Mualliflar

  • Raxmatov Abbosbek Tolipjon o’g’li

Muallif biografiyasi

  • Raxmatov Abbosbek Tolipjon o’g’li

    Farg’ona davlat texnika universiteti Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi asistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90955

Annotasiya

Muhammad ibn Shihob Zuhriy aytadi: Usmon ibn Affon 12 yil mo`minlarga amir bo`ldi, bundan dastlabki olti yili odamlar undan hech ranjimadilar, hatto u Qurayshga Umar ibn Xattobdan ko`ra suyukliroq bo`ldi. Chunki Umar o`ta qattiqqo`l edi, Usmon esa ularga yumshoqlik qildi, ularga ko`p marhamatlar ko`rsatdi, yaxshi qarindoshlik aloqalarida bo`ldi. Shundan so`ng fitna yuz berdi. Musulmon muarrixlar Usmon xalifaligining ikkinchi yarmida, hijriy 30-35 yillarda yuz bergan hodisalarni Usmon roziyallohu anhuni shahid qilinishiga olib kelgan fitna deb ataydilar[1].


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

103

USMON ZUNNURAYNNING O`LDIRILISHI FITNASI

SABABLARI

Farg’ona davlat texnika universiteti Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi asistenti

Raxmatov Abbosbek Tolipjon o’g’li

Muhammad ibn Shihob Zuhriy aytadi: Usmon ibn Affon 12 yil mo`minlarga

amir bo`ldi, bundan dastlabki olti yili odamlar undan hech ranjimadilar, hatto u

Qurayshga Umar ibn Xattobdan ko`ra suyukliroq bo`ldi. Chunki Umar o`ta

qattiqqo`l edi, Usmon esa ularga yumshoqlik qildi, ularga ko`p marhamatlar

ko`rsatdi, yaxshi qarindoshlik aloqalarida bo`ldi. Shundan so`ng fitna yuz berdi.

Musulmon muarrixlar Usmon xalifaligining ikkinchi yarmida, hijriy 30-35

yillarda yuz bergan hodisalarni Usmon roziyallohu anhuni shahid qilinishiga olib

kelgan fitna deb ataydilar[1].

Musulmonlar Abu Bakr, Umar ibn Xattob xalifaligi davrida va Usmon ibn

Affon xalifaligining avvalgi davrida ittifoq edilar, o`rtalarida kelishmovchilik

yo`q edi. Keyin Usmon roziyallohu anhu xalifaligining oxirgi yillarida

musulmonlar o`rtasida bo`linishlarni keltirib chiqargan ayrim ishlar sodir bo`ldi.

Fitna va zulm ahlidan bo`lgan bir toifa odamlar chiqib, Usmonni o`ldirdilar.

Musulmonlar Usmon shahid qilinganidan so`ng bo`linib ketdilar[2].

Ushbu fitnaning kelib chiqishi sabablarini o`rganishga kirishar ekanmiz,

dastlab jamiyatning o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy holati haqida biroz

tasavvurga ega bo`lish kerak bo`ladi.

Усман ибн Аффан был повелителем верующих в течение 12 лет. В

первые шесть лет люди были им довольны, и он был более любим

курайшитами, чем Умар ибн Хаттаб, так как Умар был очень строгим, тогда

как Усман проявлял мягкость, оказывал им множество милостей и

поддерживал хорошие родственные связи. После этого начались смуты.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

104

Мусульманские историки называют события второй половины правления

Усмана, произошедшие в 30–35 годах по хиджре, фитной, которая привела

к его мученической смерти.

Мусульмане были едины во времена правления Абу Бакра, Умара ибн

Хаттаба и в начале правления Усмана ибн Аффана, между ними не было

разногласий. Однако в последние годы правления Усмана р.а. произошли

события, которые привели к расколу среди мусульман. Группа людей из

числа приверженцев смуты и несправедливости восстала и убила Усмана.

После его мученической смерти мусульмане разделились.

Приступая к изучению причин возникновения этой фитны, необходимо

сначала получить некоторое представление о социально-политическом

положении общества того времени.

Uthman ibn Affan served as the leader of the believers for 12 years. During

the first six years, people were pleased with him, and he was even more beloved

to the Quraysh than Umar ibn al-Khattab, because Umar was very strict, whereas

Uthman showed them gentleness, granted them many favors, and maintained

strong family ties. After that, a period of turmoil (fitna) began. Muslim historians

refer to the events that occurred in the second half of Uthman's caliphate, during

the Hijri years 30–35, as the fitna that led to his martyrdom.

Muslims were united during the caliphates of Abu Bakr, Umar ibn al-

Khattab, and the early years of Uthman ibn Affan’s rule, and there were no

disputes among them. However, in the later years of Uthman's caliphate, certain

events occurred that caused divisions among Muslims. A faction of people

belonging to the proponents of fitna and oppression rose and killed Uthman. After

his martyrdom, the Muslims became divided.

As we begin to study the causes behind the emergence of this fitna, it is

necessary first to gain some understanding of the social and political conditions

of that time.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

105

Islom jamiyati Siddiq va Foruq xalifaligi davrida va Usmon Zunnurayn

xalifaligining birinchi yarmida quyidagi ko`rinishlarga ega edi:

Bu jamiyat umuman olganda islomning barcha ma`nolarini o`zida mujassam

etgan islomiy jamiyat bo`lib, Allohga va oxirat kuniga chuqur iymonli, islomni

jiddiylik bilan tatbiq etuvchi, tarixdagi har qanday jamiyatga qaraganda gunohga

eng kam qo`l uradigan jamiyat edi.

U o`zida rabboniy ummatning haqiqiy ma`nosini eng oliy darajada ro`yobga

chiqargan jamiyat edi. Bu jamiyat a`zolari o`rtasini tillari, jinslari, terilarining

rangidan qat`i nazar faqat aqida bog`lovchisi bog`lab turardi, bu esa tarix

mobaynida boshqa biron xalqda islom ummatida bo`lganidek ro`yobga

chiqmagan.

U dindagi buyruq-qaytariqlar va yo`l-yo`riqlardan madad oluvchi yorqin

axloqiy qoidalar asosiga qurilgan axloqiy jamiyat edi.

