
“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
218
b
o‘lgan bir nechta odamni aniqlashga qaratilgan. Oddiy “aqlli” kamera bu vazifani
bajara olmasligi mumkin. Shaxsni tanib olish neyron tarmoqlar, mashinani k
o‘rish va
sun’iy intellektdan iborat “aqlli” tizimga asoslangan.
Yuqorida muhokama qilinganidek, transport vositalari uchun aqlli biometrik
kamera
lar an’anaviy kuzatuv qurilmalaridan farq qiladi. Ularga yanada qattiq talablar
q
o‘yiladi:
kamera tashqi ta'sirlardan yaxshiroq himoyalangan b
o‘lishi kerak;
qurilma bir vaqtning
o‘zida harakatlanayotgan va har xil burchakdagi bir nechta
odamni shaxsiylashtirishi kerak. Keyinchalik samarali ishlash uchun olingan
ma’lumotlarni tahlil qilish kerak. Bunga videotahlil yordam beradi, videotahlil quyidagi
funksiyalarni bajaradi:
transportga kiruvchi va chiquvchi odamlarning sonini hisoblash;
odamlarning
“oq” va “qora” ro‘yxatlarini tuzish va qoidabuzarlar topilgan
taqdirda ularga xabar berish;
odamlarni jinsi va yoshiga qarab ajratish.
Xulosa. Transportdagi videokuzatuv
– biz uchun allaqachon tanish narsa.
Ammo aholi k
o‘payishi bilan an’anaviy kameralar biometrik o‘quvchilarga
yangilanadi. Bu transport biznesini yanada samarali boshqarishga va odamlar
xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1. Anil K. Jain, Arun A. Ross, Karthik Nandakumar- Introduction to Biometrics-
Springer, 2011.
2. Stan Z. Li, Anil K. Jain -Encyclopedia of Biometrics-Springer, 2015.
TEMIR Y
O‘LCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH FAKULTETI
UCHUN DASTURIY TA’MINOTNI ISHLAB CHIQISHNING
AHAMIYATI
Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV,
f.-m.f.n., dotsent, Toshkent Davlat transport universiteti Transportda axborot
tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri
E-mail: mrasulmuxamedov@list.ru
Raximjon RAUFJONOV,
Toshkent davlat transport universiteti
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp218-224
Annotatsiya:
Ushbu maqolada temir y
o‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti
uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda xodimlarning
bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish
maqsadida
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta
tayyorlash markazi uchun elektron axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga
oshirildi. Shuningdek, Laravel dastula
sh tili va MySQL ma’lumotar bazasi orqali
axborot tizimi dasturining interfeysi yaratildi.
Kalit s
o‘zlar:
Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari,
dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, dasturiy ta’minot qurish

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
219
strukturalari, PHP dasturlash tili, Laravel frameworki va MVC strukturasi, Kadrlar
malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Y
o‘l markazi.
I. KIRISH.
Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohalar
qolmadi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va chora-tadbirlar ham
aynan shu sohani rivojlantirishga qaratilgandir.
“2020-yil 28-aprelda Davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari t
o‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun
Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “elektron hukumat” xizmatlariga talab
kundan kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-y
o‘g‘i
185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat
tashkilotlarda
ish
jarayonini
raqamlashtirish
faqat
hujjat
almashinuvini
elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Shu bois “elektron o‘qitish dasturi” orqali
o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT-mutaxassis
sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini
an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
Misol uchun, bugungi kunda kamba
g‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish
masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda
belgilashi kerak, deyiladi yi
g‘ilishda.
II. MUAMMONING Q
O‘YILISHI.
Temir y
o‘l transporti mavjud bo‘lgandan beri va faoliyati davomida O‘zbekiston
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy
vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun
o‘z vaqtida yuk va yo‘lovchi
tashishni ta’minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko‘rinishlarda amalga
oshirilmoqda va
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l tarmog‘ini o‘tkazish va tashish
imkoniyatlarining maksimal xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Yuk va y
o‘lovchi tashishni shakllantirish, temir yo‘ldan foydalanish xarajatlarini
optimallashtirish, poyezd harakati xavfsizligini ta’minlash xalqaro shartnomalar
doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi strategik geografik o‘rinni
egallashi va mintaqadagi geosiyosiy rivojlantirish markazi ekanligini hisobga olib,
asosiy tranzit y
o‘laklari qit’amizning Shimoliy va Janubiy Sharq va G‘arbni bog‘lovchi
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tgan. Bu AJni rivojlantirishni rejalashtirishda
hamda q
o‘shimcha o‘rganishga va optimallashtirishga muhtoj bo‘lgan muammolarni
aniqlashda muhim omil hisoblanadi .
III. METOD.
Temir y
o‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy ta’minotni ishlab
chiqishning ahamiyati jamiyatimizda xizmat k
o‘rsatish sohasida yangi o‘zgarishlarni
amalga oshirish, sohalardagi kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish,
ularning qonun hujjatlarida k
o‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini
oshirishlari
hamda
xodimlarning
bilim
salohiyatlarini
zamonaviy
axborot
kommunikatsiya texnologiyalari bilan boyitish maqsadida
“O‘zbekiston temir yo‘llari”

