Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
127
QASHQADARYO VILOYATIDA BALIQCHILIKNI
RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK JIHATLARI
Nurmatov N.E.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida baliqchilikni
rivojlantirishning iqtisodiy-geografik jihatlari tahlil qilingan. Viloyatning tabiiy-
geografik sharoiti, suv resurslari va iqlim xususiyatlari baliqchilikni
rivojlantirish imkoniyatlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, baliqchilik
xo‘jaliklarining hududiy joylashuvi, ishlab chiqarish hajmi va sohadagi iqtisodiy
samaradorlik masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada baliqchilikni
rivojlantirishdagi muammolar, ekologik omillar va sohaga oid investitsion
imkoniyatlar tahlil qilinib, istiqboldagi yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, baliqchilik, suv resurslari, iqtisodiy
geografiya, ekologik omillar, investitsiya.
ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE
DEVELOPMENT OF FISHERIES IN THE KASHKADARYA REGION
Nurmatov N.E.
Shakhrisabz State Pedagogical Institute
Annotation. This article analyzes the economic and geographical aspects
of the development of fisheries in the Kashkadarya region. The impact of the
natural and geographical conditions, water resources and climatic features of the
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
128
region on the development of fisheries is studied. Attention is also paid to the
territorial location of fisheries, production volumes and economic efficiency in
the industry. The article analyzes the problems of fisheries development,
environmental factors and investment opportunities in the industry, and gives
recommendations on future directions.
Keywords: Kashkadarya region, fisheries, water resources, economic
geography, environmental factors, investment.
Jahon baliqchilik va akvakulturaning holati (SOFIA) hisobotining 2024
yilgi nashrida ta'kidlanishicha, 2022 yilda dunyoda 223,2 million tonna
baliqchilik va akvakultura mahsulotlari ishlab chiqarilgan, bu 2020 yilga nisbatan
4,4 foizga oshgan. Bu hajmga 185,4 million tonna suv hayvonlari va 37,8 million
tonna suv o'tlari kiradi.
2022-yilda akvakultura birinchi marta suv hayvonlari
ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi sanoat baliqchilik o‘rnini egalladi.
Sektorda misli ko'rilmagan 130,9 million tonna mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lib,
shundan 94,4 million tonnasi suv hayvonlari bo'lib, dunyodagi umumiy suv
hayvonlari ishlab chiqarishining 51 foizini tashkil qiladi.
О‘zbekiston agrar sohasini barqaror tizimli rivojlanishiga erishilishi uchun
uning barcha tarmoqlarida izchil islohotlar olib borilishi lozim va olib
borilmoqda. Ana shunday serhosil sohalardan biri – bu baliqchilikdir. Baliq –
inson uchun muhim ozuqa hisoblanadi. 2017-2021-yillarda О‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar
strategiyasini
«Yoshlarni
qо‘llab-quvvatlash
va
aholi
salomatligini
mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini bajarilishida 2021-
yil 20-martgacha “Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida
gо‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish”
tadbiri rejalashtirilgan. 2020-yil 14-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan “Qishloq xо‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish” bо‘yicha о‘tkazilgan
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
129
videoselektor yig‘ilishida respublikamizda intensiv usulda baliq yetishtirishni
rivojlantirish holati past darajadaligi, baliq ishlab chiqarish hajmini 350 ming
tonnaga yetkazish bо‘yicha keng ko‘llamli chora-tadbirlar amalga oshirish
borasida ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2010–2024-yillar davomida
yetishtirilgan baliq hajmini viloyatlar kesimida tahlil qilinganda, Xorazm,
Toshkent va Andijon viloyatlari baliqchilikning eng rivojlangan hududlari sifatida
ajralib turib, 2024-yilda mos ravishda 32 969 tonna, 19 141 tonna va 21 730 tonna
baliq ishlab chiqarilgan (1-+jadval) bo‘lib, ushbu uchta viloyat umumiy ishlab
chiqarishning
38.5 foizini
tashkil etgan va ayniqsa, Xorazm viloyati yetakchi
o‘rinda bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqarilgan baliqning
17.2 foizi
aynan ushbu
hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan, shuningdek, Toshkent viloyati
10.0 foiz
va
Andijon
11.3 foiz
ulush bilan yuqori natijalarni qayd etgan, bu esa ushbu
viloyatlarda baliqchilik sanoat asosida rivojlanganini ko‘rsatadi.