U har xil safsatalardan xoli, faqat oliy maqsadlarni amalga oshirish bilan

mashg`ul bo`lgan jiddiy jamiyat edi. Jiddiylik deganda albatta qovoq uyish, dag`al

va keskin gapirish kabi ma`nolarni emas, balki odamlar ichida himmatni

yoyadigan, g`ayratga, faoliyatga va harakatga bois bo`ladigan bir ruh ma`nosi

ko`zda tutilmoqda.

U barcha jabhalarda kishini amalga safarbar etuvchi jamiyat edi. Unda

nafaqat Alloh yo`lidagi urushda, balki faoliyatning jamiki yo`nalishlarida askarlik

ruhi ochiq sezilib turardi, unda odamlar ich-ichlaridan aqida turtkisi bilan va

g`ayrat-shijoatga undovchi ichki chaqiriq ta`sirida harakatlanardilar.

U toat-ibodatli jamiyat bo`lib, unda nafaqat farzlarni ado etishda va Alloh

roziligini istab nafl ibodatlar qilishda, balki hayotning barcha ishlarida ibodat ruhi

ochiq sezilib turardi. Bu jamiyat tushunchasida har qanday amal ibodat bo`lib, uni

ibodat ruhi bilan ado etardilar [3].

Ushbular umuman olganda islomiy jamiyatning xulafoi roshidin davridagi

eng muhim ko`rinishlaridan edi. Jamiyatning bu belgilari nubuvvat zamoniga


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

106

qancha yaqin bo`lsa shuncha kuchli bo`lib, nubuvvat asridan uzoqlashgani sari

zaiflashib borganiga guvoh bo`lasiz.

Darhaqiqat, roshid xalifalik zamonida Usmon roziyallohu anhuni o`ldirilishi

fitnasidan so`ng jiddiy o`zgarishlar boshlandi. Ummat boshiga kelgan bu og`ir

fitna va ulkan imtihonning kelib chiqishining bir necha sabablari borki, quyida

ulardan ba`zilarini ko`rib chiqamiz:

a) Farovonlik va uning jamiyat hayotiga ta`siri

Ma`lumki, Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davriga kelib odamlarning

turmushlari ancha farovonlashgan, hayotlariga to`kin-sochinlik kirib kelgan edi.

Islomiy fathlar tufayli davlat xazinasiga oqib kelayotgan kirimlarning jamiyat

hayotiga salmoqli ta`siri bor edi. Chunki daromad ortishi to`kin-sochin hayotni va

oxir-oqibat odamlarning dunyoga berilib qolishlarini keltirib chiqarardi va

tabiiyki, buning ortidan ayniqsa hali iymon qalblarini sayqallab ulgurmagan va

dillari taqvo bilan poklanmagan badaviy kimsalarda va fathlarda musulmonlikni

qabul qilgan har xil millat va elat vakillari ichida o`zaro raqobat va kin-

adovatlarni keltirib chiqarardi. Usmon roziyallohu anhu bu narsani ilgaridan

yaxshi anglagandi va o`zining raiyatga yo`llagan maktubida uning ummatni

bo`linib ketishga olib keladigan yomon oqibatlaridan ogohlantirgandi: “Qachon

sizlarda uch ish jamlansa, bu ummatning ishida birlik va bahamjihatlik yo`qoladi:

to`kin-sochin hayot, asira (cho`ri)lardan bo`lgan farzandlaringiz ulg`ayishi,

a`robiylar va ajamlar Qur`on (ma`nolarini yaxshi anglamay) o`qishi”[4].

Darhaqiqat Usmon ibn Affon roziyallohu anhu qo`rqqan narsa yuz berdi va

islomiy davlatning uzoq chekkalarida uning asari ko`rina boshladi. Keyin u

poytaxtga ham kirib kela boshladiki, bundan Usmon musulmonlarga nasihat

qilish va ularni dunyoga berilish oqibatidan ogohlantirish zaruratini tuydi.

Xutbalaridan birida u shunday dedi: “Alloh sizlarga bu dunyoni u bilan oxiratni

istashlaringiz uchun berdi, unga suyanib qolishlaringiz uchun bermadi. Dunyo

yo`q bo`lib ketadi, oxirat esa boqiy. Shunday ekan, foniy narsa sizlarni haddan

oshirmasin va boqiydan mashg`ul qilib qo`ymasin…”[5]. So`ng bu oyani o`qidi:


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

107

“Barchangiz Allohning arqoniga bog`laningiz va bo`linmangiz! Hamda

Allohning sizlarga bergan ne`matini eslang: bir-biringizga dushman bo`lgan

paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo`ydi-yu, sizlar Uning ne`mati sabab

birodarlarga aylandingiz. Va do`zax chohining yoqasida turgan edingiz, sizlarni

undan xalos qildi. Haq yo`lni topishingiz uchun Alloh sizlarga o`z oyatlarini mana

shunday bayon qiladi. Oralaringizdan yaxshilikka (islomga) da`vat qiladigan,

toat-ibodatga buyuradigan va gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo`lsin. Ana

o`shalar najot topuvchilardir” [Oli Imron: 103-104].

Davomi bor

[1] Ibn Sa`d, “Tabaqot” (1/39-47).

[2] “Majmu`ul fatovo” (13/20).

[3] “Kayfa naktubu at-tarixal islomiy” (102-bet).

[4] “Tarixi Tabariy” (5/245).

[5] “Ahdos va ahodiysul harj” (567-bet).

b) Jamiyatdagi o`zgarishlar va yangi avlod kelishi

Jamiyatda talaygina o`zgarishlar yuz berdi, yangi bir avlod yetishib chiqdi,

ular sahobalardan boshqa, sahobalar yashagan davrni yashab o`tmagan va ular ega

bo`lgan sifatlarga ega bo`lmagan avlod edi. Musulmonlarning ilk avlodi iymon

quvvati bilan, islom aqidasi negizini to`la va chuqur anglashi bilan, nafsni Qur`on

va Sunnatda mujassam bo`lgan islom nizomiga bo`ysundirishga to`la hozir ekani

bilan ajralib turardi. Aksariyati fathlarda islomni qabul qilgan keyingi avlod

davriga kelib, bu xususiyatlar kamroq zohir bo`la boshladi, ularda shaxsiy

manfaatlarga intilish, qavm-qabilalarga taassub qilish ko`rinishlari zohir bo`ldi.