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
220
AJning Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkiloti uchun elektron
axborot tizimini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar natijasida sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini
oshirish va qayta tayyorlash ishlari t
o‘liq ko‘rinishdagi zamonaviy markazlashtirilgan
axborot tizimiga aylanadi. Shuningdek, bu tizimning ish jarayoniga tatbiq etilishi
natijasida minglab xodimlarning malaka oshirish vaqtlari, ularning s
o‘nggi qayta
tayyorlovdan
o‘tgan vaqtlari hamda xodimlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni doimiy
ravishda elektron k
o‘rinishda saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining malakasini oshirish, ularning belgilangan
muddatlarda
qayta
tayyorlov
bosqichlaridan
o‘tishlarini nazorat qilishni
yengillashtirish bilan, balki ish jarayonidagi xatoliklarni kamaytirishga qaratilganligi
hamda soha uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini q
o‘llanilishi
bilan ham ahamiyatlidir.
Barcha tizimlarni tashkil etish jarayonlarida birinchi darajadagi ishlar tahlil
etilgan ish jarayon asosida ma’lumotlar bazasini imkon qadar to‘liq yaratishni nazarda
tutadi. Yuqoridagi vazifa asosida temir y
o‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti
uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ma’lumotlar bazasining tuzilish
strukturasini aniqlash jarayonlari bilan boshlandi hamda yuqorida t
o‘plangan
ma’lumotlar asosida quyidagi ma’lumotlar bazasining tuzish strukturasi ishlab
chiqildi(1-rasm).
1-rasmga asosan, temir y
o‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun
yaratilgan ma’lumotlar bazasi MySql ma’lumotlar bazasida yaratildi.
MySQL
bu eng mashhur va juda k
o‘p foydalaniladigan ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma’lumotlar bilan ishlash
uchun yaratilmagan, aksincha, biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda
ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi saytlar hisoblanadi. Hozirgi
kunda juda k
o‘p sayt va bloklarning ma’lumotlari aynan shu MBBTda saqlanadi.
Saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab ma’lumotlar saqlash uchun
dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya’ni fayl ochilib, kerakli ma’lumotlar u yerga

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
221
saqlanib, kerakli paytda chiqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib
(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya’ni faylni ochish, o‘qish, yopish, ko‘p vaqtni olib
q
o‘ygan, u yerdan qidirish, xullas, juda ko‘p), ma’lumotlar bazasiga o‘tilgan. Bazada
saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar, sayt kontentlari,
qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga
o‘xshash juda ko‘p ma’lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma’lumotlarni o‘zida
saqlaydi.
MySQL
– juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash
juda sodda va uni
o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.MySQL tizimi Tcx kompaniyasi
tomonidan ma’lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida foydalanish
maqsadida yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida
yoyildi. S
o‘rovlar
SQL
tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT
relyatsion ma’lumotlar
bazasi
hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil
topgandir.
MySQL
MBBTi 2 turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya’ni MYSQLni
k
o‘chirib olish va ishlatish hech qanday xarajat talab qilmaydi hamda
GPL(GNU
Public Licenseb, GNU)
litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi GPL shartiga k
o‘ra,
agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham
GPL(tekin) b
o‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bu
dasturingizni pulli qilishingiz uchun MySQL pulli litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
IV. NATIJA VA MUHOKAMALAR
Jamiyatimizda xizmat k
o‘rsatish sohasida yangi o‘zgarishlarni tatbiq qilish,
sohalardagi kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun
hujjatlarida k
o‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari
hamda xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkiloti uchun elektron axborot tizimini
ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar natijasida sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarning malakasini
oshirish va qayta tayyorlash ishlari t
o‘liq ko‘rinishdagi zamonaviy markazlashtirilgan
axborot tizimiga aylanadi. Shuningdek, bu tizimning ish jarayoniga tatbiq etilishi
natijasida minglab xodimlarning malaka oshirish vaqtlari, ularning s
o‘nggi qayta
tayyorlovdan
o‘tgan vaqtlari hamda xodimlar haqidagi to‘liq ma’lumotlar doimiy
ravishda elektron k
o‘rinishda saqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa nafaqat
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xodimlarining malakasini oshirish, ularning belgilangan
muddatlarda
qayta
tayyorlov
bosqichlaridan
o‘tishlarini nazorat qilishni
yengillashtirish bilan , balki ish jarayonidagi xatoliklarni kamaytirishga qaratilganligi
hamda soha uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
q
o‘llanilishi bilan ham ahamiyatlidir.

