., Muhamedov N.A., Najmiddinov J.X.
Dunyo dinlari tarixi: o'quv qo'llanma. – T.: Toshkent islom universiteti, 2011.
– B. 260.
2. Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy
A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968. – B. 486.
3.Bag'rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili / Mas'ul muharrir
A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa
birlashmasi, 2007. – B. 121.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

24

4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy
asoslari: o'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent
islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. – B. 246.
5. “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuidagi 4-ilmiy-amaliy
anjumani materiallari to'plami. – T. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-
matbaa birlashmasi, 2012.

Библиографические ссылки

Agzamxodjayev S.S., Rahimjonov D.O., Muhamedov N.A., Najmiddinov J.X. Dunyo dinlari tarixi: o'quv qo'llanma. – T.: Toshkent islom universiteti, 2011. – B. 260.

Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. I tom. – T., 1968. – B. 486.

Bag'rikenglik – barqarorlik va taraqqiyot omili / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2007. – B. 121.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari: o'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir A.S.Ochildiyev. – T.: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2008. – B. 246.

“Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzuidagi 4-ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. – T. “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2012.