Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
293
OʻQUVCHILARDA KUZATILADIGAN DEVIANT XULQ-
ATVORNI KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ibodullayeva Guli Ibodullayevna
Xorazm viloyati Yangiariq tumani 1-son maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:Maqolaning mazmuni shundan iboratki, deviant xulqli
o‘smirlar bilan ishlashda ularni tuzatish, to‘g’rilash davomida o‘smir xulqini
kelib chiqishi sabablarini aniqlash.
Kalit so‘zlar: korreksiya, deviant, muloqot, psixokorreksiya,
huquqbuzarlik, ruhshunos, psixoterapevt, o‘smir, giyohvand, profilaktika.
KIRISH
Psixologik korreksiyasining maxsus bo‘lgan ma’nosi ruhshunos “nimani
tuzatmoqchi” bo‘lishiga bog’liqdir. Masalan: bilim olishga bo‘lgan intilish
korreksiyasi,
deviant
xulqining
korreksiyasi,
o‘zaro
muloqot
kelishmovchiliklarning korreksiyasi. Ruhiy korreksiya, ruhiy konsultatsiya
(maslahat berish) bilan uzviy bog’liq, u psixologiyaning mustaqil bo‘limidir.
Aynan, yakka tartibdagi ruhiy maslahatlar turli hayotiy, shaxsiy va boshqa shu
turdagi muammolari bor insonlarga yordam beradi. Maxsus tashkil etilgan
muloqot-suhbat davomida psixolog yordamida shaxs o‘zidagi bor kuchlarni
safarbar qilaolishi mumkin. Aynan, shu qo‘shimcha ruhiy kuch-quvvat va
qobiliyat, insonning qiyin muammoli holatlardan chiqishga yordam beradi.
Maslahat berish usullarini quyidagicha tuzish mumkin:
•
Hayotiy ko‘nikmalar, treninglar;
•
Insonlarning o‘zaro aloqalarining treningi;
•
Muammoni hal qilish va muhim qaror qabul qilish treningi;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
294
•
Qobiliyatlarni yo‘naltirish va rivojlantirish;
•
O‘zining rivojlantirishga, o‘z ustida ishlashga yordam.
Bu usuldagi treninglardan guruh ichidagi va oilaviy ruhshunoslikda, ruhiy
terapiyada foydalaniladi, shu usullar vositasida muammoli vaziyatga shaxsning
boshqalar bilan kelisha olmaslik xususiyatlarini to‘g’rilash kiritiladi
(psixokorreksiya). Ruhiy korreksiya va rivojlanish kamchiliklarni tuzatish va
shaxsning shakllanishi jarayonida yuz bergan me’yordan chiqishlarni hal qilish:
shaxsning sog’lom ruhiy rivojlantirishga sharoit yaratish.
Korreksiyaning maqsad va vazifalari:
ruhiy rivojlantirish jarayonini to‘g’irlash, o‘quvchilarning salbiy fikr,
xattiharakatlariga o‘zgartirish kiritish;
o‘quvchilarning qiziqish, faolligini bilish jarayoniga bo‘lgan intilishlarini
rivojlantirish maqsadida ularning aqliy sustkashligini to‘g’rilash;
bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy me’yorlarga, qadriyatlarga, o‘z deviant
xulqisabab,
oqibatlariga,
atrof-muhitga,
maktab
hayotiga
moslasha
olmaganliklarni to‘g’rilanishi;
o‘smirlarga, ularning ota-onalari, o‘qituvchilariga, tarbiyachilarga ruhiy
korreksiyaning shaxsni rivojlantirish uchun qanchalik muhimligini tushuntirish.
Ruhiy maslahatlar – o‘smirlarga, ota-onalarga, vasiy-homiylarga, o‘qituvchi va
tarbiyachilarga ularning muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun ko‘rsatiladigan
ruhiy yordam. Ichki ruhiy quvvatni jamlay olishni o‘rgatish.