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
222
2-rasm. 3-rasm.
2-,3-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash
Y
o‘l markaziga kelgan malaka oshiruvchilarni ro‘yxatga olish jarayoni sturukturasi.
4-rasm.
4-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash
Y
o‘l markazida qilinayotgan dasturiy ta’minotning asosiy oynasi ko‘rinishi.
5-rasm.

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
223
5-rasm asosan, Service sahifasida Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va
qayta tayyorlash Y
o‘l markazi faoliyatining “O‘qitish metodikasi” ,ya’ni yo‘nalish turlari
haqida umumiy ma’lumot berilgan.
6-rasm.
6-rasmga asosan, Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash
Y
o‘l markazida hozirda mavjud bo‘limlar ro‘yxati.
7-rasm.
7-rasmga asosan, (6-rasmda) k
o‘rsatilgan bo‘limlardan biri tanlanadi, bu ish
“Дальше” tugmasi ustiga bosish orqali amalga oshiriladi va yangi sahifaga o‘tiladi. U
yerda aynan shu b
o‘limda tahsil olayotgan malaka oshiruvchilar haqida batafsil

“Актуальные вопросы развития инновационно-
информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021
I-
Республиканская научно-техническая конференция
(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)
224
ma’lumot berilgan. Bundan tashqari bu sahifada “Yangi malaka oshiruvchini kiritish”
tugmasi, malaka oshiruvchilar ma’lumotini Excel faylga yuklab olish uchun “Export
Excel” tugmasi va (async) “Qidiruv” tizimlari mavjud.
V. XULOSA.
Ushbu maqola
“Temir yo‘lchilarning malakasini oshirish fakulteti uchun dasturiy
ta’minotni ishlab chiqish” mavzusida amalga oshirildi. Bu ma’lumotlar bazasini
yaratish Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Y
o‘l markazi ish
faoliyati takomillashtirish maqsadida bajarilgan b
o‘lib, ish jarayonlarida amalga
oshirilayotgan xizmatlarni qabul qilishni elektronlashtirishga qaratilgan.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, yaratilgan dasturiy ta’minot ish faoliyati
va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu dasturiy ta’minot veb-sahifa
k
o‘rinishida amalga oshirilgan bo‘lib, unda ixtiyoriy qurilmalar orqali aloqa o‘rnatish
mumkin. Bu ham bizning yutuqlarimizdan biri hisoblanib, Kadrlar malakasini oshirish,
tayyorlash va qayta tayyorlash Y
o‘l markazi faoliyati mehnat unumdorligini oshirish
uchun xodimlarning bilim salohiyatlarini zamonaviy axborot kommunikatsiya
texnologiyalari bilan boyitish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kadrlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi uchun elektron axborot tizimini
ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yuqorida muammo sifatida ta’kidlanganidek, bu dastur temir yo‘l sohasida
kadrlar malakasini oshirish tizimlarini maqbullashtirish, ularning qonun hujjatlarida
k
o‘rsatilgan tartibdagi vaqt me’yorlarida o‘z malakalarini oshirishlari uchun qulay
k
o‘rinishda elektronlashtirildi. Ushbu maqolada tizim jarayonini elektron ko‘rinishda
amalga oshirish ishlarini tahlil etish, loyihalash, qurish va ish jarayonlari tashkil
etishning turli usullari tashkil etildi.
Ushbu da’sturiy ta’minot PhP dasturlash tili,
Laravel frameworki va ma’lumotlar bazasining MySQL tilidan foydalangan holda
yaratiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R
O‘YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda “O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y
o‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi t
o‘g‘risida” 02.03.2020dagi PF–5953-sonli farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari
t
o‘g‘risida” 21.11.2018dagi PQ-4022 qarori.
3. https://community.uzbekcoders.uz.
4. https://ziyonet.uz.
5. Sanjarbek Sobirjonov
– PHP7 va obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili
Toshkent
– 2020.
6. Sanjib Sinha
– Laravel 5.7.* All model relations Explanined(tarjima).
7.
Голицына О.Л. Базы данных / О.Л. Голицына, Н.В. Максимов,
И.И. Попов. – М.: ФОРУМ: ИНФРА-М, 2003. – С. 352.