O‘rta darajadagi ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiruvchi Samarqand (19
876 tonna,
10.4%
), Namangan (17 212 tonna,
9.0%
), Jizzax (16 271 tonna,
8.5%
),
Sirdaryo (10 551 tonna,
5.5%
), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (12 689 tonna,
6.6%
) va Farg‘ona (14 073 tonna,
7.3%
) viloyatlari baliqchilikni sezilarli darajada
rivojlantirgan bo‘lib, ushbu hududlarda ishlab chiqarish hajmi 10 000–20 000
tonna oralig‘ida bo‘lib, ularning respublikadagi umumiy ulushi
47.3 foizni
tashkil
etgan, bu esa baliq yetishtirish hajmining muayyan hududlar bilan cheklanib
qolmay, o‘rta darajadagi viloyatlarda ham sezilarli rivojlanayotganidan dalolat
beradi.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy hududlari kesimida
yetishtirilgan baliqlar to‘g‘risida ma’lumot (2010-2024-yillar, tonna)
201
0
2015
2020
2021
2022
2023
2024
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
130
O‘zbekiston
Respublikasi
878
4
5985
2
14410
3
17193
3
18527
4
19588
3
19140
0
Qoraqalpog‘isto
n Respublikasi
584
3410
14442
12637
11386
12147
12 689
Andijon
498
2535
17415
20178
21555
21150
21 730
Buxoro
433
1951
7082
10877
10043
5950
6 166
Jizzax
577
1085
0
13118
13687
15028
15853
16 271
Qashqadaryo
435
3151
5442
5323
5453
5001
4 357
Navoiy
109
3
5610
12458
12769
14077
14557
9 283
Namangan
400
2733
8740
11997
14588
15565
17 212
Samarqand
81
1839
12725
19535
17262
18509
19 876
Surxondaryo
194
1911
4497
5477
6560
6807
7 082
Sirdaryo
25
1822
5551
6435
7214
9960
10 551
Toshkent
142
5
1155
7
9727
13239
19289
24829
19 141
Farg‘ona
485
4025
11152
12156
12495
13533
14 073
Xorazm
255
4
8457
21754
27623
30324
32022
32 969
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.
Yetishtirish hajmi nisbatan past bo‘lgan hududlar qatoriga Navoiy (9 283
tonna,
4.8%
), Surxondaryo (7 082 tonna,
3.7%
), Buxoro (6 166 tonna,
3.2%
) va
Qashqadaryo (4 357 tonna,
2.3%
) viloyatlari kirib, ularning umumiy ulushi
16.5
foizni
tashkil etgan bo‘lib, ayniqsa, Qashqadaryo viloyatining baliqchilikda eng
past natijalardan birini qayd etgani e’tiborga molik bo‘lib, bu viloyatda 2010-yilda
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
131
atigi 435 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 3 151
tonnaga yetgan, 2020-yilda esa eng yuqori natija – 5 442 tonna baliq ishlab
chiqarilgan, biroq 2024-yilga kelib bu hajm 4 357 tonnagacha qisqargan bo‘lib,
viloyatda baliqchilikning sust rivojlanishiga sabab bo‘luvchi omillar mavjudligini
ko‘rsatmoqda.
