Mualliflar

  • Rashodova Sharifa Otabek qizi

Muallif biografiyasi

  • Rashodova Sharifa Otabek qizi

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 32-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90942

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: ruhiy rivojlanish integratsiyalashgan inklyuziv differensial ta’Iim logopedik choralar kompensatsiyalash L.S. Vigotskiy

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar, bolalardagi  psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yo`llari haqida so`z yuritiladi


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

202

RUHIY VA JISMONIY RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOʻLGAN

BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION ISHLAR

Rashodova Sharifa Otabek qizi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 32-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada aloxida yordamga muxtoj bolalar bilan

olib boriladigan korreksion ishlar, bolalardagi psixofiziologik kamchiliklarni

iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini

belgilash va amaliyotda tatbiq etish yo`llari haqida so`z yuritiladi

Kalit so`zlar: ruhiy rivojlanish, integratsiyalashgan inklyuziv, differensial

ta’Iim, logopedik choralar, kompensatsiyalash, L.S. Vigotskiy

KIRISH

Har qanday jamiyat o`z farzandlarini har tomonlama yetuk, komil inson

bo`lib voyaga yetishni, munosib fuqarolar bo`lib, davlat tarraqiyotiga, gullab

yashnashiga o‘z ulushlarini qo`shishlariga harakat qiladi va umid bog`laydilar.

Afsuski, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida bolalar hali ham huquqlaridan

mahrum etilganlar, ya’ni ularning sog‘-salomat hamma qatori to‘laqonli

rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari uchun kerakli

imkoniyatlar yaratilmagan.

Maktabga qabul qilingan ayrim bolalar uni to‘liq bitira olmayaptilar,

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uyda o'tiribdi, ta’lim

olishdan mahrum, ayrimlarining ta’lim olishi chegaralangan. Kasallikni oldini

olish mumkin bo‘lgan joylarda hali ham juda ko‘p bolalar xastaliklardan nobud

bo‘lmoqdalar, to‘yib ovqat yeyish, toza ichimlik suvidan bahramand bo'lish ko`p

mamlakatlarda hali ham to‘liq tashkil etilmagan.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

203

Davlatimiz tomonidan anomal bolalarga integratsiyalashgan inklyuziv

xamda differensial ta’Iimni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar

yaratilmoqda, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish,

tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda

tatbiq etish yo`llari ko`rib chiqilmoqda.

Anomaliyalar har xil bo‘ladi, ulaming ba’zilari batamom bartaraf etiladi,

ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, boshqalari esa bilinmaydigan

holga keltiriladi, ba’zilari esa kompensatsiyalanadi. Bola nutqida qo‘pol

kamchiliklar bo‘lsa, to`g`ri tashkil etilgan logopedik choralarni o‘z vaqtida

ko‘rish yo`li bilan ularni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson organik

kamchiliklar natijasida paydo bo'lgan bo‘lsa (masalan, oligofreniya shunday

nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo`lmasa ham, biroq qisman

tuzatish mumkin. Korreksion ishlar amaliyotida yana shunday anomaliyalar

uchraydiki, ulami tuzatib ham, korreksiyalab ham bo`lmaydi, masalan, tug‘ma

ko‘rlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini

sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko`rish analizatoriga

yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘mini bosipsh mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif

bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan

foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish

qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutqdan, barmoqlar harakati

bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.

L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlami o‘rganib,

nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion

pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan

rivojlantiruvchi ta'limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya

usullari va bularni amalga oshirish yo`llarini ko'rsatib berdi.

L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini

ham o`rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga

olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga diqqatini jalb etdi. U


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

204

defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda

defektologiya fanining asoschisi sanaladi.

Alohida yordmga muxtoj bo`lgan bolalar uchun tashkil etilgan ta`lim

tizimida birinchi navbatda bolaning talablari o‘rganiladi, ijobiy tomonlari,

qobiliyati hisobga olinadi, kamchiliklari o`rganiladi, Ushbu ta`lim tizimida

ma’lum sharoit yaratilishi lozim. Bunga modifikatsiya, kompensatsiya,

adaptatsiya, reabilitatsiyalar kiradi. Masalan, agarda bola eshitmasa, uni eshitish

apparati bilan ta’minlash, yura olmasa - nogironlar aravachasidan foydalanish,

qo`lida oddiy qoshiq ushlay olmasa, uni boshqa qulay uskuna bilan ta’minlash va

boshqalar.

Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muxtoj bolalar va yoshlar uchun

individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo`rlik bilan yondasha

oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me’yorda rivojlangan bolalar o`quv

muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv-jalb etish (vklyucheniye)degan

ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni

sog‘lom tengdoshlari bilan o`zaro bog`lanib, birgalikda ta’lim olishidir. Buni

amalga oshirish uchun har bir bolaga individual yondoshish, nuqsonidan kelib

chiqqan xolda ma’lum u uchun qulay sharoit yaratish, kerak bo`lsa, dastur va

rejani qisman o`zgartirish va x.k. Anomal bola uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy

bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari

amalga oshiradi. Har bir maktabgacha tarbiya muassasasida yoki maktabda

maxsus tayyorlangan resurs tarbiyachi bo`lib, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar

beradi va ko`maklashadi: maxsus o`qitish uskunalari, aparatlari bilan ta’minlaydi;

ota-onalar, o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o`tkazadi: dars jadvali,

dasturga, kerak bo`lsa, o`zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi;

o‘qituvchilarni malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi; sog`likni saqlash

xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muhitni yaratadi. Jismoniy yoki ruhiy

rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish

integratsiya yo‘lidagi birinchi qadam. Ta’lim integratsiyasining turli shakllari va


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

205

darajalari mavjud. Jismoniy integratsiyada nogiron va sog‘lom bola orasidagi

jismoniy tafovut iloji boricha kamaytirilishi lozim. Buning uchun maxsus sinf

yoki bo`lim tashkil etilishi mumkin. Funksional integratsiyada nogiron va

sog‘lom bola orasidagi funksional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi lozim.

Buning uchun aloxida yordamga muxtoj bolalarni musiqa, san’at, drammatik

to`garak va sportga jalb etish foydalidir.

XULOSA

O`zbekistonda defektologlarning olib borayotgan ishlari xam diqqatga

sazovor. Maxsus muassasalarda olib borilayotgan ishlarda inklyuziv ta’lim

elementlari talaygina. Ko`p yillardan beri umumta’lim maktabgacha tarbiya

muassasalari, maktablarda maxsus guruh, sinflar tashkil etilgan va muvaffaqiyatli

o ‘z vazifalarini bajarib kelmoqdalar. Har bir rayondagi yordamchi mexnat ta’limi

maktabi, me’yorda rivojlangan bolalar ta’lim oluvchi muassasalarda ulgurmovchi

o‘quvchilar bilan yil davomida ma’lum ishlami olib borishmoqda, ular uchun

maxsus sinflar tashkil etilgan. Bola uyiga yaqin joylashgan maktabga qatnaydi.

Yordamchi tenglashtiruvchi sinflar faoliyati, nutqiy guruh yoki sinflar faoliyati

ham inklyuziv ta'lim shakllaridan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Raxmanova V.S. Defektologiya asoslari.-T ..1991

2.

Inklyuziv ta’lim. - T u ve D jo nson M ejregion alnay a programma

po obucheniyu invalidov

(Opereyshin Mersi) Vsemirnbiy forum po obrozovaniyu Zaklyuchitelniy

doklad Nyu York, 1990

3.

Bola huquqlari to`g 'risida konvensiya. - O 'zbekiston bolalar

jamg‘armasi.

4.

K .K.Mamedov, G.B Shoumarov. V .P.Podobed Ruhiy rivojlanishi

sustalashgan bolalar haqida Т., 1993 Pulatova F.M. Oligofrenopedagogika

5.

V. S . Raxmanova Maxsus pedagogika. Т., 2005 7. T>.B.Shoumarov

va boshqalar. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. Т., “ Mehnat”.