Mualliflar

  • Abdisalomov Abdirauf Abdisalom o‘g‘li
  • Nazarov Zavqiy Shavkat o‘g‘li

Muallif tarjimai holi

  • Abdisalomov Abdirauf Abdisalom o‘g‘li

    “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti 2-bosqich doktoranti

  • Nazarov Zavqiy Shavkat o‘g‘li

    “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish bo‘limi bosh mutaxasisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.87576

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Sug‘oriladigan ekin yerlar yer resurslari meliorativ holat sho‘rlanish qishloq xo‘jaligi suv tanqisligi resurs tejash sug‘orish samaradorligi tuproq unumdorligi. Ключевые слова: Орошаемые пахотные земли земельные ресурсы мелиорация земель засоление сельское хозяйство дефицит воды ресурсосбережение эффективность орошения плодородие почв. Keywords: Irrigated arable land land resources land reclamation salinity agriculture water scarcity resource conservation irrigation efficiency soil fertility.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanish holati tahlil qilinadi. Sug‘oriladigan maydonlar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish resursi hisoblanib, ulardan samarali foydalanish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va agrar sektor barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida sug‘oriladigan ekin yerlarining hozirgi holati, ularga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar, shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish zaruriyati o‘rganilgan. Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi va meliorativ holati ularning unumdorligiga bevosita ta’sir qilishi bois, GIS texnologiyalaridan foydalanish orqali monitoring tizimini shakllantirish taklif etiladi. Xususan, suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy irrigatsiya tizimlarini tatbiq etish va agrotexnik tadbirlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

 

Аннотация: В статье анализируется использование орошаемых пахотных земель в Республике Узбекистан. Орошаемые земли являются ключевым производственным ресурсом в сельском хозяйстве, и их эффективное использование имеет решающее значение для обеспечения продовольственной безопасности и повышения устойчивости аграрного сектора. В ходе исследования были изучены современное состояние орошаемых пахотных земель, природные, экономические и социальные факторы, влияющие на него, а также необходимость внедрения ресурсосберегающих технологий. Поскольку уровень засоления и мелиоративное состояние орошаемых земель напрямую влияют на их продуктивность, предлагается сформировать систему мониторинга с использованием ГИС-технологий. В частности, были выдвинуты предложения по рациональному использованию водных ресурсов, внедрению современных систем орошения, разработке агротехнических мероприятий.

 

Abstract: This article analyzes the state of use of irrigated arable land in the Republic of Uzbekistan. Irrigated land is the main production resource in agriculture, and its effective use is of great importance in ensuring food security and increasing the stability of the agricultural sector. During the study, the current state of irrigated arable land, the natural, economic and social factors affecting it, as well as the need to introduce resource-saving technologies were studied. Since the salinity level and reclamation status of irrigated lands directly affect their productivity, it is proposed to form a monitoring system using GIS technologies. In particular, proposals are put forward for the rational use of water resources, the introduction of modern irrigation systems, and the development of agrotechnical measures.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

171

SUG‘ORILADIGAN EKIN YERLARDAN FOYDALANISH TAHLILI

АНАЛИЗ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ОРОШАЕМЫХ ПАХОВЫХ

ЗЕМЕЛЬ

ANALYSIS OF IRRIGATED ARABLE LAND USE

Abdisalomov Abdirauf Abdisalom o‘g‘li “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-

loyihalash instituti 2-bosqich doktoranti.

0009-0001-7291-5299

Nazarov Zavqiy Shavkat o‘g‘li “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash

instituti Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish bo‘limi bosh

mutaxasisi.

Annotatsiya:

Mazkur

maqolada

O‘zbekiston

Respublikasi

sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanish holati tahlil qilinadi.