Qashqadaryo viloyati baliqchilik sohasida boshqa hududlarga nisbatan
ancha past natijalarga ega bo‘lishining asosiy sabablaridan biri sifatida suv
resurslarining yetarli emasligi, tabiiy-geografik sharoitlarning mos kelmasligi
hamda baliqchilik xo‘jaliklari infratuzilmasining rivojlanmaganligi kabi omillar
tilga olinishi mumkin bo‘lib, viloyatda mavjud daryo va suv havzalarining
cheklanganligi, shuningdek, baliq yetishtirish texnologiyalarining to‘liq joriy
qilinmaganligi ushbu natijalarga olib kelgan, shu bois, kelgusida Qashqadaryo
viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy
qilish, davlat tomonidan subsidiya va investitsiya dasturlarini kengaytirish,
mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va intensiv baliqchilik klasterlarini
shakllantirish orqali viloyatning ushbu sohadagi ulushini oshirish hamda iqtisodiy
taraqqiyotga hissa qo‘shish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati baliqchilik sohasida sezilarli o‘sishga erisholmagan
hududlar qatorida bo‘lib, bu jarayonning asosiy sabablaridan biri sifatida suv
resurslarining yetarli emasligi, baliqchilik infratuzilmasining sust rivojlanishi,
tabiiy-geografik omillar va iqtisodiy sharoitlar tilga olinishi mumkin bo‘lib,
viloyatda mavjud daryo va suv havzalarining baliqchilikni rivojlantirish uchun
yetarli imkoniyatga ega bo‘lmaganligi, shuningdek, baliq yetishtirish
texnologiyalarining boshqa hududlardagi kabi keng joriy etilmaganligi ushbu
sohada past natijalar kuzatilishiga olib kelgan va shuningdek, viloyatda
baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari uchun
qo‘shimcha rag‘batlantirish mexanizmlarining yetarli emasligi ham muhim
omillardan biri sifatida qaralishi lozim.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
132
Shu bois, Qashqadaryo viloyatida baliqchilikni rivojlantirish uchun suv
resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish,
davlat tomonidan subsidiya va investitsiya dasturlarini kengaytirish hamda
mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kabi kompleks choralar ko‘rilishi
lozim bo‘lib, ayniqsa, viloyatning iqlim sharoitini inobatga olgan holda baliq
yetishtirishning innovatsion usullarini joriy etish va intensiv baliqchilik
klasterlarini shakllantirish orqali Qashqadaryoning respublika bo‘yicha
baliqchilikdagi ulushini oshirish hamda iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida baliqchilik ishlab chiqarish hajmi 2010-yildan
2024-yilgacha bo‘lgan davrda sezilarli o‘zgarishlarga uchrab, dastlabki yillarda
nisbatan past bo‘lgan ko‘rsatkichlar keyinchalik jadal o‘sish va so‘nggi yillarda
biroz pasayish tendensiyasini namoyon qilgan. Xususan, 2010-yilda viloyatda
atigi 435 tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2015-yilda qariyb to‘rt
baravarga oshib, 1 949 tonnaga yetgan, 2020-yilga kelib esa 5 425,2 tonnaga
ko‘tarilib (2-jadval), 2010-yilga nisbatan 12,5 baravar yoki 1 147% o‘sishni qayd
etgan. Keyingi yillarda nisbiy pasayish kuzatilib, 2021-yilda 5 309,8 tonna, 2022-
yilda 5 446,3 tonna bo‘lgan bo‘lsa-da, 2023-yilda ushbu hajm 4 997,9 tonnaga,
2024-yilda esa 4 320,8 tonnaga tushib ketgan bo‘lib, eng yuqori natija qayd
etilgan 2020-yil bilan solishtirilganda 2024-yilga kelib ishlab chiqarish hajmi
20,3% ga qisqargan, ammo 2010-yilga nisbatan hali ham 9,9 baravar yoki 893%
o‘sish saqlanib qolgan. So‘nggi yillardagi pasayish baliqchilik tarmog‘ida ayrim
muammolar, jumladan, tabiiy suv resurslarining kamayishi, iqtisodiy
infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi va bozor talablarining
o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
133
2-jadval
Qasqadaryo viloyati ma’muriy hududlar kesimida yetishtirilgan
baliqlar to‘g‘risida ma’lumot (2010-2024-yillar, tonna)
2010
2015
2020
2021
2022
2023
2024
Qashqadaryo
viloyati
435
1949
5425,2
5309,8
5446,3
4997,9
4320,8
G‘uzor
-
50,0
119,9
157,5
131,2
105,8
135,8
Dehqonobod
-
107,0
-
-
20,0
20,0
20,0
Qamashi
-
57,0
110,0
117,7
125,2
42,7
41,8
Qarshi
376,0 996,0
557,7
254,6
253,8
255,6
149,4
Koson
-
9,0
68,0
62,0
138,6
174,8
220,1
Kitob
-
72,0
148,9
171,8
236,6
308,0
324,1
Mirishkor
2,0
49,0
566,4
1 141,2
915,3
964,4
1 199,5
Muborak
2,0
14,0
73,0
76,5
79,1
83,0
88,0
Nishon
51,0
194,0 2 071,1 2 028,6 1 841,7 1 169,8
693,9
Kasbi
-
39,0
145,0
130,2
17,3
33,0
48,0
Ko‘kdala
-
-
-
-
-
0,0
-
Chiroqchi
-
82,0
517,0
584,9
309,0
377,8
332,8
Shahrisabz
4,0
187,0
502,0
222,8
291,0
317,5
412,1
Yakkabog‘
-
93,0
546,2
362,0
1 087,5 1 145,5
655,3
Jadval Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida
muallif tomonidan shakllantirilgan.
