Авторы

  • Hasanjon Olimov
    O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti, harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasi doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.60723

Ключевые слова:

audiovisual jurnalistika kommukatsiya internet raqamli tranformatsiya content YouTube Telegram brend

Аннотация

Sport va ommaviy axborot vositalarida o’rtasida doimo hamkorlik mavjud. Ular birgalikda ishlashga majbur. Sportning va sport kompaniyalarning jamiyat o’trasidagi obro’si aynan jurnalistikaga bog’liq. Bir sport klubi moliyaviy jihatdan o’zini ta’minlashi uchun reklamaga muhtojdir. Qolaversa, sportda millatchilik va irqchilik bilan bog'liq muammolarni bartaraf qilishda ham OAVning o’rni beqiyos


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

80

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA AUDIOVIZUAL SPORT

JURNALISTIKASINING TARAQQIY ETISHI

Hasanjon Olimov Odiljon o‘g‘li

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma

OAV va noshirlik ishi fakulteti,

harbiy va sport jurnalistikasi kafedrasi doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14545788

Annotatsiya:

Sport va ommaviy axborot vositalarida o’rtasida doimo

hamkorlik mavjud. Ular birgalikda ishlashga majbur. Sportning va sport
kompaniyalarning jamiyat o’trasidagi obro’si aynan jurnalistikaga bog’liq. Bir
sport klubi moliyaviy jihatdan o’zini ta’minlashi uchun reklamaga muhtojdir.
Qolaversa, sportda millatchilik va irqchilik bilan bog'liq muammolarni bartaraf
qilishda ham OAVning o’rni beqiyos

Kalit so‘zlar:

audiovisual jurnalistika, kommukatsiya, internet, raqamli

tranformatsiya, content, YouTube, Telegram, brend

Аннотация:

между спортом и СМИ всегда существует сотрудничество.

Они вынуждены работать вместе. Именно от журналистики зависит
престиж спорта и спортивных компаний в обществе. Спортивный клуб
нуждается в рекламе, чтобы быть финансово самодостаточным. Кроме того,
Роль СМИ в решении проблем, связанных с национализмом и расизмом в
спорте, неоценима

Ключевые слова:

аудиовизуальная журналистика, коммуникация,

интернет, цифровая трансформация, контент, YouTube, Telegram, бренд

Annotation

: there is always cooperation between sports and the media.

They are forced to work together. The reputation of sports and sports companies
in the grass of society depends precisely on journalism. A sports club needs
advertising to be financially self-sufficient. In addition, the role of the media in
overcoming the problems associated with nationalism and racism in sports is
incomparable

Keywords:

audiovisual journalism, commutation, internet, digital

tranformation, content, YouTube, Telegram, brand,

Audiovizual dunyo tarixi, albatta, televideniya tarixiga borib taqaladi.

Tilevideniyedagi eng asosiy kontentlardan biri sport ekanligi hech kimga sir
emas. Ushbu sektor hech qachon rivojlanishdan to'xtamagan va iste'molchilarga
eng so'nggi tasvir va ovoz texnologiyalarini taklif qiladi.

Bugungi kunda sport jurnalistikasi misli ko'rilmagan raqamli o'tishga duch

kelmoqda. Darhaqiqat, YouTube, Instagram yoki Netflix kabi ko'plab
platformalarning rivojlanidan so'ng, internet jurnalistika juda ham rivojlandi va


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

81

bugungi kun auditoriyasi talabiga mos keladi. Birinchidan Youtube, Instagram,
Telegramning qulayligi, ikkinchidan iste'molchilarning o'zgaruvchan ehtiyojlariga
mos keladigan mahsulotni taklif qilishi ularning keng tarqalishiga sabab bo’ldi.

Matbuot, televidenie va radio yillar davomida hukmron bo'lib kelgan va o’z

qadrini hali-hanuz yo’qotgani yo’q. Biroq 2000-yillarda paydo bo'lgan: telefonlar,
kompyuterlar, planshetlar va aqlli televizorlar jurnalistika tizimini o’zgartirdi.
O'yin-kulgi, serial, shou va filmlarga bo’lgan talab va kontentni bevosita onlayn
tomosha qilish ushbu platformalarni ommalashishiga olib keldi.

Qolaversa, iste'molchi hamma narsani doimo va tez xohlaydigan bu yangi

dunyoda kontentni istalgan qurilmadan, istalgan vaqtda istalgan joyda ko'rish
imkonini berdi.