Sug‘oriladigan maydonlar qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish resursi

hisoblanib, ulardan samarali foydalanish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

va agrar sektor barqarorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot davomida sug‘oriladigan ekin yerlarining hozirgi holati, ularga

ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar, shuningdek, resurs tejamkor

texnologiyalarni joriy etish zaruriyati o‘rganilgan. Sug‘oriladigan yerlarning

sho‘rlanish darajasi va meliorativ holati ularning unumdorligiga bevosita

ta’sir qilishi bois, GIS texnologiyalaridan foydalanish orqali monitoring

tizimini shakllantirish taklif etiladi. Xususan, suv resurslaridan oqilona

foydalanish, zamonaviy irrigatsiya tizimlarini tatbiq etish va agrotexnik

tadbirlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

172

Аннотация: В статье анализируется использование орошаемых

пахотных земель в Республике Узбекистан. Орошаемые земли являются

ключевым производственным ресурсом в сельском хозяйстве, и их

эффективное использование имеет решающее значение для обеспечения

продовольственной безопасности и повышения устойчивости аграрного

сектора. В ходе исследования были изучены современное состояние

орошаемых пахотных земель, природные, экономические и социальные

факторы, влияющие на него, а также необходимость внедрения

ресурсосберегающих технологий. Поскольку уровень засоления и

мелиоративное состояние орошаемых земель напрямую влияют на их

продуктивность, предлагается сформировать систему мониторинга с

использованием ГИС-технологий. В частности, были выдвинуты

предложения по рациональному использованию водных ресурсов,

внедрению современных систем орошения, разработке агротехнических

мероприятий.

Abstract: This article analyzes the state of use of irrigated arable land

in the Republic of Uzbekistan. Irrigated land is the main production resource

in agriculture, and its effective use is of great importance in ensuring food

security and increasing the stability of the agricultural sector. During the

study, the current state of irrigated arable land, the natural, economic and

social factors affecting it, as well as the need to introduce resource-saving

technologies were studied. Since the salinity level and reclamation status of

irrigated lands directly affect their productivity, it is proposed to form a

monitoring system using GIS technologies. In particular, proposals are put

forward for the rational use of water resources, the introduction of modern

irrigation systems, and the development of agrotechnical measures.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

173

Kalit so‘zlar: Sug‘oriladigan ekin yerlar, yer resurslari, meliorativ

holat, sho‘rlanish, qishloq xo‘jaligi, suv tanqisligi, resurs tejash, sug‘orish

samaradorligi, tuproq unumdorligi.

Ключевые слова: Орошаемые пахотные земли, земельные ресурсы,

мелиорация земель, засоление, сельское хозяйство, дефицит воды,

ресурсосбережение, эффективность орошения, плодородие почв.

Keywords: Irrigated arable land, land resources, land reclamation,

salinity, agriculture, water scarcity, resource conservation, irrigation

efficiency, soil fertility.

Kirish.

Jahon resurslari institutining bashoratiga ko‘ra, 2040-yilga borib

O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga

aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va to‘lov balansi

uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini

barqaror

boshqarish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda

resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash zaruratini yuzaga keltiradi[159;

Elektron resurs].

Respublikamiz yer resurslari 44,5 mln gektarni tashkil etadi. Shundan

57,3% qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan. Respublikamiz yer resurslari arid

iqlim sharoitida joylashganligi uchun qishloq xo‘jaligi faqat sug‘orma

dehqonchilik asosidagina rivojlanishi mumkinligini taqoza etadi [2; 459-b].

Sug‘oriladigan ekin yer maydonlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va

ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini korxonalar, binolar va inshootlar

qurilishi uchun berishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga

binoan yo‘l qo‘yiladi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

174

Sug‘oriladigan ekin yer maydonlarida paxta va bug‘doy kabi strategik

ahamiyatga ega bo‘lgan ekinlar hamda aholi ta’minoti uchun zarur bo‘lgan

sabzovot, poliz, kartoshka va bog‘dorchilik-uzumchilik mahsulotlari, chorva

uchun yem-xashak va ozuqa mahsulotlari va boshqalar yetishtiriladi [3; 34-b.].

2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsuloti mamlakat bo‘yicha jami [161; Elektron

resurs]:

- 9 million tonna don;

- 3 million tonnadan ortiq paxta;

- 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz;

- 5 million tonna meva va uzum;

- 4 million tonna kartoshka;

- 15 million tonnadan ko‘p go‘sht va sut;

- 30 ming tonna pilla yetishtirildi.

