Ushbu maqolada O'zbekistondagi nodavlat oliy ta'lim muassasalarining rivojlanishi, yutuqlari va muammolari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida nodavlat OTMlarning paydo bo'lishi, huquqiy asoslari, erishgan yutuqlari va duch kelayotgan qiyinchiliklari o'rganilgan. Shuningdek, nodavlat OTMlarning mamlakat oliy ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati ham ko'rib chiqilgan. Maqolada mavjud muammolarni hal etish yo'llari va istiqboldagi rivojlanish yo'nalishlari taklif etilgan.