INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
48
SHAROF RASHIDOVNING "G'OLIBLAR" ROMANIDA JUFT SO‘ZLAR
KOMPONENTLARI MA‘NO-MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
O'roqova Shohsanam
SamDU Lingvistika:o'zbek tili 2-kurs magistranti
R.R.Sayfullayeva
Ilmiy rahbar,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15100676
Annotatsiya
Juft so'zlar ma'no-munosabatiga ko'ra o'zaro guruhlarga bo'linadi.
Maqolada Sharof Rashidovning asarlaridagi juft so'zlar faol qo'llangan
kontestlari o‘zaro sinonim, antonim, ma'nosi yaqin va ba'zan butun-qism
munosabati yuzasidan tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar
: birikish, teng bog'lanish, sema, uyushiqlik, soddalanish.
Abstract
Pairs of words are divided into groups according to their meaning. The
article analyzes the active use of pairs of words in Sadriddin Aini's works in
terms of synonyms, antonyms, close meanings and sometimes whole-part
relations.
Keywords:
connection, equivalence, sema, coherence, simplification.
Juft so'zlar bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma'noli ikki o'zakning
grammatik jihatdan teng munosabatda birikishi bilan har biri o'z ma'nosi va
urg'usi saqlagan holda bir umumiylikga ega bo'lgan butunlik hosil qilishi bilan
paydo
bo'ladi.Juft
so'zlarning
paydo
bo'lishida
ma'lum
bir
maʼnodoshlik(sinonimilik) yoki zidlik(antonimlik) munosabati muhim omillar
sanaladi. Aynan shu omillar orqali juft so'zlarning so'z sxemasi
shakllantiriladi.Ba'zi manbalarga ko'ra, juft so'zlarning o'rganilishi yangi so'zlar
hosil bo'lishi tarkibiga ham kirib ketadi. Juft so'z tarkibiy jihatdan o'z so'z
turkimi doirasida hosil bo'ladi.Har qanday so'z ham juftlikni hosil qilib keta
olmaydi. Juft so'z hosil bo'lishi uchun so'zlar uyushiq bo'la olishi, uyadosh ham
bo'lishi lozim. Bundan tashqari, ularning tarkibi ma'no-munosabatiga ko'ra o'z
ichida turlarga bo'linadi.
1) Har ikkala qismi mustaqil qo'llana oladigan juft so'zlar;
2) Ikkinchi qismi mustaqil qo'llana olmaydigan juft so'zlar;
3) Har ikkala qismi mustaqil qo'llana olmaydigan juft so'zlar.
Bundan tashqari bu bo'linmalar ham o'z ichida turli xil toifalarga ajratib
o'rganiladi. Juft so'zlarning o'rganilishi keng qamrovli ishdir. Xususan, shakl
jihatdan juft so'zni takroriy so'z bilan adashtirish hollari ham bor, qo'shma
so'zga yaqin degan qarashlar ham mavjud. Ammo, N.Abdurahmonov takroriy
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
49
so'zlar bilan juft so'zlarning farqi haqida yozib: «Takror so'zlar aslida tilda yo'q.
Ular tilning lug'at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug'atlarda
ko'rsatilmaydi. Takror so'zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning
irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana
yo'q bo'lib ketadi», - deydi. A.Hojiyev “O„zbek tilida qo'shma, juft va takroriy
so`zlar” asarida juft so'zlar tenglik munosabatida bo'ladi , ikki so'zning teng
bog'lanishga asoslangan brikmalardan kelib chiqadi degan tog„ri qarashni
beradi. Tilshunoslikda juft so'zlar bo'laklarining ma'no-munosabatiga ko'ra
semantik jihatdan qismlari sinonim, qismlari ma'nosi yaqin va antonim bo'lgan,
shuningdek butun qism munosabatidagi juft so'zlarga bo'linadi.