Xo’sh, qanday qilib audiovizual jurnalistikaning auditoriyasi bunchalik

tezlikda kengaydi?

Birinchidan, bepul kontentni taklif qilish orqali. Netflix oylik obunani taklif

qiladigan joyda, YouTube kanallari bepul kontentni taklif qilishdi.

Ikkinchidan, ma'lumotlardan foydalanish ham ushbu yo’nalishda o'z

auditoriyasini yaxshiroq bilish va shunga qarab o'z taklifini yo'naltirish nuqtai
nazaridan foyda keltirdi. Masalan, YouTubeda “Real Madrid” haqidagi vediolarni
ko’p ko’rsangiz platforma sizga aynan shu mavzu bo’yicha kontent ulashadi.

Va nihoyat, kontentni saqlash, iste'mol qilish va tarqatish usullarining

qulayligidadir. Televideniya orqali namoyish etilgan o’yinni ko’rmagan muxlis
internet orqali eng zarur joylarini (highlight) kuzatishi mumkin. Bu ham vaqtni
tejash sabablaridan biridir. Internet foydalanuvchilariga didiga, iste'mol qilish
odatlariga va balki bir kun hatto hozirgi kayfiyatiga ko'ra kontent taklif qilish
mumkin.

Shu bilan bir qatorda internet va television jurnalistikani barqaror o’sishga

hamda jarayonni muqarrar ravishda tezlashtirgan global pandemiya Covid – 19
haqida gapirmasdan, ushbu raqamli o'tishni muhokama qilish bema'nilik bo’lsa
kerak.

Sport turnirlarinining bekor qilinishi, ba’zi o’yinlarning tomoshabinsiz

o’tkazilishi, ayniqsa, kinoteatrlarning yopilishi, suratga olishlarning butunlay
to‘xtab qolishi va barcha ishlab chiqarishlar muzlatib qo‘yilgani tufayli,
televidenie va internet tomoshabinlar rekordini yangilashda davom etdi va
buning asosiy sababi har bir shaxs uyda qolganligidir!

Odamlar ishga chiqolmadi, ekran oldida yoki ijtimoiy tarmoqda soatlarni

o’tkazishga majbur bo’lishdi. Frantsiya Assurance Prévention uyushmasi
tomonidan o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, 6-18 yoshli bolalarning


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

82

televizor ko'rishga sarflagan o'rtacha vaqti pandemiyadan oldin haftasiga 6,7
soatni tashkil etgan bo’lsa, Covid – 19 paytida haftasiga o'rtacha 10 -12 soatga
yetgan.

Pandemiya davrida radioni oʻzgartirgan global raqamlashtirish boʻldi.

Videodan tortib audio kontentga qadar yangi media formatlarini isteʼmol qilish
keskin oshdi.

Jahon media bozorining raqamli transformatsiyasini yangi media formatlari

orqali o‘rganish iqtisodiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi.

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bozor munosabatlari

faoliyatining hal qiluvchi vektoriga aylanmoqda. Yirik biznes vakillari o‘z
mahsulotlarini reklama qilish uchun markaziy o’yinlardan foydalanishmoqda.
Masalan, “Nissan” avtosanoati “Chempionlar Ligasi” chorak final, yarim final
hamda final bahslari o’rtasida o’zining reklamasini joylashtirar edi,
tomoshabinning ushbu o’yinlarga qiziqishini hisobga olgan kompaniya reklama
roligini tomoshabin ko’rishga majbur ekanini biladi. Bu uchun “Nissan”
mo’maygina daromad to’lar edi.

Tadqiqotchi E. B. Kmetning ta'kidlashicha, internet va ijtimoiy tarmoqlarning

rivojlanishi yirik biznes kompaniyalari reklama va marketingini asosiy kanaliga
aylandi. [1. 136] Ular orasida maqsadli auditoriya ham bor bo’lib, “Puma”,
“Adidas”, “Nike” kabi brend kompaniyalar Sport telekanallari va saytlarida
reklama berishni yo’lga qo’ydi.

Mediabozor ham chetda turgani yo’q. U keskin o‘zgarmoqda, auditoriya bilan

muloqotning zamonaviy shakllariga moslashmoqda, onlayn makonda faoliyatning
yangi yo‘nalishlari paydo bo‘lmoqda. Ko’p kompaniyalar axborot – resurs
bozorlarini birlashtirib, o’z brendini reklama qilish uchun xususiy kanal yo
platforma tashkil etmoqda. Masalan, “Barcelona” futbol klubining o’z internet
sayti, telegram sahifasi mavjud.

