Mualliflar

  • Azimjonova Mohichexra
  • Mo’minova Zarnigor
  • To’xtasheva Sevinch

Muallif tarjimai holi

  • Azimjonova Mohichexra

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

  • Mo’minova Zarnigor

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

  • To’xtasheva Sevinch

    Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.87564

Kalit so‘zlar:

Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi tarbiyalanuvchi tarbiyalash yoshga bog’liq xususiyatlari yosh davrlari psixologik xususiyatlari. Ключевые слова: Дошкольный возраст воспитанник воспитание возрастные особенности возрастные периоды психологические особенности. Keywords: Preschool age child upbringing age-related characteristics age periods psychological characteristics.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlarinig ahamiyati yoritilgan. Hamda maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlar haqida muhum tavsiyalar berilgan.

Аннотация: В данной статье подчеркивается значение возраста развития и особенностей детей дошкольного возраста. Также в статье даны важные рекомендации по возрасту развития и особенностям детей дошкольного возраста.

Abstract: This article highlights the importance of the developmental age and specific characteristics of preschool children. The article also provides important recommendations on the developmental age and specific characteristics of preschool children.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

178

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING O’ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Azimjonova Mohichexra,

Mo’minova Zarnigor,

To’xtasheva Sevinch.

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning

rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlarinig ahamiyati yoritilgan. Hamda

maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga

xos xususiyatlar haqida muhum tavsiyalar berilgan.

Tayanch so’zlar: Maktabgacha ta’lim yoshi, tarbiyalanuvchi, tarbiyalash,

yoshga bog’liq xususiyatlari, yosh davrlari, psixologik xususiyatlari.

Аннотация: В данной статье подчеркивается значение возраста

развития и особенностей детей дошкольного возраста. Также в статье

даны важные рекомендации по возрасту развития и особенностям детей

дошкольного возраста.

Ключевые слова: Дошкольный возраст, воспитанник, воспитание,

возрастные

особенности,

возрастные

периоды,

психологические

особенности.

Abstract: This article highlights the importance of the developmental age

and specific characteristics of preschool children. The article also provides

important recommendations on the developmental age and specific

characteristics of preschool children.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

179

Keywords: Preschool age, child, upbringing, age-related characteristics,

age periods, psychological characteristics.

Kirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning muayyan bir yosh davriga

xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh

xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim

va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli

bo’ladi. Bolalarning tarbiyaga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish

uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va

uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o’sishi ham, rivojlanishi

ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil bo’ladi. Abu Ali

Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani

tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar. Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga

olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha

bo’lishi mumkin. Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust

fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki

g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,

yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining

ta’siri bo’lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur.

Asosiy qisim: Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun

temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish

metodikasini bilish muhim.

Temperament – lotincha “temperamentum”, ya’ni “qismlarning bir-biriga

munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari

majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish

qonuniyatlari ham mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik

kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga bo’linadi: Go’daklik (1 yoshgacha);

Ilk yosh (1-2 yosh); Ilk yosh guruhi (2-3 yosh); Kichik yosh (3-4 yosh); O’rta

yosh (4-5 yosh); Katta yosh (5-6 yosh); Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)1.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

180

Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklar. Insonning rivojlanish

davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to’qiz oy mobaynida juda tez

rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o’taydi. Bu davrda ham

bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo’ladi. Shuning uchun ham bu

ta’sirning ijobiy bo’lishini ta’minlash lozim. Go’dakning vazni tug’ilgan paytda

3,5 kg, bo’yi 50 sm bo’lgan bo’lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg,

bo’yi 60 sm, 6 oylik bo’lganda esa taxminan 7 kg, bo’yi 64 sm bo’ladi. Bir

yoshgacha bo’lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida

bo’lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo’lmasa

ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish

qobiliyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham go’daklik davridan boshlab uch

yoshgacha bo’lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir

yoshgacha bo’lgan davrda dastlabki so’zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar,

asosan, oila a’zolari go’dakni to’g’ri parvarish qilishni yo’lga qo’yishlari lozim.

“Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo’lmasliklari, atrof-muhitdagi

buyumlarning nomini to’g’ri talaffuz qilib, ularning nutqini to’g’ri rivojlantirish

uchun keng yo’l ochishlari kerak. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola

o’rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Otaonalar hech qachon tarbiyani o’z

holiga tashlab qo’ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish

talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o’rganadi, kuzatadi va

o’zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi. Biz bolani nimaga

o’rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni bola

kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini

ta’minlaydi. Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu

davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr

mobaynida bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish

qobiliyatlari jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid

qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi. Shuning

uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

181

tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga

muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi

bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga kirishish

ko’nikmalari shakllana boshlaydi.

Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu

ko’nikmalarni

rivojlantirishga

va

ularni

malakalarga

aylantirishga

yo’naltirilmog’i lozim. Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish

xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar

sekinlashadi. Bu davrda uning og’irligi 14-15 kg., bo’yi 90-95 smga yetadi. Bola

jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari

takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o’z hatti-

harakatlarini idora qilish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib

boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib o’ynash

ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini

farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash

faoliyatining dastlabki ko’rinishlari namoyon bo’ladi. Uch yoshli bolalarning

diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni

idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda

o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni

kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo’l ochadigan ta’limiy mashg’ulotlar

tizimini belgilab berishga yo’naltirilgan. O’rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning

rivojlanish xususiyatlari. Bola to’rt yoshga yetgach, uning jismoniy o’sishi bir

muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo’yi 105-108 sm gacha o’sadi, og’irligi

esa 18-19 kg bo’ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim

sharlar po’stlog’ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy

harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o’zgarishlar sodir bo’ladi, ularni

bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko’nikmasi shakllanadi. Bu

yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi

bir qadar rivojlangan bo’ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o’zi mustaqil


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

182

bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o’yinqaroq, o’ta

qiziquvchan bo’ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun

ham ularni to’g’ri ovqatlantirish, o’z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza

qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq kayfiyatda bo’lishini ta’minlash

muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmunini

xuddi mana shunga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir.

Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davrda

bolaning bo’yi bu davrda 7-8 sm ga o’sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan

tezroq rivojlanadi, og’irligi 20-22 kg ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa

suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham

suyaklarning to’g’ri o’sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. Ularning

yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali

yetarli darajada mustahkamlanmagan bo’ladi. Olti yoshga yetganda miya

po’stlog’ining asab katakchalari rivojlanib, og’irligi va tashqi ko’rinishidan

kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda

ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi

ravon bo’lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo’lgan

taqdirda uning oldini olish choralarini ko’rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so’z

boyligining rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so’zlar

bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to’la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning

matematik tafakkuri, hisoblash ko’nikmalarini rivojlanishi lozim.

Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish

qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola

hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko’lami kengayadi va aniqlashadi,

uning jismida harakatlarning o’zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar

o’zini idora qilish va o’z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’la

boshlaydi. Bu yoshdagi o’g’il bolalarda mustaqil faoliyat ko’rsatish,

tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

183

Bu davrda bolaning bo’yi 120 sm ga yetadi, og’irligi 22-24 kg bo’ladi. Bu yoshda

bola chiniqadi, qiziquvchan bo’ladi, o’z salomatligini nazorat qila oladi. Uning

idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila

boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga

tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo’lgan ta’lim olishga

o’qishga ishtiyoq uyg’otish lozim. Bu o’rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga

kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o’quv elementlarini o’rgatish lozim.

Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u

jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo’lishi kerak.

Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining

xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik

bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo’lishi shart.

Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy

sifatlari olti yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo’lganda, u olti

yoshli bolalarni o’qitish huquqiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli

bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o’qitadigan

o’qituvchilar pedagogik-psixologik nuqtai nazardan alohidaalohida diagnostika

qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. Xulosa: Demak,

maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida rivojlanishining yoshiga

bog’liq xususiyatlar juda ko’p va ahamyatli. Bolaning rivojlanishida qanday

rivojlanayotganligi yoshiga yarasha vazni, bo’yi, psixologik xarakteri, qobilyati,

tashqaridagi ma’lumotlari qay darajada qabul qilishi, nuqtining o’sishi, so’z boyli

bularning hammasi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola tug’ilganidan to

maktabgacha ta’lim yoshiga yetguniga qadar har tomonlama me’yor jihatidan

rivojlanishi kuzatuv ostida bo’lishi lozim. Chunki , har tomonlama sog’lom bola

davlatimiz kelajagi demakdir.

ADABIYOTLAR

1. 1 Bolajon tayanch dasturi. – Т., 2010. – B.5.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

184

2. https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi

Qonuni. 2020 yil 23 sentabr.

3 .https://lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021

yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini

tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni. 2018 yil 21 sentabr.

4. Mirziyoyev Sh.M. “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq –

farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”

mavzusidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26

yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.// “Xalq so‘zi” gazetasi

2018 yil 8 dekabr.

5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”,

2008, 43-bet. 6. Quronov.M. Bolam baxtli bo’lsin, desangiz... .T. “Ma’naviyat”,

2014, 22-bet.