Ba`zilar johiliyat qoldiqlaridan to`la qutulib ketmagandi, ularga sahobalar

roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo`llarida olgan islomiy

tarbiya yetishmasdi. Sahobalar o`zlaridan keyingi avloddan ko`ra kamroq


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

108

fitnalarga duchor bo`lgandilar. Nubuvvat asri yiroqlashgani sari firqalanish va

ixtiloflar kuchayib borardi.

v) Umardan so`ng Usmonning kelishi (roziyallohu anhum)

Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning Umar ibn Xattob roziyallohu

anhudan keyin xalifalikka kelishi va ikkovlarining tabiatlari har xilligi ham

xalqlarga muomalada uslublari farqli bo`lishiga olib keldi. Umar o`ta qattiqqo`l,

o`zini ham, qo`l ostidagilarni ham ayamasligi bilan tanilgan edi. Usmon esa

yumshoqtabiat va muloyim odam edi, o`zini ham, odamlarni ham Umar

ushlaganidek qattiq ushlamas edi. U o`z-o`ziga: “Alloh Umarni rahmat qilsin,

Umarning kuchi yetgan narsaga kimning ham kuchi yetardi?!”, deb qo`yardi.[1]

g) Katta sahobalarning Madinadan ketishlari

Umar roziyallohu anhu katta sahobalar bo`lmish Quraysh muhojirlarini

Madinadan boshqa o`lkalarga ko`chib ketishlariga izn bermas, siyosat va zarurat

yuzasidangina ketishlariga izn berar edi. Sababi, Umar roziyallohu anhu kibor

sahobalarning fath qilingan diyorlarda tarqalib ketishlaridan va atroflariga

odamlar yig`ilib, har kim o`zi ergashgan sahobaning fikriga taassub qilishlaridan

va ixtiloflar yoyilishidan xavfsirardi. Usmon esa ularga bemalol chiqib, istagan

yerlariga ketishlariga izn berdi.

d) Johiliy taassub

Islom davlati jangu jadallarda g`alaba qozonib, fathlar ketidan fathlarda

muzaffar qadam tashlab ilgarilab borarkan, arablar mamlakatlarga ega bo`lgach,

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalaridan bo`lmagan yosh avlodlar

yoki dinga yangi kirgan kishilar o`zlarining bu yurishlardagi ishtiroklaridan va

g`alabalaridan g`ururlanib, asosan muhojir va ansorlarning va Hijoz ahlining

rahbarlik va raislik o`rinlarida turishlariga g`ayirliklari kelib, o`zlarining ham

bunga munosibliklari haqida gap-so`zlar chiqara boshladilar. Johiliyat tomiri urib,

hijozliklarga va xususan qurayshliklarga nisbatan g`illu g`ashlik hislari bo`y

ko`rsata boshladi. Bu esa ko`proq Usmon roziyallohu anhu davrlariga to`g`ri


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

109

keldi. Uning o`lkalardagi voliylari haqida turli aybu malomatlarni izhor qila

boshladilar, ularga bo`ysunmaslikka va ularni amallaridan bo`shatishga

chaqiriqlar yangray boshladi, ularni voliylikka tayinlagan xalifaning o`ziga ham

qarshi gap-so`zlar paydo bo`la boshladi. Uning urushlardan kelgan g`animatlarni

va vaqf yerlarni o`z xohishiga muvoviq o`zi istagan kishilarga bo`lib berayotgani

haqidagi mish-mishlar tarqala boshladi.

ye) Vara` ma`nosini noto`g`ri tushunish

Vara` – parhezkorlik shariatda yaxshi sanalgan xislat bo`lib, gunohdan

saqlanish maqsadida gunoh bo`lmagan narsani ham tark qilish, demakdir. Bu

ma`nodagi vara` har bir insonning shaxsiy ishi bo`lib, uni boshqalardan ham talab

qilish to`g`ri bo`lmaydi. Eng xatarli vara` mubohni harom yo farz qilib oladigan

johilona vara`dir. Fitnachi kimsalar ayni shu narsaga tushdilar. Islom dushmanlari

ularning his-tuyg`ularidan foydalanib, shishirib ko`pirtirdilar. Usmon qilgan ba`zi

muboh ishlarni islomga qarshi chiqish va o`tganlarning sunnatini o`zgartirish deb

baholadilar, johillar ko`zida bu masalalarni shishirib, vahimali qilib ko`rsatdilar.

Fitnani oxir-oqibat roshid xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning qonini

halol qilishgacha yetkazdilar. Va musulmonlarga to bugungacha davom etib

kelayotgan fitna eshigini ochib berdilar[2].

j) Umidvor yangi avlod zuhuri

Keyingi avlod bo`lmish sahobalarning farzandlari ichidan o`zlarini

hukmronlik va boshqaruvga munosib deb ko`radigan, biroq maqsadlariga erishish

uchun oldilarida yo`lni yopiq deb bilgan kishilar chiqdi. Odatda o`z tama`lariga

yetishishga yo`l topolmayotgan kishilar har qanday tartibsizlik va g`avg`olar

keltirib chiqaruvchi harakatlarga qo`shilib ketadilar[3].

z) Ichi qora g`arazgo`y toifaning maydonga kelishi

O`zini musulmon qilib ko`rsatib yurgan munofiqlar ichida g`oyat aqlli va

makkor kimsalar bo`lib, ular musulmonlar ichidagi zaif nuqtalarni topib, shu

yerdan fitna qo`zg`ay oldilar va o`zlariga quloq soladigan odamlarni topishga


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

110

qodir bo`ldilar. Ma`lumki, Islom davlatida yashab turgan yahudlar, nasorolar,

forslar va boshqalarning dilida tashqariga chiqishga yo`l topolmay turgan adovat

va nafratlari bor edi. Ulardan tashqari, o`zlari qilgan biron jinoyat uchun ta`zir va

jazoga yo`liqqan, shu tufayli xalifaga va uning ba`zi viloyatlardagi voliylariga

qarshi nafratli bo`lib qolgan kishilar ham, xususan Basra, Ko`fa, Misr va

Madinada ularning yo`rig`iga yura boshladi. Jinoyatchi kimsalar bu fursatdan

unumli foydalanishga urindilar. Natijada ko`pchiligi badaviylardan tashkil

topgan, dinni yaxshi tushunmaydigan kishilardan iborat bir toifa paydo bo`ldi va

ular o`zlariga qarshi bo`lgan barchani yomon odamlar (as`hobi sharr) deb atadilar.

