Mualliflar

  • Erkayev Nodir Xudayberdiyevich

Muallif biografiyasi

  • Erkayev Nodir Xudayberdiyevich

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Mustaqil izlanuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.87569

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi soliq budjet siyosati budjet soliq ma’murchiligi soliq salohiyati normativ tahlil soliq yuki soliq hisoboti soliq tushumlari soliq imtiyozlari.

Annotasiya

Annotatsiya: Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

148

MAMLAKATIMIZDA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INING

MAMLAKATIMIZNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI TAHLILI

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Mustaqil izlanuvchi

Erkayev Nodir Xudayberdiyevich

Annotatsiya: Mamlakatimizda qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliqqa

tortish ma’murchiligi o‘rganlan holda ularni soliq solishni tartibiga solish,

qo‘shilgan qiymat solig‘ini takomillashtirish bilan ham bog‘liqdir. Maqolada

qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari, uni

aniqlashdagi ayrim murakkabliklar va muammolar tahlil etilgan, soliq

bazasining shakllantirishni takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash

yuzasidan kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalarni qo‘llash natijalarga

asoslanib tegishli xulosalar shakllantirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar: qo‘shigan qiymat, qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi, soliq,

budjet siyosati, budjet, soliq ma’murchiligi, soliq salohiyati, normativ tahlil, soliq

yuki, soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari.

Kirish:

Soliqqa tortish har qanday davlatning moliyaviy siyosatining

asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, daromadlarni shakllantirish va iqtisodiy barqarorlikni

ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda o‘sib borayotgan

iqtisodiyot sifatida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda QQS

ma’muriyati sohasida o‘ziga xos chora-tadbirlar va amaliyotlarni qabul qildi.

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish tartibi va QQS

ma’muriyatining o‘ziga xos jihatlari haqida umumiy ma’lumot berib, mamlakatda

soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashda tadbirkorlik sub’ektlari uchun


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

149

qulay muhit yaratish muhimdir. Bundan tashqari, O‘zbekistonning soliq

to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va QQS ma’muriyatiga bo‘lgan yondashuvi

raqamlashtirish va xalqaro savdodagi global tendensiyalarga mos ravishda

rivojlanmoqda. Bu esa O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning o‘ziga

xos xususiyatlari va oqibatlarini har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.

Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar qo‘llashni jadal rivojlantirish davrida

mamlakatimizda ishlab chiqarishni texnik hamda texnologik jihatdan yangilash,

yuqori texnologiyali qayta ishlash yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot

tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi

bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda

geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport

salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga

qaratilgan islohotlar ancha faollashdi. Shuningdek, davlatimizda erkin bozor

mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini

ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni Konstitutsiyamizda alohida o‘rin

egallagani, mulk daxlsizligi, iqtisodiy munosabatlardagi adolat tamoyilini

belgiladi va demokratik islohotlarni yanada ochib berdi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston

xalqiga Murojaatnomasida “2023-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat

solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar

ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion. so‘m mablag‘ qoladi. Lekin biznes muhitini

yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o‘zi yetarli emas

1

ligini ta’kidlab

o‘tdilar. Bilvosita turdagi bu soliq budjet tushumlari orasida juda katta qiyosiy

salmoqqa ega. Yuqoridagi raqamlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak,

mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. QQSni

savdoda soliqqa tortishning muvaffaqiyatli chorasi deb tan olinib ham

kelinmoqda. Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy

1

https://president.uz/oz/lists/view/5774

2022-yil 20-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

150

yo‘nalishlari tasdiqlanganligi munosabati bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va

qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi

“Tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va

soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

farmoniga asosan yangicha mexanizm va imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan,

ularda soliq tekshiruvlari o‘tkazishda ushbu toifalarga muvofiq o‘rganishda

monitoring tartibi soddalashtirildi. Eng kam belgilangan me’yor mikrofirmalarga

shuningdek, QQS to‘lovchilariga xam tadbiq etilgan. Maxsulotlar ish va xizmatlar

realizatsiyasi 1 milliard so‘m etib belgilanganligi aylanmadan olinadigan soliq

rejimini maksimal miqdorini belgilaydi. 2023-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik

sub’ektlariga quyidagicha imkoniyatlar yaratildi:

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

hisobidan bir yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulkni

sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining

20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;

jami daromadi 10 milliard.so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlik

sub’ektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar

doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz

miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bunda, soliq

organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard. so‘mdan oshgan tadbirkorlik

sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali

bilan ma’lumot almashinuvi ta’minlanmoqda.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligiga oid quyidagilar bekor

qilindi:

davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida

ishtirokchilar takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat soliq summasi inobatga

olinmaydi;


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

151

yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi

korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan

bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor

qilinadi.

Shuningdek ishonchli soliq to‘lovchilarni inson omilisiz aniqlash tizimi

joriy etilmoqda. Dori vositalarining davlat sog‘likni saqlash muassasalariga bepul

berilishi yoki amal qilish muddati qisqaligi sababli narxi pasaytirilgan qiymat

bo‘yicha realizatsiya qilinishi iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan xarajatlar

(zararlar) deb e’tirof etilmoqda va mos ravishda foyda soliqni hisoblashda

chegirib tashlanishi belgilandi.

2023-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga avtomobillarga gaz

to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida

elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni

soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy

hisoblanadi, paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish

bo‘yicha axborot tizimlarining operatorlari o‘z tizimlarini soliq organlarining

axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanishi belgilandi.

Barchaga ma’lum inson omilisiz, elektron tizim yashirish iqtisodiyotning,

qolaversa, korrupsiyaning oldini olishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bugungi

kunda zamonaviy xizmatlardan foydalanuvchilar soni juda tez ortib bormoqda.