Qashqadaryo viloyatida 2010–2024-yillar davomida baliqchilik ishlab
chiqarish hajmining o‘zgarishi ma’muriy hududlar kesimida turlicha kechgan
bo‘lib, umumiy ishlab chiqarishga qo‘shgan hissasi bo‘yicha tumanlarni uch
guruhga ajratish mumkin. Ushbu guruhlanish orqali viloyatning baliqchilik
tarmog‘idagi yetakchi hududlarini, o‘rtacha ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lgan
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
134
tumanlarni hamda sust rivojlangan hududlarni tahlil qilish imkoniyati yuzaga
keladi. Bunda yetakchi tumanlar viloyat umumiy baliq yetishtirish hajmining 20–
30% ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘rtacha guruhdagi hududlarning ulushi 5–15%
atrofida bo‘lib, past ko‘rsatkichli tumanlarning hissasi esa 1–3% doirasida qolgan.
Birinchi guruhga kiruvchi eng yuqori baliq yetishtiruvchi hududlar, ya’ni
Nishon, Mirishkor va Yakkabog‘ tumanlari viloyat baliqchilik tarmog‘ining
asosiy drayverlari hisoblanib, ularning jami ishlab chiqarish hajmidagi ulushi eng
katta. Masalan, Nishon tumani 2020-yilda 2 071,1 tonna baliq yetishtirib, viloyat
umumiy hajmining 38% ini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 693,9
tonnaga tushib, 16% atrofida shakllangan. Mirishkor tumani esa 2024-yilda 1
199,5 tonna baliq ishlab chiqarib, viloyat umumiy baliqchilik hajmining 28% ga
yaqinini ta’minlagan. Yakkabog‘ tumani 2022-yilda 1 087,5 tonna baliq
yetishtirgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2024-yilda 655,3 tonnaga qisqarib, viloyat
umumiy hajmining qariyb 15% ini tashkil etgan. Ushbu tumanlarning ulushi katta
bo‘lishiga ularning tabiiy-geografik sharoiti, suv resurslari va baliqchilikni
rivojlantirish bo‘yicha infratuzilmaning mavjudligi asosiy sabab sifatida
ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchi guruhga kiruvchi o‘rta baliq yetishtirish hajmiga ega hududlar,
jumladan, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi va Koson tumanlari ishlab chiqarish
hajmi bo‘yicha viloyatdagi muhim hududlar hisoblanadi. Masalan, Shahrisabz
tumani 2024-yilda 412,1 tonna baliq ishlab chiqarib, viloyat umumiy baliqchilik
hajmining 9,5% ini tashkil qilgan bo‘lsa, Kitob tumani 324,1 tonna bilan 7,5%
ulushga ega bo‘lgan. Chiroqchi tumanining ulushi 332,8 tonna bilan taxminan
7,7% ni tashkil etgan bo‘lsa, Koson tumani esa 220,1 tonna baliq ishlab chiqarib,
viloyat umumiy baliqchilik hajmining qariyb 5% ini ta’minlagan. Ushbu
hududlarning o‘rta darajadagi ishlab chiqarish hajmiga ega bo‘lishiga ularning
tabiiy suv manbalaridan cheklangan foydalanishi, iqtisodiy infratuzilmaning
rivojlanish darajasi va baliqchilikni rivojlantirish uchun qilingan investitsiyalar
ta’sir ko‘rsatgan.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
135
Uchinchi guruhga kiruvchi eng past baliq yetishtiruvchi hududlar esa
