Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
93
OLIY TA’LIM XODIMLARINI MALAKASINI OSHIRISHNING
AHAMIYATI
Oriental Universiteti Ta’lim menejmenti yo’nalishi magistranti
X. Mamadaliyeva
Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O’zbekistonda ta’lim
tizimi, jumladan, oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-
o’qituvchilarni hamda boshqa xodimlarni rag’batlantirish tizimini amalga tadbiq
etishda ularning malakasini oshirishning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar: oliy ta’lim, pedagog, farmon, rag’batlantirish, malaka
oshirish, mutaxassis.
Аннотация: В данной статье освещается важность повышения
квалификации профессорско-преподавательского состава и других
сотрудников, работающих в системе высшего образования, а также
внедрение системы их стимулирования в годы независимости Узбекистана.
Ключевые
слова:
высшее
образование,
педагог,
указ,
стимулирование, повышение квалификации, специалист.
Annotation: This article highlights the importance of improving the
qualifications of professors, teachers, and other staff working in the education
system, particularly in higher education, as well as the implementation of a system
for their motivation during the years of independence in Uzbekistan.
Keywords: higher education, educator, decree, motivation, professional
development, specialist.
Oliy taʼlim rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish zamonaviy taʼlim tizimida juda muhim ahamiyatga ega. Bu
jarayon taʼlim sohasidagi yangi texnologiyalar, metodik yondashuvlar va
bilimlarni oʻzlashtirish orqali rahbarlar va oʻqituvchilarning professional
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
94
koʻnikmalarini yangilashga qaratilgan. zaruriyatning asosiy sabablari sifatida bir
nechta omillarni keltirishimiz mumkin.
1. Zamonaviy taʼlim talablariga moslashish: Dunyo tez sur’atlar bilan
rivojlanmoqda, shu bilan birga taʼlim sohasida ham yangi texnologiyalar,
innovatsion usullar va bilimlar paydo boʻlmoqda. Pedagoglar va rahbarlar oʻz
bilimlarini yangilab, zamonaviy taʼlim standartlariga moslashmasa, taʼlim
sifatining pasayishi mumkin.
2. Talablar va ehtiyojlarning oʻzgarishi: Talabalar va jamiyatning taʼlimga
boʻlgan talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda oʻzgarib boradi. Pedagoglar va
rahbarlar bu oʻzgarishlarni hisobga olib, oʻzlarining metodik yondashuvlarini
yangilashlari kerak.
3. Raqobatbardoshlikni oshirish: Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi
raqobat kuchaymoqda. Malakali va yangicha fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan
rahbarlar va pedagoglar muassasaning obroʻsini oshirish va talabalarga sifatli
taʼlim berishda muhim rol oʻynaydi.
4. Innovatsiyalarni joriy etish: Taʼlim sohasida yangi texnologiyalar va
innovatsion yondashuvlarni qoʻllash talabning ortishi bilan birga pedagoglarning
ham ushbu sohalarda malakasini oshirishni talab qiladi. Masalan, masofaviy
taʼlim, sunʼiy intellekt va boshqa zamonaviy vositalardan samarali foydalanish
uchun qayta tayyorlash zarur.
5. Xalqaro standartlarga erishish: Oliy taʼlim muassasalari xalqaro
miqyosda tan olinishi va raqobatbardoshlikni saqlashi uchun xalqaro taʼlim
standartlariga mos kelishi kerak. Buning uchun rahbarlar va pedagoglar xalqaro
tajriba va bilimlar bilan tanishib, ularni oʻz faoliyatida qoʻllashlari lozim.
6. Pedagogik mahoratni oshirish: Pedagoglar nafaqat bilimdor boʻlishi,
balki oʻz bilimlarini samarali tarzda yetkazish qobiliyatiga ham ega boʻlishi kerak.
Qayta tayyorlash jarayonida ularning didaktik, psixologik va kommunikativ
koʻnikmalari takomillashtiriladi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
95
7. Ijtimoiy mas’uliyatni oshirish: Oliy taʼlim rahbarlari va pedagoglari
nafaqat bilim beruvchilar, balki jamiyatning rivojlanishiga hissa qoʻshuvchi
shaxslar sifatida ham mas’uliyatni his qilishlari kerak. Qayta tayyorlash orqali
ularning ijtimoiy mas’uliyati va maʼnaviy qadriyatlari mustahkamlanadi.