Sharof Rashidov asarlarida kelgan juft so'zlarning tahlilga tortar ekanmiz,
avvalo unda o'zaro ma'nosi yaqin bo'lgan qismlardan iborat juft otlar ko'pligini
ta'kidlash lozim Qismlari maʼnodosh juft otlar:
Bu qizning
chang-to'zonlar
sochib aylanayotgan quyun ichida qolganini
faqat Olimjon sezmagan bo'lishi mumkin. [1-52]
Azob-uqubat
bilan tiyin-tiyinigacha yiqqanman. Uni sizlar ko'kka
sovurmoqchisizlar. Bermayman! Meni
tilka-pora
qilsalaring ham bermayman! [
1-150] .
Hozirgi o'zbek tilida qo'llanuvchi juft so'zlarning ko'rsatishicha, uyushiq
holda qo'llana oladigan sinonimlardangina juft so'z hosil bo'lishi mumkin.
Qismlarining ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan juft otlar:
Bahorda
qo‘y-qo‘zi
sotib olib, ularni boqish bilan band bo‘ldim.[1-162]
"Bu qanday
sayr-tomosha
? Qanday
o'yin-kulgi
?" o'yladi u ichida norozi
bo'lib. [1-162].
Shiorning ma'nosini endi anglay boshlaganda , birdan momaqaldiroq
guldirab,
es-hushin
i yo'qotgan otaning quloqlari bitib qolganda bo'ldi. [ 1-163].
Hamma yangi planni
sevinch-quvonch
, yakdillik, zo'r olqishlar bilan
ma'qullagan tursa-yu, faqat bitta odam unga qarshi chiqsa.[1, 160].
Idoraning baland zinapoyasida turgan Smirnov xalqqa qarab nutq so'zlar,
chol
shovqin-suron
ichida nima deyayotganini yaxshi eshitolmay, zinopaya
tomin pitirlardi.[1-167].
Partiyamiz va hukumatimiz xalqning
tilak-orzularin
i albatta amalga
oshiradi. [1- 210].
Qismlari o'zaro zid ma'noli bo'lgan juft otlar:
Garchi, u uzoq ishlab, qattiq charchagan bo'lsa hamki, chigit ekilgan
poyonsiz dala diliga
bitmas-tuganma
s quvonch bag'ishlardi.[1-257].
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
50
U og'riq azobida
kechayu-kunduz
ko'zlarini yumib yotarkan, xuddi birov
uning ko'zlarini ezgandek tuyulardi.[1-323].
Butun-qism munosabatidagi juft otlar:
Bu qizning
chang-to'zonlar
sochib aylanayotgan quyun ichida qolganini
faqat Olimjon sezmagan bo'lishi mumkin .
Uyalish, iymanish va baxt to'la
his-tuygʻular
osmon gumbaziday keng va
ulug‘vor ediki, endi Oyqiz o'rnidan turib, uning cho'qqisiga chiqdi.
Uyadosh bo'lgan barcha so'zlar ham juftlikni hosil qilolmaydi. Ularda ichki
va tashqi bog'liqlik, tilda o'xshashlik bo'lishi lozim.
Yuqoridagi misollarda ikki va bir bo'g'inli hamda ikki bo'g'inli yoki bir bo'g'inli
so'zlar juftlik qatorini hosil qilganini guvohi bo'lishi mumkin.
Bir bo'g'inli juft otlar: choy-non, gap-so'z, oy-kun, mol-mulk;
Ikki bo'g'inli juft otlar: aka-uka, oziq-ovqat, chora-tadbir, yig'im-terim,ko'rpa-
yostiq;Bir va ikki bo'g'inli juft otlar: qo‘y-qo‘zi, hovli-joy, mayl-e'tibor, uy-
ro'zgor, dod-faryod, kiyim-bosh, do'st-dushman, xas-xashak.
Ko'rinib turibdiki, qisqa bo'g'inli so'zlar odatda juftlikni tashkil eta olar ekan.