Dehqonobod, Ko‘kdala va Kasbi tumanlari bo‘lib, ularning viloyat baliqchilik
tarmog‘iga qo‘shayotgan hissasi minimal darajada qolmoqda. Masalan,
Dehqonobod tumani 2024-yilda atigi 20,0 tonna baliq yetishtirib, viloyat umumiy
baliqchilik hajmining 0,5% ini tashkil qilgan. Ko‘kdala tumani esa 2023–2024-
yillarda baliqchilik bilan umuman shug‘ullanmagan, ya’ni ishlab chiqarish hajmi
0% ni tashkil etgan. Kasbi tumani esa 2024-yilda 48,0 tonna baliq yetishtirib,
viloyat umumiy baliqchilik hajmining 1,1% ini tashkil qilgan. Ushbu hududlarda
baliqchilikning sust rivojlanishiga suv resurslarining yetishmovchiligi,
infratuzilmaning past darajadaligi hamda baliqchilik xo‘jaliklari uchun yetarlicha
iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlarining yo‘qligi sabab bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda, Qashqadaryo viloyatida baliqchilik tarmog‘i hududlar
kesimida katta tafovutlarga ega bo‘lib, ishlab chiqarish hajmining yuqori, o‘rta va
past darajadagi hududlar mavjud. Viloyatning umumiy baliqchilik hajmiga
nisbatan yetakchi tumanlar Nishon, Mirishkor va Yakkabog‘ bo‘lib, ularning
ulushi 60% dan ortiqni tashkil etadi. O‘rta ishlab chiqarish hajmiga ega tumanlar,
jumladan, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi va Koson viloyatning 30% atrofida baliq
mahsulotlarini yetishtiradi. Eng past natijalarga ega hududlar esa Dehqonobod,
Ko‘kdala va Kasbi bo‘lib, ularning umumiy ulushi atigi 2–3% ni tashkil etadi.
Kelajakda baliqchilik tarmog‘ini viloyat miqyosida barqaror rivojlantirish uchun
suv
resurslaridan
samarali
foydalanish,
intensiv
baliq
yetishtirish
texnologiyalarini keng joriy etish va tumanlar bo‘yicha ishlab chiqarish hajmini
muvozanatlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qashqadaryo viloyatida baliqchilik sohasini rivojlantirish maqsadida,
avvalo, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni
ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu yo‘nalishda suv havzalarining
ifloslanishiga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilarining salbiy
ta’sirini kamaytirish, monitoring tizimlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy suv
tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda intensiv baliq yetishtirish
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
136
usullarini rivojlantirish orqali yuqori hosildor va ekologik xavfsiz baliqchilik
tizimini shakllantirish zarur bo‘lib, shu bilan birga, zamonaviy oziqlantirish
texnologiyalarini tadbiq etish, genetika va seleksiya asosida mahalliy iqlim
sharoitiga moslashgan, yuqori mahsuldor baliq turlarini yetishtirish, suv havzalari
atrofida qayta ishlash zavodlari, saqlash va yetkazib berish infratuzilmasini
rivojlantirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirish va uni ichki
hamda tashqi bozorlarga yetkazib berish tizimini takomillashtirish ham dolzarb
masalalar sirasiga kiradi.