Manbalarda Usmonga qarshi fitnaning asosiy nazariyotchisi, odamlarni u zotga

gij-gijlagan kishi Abdulloh ibn Saba` San`oniy nomli yahudiy kimsa bo`lgani

aytiladi. Asli yahudlardan bo`lgan bu kimsa islomni qabul qilganini e`lon

qilgandi. Bu kimsa shaharma shahar kezib, musulmonlar ichida Usmonga qarshi

nafrat va adovatni shakllantirishga bosh-qosh bo`ldi.

i) Usmon roziyallohu anhuga qarshi ayblovlarni avj oldirish uchun qurilgan

puxta tadbir

Qorishiq sabab va omillar natijasida jamiyat mish-mishlar va gap-so`zlarni

qabul qilishga tayyor holatga kelib qoldi. Fitnachilar amri ma`ruf va nahiy munkar

niqobi ostida amirlarga qarshi ayblovlarni rivojlantirdilar va shu yo`l bilan

odamlarni o`z saflariga qo`shishga muvaffaq bo`ldilar. Keyin ayblov davlat

boshlig`i sifatida to`g`ridan-to`g`ri Usmon ibn Affon roziyallohu anhuga qarshi

yo`naltirib yuborildi. Xalifaga qarshi qo`zg`atilgan ayblov va da`volarni ko`zdan

kechirsak, ularni asosan besh majmuaga ajratish mumkin:

• Xalifa bo`lishidan ilgarigi shaxsiy holatlari: ayrim g`azotlarda va muhim

voqealarda ishtirok etmagani;

• Davlat boshqaruvida tutgan siyosati: qarindoshlariga mansab berishi va

mansabga tayinlashda tutgan yo`li;

• Moliyaviy siyosati: qo`li ochiqligi, qarindoshlariga saxovat ko`rsatgani;


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

111

• O`ziga yoki ummat manfaatlariga xos ijtihodlari: Minoda namozni qasr

qilmay o`qigani, Qur`onni mus`hafga jamlagani, masjidni kengaytirishi;

• Ba`zi sahobalarga – Ammor, Abu Zar, Ibn Mas`ud roziyallohu anhumga

nisbatan muomalasi.

[1] “Tarixi Tabariy” (5/418).

[2] “Ahdos va ahodiys fitnatil harj” (517-bet).

[3] “Al-asosu fis-sunna” (4/1676).

Abdulloh ibn Saba`ning fitnani tashkillashtirishdagi roli

Yuqorida aytib o`tilgan omillar natijasida Usmon roziyallohu anhu

xalifaligining so`nggi yillarida islomiy jamiyatda beqarorlik belgilari ko`rina

boshladi. Ayrim g`arazli yahudiylar fitna omillaridan foydalanib, o`zlarini

musulmon ko`rsatib, fursatni g`animat bildilar. Ulardan biri Ibnus Savdo (qora

xotinning o`g`li) laqabli Abdulloh ibn Saba` edi. Ibn Saba`ning bu ulkan fitnani

tashkillashtirish va yo`naltirishdagi rolini haddan ortiq bo`rttirib ko`rsatish to`g`ri

bo`lmaganidek, uning fitnadagi rolini umuman shubha ostiga olish va ahamiyatsiz

deb ko`rish ham to`g`ri bo`lmaydi. Aslida, Ibn Saba` yo`q yerdan fitna

chiqarmadi, balki jamiyatda uning fitna boshlashiga yo`l hozirlagan bir muhit

vujudga kelgan va unga yordamchi bo`lgan boshqa omillar ham bor edi. Ibn Saba`

yahudiylik mafkurasidan kelib chiqib o`zi uydirgan, islomga qarshi cheksiz

adovat va nafrat ruhiga yo`g`rilgan fikr va qarashlarini islom jamiyati birligini

parchalab tashlash, musulmonlar o`rtasida fitna olovini yoqish va urush-janjallar

keltirib chiqarish yo`lida ishlatish uddasidan chiqdi. U o`zining fosiq g`arazlarini

aslida to`g`ri bo`lgan muqaddimalar asosiga qurdi. Shu bilan o`ziga

ergashganlarni chalg`ita oldi va atrofiga ko`plab sodda kishilarni yig`ishga

muvaffaq bo`ldi.

Masalan, u Qur`on oyatlarini o`z buzuq fikrlari bilan ta`vil qilib, aytardiki:

“Iso qaytadi, deb da`vo qiladigan, biroq Muhammadning qaytib kelishini yolg`on

sanaydigan kimsalardan ajablanaman. Vaholanki, Alloh: “(Ey Payg`ambar), sizga


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

112

Qur`onni (nozil qilgan, unga amal qilishni va odamlarga yetkazishni) farz qilgan

Zot sizni albatta o`zingiz chiqib ketgan joyga (ya`ni, Makkaga) qaytaruvchidir”,

degan [Qasas: 85]. Shunday ekan, Muhammad qaytib kelishga Isodan ko`ra

haqliroq”[1].

Shuningdek, u fosid qiyosga asoslangan quyidagi so`zlari bilan Ali

roziyallohu anhuga vasiylikni isbot qilish da`vosini qildi: “Mingta payg`ambar

bo`lgan, har bir payg`ambarning vasiyi bo`lgan, Ali Muhammadning vasiyidir”.

So`ng dedi: “Muhammad payg`ambarlarning so`nggisi, Ali esa vasiylarning

so`nggisi”.

Izdoshlarining ko`ngliga yo`l topganidan so`ng u o`zining avvaldan

rejalangan asosiy maqsadiga o`tib, odamlarni xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu

anhuga qarshi qo`zg`olon ko`tarishga unday boshladi. Bu narsa ba`zi odamlarning

ko`nglidagi g`arazlarga mos tushdi. U ularga: “Rasululloh sollallohu alayhi va

sallamning vasiyatlarini joriy qilmagan va u zotning vasiyini (ya`ni, Alini)

oyoqosti qilib, ummatga rahbarlik ishini o`z qo`liga olgan kimsadan ko`ra kim

zolimroq?!”, derdi. So`ng ularga: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning

vasiyi bor bo`la turib, Usmon xalifalikni nohaq qo`lga kiritdi. Bas, endi bu ishni

tuzatinglar, amirlaringizni to`g`ri yo`lga solinglar, amri ma`ruf va nahiy munkar

qilinglar, odamlarni bu ishga chorlanglar”, dedi[2].

