INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
64
TARIXIY VA ZAMONAVIY HISOB SO‘ZLAR TAHLILI
O‘tasheva Ruxshona
Sharof Rashidov nomidagi
Samarqand davlat universiteti
2- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14748715
Annotatsiya
O‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz leksik qatlamining uzoq tarixiy
taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot davomida
o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan. Badiiy asar tilini tahlil
etganda numerativ so‘zlarning ham o‘rni alohida ekanligi ko‘zga tashlanadi.
O‘zbek tilshunosligida son so‘z turkumining ajralmas qismi bo‘lgan numerativ
so‘zlar tadqiqi borasida bir muncha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan,
jahon tilshunosligida ham bunday so‘zlar Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida
alohida ahamiyatga ega va keng tadqiq etilgan. Chunki bu mamlakatlar leksik
qatlamida numerativ so‘zlar juda ko‘p qo‘llaniladi va tez-tez uchraydi.
Kalit so‘zlar: pud, qadoq, miri, paqir, hisob so‘z, numirativ so‘z.
Ko‘plab hisob so‘zlar eskirib iste’moldan chiqib ketgan bo‘lsa (tarixiy), yana bir
qismi o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib bergan, ya’ni arxaiklashgan. Agar
eskirgan hisob so‘zlarni o‘quvchi o‘rganmasa, tarixiy mavzudagi asarlarni
o‘qishga qiynalishi aniq. Masalan, G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi
Qoravoy nutqida 2 pud-u 17 qadoq, 2 tanga-yu 1 miri, yeti paqir jumlalari
uchraydi. Asarda uchraydigan pud, qadoq, miri, paqir so‘zlari maktab bolalari
tugul kata yoshdagi kishilarni ham, ba’zan mutaxassislarni ham o‘ylantirib
qo‘yadi. Shuning uchun tarixiy so‘zlarning izohini men ushbu bitiruv ishimda
keltirishni niyat qildim.
Pud – 16 kilogramm
Botmon – 20 kilogramm
Min – 3 kilogramm
Man – 680 gramm
Misqol – 4,1-4,4 gramm
Moshsha – 1,98 gramm
Nimcha – 2 kilogramm
Osor – 17 gramm
Paysa – 50 gramm
Sir – 74,24 gramm
Tula – 11,32 gramm
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
65
Xarvar – 30-100 kilogramm
Qadoq – 400 gramm
Sari – 2,5 kilogramm
Ukya – 33,4 gramm
Kiyrat – 0,236 gramm
Chaksa – 5,3 kilogramm
Dahsar – 30-32 kilogramm
Arshin – 71,1 santimetr
Gaz – 70-90 santimetr
Tano – 0,25-0,5 gektar
Tosh – 7-8 kilometr yo‘l
Farsax – 8,9-9,5 kilometr
Chaqirim – 1,5 kilometr
Qarich – 20 santimetr
Yangi numerativlarni axborot o‘lchov birliklari sifatida baholash va ularni
o‘rganishimiz tilimiz taraqqiyotining natijasidir. Axborotning eng kichik o‘lchov
birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit so‘zi ingliz tilidagi “binary digit” so‘zlaridan
olingan, ya’ni “ikkilik raqam” degan ma’noni bildiradi[1]. Masalan, 1 bit axborot.
Bu yerda bit axborotning o‘lchov birligi bo‘lib, soning oldida kelib numerativ
vazifasini bajaradi. 1 soni esa numerativning miqdorini ifodalamoqda.
Bitdan kattaroq o‘lchov birligi sifatida bayt o‘lchov birligi qabul qilingan.
Bayt so‘zi ingliz tilidagi “byte” so‘zidan olingan. 8 bit 1 baytga teng. Masalan: 8
ta 0 va 1 raqamida 1 bayt axborot bor, chunki unda 8 ta bit(raqam)
qatnashmoqda, 16 ta 0 va 1raqamida esa 2 bayt axborot bor, chunki unda 16 ta
bit (raqam) qatnashmoqda. Masalan, 4 bayt hajmli rasm. Ushbu gapda bayt
numerativ vazifasini bajarmoqda. Bunday numerativlar aniq miqdorni ifodalashi
bilan boshqa numerativlardan farqlanadi.