Shu bilan bir qatorda, baliqchilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish,
mahalliy va xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, imtiyozli
kredit va subsidiyalar ajratish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini
rivojlantirish hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash
orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, hududiy iqtisodiy faollikni oshirish va
aholining daromadlarini ko‘paytirish muhim ahamiyat kasb etib, shuningdek,
baliqchilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarga eksport qilish uchun sifat va
xavfsizlik standartlarini joriy etish, sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish, ilmiy
tadqiqotlarni kengaytirish, oliy o‘quv yurtlarida baliqchilik sohasi bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlash, ilg‘or texnologiyalarni o‘rgatish va amaliyotga tatbiq
etish orqali sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘lib,
bu chora-tadbirlar natijasida Qashqadaryo viloyatida baliqchilik tarmog‘ining
raqobatbardoshligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqtisodiy
samaradorlikni kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
Qashqadaryo viloyatida baliqchilikning rivojlanishi iqtisodiy-geografik
jihatdan hududning tabiiy sharoitlari, suv resurslari, iqlim xususiyatlari hamda
transport-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan chambarchas bog‘liq. Viloyatda
Qashqadaryo daryosi, sun’iy suv omborlari va buloq suvlari baliq yetishtirish
uchun muhim resurs bazasini tashkil etsa, aholining demografik o‘sishi va oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash zarurati mazkur tarmoqning ahamiyatini yanada
oshiradi. Hududning yirik transport yo‘llari kesishmasida joylashgani baliq
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
137
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga yetkazish imkoniyatlarini kengaytirib,
iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, baliqchilikning
rivojlanishi qishloq joylarida bandlik darajasini oshirish, mahalliy iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. Shu
bois, baliqchilik sohasi innovatsion texnologiyalar va klaster tizimi asosida
rivojlantirilib,
uzoq
muddatli
strategik
rejalashtirish
orqali
viloyat
iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga ko‘mak berishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Крючков В.Г. Территориальная организация сельского хозяйства.
(Проблемы и методы экономико – географического исследования). – М.:
Мысль, 1978. – 268 с.
2. Лапкин К.И. Размещение и спезиализация сельсохозяйственного
производства по зонам и районам Узбекской ССР. – Т.: Фан, 1988. – 390 с.
3. Носонов А.М. Территориальные системы сельского хозяйства
(экономико – географические аспекты исследования). – М.: Янус-к, 2001. –
324 с.
4. Ракитников А.Н. Избранные труды – Под ред. В.Г.Крючкова. –
Смоленск: Ойкумена, 2003. – 472 с.
5. Саушкин Ю.Г. Географическое мышление. – Смоленск: Ойкумена,
2011. – 218 с.
6. Солиев А. Иқтисодий география: назария, методика ваамалиёт. – Т:
Камалак, 2013. – 184 б.
7. Солиев А. Ўзбекистон географияси (Ўзбекистон иқтисодий ва
ижтимоий географияси). –Т.: Университет, 2014. – 404 б.
8. Файзуллаев М.А. Жанубий Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги
географияси (монография). – Қарши: Университет, 2019. -245 б.
9. Nurmatov Nurbek. Economic and geographical factors of regional
organization of agriculture and innovative development // International
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
138
multidisciplinary journal for Research & development. - India, eISSN 2394-6334
Volume 10, issue 12 (2023) P.439-442
10. Nurmatov N.E. Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan asosiy
islohotlarning chorvachilik tarmog'i rivojlanishiga ta'sirining asosiy xususiyatlari
// "Экономика и социум" -
Россия, № 2(117) 1 (февраль, 2024). C. 510- 517
11. Nurmatov Nurbek Ermat o`g`li. Chorvachilikni rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi tabiiy sharoit va resurs omillarining asosiy xususiyatlari //
“O`zbekiston zamini” 2024 yil 4 – son. B. 69-71.
12. Nurmatov N.E. Economic and geographical factors affecting livestock
development in ensuring food security // Eurasian Journal of History, Geography
and Economics. Belgiya. December 2024. P. 43-46
13. Faizullaev M.A. Main characteristics of the formation of a geographic
conveyor in agricultural development //
Web of Scientist: International
Scientific Research Journal.
Vol. 4 No. 2 (2023) – p. 89-92. ISNN 2776-0979
14. Faizullaev M.A. The main features of agricultural reforms in the
development of the economy of Uzbekistan // «Science and education in
Karakalpakstan» Science Magazine, ISSN 2181-9203 №1/1(30) – Nukus, 2023.
– P. 119-121.
15. Fayzullayev M.A. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi geografiyasi.
Monografiya. T.: Kitob bilim yog‘dusi. 2024. – 258 bet.
16.
https://www.fao.org/newsroom/detail/fao-report-global-fisheries-and-
aquaculture-production-reaches-a-new-record-high/ru