Tahlillarga ko‘ra, sug‘oriladigan ekin yer maydonlardan foydalanish va

ularning holatiga quyidagi ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi foydalanilmayotgan

va ratsional foydalanilmayotgan yerlarning mavjudligi, sifati va miqdori 1-

rasm.

1-rasm.

Sug‘orladigan ekin yer maydonlardan foydalanish tahlili.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

175

Iqtisodiy omillarga asosan hududlarni asosiy va aylanma fondlar bilan

ta’minlanganligi, sug‘oriladigan ekin yer maydonlarda tashkil etilgan qishloq

xo‘jalik korxonalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining investitsion

samaradorligi, ishlab chiqarishning intensivlik darajasi va boshqalar, ijtimoiy

omillarga esa: mahalliy aholining turmush darajasi, mehnatga qobiliyatli

aholini ish bilan ta’minlanishi, aholi punktlarini zamonaviy injenerli

infratuzilmalar bilan ta’minlanganligi va boshqalarni kiritish mumkin. (2-

rasm).

2-rasm.

Sug‘oriladigan ekin yer maydonlardan foydalanishni tashkil

etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan

3,2 mln gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining

ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom

ashyo yetishtirilmoqda[1]. Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini

oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat

dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga

oshirilmoqda.

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, mavjud kollektor-zovur

tarmoqlarini tozalash, ta’mirlash, yangi kollektor-zovur tarmoqlarini qurish,

sug‘orishda suvdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha keyingi yillarda davlat

tomonidan olib borilayotgan ishlarga qaramasdan ekin maydonlarining


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

176

sho‘rlanish holati qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [5; 153-157-b.,

4; 14-20-b.]. Xususan, qator olimlarning ma’lumotlariga qaraganda,

sug‘oriladigan tuproqlarning kuchsiz sho‘rlanishi paxta va bug‘doy

hosildorligini 8-10% kamayishiga, o‘rtacha sho‘rlanishi 20-25% kamayishiga

va kuchli sho‘rlanishi 45-50% kamayishiga olib keladi.

Xulosa.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish, birinchi galda,

respublikamizda bugungi kunda mavjud sug‘oriladigan ekin yer maydonlarini

mintaqaviy joylashuvi hamda ulardan foydalanishni oqilona va samarali tashkil

etishga ta’sir etuvchi omillarni bilish va ularning ta’sirini aniqlash zaruriyatini

tug‘diradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi

«Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-

tadbirlari to‘g‘risida» PF-5742-son Farmoni.

2.

C. Avezbayev, S.N.Volkov. Yer tuzishni loyixalash darsliklar va

o‘quv qo‘llanmalar. - Toshkent – 2006. 459-b.

3.

Teshayev Sh., Xoliqov B., Qo‘ziyev R., Abduraxmonov N.,

Axmedov A., Teshayev F., Bozorov X., Nizomov R., Saimnazarov Y., Sattorov

M. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tuproqlarining holati hamda

unumdorligi past yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtirish

agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar / Tavsiyanoma. - Toshkent, 2017. - 34 b.

4.

Курвантаев Р., Мазиров М.А., Солиева Н.А., Хакимова Н.Х.

Эволюция и прогноз развития орошаемых типичных и светлых серозёмов

на третьей террасе реки Зарафшан // Земледелие, агрохимия и почвоведение.

- Владимирский, 2021. С. - 14-20.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

3-To’plam 1-son Mart , 2025

177

5.

Qo‘ziyev R.Q., Abduraxmonov N.Yu. Sug‘oriladigan tuproqlarning

evolyutsiyasi va unumdorligi muammolari // «Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida

mahsulot ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari». Respublika ilmiy-

amaliy anjumani materiallari to‘plami. - Buxoro, 2016. B. - 153-157.

6.

Inamov B.N., Abdisalomov A.A. Научные решения и причины

вывода орошаемых пахотных земель из сельскохозяйственного оборота.

Землеустройство, кадастр и мониторинг земель. Том 20, № 2 (241), 2025

DOI 10.33920/sel-04-2502-02 ISSN 2074-7977 С. - 82-89.

7.

https://lex.uz

8.

www.klaster.uz