Uning bir shahardagi tarafdorlari boshqa shaharlardagi tarafdorlari bilan shu

mavzularda bir-birlariga maktublar yozib yubora boshladilar, hamma shaharlarda

g`avg`o va norozilik kayfiyatlari uyg`otishga kuch berib harakat qilishga

kirishdilar. Bir shahar yo viloyatdagi fitnachilar boshqa viloyat va shaharlarga

o`zlarining amirlarining xalqqa qilayotgan javru zulmlari haqida yolg`on yashiq

gaplarni yozib yuborar, bu xatdagi gaplar o`sha shahar xalqi ichida tarqalib, ular

falon shaharda shunday nohaqliklar bo`layotgan ekan, biz ofiyatda ekanmiz,

deyishar, bular ichidagi fitnachilar esa ayni shu mazmundagi gaplarni yozib

boshqa shaharga yuborishar, u shahar ahlida ham boshqa joylarda shunday

nohaqliklar bo`layotgani haqidagi gaplar bilan noroziliklar oshib borardi[3].


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

113

Ibn Saba` odamlarga ikki buyuk sahoba – Ali va Usmon roziyallohu anhumo

o`rtasida adovat borligini uqtirishga, ulardan birini haqqi tortib olingan mazlum,

ikkinchisini esa zo`ravon bosqinchi qilib ko`rsatishga zo`r berib urindi.

Keyin Misr, Basra va xususan Ko`fa ahlini amri ma`ruf va nahiy munkar

niqobi ostida amirlariga qarshi ko`tarishga urindi, ular arzimas hodisalar tufayli

ham amirlariga qarshi norozilik bildiradigan bo`ldilar.

Keyin xalifa Usmon shaxsiga qarshi har xil bo`hton va ig`volar tarqatildi,

uning o`z qarindoshlari yonini olishi, ularga baytulmoldan hisobsiz tuhfalar

berishi kabi ayblovlar yangray boshladi.

Saba`chilar falon shaharning amiri falon ish qildi, degan mazmundagi

bo`hton gaplarni yozib, boshqa shaharlarga yuborishardi. Bu gaplar xalq orasida

tarqalib, oxir-oqibat, ko`pchilik odamlarda, davlat boshqaruvidagi ahvol chidab

bo`lmas darajaga yetibdi, degan fikr shakllandi.

Usmon roziyallohu anhu shaharlarda qandaydir fitna harakatlari tashkil

etilayotgani va ummat fitnachilar domiga o`ralashib qolayotgani haqida xabar

topgach, muammolarga yechim topish va fitnaning oldini olish maqsadida nufuzli

kishilar bilan yig`ilishlar o`tkazib, ishning tadorigini ko`rish harakatlariga tushdi.

Majlislaridan birida u bu haqda gapirib: “Vallohi, fitnaning tegirmon toshi

aylanish arafasida, bu tosh harakatga kelmasidan Usmon o`lgani yaxshiydi”,

degandi[4].

Fitnaning o`chog`i Ibn Saba` yashab, faoliyat olib borayotgan Misrda bo`lib,

u o`sha yerdan Usmon roziyallohu anhuga qarshi fitna harakatlarini tartiblardi,

Usmon xalifalikni nohaq egallab olgan, xalifalik aslida Rasululloh sollallohu

alayhi va sallamning vasiyi bo`lmish Alining haqqi edi, degan da`vo bilan

odamlarni isyon ko`tarib, Madinaga yo`l olishga chaqirardi. Odamlarga katta

sahobalardan keldi, degan da`voda fitnaga chorlovchi maktublarni o`qib berardi.

Bir guruh haqiqat talab kishilar Madinaga kelib, o`sha nomlari aytilgan sahobalar

bilan ko`rishganlarida ulardan bu fitnalarga hech qanday rag`bat ko`rmadilar,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

114

aksincha u zotlar o`z nomlaridan yuborilgani aytilgan maktublardan

bexabarliklarini e`lon qildilar[5]. Ular Usmonni haq-huquqlarni o`z o`rniga

keltirayotganini ko`rdilar. Usmon roziyallohu anhu ular bilan munozara qilib,

unga qo`yayotgan ayblovlariga qoniqarli javoblar berdi, ularning uydirmalariga

raddiya berdi va ularga o`zining qilayotgan ishlarini tushuntirib berdi. Insofli

kishilar uning so`zlaridan ta`sirlandilar, o`zlarining aldov va fitna domiga tushib

qolganlarini angladilar. Ulardan biri Molik ibn Ashtar Naxaiy: “Bu yerda unga

ham, sizlarga ham makr qilinganga o`xshaydi”, degandi[6].

Mashhur tarixchilar va salafu xalaf ulamolari ittifoq qilganlarki, Ibn Saba`

musulmonlarni dinlaridan chalg`itish, imomlariga itoatdan burib yuborish,

o`rtalariga ixtilof va tafriqa solish uchun ular ichiga sabaiy aqida, fikr va

qarashlarni sizdirdi. Uning atrofiga asosan to`polonchi odamlardan iborat,

saba`chilar toifasi deb tanilgan bir toifa yig`ildi. Amirulmo`minin Usmon ibn

Affon roziyallohu anhuning o`ldirilishiga olib kelgan ulkan fitnaning asosiy

ishtirokchilari shu toifa ahli edi.

[1] “Tarixi Tabariy” (5/247).

[2] Avvalgi manba (5/348).

[3] Avvalgi manba (5/348).

[4] “Tarixi Tabariy” (5/350).

[5] “Tahqiq mavoqifis sahoba” (1/330).

[6] Avvalgi manba (1/331).