Shunday ekan bu jarayonni huquqiy asosini tahlil qilamiz.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ta’limning O‘RQ-637-sonli
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunda belgilab qo’yilgan 7 turi mavjud [1]. Ta’lim turlari
quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari
ta’lim.
So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog
kadrlarining kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng
imkoniyatlar yaratilmoqda. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv
jarayoniga o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari, jumladan masofaviy
ta’lim, vebinar texnologiyalari, avtomatlashgan monitoring, elektron axborot
tizimlari joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning
amaldagi tartibi samarasi past bo‘lganligi, ko‘p resurs sarflashni talab etayotgani
hamda zamonaviy talablarga javob bermayotganligi, ushbu jarayonga innovatsion
yondashuvlarni joriy etishni hamda kadrlarning kasbiy kompetentligini doimiy
rivojlantirish mexanizmlarini qo‘llashni talab etmoqda.
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning
chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi,
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish ta’lim tizimining muhim bug’unlaridan biri bo’lib
qonun hujjatlari orqali, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz
malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
96
Prezidentining 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-sonli farmoni [2] 9 ta banddan
iborat.
Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimining
asosiy vazifalari etib belgilangan:
Rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini
uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga
muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni
oshirish;
Malaka oshirishning bevosita va kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita
shakllarini variativ va bir-birini to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy
etishini ta’minlash va monitoring olib borish;
Rahbar va pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan kelib chiqib
ularning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz malaka
oshirishning shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish;
Rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini muntazam oshirish
asosida ularning ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot hamda
o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek o‘quv jarayonini tashkil
etishning zamonaviy uslublari sohalaridagi ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or
xorijiy tajribani keng joriy etgan holda rahbar va pedagog kadrlarning malakasini
oshirish bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini doimiy yangilab
borish, ularning faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini
ta’minlash;
Rahbar va pedagog kadrlarda internet jahon axborot tarmog‘i, multimedia
tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika,
axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni
o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
97
Rahbar va pedagog kadrlarning chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini
oshirish, o‘z kasbiy mahoratini, pedagogik va ilmiy faoliyati samaradorligini
muttasil oshirib borish imkoniyatlarini yaratish.
Farmonning 3 bandida Rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malaka
oshirish shakllari sifatida quyidagilar keltirilgan: - mutaxassislik bo‘yicha
mustaqil malaka oshirish; - muqobil malaka oshirish; - ta’lim dasturlari asosida
ixtisoslashtirilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida bevosita
o‘qish shakllarini o‘z ichiga oladi.
Bunda, rahbar va pedagog kadrlarga ularning kasbiy, o‘quv-metodik va
ilmiy-pedagogik faoliyati natijalaridan kelib chiqib, muqobil malaka oshirish yoki
ta’lim dasturlari asosida o‘qish shakllarini tanlash imkoniyati beriladi.
Farmonning 4 bandida mas’ul tashkilotlar tomonidan 2019-yil 1-
sentabrdan boshlab:
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida
ishdan ajragan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) o‘qish umumiy davomiyligini
144 soat etib belgilash;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish markazlarida professor-o‘qituvchilarning sonidan kelib chiqib
belgilanadigan, kamida 3 ta shtat birligidan iborat ta’lim texnologiyalari
kafedralarini tashkil etish;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish markazlarida samarali dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, tajribali
amaliyotchi mutaxassislar faoliyati tahlilidan kelib chiqib, ularga bazaviy lavozim
maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilash, shuningdek mashg‘ulotlar
o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etilgan malakali
professor-o‘qituvchilar, tajribali amaliyotchi mutaxassislarni soatbay haq to‘lash
miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantirish;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
98
pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda
nogironligi bo‘lgan rahbar va pedagog kadrlarning qayta tayyorlash va malaka
oshirish kurslarida o‘qishini masofaviy shaklda tashkil etish;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish markazlarining qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish asosida ishlab
topgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ushbu markazlar xodimlari
lavozim maoshlariga yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning
tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra 200 foizgacha ustama haq to‘lash;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari tuzilmasiga xalqaro
hamkorlik bo‘yicha mutaxassis lavozimini kiritish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik
berilsin.