Midroll Media tomonidan reklama boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar shuni

koʻrsatdiki, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama berish tufayli mashhur
brendning odamlar xotirasida qolish foizi anʼanaviy reklamaga qaraganda 4,4
baravar yuqori ekan [5]

Shu sabab “daryo.uz”, “qalampir uz” kabi saytlarda beriladigan reklamalar

boshqa saytlardan qimmatroq.

O‘zbekistondagi yangiliklar veb-saytlari reytingida birinchi top-10 talikka

kiruvchi veb-saytlarga bir kunda tashrif buyuruvchilar va ko‘rishlar soni
quyidagicha:


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

83











Sport saytlari ham bundan qolishmaydi. Mamlakatimizdagi sportga

ixtisoslashgan nodavlat veb-saytlari reytingida birinchi top-5 talikka kiruvchi
veb-saytlarga bir oyda tashrif buyuruvchilar va ko‘rishlar soni quyidagicha


















Xulosa qilib aytganda bugungi kunda raqamli media-kontent foydalanuvchilari
orasida zamonaviy dunyoda yangi media-mahsulotlar, trendlar borligi
mediabozor va media-biznesning rivojlanishiga olib keldi. Internet yangi media
formati sifatida tomoshabinlar, tinglovchilar, reklama beruvchilar va boshqa

299 847

1 708 986

164 517

429 370

55 369

429 370

40 514

55 764

33 785

74 144

19 087

31 092

16 768

45 962

12 826

17 600

11 296

18 321

10 251

16 709

Daryo

Qalampir

Aniq.uz

Nuz.uz

Xabar.uz

Даракчи

Sputnik

Узбекистан

Халқ сўзи

Solanews.uz

Azon.uz

Tashrif

buyuruvchilar

Ko’eishlar

664 260

2 537 828

Умумий

1 970 368

9 357 737

CA

Ташриф буюрувчилар

Кўришлар

1 268 742

5 076 185

Stadion.UZ

Ташриф буюрувчилар

Кўришлар

863 408

1 693 281

TRIBUNA.UZ

Ташриф буюрувчилар

Кўришлар

557 648

1 121 577

ONSIDE.UZ

Ташриф буюрувчилар

Кўришлар

302 683

737 001

OLAMSPORT

Ташриф буюрувчилар

Кўришлар


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

84

ommaviy axborot vositalari xodimlarining rivojlanishi va mavjudligi uchun
yangi imkoniyatlar yaratadi. Media bozori doimiy ravishda yaxshi daromad
topish usullari va imkoniyatlarini ta’minlab berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Мўминов Ф, Баратов Ш.ва бошқ. Очиқ ахборот тизимларида ахборот-
психологик хавфсизлик. Дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2013.
2.Глобаллашув шароитида ахборот хавфсизлиги масалалари. Республика
илмий-амалий конференция материаллари тўплами. Шамсиева И.
Ижтимоий тармоқлар таълим ва тарбия макони сифатида. Т.: “ТУРОН-
МАТБАА”, 2016.
3.Aleksandr Azmin. Internet jurnalistika. Moskva. 2021
4.Kmet, E. B. (2016). Marketing communications: theory, practice, management:
a textbook for undergraduates. Vladivostok, DFU Publ.
5.Bahadivand, C. Z., & Rastegari, S. (2020). Media transformation in the context
of digital transformation. The world of science, culture, education, 6 (85), 593-
595.

Библиографические ссылки

Мўминов Ф, Баратов Ш.ва бошқ. Очиқ ахборот тизимларида ахборот-психологик хавфсизлик. Дарслик. – Т.: ЖИДУ, 2013.

Глобаллашув шароитида ахборот хавфсизлиги масалалари. Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. Шамсиева И. Ижтимоий тармоқлар таълим ва тарбия макони сифатида. Т.: “ТУРОН-МАТБАА”, 2016.

Aleksandr Azmin. Internet jurnalistika. Moskva. 2021

Kmet, E. B. (2016). Marketing communications: theory, practice, management: a textbook for undergraduates. Vladivostok, DFU Publ.

Bahadivand, C. Z., & Rastegari, S. (2020). Media transformation in the context of digital transformation. The world of science, culture, education, 6 (85), 593-595.