Maslahatlarning maqsad vazifalari:
ota-onalarga bolalarning yoshiga va ijtimoiy ruhiy xususiyatlariga qarab
savollariga javob berish ularning rivojlantirishdagi kamchiliklarni engib o‘tib,
to‘g’rilab o‘zgartirish;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
295
o‘smir o‘g’il va qizlarga kattalar, tengdoshlari bilan kechadigan o‘zaro
muloqotlardagi qiyinchiliklari, shaxsiy, kasbiy muammolarni chetlab o‘tishi
haqida maslahat berish;
o‘smirlarning o‘z «men»ini shakllantirib, o‘ziga hurmat bilan qarashni, o‘z
ustida ishlashni, o‘zidagi kamchiliklarni amalda tuzatish ko‘nikmalarini
shakllantirishni o‘zgartirish. Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga yetmagan huquq
buzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib
borish tavsiya etiladi: 1. “Psixoterapevtikoyna” vositasi – o‘zini tashqaridan
ko‘rishga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o‘zini tushunishni rivojlantirish;
“Muqobil yo‘llar” vositasi – noto‘g‘ri axloq-odob me’yorlarini namoyon
qilgan o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
“O‘rniga-o‘rin” vositasi – xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va
kuchli ruhiy quvvat kabilar bilan o‘rniga o‘rin almashtirish, to‘ldirish taklif
qilinadi;
“Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi – ruhshunosning salbiy
dunyo qarashni o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
“Ma’naviy immunitet hosil qilish” usuli – namunaviy, ideal axloq-
me’yorlariga ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi
insonlarning salbiy ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
“Ko‘rsatmalar, qoidalar” usuli – oilaviy ruhiy terapiya vositasida oila
a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. Shuningdek,
deviant xulqning ayanchli oqibatlari haqida gapirish ham darkor. Deviant xulqli
o‘smirni o‘z qilmishlarining yomon oqibatlari haqida iqror bo‘lishga undash ham
profilaktik ishlarning bir qismidir. Agar bunga o‘smir rozi bo‘lmasa, deviant
xulqning ayanchli oqibatlari ta’sirini atrofdagi odamlar misolida tahlil qilish
mumkin. Maslahat berayotgan ruhshunos o‘z mijozini gunoh, uyat, alam, og‘riq,
dard, nafrat, g‘azab, ojizlik, azoblanish tuyg‘ularda ochiq iqror bo‘lishga
o‘rgatadi. O‘smirni kelajakni deviant xulq bilan va u siz qarshi olish holatlarini
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
296
tasvirlashga chaqirish yaxshi natija beradigan ruhiy vositadir. Masalan, ruhshunos
mijozga uning kelajakdagi hayotini tasvirlashda spirtli ichimliklarni ayanchli
oqibatlarini ko‘rish va faraz qilishga chorlashi kerak. Ruhshunos (psixolog) yoki
psixoterapevt nafaqat fikrlashga, balki o‘z his-hayajonini ifoda qilib, olishga ham
o‘rgatadi. O‘z kelajagini tasvirlash uchun kerakli iboralarni topa bilish foyda
beradi. Agarda, o‘smir o‘z deviant xulqi siz kelajagini tasvirlaganda, ijobiy his-
tuyg’uni namoyon qilsa, demak, shunday xulqqa erishish chora-tadbirlari
dasturini tuzish maqsadiga muvofiq bo‘ladi. O‘zaro tushunishga erishilsa,
kelishuv asosida psixoterapevtik muolajalarni olib boorish o‘smirda butun
muolaja davrida maqsadga intilib turishni ta’minlaydi. Kelishuv og’zaki yoki
yozma kontrak tuzilib, unda faoliyatning maqsadi, usuli, sharti, muddati,
shuningdek o‘zaro manfaatli nuqtalari belgilanadi. Taraflar barchasi kontrakt
shartini bajarishga mas’ul. Kontrakt shartlari buzilsa, nima bo‘lishni taraflar
kelishi bolgan bo‘lishi kerak.
Mijozning muammosini ishlab chiqish asosiy ustuvor vazifadir. Mijoz
maslahat beruvchi yordamida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilishi
kerak. “Uning yomon xulq-atvorni namoyish qilishdan maqsadi nima?” “Bundan
qanday qoniqish hosil qiladi?” “Deviant xulqdan ozod bo‘lib, u nimani
yo‘qotadi?”. Bu savollarga javob berishga o‘smir qiynalishi mumkin. Agar o‘smir
ochiq muloqotga, ichidagi his-tuyg’ularni namoyish qilishga qarshilik qilsa,
o‘zini o‘rganishning boshqa usullardan foydalanish mumkin. Masalan, bu “men
va giyohvandlik”, “giyohvand moddalarsiz hayot” mavzudagi rasmlar bo‘lishi
mumkin.
