Ushbu maqolada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy tibbiyotda, xususan tibbiy ko‘rik natijalarini bashorat qilishdagi roli, amaliy imkoniyatlari va ilmiy asoslari keng yoritilgan. Tadqiqot doirasida AI asosida ishlab chiqilgan bashoratli modellar Andijon viloyatida to‘plangan real klinik, laborator va ijtimoiy-gigiyenik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, AI modellar yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklarni erta aniqlashda yuqori aniqlik ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maqolada AI texnologiyalarining sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq huquqiy, texnologik va psixologik omillar, milliy sharoitga mos modellashtirish muhimligi ham yoritilgan. Xulosa sifatida, AI texnologiyalarini mahalliy tibbiy amaliyotga bosqichma-bosqich, ilmiy asoslangan va etik yondashuvlar bilan joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.