Авторы

  • Nasiba Masharipova
    Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.irs.60732

Аннотация

O‘quvchi-yoshlarda jamiyat hayotiga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan daxldorlik hissini kuchaytirish, milliy madaniyatimizga tajavvuz qilayotgan kuchlarga nisbatan murosasiz bo‘lish uchun qalb va ruh osoyishtaligi, o‘z nuqtai nazari, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. “Ommaviy madaniyat” tarafdorlari kun sayin o‘zlarining g‘oyaviy kurash uslublarini yangilamoqdalar. Ular yoshlar ongi va qalbiga tez ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini o‘ylab topmoqdalar. Buning uchun birinchi navbatda ular o‘zbek xalqining qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqiy qarashlari, tili va ma’naviyatini nishonga olgan. Shu orqali yoshlarning ruhiyatiga tezkor ta’sir ko‘rsata oladilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning o‘zlikni anglash, Vatanparvarlik tuyg‘ulariga putur еtkazish, ularning milliy tarixi, qadriyatlari, mentalitetidan uzoqlashtirish orqali milliyligini barbod qilishdan iborat.


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

23

O’QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLSH KO’NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QAHRAMAONLAR FAOLIYATIDAN

DIDAKTIK VOSITA SIFATIDA FOYDALANISH

Masharipova Nasiba Ro‘zmatovna

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14383611

O‘quvchi-yoshlarda jamiyat hayotiga nisbatan ongli munosabatni

shakllantirish, ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan daxldorlik hissini
kuchaytirish, milliy madaniyatimizga tajavvuz qilayotgan kuchlarga nisbatan
murosasiz bo‘lish uchun qalb va ruh osoyishtaligi, o‘z nuqtai nazari, milliy
g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. “Ommaviy
madaniyat” tarafdorlari kun sayin o‘zlarining g‘oyaviy kurash uslublarini
yangilamoqdalar. Ular yoshlar ongi va qalbiga tez ta’sir ko‘rsatishning
yangidan-yangi usullarini o‘ylab topmoqdalar. Buning uchun birinchi
navbatda ular o‘zbek xalqining qadriyatlari, tarixi, madaniyati, axloqiy
qarashlari, tili va ma’naviyatini nishonga olgan. Shu orqali yoshlarning
ruhiyatiga tezkor ta’sir ko‘rsata oladilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad
yoshlarning o‘zlikni anglash, Vatanparvarlik tuyg‘ulariga putur еtkazish,
ularning milliy tarixi, qadriyatlari, mentalitetidan uzoqlashtirish orqali
milliyligini barbod qilishdan iborat.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi.

Pedagogika ensiklopediyasida

tanqidiy fikrlash quyidagicha izohlangan:

TANQIDIY FIKRLASH –

inson aqliy

faoliyatining turlarini o‘zida mujassamlashtirgan ob’ektiv fikrlash tarzini
ifodalovchi tushuncha. Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarni ijodkorlik
bilan uyg‘unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta
qurishdek murakkab jarayondir. Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning
ahamiyati ko‘pfikrlilik nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa
g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat
bo‘lib, unda taxlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash, tortishuv, yangilik,
muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor
beriladi.

Xorijlik mutaxassis Edward M. Glaserning "Defining Critical Thinking"

maqolasida tanqidiy fikrlash - “Tanqidiy tafakkur – mavjud

faktlar

,

dalillar

,

kuzatishlar

va

dalillarni oqilona

,

xolis

tahlil va baholash” deya e’tirof etiladi.

O‘quvchilarning tanqidiy fikrlash jarayoni bosqichma-bosqich amalga

oshiriladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarga mashg‘ulotlarda muayyan
muammo, tarixiy voqea, real xodisalar yuzasidan taqdim etiladigan savollar
oddiydan murakkkablashib boradi. O‘quvchilar oddiy savollarda nisbatan


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

24

kamroq faollikni egallasalar, murakkab savollarda o‘z-o‘zidan diqqatni
jamlash, xotirani tiklash, o‘zining ijodiy qobiliyatidan foydalanish kabi
psixologik jarayonlarga chuqurroq murojaat qiladilar.

Muhokama.