Muoviya ibn Abu Sufyonning fitnaga munosabati

Hijriy 33 yili kunlarning birida Ko`fa voliysi Said ibn Os bir majlisda

ko`pchilik ichida o`tirgandi, atrofida odamlar gaplashib, bahs-munozara qilib

o`tirishgandi. Shu orada majlisga xavorijlardan bir necha kishi suqulib kirib, uni

buzishga va o`tirganlar ichida fitna olovi yoqishga urinishdi. Majlisda Said ibn Os

bilan Xunays ibn Hubaysh Asadiy ismli bir kishi o`rtasida gap qochib, ikkisi bir


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

115

masalada tortishib qoldilar. Shu yerda fitnakorlardan yetti kishi ham o`tirgan

bo`lib, ular ichida Jundab Azdiy, Ashtar Naxaiy, Ibn Kavvo, Sa`sa`a ibn Sahvon

bor edi. Shunda fitnachilar janjal chiqarish uchun fursatni g`animat bilib, Xunays

Asadiyni urishdi. Otasi uni himoya qilish uchun turganida uni ham urib tashlashdi.

Said ularni mushtlashishdan qaytarmoqchi edi, unga quloq solishmadi. Haligi ota-

bola kaltak zo`ridan hushlaridan ketib qolishdi. Shundan so`ng Banu Asad qavmi

o`z qabiladoshlari o`chini olish uchun yetib keldi va ikki guruh o`rtasida urush

chiqib ketishiga oz qoldi. Said bir amallab vaziyatni o`nglashga muvaffaq

bo`ldi[1].

Usmon roziyallohu anhu hodisadan xabar topgach, Said ibn Osdan mavzuni

hikmat bilan muolaja qilishni va imkon qadar fitnaning oldini olishni talab qildi.

Shundan so`ng xavorijlar har xil gap-so`zlarni tarqata boshlashdi, uydirma va

yolg`onlarni aytib, Ko`fa voliysi Said ibn Osga qarshi, Usmonga qarshi, Ko`fa

ahliga va uning obro`-e`tiborli kishilariga qarshi fitna qo`ziy boshlashdi.

Ko`faliklar ulardan bezor bo`lib, Saiddan ularga jazo berishni talab qildilar. Said

ularga, Usmon meni bunday qilishdan qaytargan, agar istasanglar o`zinglar unga

xabar beringlar, dedi. Ko`faning sharafli va solih kishilari Usmonga mazkur

fitnachilar haqida maktub yozib, ularning Ko`fada qilayotgan buzg`unchiliklarini

aytib, ularni Ko`fadan badarg`a qilishini so`radilar. Shundan so`ng Usmon ibn

Affon roziyallohu anhu Said ibn Osga ularni Ko`fadan surgun qilishni buyurdi.

Ular o`ndan ortiq kishi edi, Said ularni Usmonning amri bilan Shomga, Muoviya

huzuriga yubordi. Usmon Muoviyaga ular haqida xat yozib: “Ko`fa ahli bir necha

fitnachi kimsani senga yubordi, sen ularni qo`rqitib qo`y va adablarini ber,

qilayotgan ishlari noto`g`ri ekanini tushuntir. Agar eslari kirib, to`g`rilikka

qaytishsa, ulardan uzrlarini qabul qil”, dedi[2].

Shomga surgun qilinganlar ichida Ashtar Naxaiy, Jundab Azdiy, Sa`sa`a ibn

Savhon, Kumayl ibn Ziyod, Umayr ibn Zobi`, Ibn Kavvo bor edi. Ularni Muoviya

roziyallohu anhu iliq kutib oldi, chiroyli mehmon qildi, Usmonning amri bilan


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

116

ularga Iroqda berib turilgan nafaqalarini joriy qildi. O`zi ko`pincha ular bilan

birga, bir dasturxon ustida o`tirib ovqatlanardi, ular bilan suhbat qurardi.

Suhbatlaridan birida Muoviya ularga shunday dedi: “Sizlar arablardan

bo`lgan oddiy bir qavmsiz, Islom tufayli sharafga erishdingiz, xalqlar ustidan

g`olib bo`ldingiz, ularning martabalari va meroslarini qo`lga kiritdingiz.

Eshitishimcha, sizlar Qurayshni yomon ko`rarmishsiz. Quraysh bo`lmaganida

sizlar xorlikda davom etgan bo`lardingiz”.

Usmon ibn Affon roziyallohu anhu bilardiki, Muoviya chigal muammolarni

hal qilish qobiliyatiga ega inson bo`lib, o`zining fasohati va balog`ati, hilmi va

sabri, zakosi va dahosi bilan fitnachilarga bemalol yuzlana olardi. Shu tufayli

qachon bir chigal ish chiqsa, uni hal qilish uchun Muoviya ibn Abu Sufyonga

yo`llardi. Darhaqiqat, bu marta ham Muoviya mazkur fitnachi kimsalarni

qoniqtirish uchun qo`lidan kelgan hamma ishni qildi. Avvalo ularni izzat-ikrom

bilan kutib oldi, chiroyli mehmon qildi, ular bilan aralashib, suhbatlashib,

ichlaridagi gaplarini o`rgandi. Aniq xulosaga kelish uchun ular haqida o`ziga

yetgan

gaplarga

cheklanmadi.

Chiroyli

suhbatlar

bilan

o`rtalaridagi

begonasirashni aritganidan so`ng va ular ko`ngildagi gaplarini bemalol aytadigan

muhitni vujudga keltirganidan so`ng, ular bilan gaplashib bildiki, ularni qabilaviy

na`ralar harakatga keltirayotgan ekan, hukmronlik va saltanatga bo`lgan

muhabbat ularni qo`zg`otayotgan ekan. Demak, ularga ikki tomondan kirib borish

lozim, degan xulosaga keldi.

Birinchisi: Islomning arablar izzatga erishishidagi ta`siri.

Ikkinchisi: Qurayshning islomni yoyish va uning asosiy og`irliklarini

ko`tarishdagi roli.

Shundan so`ng ular ko`zi oldiga arablarning vaziyati suratini chizib berdi.