Ammo, 2 ikki va uch bo'g'inli juft tlar ham bor: “janjal-to'palon, xayr-sadaqa".
Sifatlarda esa ma'no munosabatiga ko'ra butun-qism munosabatidagi turi yo'q.
Axir sifatlar nomni emas belgini bildiradi.
Qismlari sinonim bo'lgan juft sifatlar: "Suv, suv!..-o'ylardi Oyqiz,- uyg'otish
bu go'zal dasht bizga
bitmas-tuganmas
boyliklarni keltirishi aniq.[1-120].
Ma'nosi o'zaro yaqin bo'lgan juft sifatlar:
Qiz
asta-sekin
o'sib, bo'yi yetavergach, otaning unga munosabati ham
jiddiylashib bordi.
XULOSA
Juft so'zlar soddalanish hodisasiga uchraydi. Shuningdek bu konversiya
hodisasiga ham yaqindir. Masalan yuqorida ko'rilgan juft otlarni tahlil qiladigan
bo'lsak, “past-baland” juft so'zi “hayot” “yo‘l-yo‘riqlar „og'riq” ma'nosida asosan
qo'llaniladi, “gap-so'z” esa g'iybat ma'nosini beradi. Tilshunos olimlar har
tomonlama tadqiq etgan juft so'zlarni Sadridin Ayniy
asarlarida deyarli barcha turini uchrashini ko'rish mumkin. Asarlarda juft
so‘zlarining komponentlari ma'no munosabatiga ko'ra faol qo'llanilishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Soddalanish hodisasi bo'lgani bilan, juft-so'z beradigan
uslubiy ma'noni to'la qoplay olmaydi. Zero,tilda har bir omil zarur bo'lgani
uchun ham mavjuddir.
References:
1. Sharof Rashidov. " G'oliblar " romani. Toshkent : G'ofur G'ulom nomidagi
adabiyot va san'at nashriyoti 1981.
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
51
2. Razzoqova Mamlakat. Ona tili darslarida qo'shma, juft va takroriy so'zlarni
o'rgatish. Bitiruv malakaviy ish. Nukus-2021. 5-bet. 3. Abdurahmonov N. Hozirgi
zamon o`zbek tilida juft so`zlar sostavi masalasi. Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand davlat universitetining asarlari: Samarkand, 1963, 50-bet. 4.
A.Hojiyev. Toshkent. O`zbek tilida qo'shma, juft va takroriy so`zlar. 1963. 45. 5.
Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug'atayn. Toshkent. Tafakkur. 2014. 24-bet. 6.
YARASHOVA N. J. THE LIGHTS OF JEWELS OF TURKIC LANGUAGE IN THE
WORKS OF ALISHER NAVOI //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE
Учредители: Теоретическая и прикладная наука. – 2021. – №. 9. – С. 659-
661. 7. Jumaevna Y. N. Occupation of the child's personal mental status in
dialogual speech //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). – 2020.
– Т. 9. – №. 5. – С. 405-408. 8. Jumaevna N. Y. DEVELOPMENT OF
LINGUOCREATIVE ABILITIES IN CHILDREN'S SPEECH //Modern Journal of
Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 3. – С. 5-8. 9. Jumayevna Y. N. Linguo
culture logical features of metaphors in children's literature (On the example of
khudayberdi tokhtabayev's creative work) //ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal. – 2019. – Т. 9. – №. 4. – С. 139-145. 10.
Ярашова Н. Ж. ПРОЯВЛЕНИЕ ИНТОНАЦИИ У ДЕТЕЙ ПОСРЕДСТВОМ
ОБРАЩЕНИЯ //Традиции и новации в профессиональной подготовке и
деятельности педагога. – 2019. – С. 128-130. 11. Jumaevna N. Y. METAPHOR
IN CHILDREN'S PROSE AS A LINGUOCULTUROLOGICAL PHENOMENON
//Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture. – 2022. – Т. 2. –
№. 2. – С. 18-22