Mamlakatimizda kapital qurilish sohasiga katta e’tibor berilmoqda, qurilishni rivojlantirish uchun katta mablag‘ va investitsiyalar ajratilmoqda. Fuqaro, sanoat binolari, kommunikatsiya inshootlari qurilmasiga bo‘lgan talabni qaytadan ko‘rib chiqish, mahalliy xom ashyolardan yangi zamonaviy qurilish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va ular asosida yangi avlod betonlarini yaratish, ishlab chiqarishga doir muammolarni hal etish hozirgi zamon arxitektura qurilish sohasining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda.