Mualliflar

  • Qahhorova Nargiza Abdumo'minovna

Muallif biografiyasi

  • Qahhorova Nargiza Abdumo'minovna

    Buxoro viloyati Shofirkon tumani 18 umumtaʼlim maktabining amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90953

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: mobil telefon Ijtimoiy tarmoqlar e-mail Internet tobe’lik.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Maqolada yosh avlod orasida mobil qaramlikni oldini olish,telefonning inson hayotiga taʼsiri haqida yoritilgan.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

132

OʻQUVCHILAR ORASIDAGI TELEFONGA QARAMLIKNI

CHEKLASHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Qahhorova Nargiza Abdumoʻminovna

Buxoro viloyati Shofirkon tumani 18 umumtaʼlim maktabining amaliyotchi

psixologi

ANNOTATSIYA: Maqolada yosh avlod orasida mobil qaramlikni oldini

olish,telefonning inson hayotiga taʼsiri haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar: mobil telefon, Ijtimoiy tarmoqlar, e-mail, Internet, tobe’lik.

KIRISH

Bolalar va o’smirlarda telefon tobe’ligi ogohlikni talab etmoqda, chunki

darsda o’qish bilan band bo’lmasdan, ular telefonda o’yin o’ynaydilar,

gaplashadilar, musiqa tinglaydilar, shu bilan birga tanqid ostida bo’lgan rasm va

videolavxalar tomosha qiladilar. Olimlar uyali telefonning inson fiziologik

sog’lig’iga ta’siri borasida izlanishlar olib birishmoqda, lekin unga tobe’lik

aniqdir.

Adabiyotlar taxlili. Tobe’lik ( addiksiya ) – ob’yektlar orasidagi

munosabat, bunda bir ob’yekt ikkinchisiga bo’ysunadi, tobe’ bo’ladi.

Addiksiyaning 3 turi mavjud bo’lib bular:

Kimyoviy addiksiyalar ( giyohvandlik, toksikomanlik,

alkogolizm )

Biokimyoviy (anoreksiya, bulemiya )

Nokimyoviy (ong osti ) – mobil tobe’lik shunga taalluqlidir.

Nokimyoviy addiksiyalarga to’xtalib o’tamiz, chunki mobil tobe’lik ayni

shu guruhdadir, mobil tobe’lik boshqa nokinyoviy addiksiyalar turlariga juda

o’xshaydi, chunki u o’sha prinsip asosida “ishlaydi”. Addiktiv harakatning

nokimyoviy shakli insonning psixologik himoyalovchi mexanizmlari bilan

bog’liqdir. Inson qo’llayotgan himoya har doim qandaydir kelishmovchiliklar,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

133

muammolar, noqulay vaziyatlarga “javob” bo’ladi, himoya tartibli xarakterga ega

bo’ladi, shuningdek insonni harakati modellari aniq ishlanadi. Masalan, mobil

tobe’likda inson barcha noqulay vaziyatlarga bir xildek qaraydi (masalan,

telefonni olib tugmalarni maqsadsiz bosa boshlaydi). Umuman nokimyoviy

addiksiyalar barcha turlari bir- biri bilan bog’liqligi shundaki, agarda

“o’yinchog’idan” ayirishsa (komp’yuter, telefon, ish, magazin xaridi ) unda

emotsional, so’ng fizik noqulaylik tez rivojlana boshlaydi va odam o’ziga joy topa

olmaydi.

Odat avval paydo bo’lgan malakani ( mahoratni ) saqlash va osonlik bilan

tiklash qobiliyatidir. Ongli mavjudotlarda odat faol xarakterga ega: qandaydir

o’zgarishni to’xtovsizligi yoki qaytarilishi ushbu o’zgarishni mustaqil ravishda

tiklash ishtiyoqini yaratadi; jismoniy odat bo’lishi tez-tez mushaklar qisqarishi

bilan bog’liq; aqliy odat-qaytariladigan assotsiatsialar bilan; axloqiy odat-

qaytariladigan ishlar bilan bog’liqdir. Odatiy ishlar ongsiz bo’lib qoladi va ular

haqida qancha kam o’ylasak, shuncha tez amalga oshiriladi.

Mobil tobe’lik – ushbu muammo ilk bor bir necha yil oldin ko’tarilgan edi,

ammo hozirda rivojlangan mamlakatlarda 10 ta odamdan 7 tasida mobil telefon

mavjudligi ushbu muammoni haqiqiy epidemiyaga aylantirdi. Mobil aloqada odat

va tobe’likni ajratish qiyin, ammo ajratish mumkin, balki kerakdir, zarurdir.

Mobil tobe’lik – bu inson xolati, ushbu xolatda telefon ibodat predmetiga

aylanadi, inson o’ylamasdan qo’ng’iroq qiladi, o’zining harakatini anglamaydi,

yoki sababini tushuntira olmaydi. Mobil tobe’lik, internetga tobe’lik kabidir. Bu

jonli muloqotdan qo’rqish va real dunyoda insonda ijobiy emotsiyalar

qo’zg’atadigan biror bir narsa yo’qligi va inson ijobiy emotsiyalarni Internet

orqali yoki telefon orqali olishga harakat qiladi.Alkogol, tamaki, shirinlik yoki

telefonga bo’lgan tobe’lik sabablari bir hildir. Inson o’z lazzatlarini tashqi

dunyodagi biror-bir narsa bilan “bog’lamoqchi” bo’ladi. Virtual muloqotga kirib

ketgan odamlar bolalikdan jonli his-tuyg’ular va muloqotni qadrlashga

o’rgatilmaganlar.

Buyuk Britaniya olimlari mobil telefon egalarini 3 tipga ajrtishadi:


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

134

“Kiborglar” – telefonni o’zlarini davomlari, tanalarining bir

qismi deb bilishadi va usiz yashay olmaydilar.