Ya`ni, ular islom tufayli bir imomga bo`ysunadigan yagona bir ummatga

aylanganlarini va anarxiya, qon to`kish va jirkanch qabilaparastlik hayotini tark

qilganlarini aytdi. So`ng Muoviya ular bilan suhbatni davom ettirib, shunday dedi:


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

117

“Imomlaringiz bugungi kungacha ham sizlarga qalqon bo`lib keldilar, sizlar o`z

qalqonlaringizdan voz kechmanglar. Imomlaringiz sizlarning javrlaringizga sabr-

toqat ko`rsatib kelishmoqda. Allohga qasamki, yo tiyilasizlar yo esa Alloh

boshingizga yomon kunlarni soladigan, so`ng sizlarni sabrsizlikda ayblaydigan

kishini ustingizga keltirib qo`yadi”.

Ulardan biri unga shunday javob berdi: “Quraysh haqidagi gaplaringga

kelsak, Quraysh johiliyat davrida ham arablarning son jihatidan ko`pi emasdi,

kuch-qudratda ustuni ham emasdiki, sen bizni ular bilan qo`rqitsang. Ammo,

qalqon haqidagi gapingga kelsak, qalqon agar teshilsa, o`qni o`tkazib yuboradi”.

Muoviya dedi: “Men sizlarni endi bildim va yaxshi tanidim. Sizlarni bu ishga

gijgijlagan narsa aqlsizligingiz ekani menga ma`lum bo`ldi. Ey Sa`sa`a, qavm

nomidan so`zlayotgan senda aqlni ko`rmayapman. Men senga Islomning

ulug`ligidan gapirsam, sen menga johiliyatni eslatyapsan! Men senga

rahbarlarning qalqonligini aytib nasihat qilsam, sen qalqon teshilishini aytyapsan!

Sizlarni hovliqtirgan va ishlaringizni kuchaytirib, xalifaga qarshi jur`atlantirgan

kimsalarni Alloh sharmanda qilsin”[3].

Muoviya ularga ishora va yengil nasihat kor qilmasligini bildi. Ular uchun

avvalo Qurayshning voqelikdagi o`rnini kengroq sharhlashga ehtiyoj borligini

tuydi va ularga shunday dedi: “Yaxshilab uqib olinglar – men sizlarni gap

uqadigan odam deb ko`rmayapman – Quraysh johiliyatda ham, islomda ham faqat

Allohning karami bilan aziz bo`ldi, u arablarning ko`p sonli qabilasi emas, kuch-

qudratlisi ham emas, lekin ular nasab jihatidan eng ulug`, obro`-e`tibor va

muravvat jihatidan eng komil qabiladir. Ular johiliyat paytida qirg`inbarot

urushlar ichida ham faqat Allohning hifzi himoyasi bilan omonlikda bo`lganlar.

Qurayshga kim biron yomonlik istasa, albatta Alloh uning yuzini yerga qaratib

qo`ygan. Keyin Alloh taolo o`zi ikrom qilgan va o`zining diniga ergashgan

kishilarni dunyo xorligidan va oxiratdagi yomon oqibatdan qutqarishni istadi,

buning uchun eng yaxshi bandasini tanladi, so`ng unga yaxshi as`hoblar tanladi,

ularning eng yaxshisi qurayshliklar bo`ldi. So`ng mulkni ular bilan bino qildi va


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

118

xalifalikni ularda qildi, bu ish uchun faqat ular yaroqli bo`ladi”. Keyin Muoviya

ularning qabilalari va yurtlari haqida so`zlab, Qurayshga nisbatan qay o`rinda

turishlarini va o`zlarining kim ekanliklarini o`z ko`zlariga ko`rsatib qo`ydi.

Ularning johiliyat paytida naqadar xorlikda bo`lishganini, tabiat jihatidan yashab

turgan joylari ham giyoh o`smaydigan qaqroq yerlar bo`lganini, siyosiy jihatdan

esa forsliklarga qaram bo`lib kelishganini va Alloh ularni islom bilan aziz

qilganini va xorlikdan yuksaklikka ko`tarib qo`yganii eslatib qo`ydi. So`ng ular

nomidan so`zlagan Sa`sa`a ibn Savhonning shaxsi haqida gapirib, uning butun

qavmi qabilasi islomni qabul qilganidan keyin ham risolat chaqirig`ini qabul

qilishga ikkilanib yurganini, oxir ilojsizlikdan islomni qabul qilganini eslatib o`tdi

va islom uni tubanlikdan yuqoriga ko`targanini aytdi. So`ng Muoviya Sa`sa`aning

va sheriklarining rejalarini fosh qildi va ularning fitna istayotganliklarini ochib

tashladi. Allohning dinida egri yo`l istashayotganini, ularning bu ishlari va gap-

so`zlari johiliyat da`vosiga uyqash ekanini aytdi. So`ng ularni qoldirib, chiqib

ketdi.

[1] “Tarixi Tabariy” (5/323).

[2] Avvalgi manba (5/324).

[3] Avvalgi manba (5/324).

Muoviya roziyallohu anhuning fitnachilar bilan so`zlashuvlari

Muoviya roziyallohu anhu keyin ham mazkur fitnachi kimsalar bilan uzoq

gaplashib, ularni yo`lga solishga urindi. “Ey qavm, – dedi u ularga, – gaplarimga