Ajdodlarimiz merosini tahlil qilar ekanmiz, unda milliy

ma’naviyatimiz, umuminsoniy qadriyatlarning tub ildizlari, o‘zlikni anglashga va
tanqidiy fikrlashga xizmat qiladigan umrboqiy g‘oyalar, inson o‘zligining
rivojlanish tamoyillari, milliy urf-odat va an’analarning jamiyat hayotidagi o‘rni
va ahamiyati, milliy g‘ururning ildizlari, komil inson tarbiyasining asosiy
yo‘nalishlari, sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat,
insonparvarlik g‘oyalari aks etganini ko‘ramiz. Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy
meros mohiyatida ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri shakllantirishga, insonni o‘zligini
anglashga, ahloqiy kamolotga va atrofdagilarga, voqea-hodisalarga o‘z nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy fikrlashga asoslangan munosabat
bildirishga undovchi pand-nasihatlar o‘z ifodasini topgan. Ular insonning
suvrati va siyrati o‘zaro muvofiq kelishi lozimligini qayta - qayta ta’kidlaganlar.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish prinsiplari asosida tashkil etilgan ta’lim

jarayoni o‘quvchi-yoshlarni maqsad sari undab, ularda ijtimoiy faollikni
shakllantiradi. Ulug‘ ajdodlarimiz har doim inson sha’ni, qadr-qimmatini
yuksak tutib, tili, dini, millati, jamiyatdagi ijtimoiy mavqe’idan qat’iy nazar, har
bir

insonga

hurmat-ehtirom

ko‘rsatish

lozimligini

ta’kidlaganlar.

Ajdodlarimiz har doim jinoyat uchun jazo, ezgulik uchun rag‘bat
muqarrarligini uqtirganlar. Ezgu amallarini qilishga, o‘z nafsini tiyishga,
g‘azab va jaxlga erk bermaslikka, insoniylik nurini buzuqlik, razolat bilan
chulg‘amaslikka da’vat etib, inson uchun eng go‘zal libos, ilm, odob, ahloq
ekanligini, o‘zaro munosabatlarda hamjihat bo‘lish lozimligini ta’kidlaganlar.
Sharq mutaffakkirlari ota-onalar va ustozlarni bolaning o‘zligini tan olish,
unga qadriyat sifatida yondashib, hurmat bilan munosabatda bo‘lish
lozimligini ta’kidlab kelganlar.

O‘quvchi-yoshlarda

tanqidiy

fikrlashni

rivojlantirishda

milliy

mentalitetimiz bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi omillarga e’tibor qaratish muhim
hisoblanadi:

-

o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish;

-

milliy an’analar va urf-odatlar, unitilmas qadriyatlarni egallashga

o‘rgatish;

-

ajdolar merosiga bo‘lgan e’tibor va qiziqishni uyg‘otish;

-

milliy qahramonlar shaxsi va ular faoliyati bilan ishlar bilan yaqindan

tanishtirish;


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

25

-

Vatan taqdiri, yurt kelajagiga daxldorlik hissini uyg‘otish.

Yuqoridagi omillarga tayangan holda o‘quvchi-yoshlarni milliy

qahramonlarning tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish, atrof-muhitni
ko‘lamzorlashtirish, inson salomatligi masalalarida olib borgan faoliyatlari
bilan o‘quvchilarni yaqindan tanishtirib borish nazarda tutiladi.
Ajdodlarimizning tabiatni muhofaza qilishga bo‘lgan e’tibori, tuproq, suv,
havoni toza saqlashgi intilish, o‘simlik va hayvonot olamini parvarishlash,
ko‘kalamzorlashtirish, odamlar salomatligini, sog‘lom turmush tarzini
shakllantirishga bo‘lgan harakatlari madaniy tariximizda milliy qadriyat
sifatida necha asrlardan beri e’zozlanib kelinmoqda.

Natija.

Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarni bilim imkoniyatlarini yangi

bosqichga ko‘tarish bilan bir qatorda, o‘zlarida mavjud bilim, tushuncha,
axborotlarni yangi ma’lumotlar bilan sintezlashga, umumlashtirishga
muvaffaq bo‘ladilar. Bunda o‘quvchilarda refleksiyalash, imitatsiyalash, o‘z
immanentligi va nuqtai nazarini ifodalash, jamoa bilan muloqotga kirishish,
diskussiyani amalga oshirish jarayonlari faollashadi.