Agar shaxs qat’iy turib muammolarni inkor etib, yaxshi tomonga
o‘zgarishni istamasa, faol bo‘lganlarga murojaat qilinadi. Uning oilasi va referent
guruhi (unga ta’sir qiluvchi odamlar) bunda hamkor bo‘lishlari kerak. Ko‘pchilik
bo‘lib, unga ta’sir qilish o‘z samarasini beradi. Buning uchun deviant xulqli
o‘smirga qadrli bo‘lgan insonlar yig’iladi. Yig’ilganlar suhbatga alohida
tayyorgarlik ko‘rishadi. Bunda turli me’yordan chekinishlarni yaqqol namoyon
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
297
qiluvchi hayotiy misollar keltiriladi. Ularning fojiyaviy yakuni gapirib beriladi.
O‘smir bilan ishlashdan avval unga ta’sir etuvchi guruh repetitsiya o‘tkazi boladi.
Bu jarayonni shunday tashkillashtirish lozimki, barcha deviant xulqli o‘smirlar
uchun obro‘ga ega guruh vakillari ta’sir kuchiga ega bo‘lgan gaplarni ishlatib,
o‘smirning o‘zini tanqid qilmagan holda, qayta tarbiyalasinlar. Keyinchalik
o‘smirga tuzalish imkoniyatini beruvchi istalgan vositani tanlash imkoniyatini
berish kerak. Ba’zi hollarda, nechog’liq og’ir bo‘lsa ham o‘z xoliga qo‘yish usuli
ham natija berishi mumkin. Usulning ma’nosi – o‘smirning xulqiga, xulq-atvor
oqibatlariga o‘zini mas’ul va javobgar qilish.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, deviant xulqli o‘smirlar bilan
ishlashda ularni tuzatish yani mutaxassis – ruhshunos o‘z mijoziga kerakli bo‘lgan
usul va vositalarini taklif qiladiki, bu vositalar ijobiy o‘zgarishlarini olib kelsin.
Albatta o‘smir bilan ruhshunos hamkorlikda faoliyat olib borishi uchun oradagi
munosabat halollikka, javobgarlikka, mas’uliyatlikka, bir-birini qo‘llab-
quvvatlash, hurmat qilishga asoslangan bo‘lishi lozim. “Huquq buzarlikka moyil
o‘smirlarning deviant xatti-harakatini pedagogic profilaktika qilishda muammo
doirasini minimallashtirish” mavzusi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqot
ishining samaradorligini oshirish maqsadida bir qator olimlar tomonidan ishlab
chiqilgan metodikalar asosida savolnomalar, testlar, anketa savollari ishlab
chiqilib, o‘smirlarda shakllanib ulgurilgan salbiy, deviant xatti-harakatni keltirib
chiqaruvchi omillar va sabablarini aniqlash, ota-onalar, maktab rahbarlari,
o‘qituvchilar, psixologlarga amaliy yordam sifatida quyidagi yo‘nalishlarda
tadqiqot tajribalarini olib borishni tavsiya qilamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi.
//uslubiy qo`llanma. – T. – 1998, 85-bet.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
298
2.
Umarov B.M. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda psixologik xizmatning
o`rni. //uslubiy qo`llanma. – T. – 2008, 106-bet.
3.
3.Yo‘ldoshyev, S., & Sultonaliyeva, G. (2023). SUITSIDAL HOLAT VA
UNING KELIB CHIQISH SABABLARI. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1). извлечено от
4.
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/7726
5.
4.Asliddin o‘g, Y. L. S. (2022). PSIXOLOGIK ZO ‘RAVONLIK VA
6.
KIBERBULLING. International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research, 62-66.
7.
Zakirovich, Djumanov Sherali. "TALABALARDA KOMMUNIKATIV
8.
QOBILIYATLARNI
SHAKLLANTIRISH
TEXNOLOGIYALARI."
International
9.
Journal of Contemporary Scientific and Technical Research (2022): 543-
545.