Farmonning 5-7 bandlarida mutasaddi tashkilotlar bir oy muddatda rahbar
va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari
xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdori va shartlarini, ularni
moliyalashtirish tizimi to’g’risida belgilab qo’yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar
va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish
to‘g‘risida” 2019-yil 27-avgustdagi PF-5789-son Farmoni ijrosini ta’minlash
hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi,
ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish,
zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada
kasbiy tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita
hamda kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir birini
to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishni ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrda “Oliy ta’lim muassasalari rahbar
va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 797-sonli Qarori [3] e’lon
qilinadi. U oltita banddan iborat bo’lib birinchi bandida, oliy ta’lim muassasalari
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
99
rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
markazlarida Ta’lim texnologiyalari kafedrasi tashkil etilishi, ikki oy muddatda
tuzilmaga xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutaxassis jalb etish; ikkinchi bandida esa
oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini
oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom, tuzilmaning
mintaqaviy va tarmoq markazlarini tashkil etish, tuzilma muassasalarida samarali
dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislarni rag‘batlantirish tartibi
belgilangan.
Qarorning uchinchi bandida tuzilma bo‘yicha tayanch oliy ta’lim
muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar 2019-yil 1-oktabrdan boshlab:
rahbar va pedagog kadrlarning o‘quv-metodik va ilmiy-pedagogik faoliyati
natijalarini inobatga oladigan, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi
rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimini
amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashkiliy-metodik tayyorgarlikni amalga oshirish;
o‘quv rejalari va dasturlari mazmunini takomillashtirish, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar
malakasini oshirishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish;
mintaqaviy va tarmoq markazlari tinglovchilarining xalqaro ilmiy
ma’lumotlar bazasidan keng foydalanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish;
mintaqaviy va tarmoq markazlarini xorijiy nashrlar, zamonaviy o‘quv,
o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlab borish,
shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyunda PF-4732-
sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi Farmoni[4] qabul qilingan. Farmon oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni
zamonaviy
talablarga
muvofiq
muntazam
qayta
tayyorlashning
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
100
takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha
innovatsiyalarni qo’llashi, chet tillarini bilishi, tayanch oliy o’quv yurtlarining
vazifalari, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, mamlakatimiz oliy ta’lim
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari uch yilda kamida bir marta doimiy
asosda Tayanch oliy o‘quv yurtlarining doimiy faoliyat ko‘rsatadigan kurslarida
qayta tayyorlashning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlanishi va
malakasini oshirishi shart ekanligi, 288 soatlik maxsus dasturlarning 144 soat
hajmi ishdan ajralmagan holda mustaqil malaka oshirish usullari asosida, 144
soati to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish shaklida ishdan ajragan holda
amalga oshirilishi, kurslar yakunida tinglovchilarning qanday tartibda
attestatsiyadan o’tkazish tartibi belgilab qo’yilgan shuningdek, qayta
tayyorlovdan o’ta olmasa keyingi jarayonlar qanday tartibda olib borilishi
takidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-
sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
Qaroriga [5] ko’ra oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda,
kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga
mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini
ta’minlash maqsadida: har bir oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilarini
ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarini
keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o‘tkazishga,
malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali
o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda
respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy
xodimlarining stajirovka o‘tashlarini, professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirishni tashkil qilish; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
101
bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy
shaxslar daromad soliqlari to‘lashdan ozod etilishi kabilar belgilangan.
2003-yil 1-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istiqbolli yosh
pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida” PF-3272-sonli Farmoni qabul qilingan lekin,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli
“Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni [6] ga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2017-yil 27-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning
malakasini oshirish “iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida” PF-5121-sonli Farmoni qabul qilingan lekin, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli “Davlat
xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini
yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
[7] Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-iyuldagi “Ma’muriy
islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini
samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-
son qarori ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog
kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini samarali
tashkil qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
415-sonli Qarori [8]
Xulosa qilib aytganda, oliy taʼlim rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish zamonaviy taʼlim tizimining rivoji,
talabalarga sifatli bilim berish va jamiyatning taraqqiyotiga yordam berish uchun
juda zarurdir. Bu jarayon taʼlim muassasalarining obroʻsini oshirish,
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
3-To’plam 1-son Mart , 2025
102
raqobatbardoshlikni taʼminlash va yangi avlodni zamonaviy dunyo talablariga
mos ravishda tayyorlash imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
https://lex.uz/en/docs/-5013007
2.
https://lex.uz/docs/-4490760
3.
https://lex.uz/ru/docs/4526545
4.
https://lex.uz/docs/2676554
5.
https://lex.uz/docs/-3171590
6.
https://lex.uz/docs/-5400414
7.
https://lex.uz/uz/docs/-5286354
8.
https://www.lex.uz/uz/docs/-7014313