O‘tgan yilning o‘zida soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinetdan

foydalanishlar soni 40,5 milliontani (2020-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘p),

yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturalar soni 33,9 milliontani (2020-yilga

nisbatan 1,6 baravar ko‘p), onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali ro‘yxatga

olingan cheklar soni 417,4 milliontani (2020-yilga nisbatan 4 baravar ko‘p)

tashkil etdi. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida giperkonvergent

texnologiyasi yo‘lga qo‘yildi va u axborot tizimlariga yuklama hajmini

serverlararo taqsimlab, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlab kelmoqda.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

152

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

22-sentabrdagi 595-son qarori bilan soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida

maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishni inson omili ta’siri cheklangan yangi tartibi joriy

etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad insofli soliq to‘lovchilarni qo‘llab –

quvvatlagan holda ularni xufiyona iqtisodiyot bilan shug‘ullanishni o‘ziga

maqsad qilib olgan, qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlarni

amalga oshirishni rejalashtirgan soliq to‘lovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarga

kirishishni oldini olishga qaratilgan.

Bunda, soliq to‘lovchilar va ularning kontragentlari faqat QQS to‘lovchi

guvohnomasi faol bo‘lgan holatda QQS summasini hisobga olishga haqli bo‘ladi.

Arizalarni ko‘rib chiqish muddati 7 kun qilib belgilangan, agar ariza ushbu

muddatda ko‘rib chiqilmasa, guvohnoma avtomatik ravishda beriladi. QQS

to‘lovchilarga berilgan faol holatdagi guvohnomalar har kuni avtomatik ravishda

18 ta mezonlar (soliq qarzi, rahbar shaxsi, hisobot taqdim etishi, manzilda

joylashganligi va b.) bo‘yicha tahlil qilib boriladi va dastur tomonidan soliq

to‘lovchi hech bo‘lmaganda 1 ta mezon bo‘yicha soliq xavfi yuqori darajasiga

tushsa, guvohnomaning amal qilishi avtomatik ravishda vaqtincha to‘xtatiladi,

shuningdek, soliq to‘lovchi kamchilikni barataraf etgan taqdirda, dasturda

guvohnomani amal qilishi avtomatik ravishda tiklanadi.

Qayd etish joizki, QQS to‘lovchisi guvohnomasining amal qilishi vaqtincha

to‘xtatilgan davrda soliq to‘lovchi va uning kontragenti QQS summasini hisobga

ololmaydi. Guvohnomaning amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish asosan

quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

- soliq qarzi mavjud bo‘lganda, bunda ikki oydan ortiq vaqt davomida QQS

bo‘yicha to‘lanmagan soliq qarzi tushuniladi;

- uch oydan ortiq vaqt davomida moliya xo‘jalik faoliyati amalga

oshirilmaganda (mavsumiy faoliyatga ega shaxslar mustasno);

- soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar toifasiga tushganda. Bunda,

soliq to‘lovchi tomonidan soliq xavfi yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlar va


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

153

kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng QQS guvohnoma berilishi va

aktivlashtirilishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162 son

Farmoniga asosan soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilarning

QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomasining

amal qilishi bu haqida soliq organlari tomonidan besh ish kuni oldin xabarnoma

yuborilgandan so‘ng hamda mazkur muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagan

taqdirda to‘xtatib turish tartibi joriy etildi.

Sub’ektlar tomonidan QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish

uchun ariza taqdim etish hamda ushbu arizani soliq organlarida ko‘rib chiqish

tartibi:

Soliq to‘lovchi ixtiyoriy yoki majburiy tartibda tanlagan holda ariza taqdim

etishi mumkin.

Soliq kodeksining 237 hamda 461-moddasiga asosan QQS to‘lash

majburiyati yuzaga kelgan korxonalar majburiy tartibni tanlagan holda ariza

taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162 son

Farmoni bilan 2022-yil 1-iyuldan majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida

e’tirof etiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan

o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan

turib avtomatik ravishda berish tartibi joriy etildi.

Ushbu farmonga asosan majburiy tartibda taqdim etilgan arizalarga 1

daqiqa ichida avtomatik tarzda QQS guvohnoma rasmiylashtirilmoqda. QQS

guvohnomasi berilgandan so‘ng, dastur avtomatlashtirilgan tahlil tizimida soliq

xavfi mezonlari bo‘yicha tekshiradi. Soliq xavfining yuqori mezonlari aniqlansa,

5 ish kuni aniqlangan kamchilik sabablari va bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatilgan

holda xabarnoma yuboriladi.

Ushbu jarayonlar inson omili cheklangan holda to‘liq avtomatlashtirilgan

tizim orqali amalga oshiriladi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

154

QQS to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tmoqchi bo‘lgan korxonalar tomonidan

ixtiyoriy tartib tanlangan holda ariza taqdim etiladi, bunda korxona keyingi

oyning birinchi sanasidan QQS to‘lashga o‘tishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik

faoliyatini yuritishda soliq va ma’muriy javobgarlik sohasini qisqartirish, soliq

qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning

tartibini soddalashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shu bilan birga

soliqqa tortish tizimini va tamoyillarini, soliq to‘lovlarining amalga oshirilishini

hisobga olish tizimini imkon qadar soddalashtirsak, xo‘jalik yurituvchi

sub’ektlarda to‘g‘ri ishlash mexanizmi yuzaga kela boshlaydi va soliqlardan

qochish holatlari kamayadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Kodeks (2020) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi - Toshkent: G‘afur

G‘ulom nashriyot uyi.- 640 b.