O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish jarayonini to‘g‘ridan-

to‘g‘ri amalga oshirib bo‘ldmaydi. Shuning uchun ham ta’lim jarayoniga
samarali pedagogik usullar, metodlar va texnalogiyalarni qo‘llashni talab
etadi. Shunga ko‘ra o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini quyidagi pedagogik usullard vositasida amalga
oshirsh samarali hisoblanadi:

-

ritorik savol

-

savol-javob

-

munozara

-

debat

-

diskussiya

-

ijodiy ishlar

-

yozma ishlar

-

guruhli yoki jamoaviy o‘yinlar.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bunday pedagogik

usuldagi mashg‘ulotlarda “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Klaster”, “Muammoli
vaziyat”, “Suqrotona o‘ylang”, “Pahlavon Mahmuddan epigraf”, “Temur
tuzuklariga amal”, “Manguberdining sakrashi”, “Kubro falsafasi”, “Bobur
sadoqati”, kabi metodlar va bugungi kunda jaxondagi ta’lim jarayonida
o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan va eng keng
qo‘llaniladigan “STEAM”, “Keys Study”, TRIZ, “Blum toksonomiyasi” va turli


background image

INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE

International scientific-online conference

26

ta’limiy o‘yin texnologiyalari, shuningdek “Insert strategiyasi” kabi ta’lim
strategiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa.

Ajdodlarimiz merosida pand-nasihat, yoshlarga murojaat alohida o‘rin

egallagan. Shu maqsadda ular nasihat janridagi she’rlar, pandnomalar,
murojaatnomalar yozganlar. Xalq dostonlarida esa xalqning o‘zligini anglagan,
o‘z pozitsiyasiga ega, tanqidiy fikrlaydigan ideal shaxs haqidagi orzu-niyatlari o‘z
ifodasini topgan. Shuni ta’kidlab aytish lozimki, Go‘ro‘g‘li, Alpomish, Avazxon,
Oshiq G‘arib va Shoxsanam, Vomiq va Uzro, Farhod va Shirin kabi doston
qahramonlari, shuningdek To‘maris, Shiroq, Najmiddin Kubro, Jaloliddin
Manguberdi, Temur Malik, Pahlavon Mahmud, Amir Temur, Zaxiriddin
Muhammmad Bobur kabi milliy qahramonlarimiz faoliyati timsolida
o‘quvchilarda o‘z nuqtai nazarlarini shakllantirish, o‘z qarashlarini va
munosabatini bildirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning
alohida pedagogik imkoniyatlari mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni.
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026
yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash
to‘g‘risidagi”gi PF-134-sonli Farmoni.
3.Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. – 376 b.
4.Pedagogika. Ensiklopediya. III jild. jamoa // Toshkent: «O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 400 b.
5.Edward M. Glaser. "Defining Critical Thinking". The International Center for
the Assessment of Higher Order Thinking (ICAT, US)/Critical Thinking
Community. Retrieved 22 March 2017.
6.Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly
Changing World/ Sonoma State Uni. 1990
7.Masharipova N.R. O‘quvchilarda ma’naviy sifatlarni rivojlantirishning
pedagogik imkoniyatlari. Science and Innovation International scientific journal
Volume 1 issue 6. Uif. 2022: 8.2 Issn: 2181- 3337.P.62-66.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7105342
8.Safarova R.G.Yangi pedagogik tafakkurning namoyon bo‘lishi. Jizzax davlat
pedagogika universitetida o‘tkazilgan “Pedagogik innovatsiyalar va ularning
amaliy tadbiqlari: muammo va yechimlar” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konfrensiyasi 1-to‘plam, - B 24-28. Jizzax – 2022 yil 5 oktyabr.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi PF-134-sonli Farmoni.

Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. – 376 b.

Pedagogika. Ensiklopediya. III jild. jamoa // Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. – 400 b.

Edward M. Glaser. "Defining Critical Thinking". The International Center for the Assessment of Higher Order Thinking (ICAT, US)/Critical Thinking Community. Retrieved 22 March 2017.

Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly Changing World/ Sonoma State Uni. 1990

Masharipova N.R. O‘quvchilarda ma’naviy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. Science and Innovation International scientific journal Volume 1 issue 6. Uif. 2022: 8.2 Issn: 2181- 3337.P.62-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.7105342

Safarova R.G.Yangi pedagogik tafakkurning namoyon bo‘lishi. Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan “Pedagogik innovatsiyalar va ularning amaliy tadbiqlari: muammo va yechimlar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi 1-to‘plam, - B 24-28. Jizzax – 2022 yil 5 oktyabr.