“Protezlanganlar” – bu umuman olganda “telefon”siz yashay oladigan,

lekin bunday holatda o’zlarini noqulay his etadiganlar.

“Bog’lanmaganlar ” – bular uchun telefon qong’iroqlarga ishlatiladigan

aloqa vositasi xolos.

-

Doim telefonga intilish. Noqulay vaziyat vujudga kelganda (

kutilmagan suhbatdosh paydo bo’lishi, yoqtirmagan shaxs, suhbatda nozik

mavzuda to’xtalib o’tish ) inson telefon bilan atrofdagi dunyodan berkinadi. U

telefonni shunchaki hisobni tekshirish, SMSni o’qish yoki yuborish, tugmalarni

bosish, vaqtni ko’rish uchun oladi. Ushbu barcha harakatlar insonning noqulay

vaziyatga javobidir. Inson muammoning yechimini topish o’rniga undan qochadi

.

-

Tez-tez telefonni o’zgartirish. Bugungi kunda telefonni qo’lqop

o’zgartirgandan ko’ra tezroq almashtiradigan insonlarni kuzatishimiz mumkin.

Insonga ma’qul bo’lgan telefonni o’rnini xuddi shunday, faqat bir-ikki

yangi funksiyali telefon egallashi mumkin, buning uchun odam hamma narsaga

tayyor bo’ladi va shu telefonni sotib oladi. Aloqa uchun telefondan

foydalanadigan inson uning yangi rusumlarini izlamaydi, agar unga mavjud

bo’lgan funksiyalar yetarli bo’lsa, aksincha telefonga tobe’ bo’lgan odam

yangisini izlaydi.

-

Qo’ng’iroq uchun qo’ngiroq. Agar “shunchaki” keraksiz

qo’ngi’roqlar soni muhim va kerakli bo’lgan qo’ng’iroqlar sonidan ko’proq bo’lsa

bu yaxshi emas.

-

SMS uchun SMS. Amalda “qo’ng’iroq uchun qo’ng’iroq” ga

o’xshaydi, inson o’n metr narida turgan do’stiga qo’ng’iroq qilishi mumkin

(yoniga borish osonroq bo’lsa ham). Ayrim odamlar og’zaki suhbatdan ko’ra

SMS orqali muloqot qilishni afzal ko’rishadi. “Telefonlar” va aloqa haqida

suhbatlar. Tobe’ odam mavzuni o’zi “sevgan” mavzuga aylantiradi, telefon


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

135

rusumlari, ta’rif rejalari mobil madaniyatning boshqa belgilari haqida

baxslashishdan zavq oladi.

Psixologlarda “Mobil tobe’lik”, “SMS – kasallik” degan atamalar paydo

bo’ldi. Chet elda bunga jiddiy e’tibor berilmoqda va tashxislar qo’yib

shifoxonalarda davolashmoqda.

Mobil tobe’lik – inson telefonni har joyda o’zi bilan olib yuradi, telefon

quvvati tugab qolsa yoki sinsa asabiylashadi. U yangi telefonni sotib ololmaslikni

tasavvur ham qila olmaydi, u o’z telefoniga yangi chaqiruv qo’ng’iroqlari va

o’yinlarni o’tkazib oladi. Telefonni o`z jismining bir bo’lagi deb hisoblaydi va

usiz o’zini to’la to’kis deb o’ylamaydi.SMS – tobe’lik - “tobe’ inson” qo’ng’roq

qilish, gaplashish oson va arzon bo’lsa ham, bir kunda yuztacha ma’lumotni sms

qilib yozib yuboradi.

Yangi axborotga o’chlik – inson yangi axborotni qabul qilishga doim

tayyor turadi. Har daqiqa elektron pochta yoki telefonni tekshiradi. Miya bunday

ko’p ma’lumotni qabul qilib, undan eng muhimini ajratib va kerak bo’lmaganini

unuta olmaydi. Natijada u bunday “narkotik”ka tushib qoladi va yangisini talab

qiladi. Statistikaga ko’ra AQShda har ikkinchi o’quvchida mobil telefon bor va

qo’ng’iroqlarga kuniga bir soatdan kam bo’lmagan vaqtini sarflashadi.

XULOSA

Shunday bo’lsa ham ko’pgina Amerika olimlarini mobil telefon orqali

suhbatlar shaxsiy muloqotni o’rnini egallashi bezovta qilmoqda. Ko’pchiligi

shuni ta’kidlaydiki, bu o’smirlarning ijtimoiy yakkalanishini kuchaytiradi, ushbu

yoshda bu noma’qul bo’ladi. Shunday qilib, mobil tobelik zamonaviy psixologiya

fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Бережковская Е. Мобильная зависимость //Школьный психолог/–

2006. - №5. – с. 2-7 3.

2.

Бурдыга В.А. Мобильная зависимость – что это такое и с чем еѐ

«едят»//Журнал Самиздат 24.05.07


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

136

3.

Инджиев А. Мобильник. Любовь или опасная связь?/ А. Инджиев. –

М.: Вектор, 2007.

4.

Корягина О.П. Проблемы мобильной зависимости и причины их

возникновения // Вопросы психологии. – 2006. - №1. – с.14-19 7.

5.

Нишанова, З. Т., & Худоёрова, М. (2017). ПРЕДОСТАВЛЕНИЕ

НАДЛЕЖАЩЕЙ ИНДИВИДУАЛИЗИРОВАННОЙ ПОДДЕРЖКИ ДЕТЯМ

С

ОГРАНИЧЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ. In

Сборники конференций

НИЦСоциосфера

(No. 26, pp. 60-62). Vedecko vydavatelske centrum

Sociosfera-CZ sro.