Baytdan kattaroq o‘lchov birligi kilobayt deyiladi. 1 Kbt= 1024 baytga
teng. Bugungi kunda hayotimizni rasmlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular har bir
daqiqamizni muxrlab qo‘yishda beminnat yordam beradi. Mana shu rasmlarning
o‘lchami asosan kilobaytlarda o‘lchanadi. Masalan, Yangi rasmimiz atiga 270
kilobaytni tashkil etar ekan.
Xalqaro me’yorda kilobaytdan katta o‘lchov birliklari ham qabul qilingan
bo‘lib, ular megabayt (Mbt), gigabayt (Gbt), terabayt (Tbt), petabayt (Pbt) kabi
belgilangan. 1 megabayt = 1024 kilobaytga teng;
1 gigabayt = 1024 megabaytga teng;
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
66
1 terabayt = 1024 gigabaytga teng;
1 petabayt = 1024 terabaytga teng[2]. Bugungi globalizatsiya va axborotlar
asrida yashar ekanmiz, ularni hisoblaymiz, o‘lchaymiz. Kundalik hayotda ularga
ko‘plab marotaba duch kelamiz. Masalan, internet foydalanuvchilari
axborotlarni olishda bu kabi o‘lchov birliklariga ko‘p duch kelishadi. Masalan,
1000 megabayt internet 10000 so‘mga. Aksiya 1000 megabayt videoni yuklab
oling (Internetdan). Bu yerda numerativlar son oldida kelib miqdorni o‘lchashda
xizmat qilmoqda.
Boshqa ba’zi bir numerativlar kabi axborot o‘lchov birliklarining ham
qisqartma shakllari mavjud. Bular: bit=b., bayt = bt., megabayt = Mbt., kilobayt =
Kbt., gigabayt = Gbt., terabayt= Tbt., petabayt = Ptb. kabi belgilanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanuvchi axborot o‘lchov birliklari
№
Nomi
Hajmi
1.
1 bit
2.
1 Bayt
8 bit
3.
1 kilobayt
1024 bayt
4.
1 megabayt
1024 kilobayt
5.
1 gigabayt
1024 megabayt
6.
1 terabayt
1024 gigabayt
7.
1 petabayt
1024 terabayt
T-CHIZMA
№
O‘lchov
turlari
Zamonaviy hisob so‘zlar
Tarixiy hisob
so‘zlar
1
Og‘irlik
o‘lchovlari
MilligramGramm
Kilo(gramm)
LitrTonna
Sentner
Misqol
Botmon
Paysa
dahsar
2
Uzunlik
o‘lchovlari
Millimeter
Santimetr
Ditsimetr
kilometr
Chaqirim
Qarich
Yog‘och
Gaz
qalam
3
Maydon
o‘lchovlari
Sotix
Gektar
Tanob
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
67
Eskirgan
Paysa
Pud
Enlik
Vaqt
Jon
Tosh
Zamonaviy
h.s.
Sotix
Metr
Sentner
Mehnat
kuni
Par
Gradus
Minut
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
68
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek tilidagi numerativ so‘zlar tilimiz
leksik qatlamining uzoq tarixiy taraqqiyoti natijasida shakllangan bo‘lib, ular
tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarib, xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lib borgan.
Badiiy asar tilini tahlil etganda numerativ so‘zlarning ham o‘rni alohida ekanligi
ko‘zga tashlanadi. Ularni matndan uzib olgan holda emas, balki tilni tizimli
tekshirish orqali o‘rganish numerativ so‘zlarning xususiyatlarni to‘liq ochib
berishga yordam beradi. Numerativ so‘zlar bo‘yicha o‘tgan asrda bir necha
tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, numerativlarning qo‘llanishi, ma’no
turlari, bog‘lanishi, iste’mol doirasi, tuzilishiga ko‘ra turlari o‘rganilgan.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
2.
Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
3.
Aбдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий
грамматикаси. Морфология ва Синтаксис. Тошкент, Ўқитувчи, 1978, 320 б.
4.
Farid Othman. Tatabahasa Dewan Edisi baharu. KL.
5.
Hamdamov P. Hozirgi o‘zbek tilida numerativlar. –T., Fan, 1983.
6.
Informatika (darslik) 8-sinf. –T., 2014.
7.
Malay tilida hisob so‘zlar. BMI. Dauletov R. Toshkent, 2013.
8.
Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –B., 1999.
9.
Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. Toshkent, Universitet,