yaxshilik bilan javob qaytaringlar yoki jim bo`linglar. O`zingiz o`ylang, shu

ishlardan o`zingiz, ahli oilangiz va qarindosh-urug`ingizga va umuman

musulmonlar jamoasiga biron foyda bormi?! Kelinglar, musulmonlar o`rtasida

bo`linishga emas, aksincha, ittifoqlikka sabab bo`ladigan ishlar bilan band

bo`laylik”. Sa`sa`a o`jarlik bilan yana: “Sen bunga loyiq emassan va Allohga

qilayotgan isyoningda biz senga itoat qilmaymiz”, dedi. Muoviya dedi: “Men

avval-boshdayoq sizlarga Allohdan taqvo qilinglar, Unga va payg`ambariga itoat


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

119

qilinglar, barchangiz Uning dinini mahkam tutinglar va bo`linmanglar deb

aytmadimmi?”. Ular dedilar: “Yo`q, sen tafriqaga va Payg`ambar sollallohu

alayhi va sallam keltirgan narsaning xilofiga buyurding”. U dedi: “Agar shunday

qilgan bo`lsam, mana, hozir Allohga tavba qilaman va sizlarni Undan taqvo

qilishga chaqiraman, Unga va payg`ambariga itoat qilishga, jamoatni lozim

tutishga va bo`lginchilikni yomon ko`rishga, imomlaringizga vafo qilishga,

hurmat-ehtirom ko`rsatishga, ularga imkon qadar yaxshilik istashga va

yumshoqlik bilan pand-nasihat qilishga buyuraman. Sa`sa`a dedi: “Biz esa seni

mansabingdan bo`shashga buyuramiz, zero musulmonlar ichida bu mansabga

sendan ko`ra haqliroq kishilar bor”. “Kim ekan u?”, dedi Muoviya. “Otasi sening

otangdan ilgari islomga kirgan, o`zi sendan avval islomni tanigan kishilar bor”,

dedi. Muoviya dedi: “Qasamki, agarchi boshqalar mendan ko`ra muqaddamroq

bo`lsalar ham, mening ham islomda peshqadamligim bor. Binobarin, hozirgi

vaqtda bu vazifani ado etishga mendan ko`ra qudratliroq odam yo`q. Umar ibn

Xattob ham shu fikrda bo`lgandi. Agar Umar boshqa odamni mendan ko`ra

qudratliroq deb ko`rganida, menga bu vazifani aslo bermagan bo`lardi. Zero,

Umar hech kimning rioyasini qilmaydigan inson edi! Qolaversa, men amalimdan

bo`shashga loyiq biron ish qilmadim. Agar amirulmo`minin Usmon ibn Affon va

musulmonlar jamoati shuni munosib ko`rsalar, amirulmo`minin o`z qo`li bilan

farmon yozsa, men mansabimni topshiraveraman. Alloh shunday bo`lishini taqdir

qilgan bo`lsa, umid qilamanki, bu faqat yaxshilik bo`ladi. Sen esa shaytonning

gapiga kirib, shoshqaloqlik qilma. Qasamki, ishlar sizlar istaganingizdek va orzu

qilganingizdek bo`lsaydi, ahli islom uchun barqarorlik bo`lmagan bo`lardi. Lekin

Alloh taqdir qiladi va boshqaradi, u barcha narsaning egasi. Sizlar yaxshilikka

qaytinglar va yaxshi gaplarni aytinglar”.

Ular yana o`z gaplarini ma`qullab, Muoviyaning bu mansabga noloyiqligi

haqida gapira boshladilar. Bahs-munozara kuchayib, hatto ulardan biri sakrab

turib, Muoviyaning soch-soqoliga yopishishgacha bordi. Shunda Muoviya

g`azablanib: “Tort qo`lingni! Bu yer senga Ko`fa emas. Qasamki, agar Shom ahli

o`z imomlariga qilayotgan bu behurmatliklaringizni ko`rsalar, sizlarni sog`


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

120

qo`ymaydilar va men ularni sizlarni o`ldirishdan to`xtatib qololmayman”, dedi.

Shundan so`ng turib, ular oldidan chiqib ketdi[1].

Bu Shom amiri Muoviya roziyallohu anhuning ularni yo`lga solish uchun

qilgan urinishlarining oxirgisi bo`ldi. U bu borada o`zining bor kuch-harakatini

sarfladi, ularni fitnadan qaytarish uchun halimligini, hikmati va ma`rifatini ishga

soldi. Biroq, bularning hech biri ish bermaganini ko`rgach, ularning kirdikorlarini

amirulmo`minin Usmon ibn Affon roziyallohu anhuga yetkazish va ularning asl

niyat-maqsadlaridan uni to`la boxabar qilish lozim, degan qarorga keldi.

Muoviyaning Ko`falik fitnachilar haqida Usmon roziyallohu anhuga

maktubi

Shundan so`ng Muoviya roziyallohu anhu Usmon ibn Affon roziyallohu

anhuga quyidagi mazmunda maktub yubordi:

“Bismillahir rohmanir rohim. Allohning quli, mo`minlar amiri Usmon ibn

Affonga Muoviya ibn Abu Sufyondan. Ammo ba`d… Ey amirulmo`minin, siz

mening huzurimga shaytonning izmiga kirgan va shayton ularning tillarida

gapiradigan, o`z da`volaricha odamlarga Qur`ondan gapirib, ular qalbiga shubha

soladigan bir qavmni yuborgan ekansiz. Hamma odamlar ham ularning

g`arazlarini tushunavermaydi. Ular soddalarni chalg`itib, faqat fitna

qo`zg`atmoqdalar va tafriqa qilishni istamoqdalar. Ular Islomni yoqtirmaydigan

va uni og`ir sanaydigan, dillariga shayton vasvasalari o`rnashib qolgan kishilardir.

Ular Ko`fa ahlidan juda ko`p odamlarning yo`ldan ozishiga sabab bo`lishdi. Agar

Shomda qolishsa, men ularning Shom ahlini ham o`z sehrlari va fujurlari bilan

yo`ldan ozdirishlaridan xotirjam emasman. Ularni o`zlari chiqqan shaharlariga

qaytarib yuboring”[2].

Shundan so`ng Usmon roziyallohu anhu Ko`faga, Said ibn Osga maktub

yo`llab, fitnachilarni u yerga qaytardi. Ular qaytib kelgach, u yerda ilgarigidan

ham tillari o`tkir bo`lib yurishdi. Said ulardan siqilib, Usmonga xat yozib yubordi.

Usmon Saidga javob yozib, ularni Hims amiri Abdurahmon ibn Xolid ibn Valid


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

121

huzuriga yuborishni buyurdi. Ular Abdurahmon ibn Xolid ibn Valid huzuriga

yetib kelishgach, u ular bilan juda qattiq va ayovsiz ohangda gaplashdi, ularga:

“Ey shaytonning malaylari, sizlarga “xush kelibsiz” demayman. Shayton noumid

bo`lib, hasrat bilan qaytib ketdi, sizlar esa botil qilmishlaringizdan qaytay

demayapsizlar! Abdurahmon agar sizlarning adablaringni berib qo`ymasa va

sharmandalaringni chiqarmasa, Alloh uni ziyonkorlardan qilsin! Ey betayin,

arabmi ajamligi noma`lum kimsalar, sizlar menga Said va Muoviyaga aytgan

gaplaringni hargiz aytolmaysizlar! Men Xolid ibn Validning o`g`liman!

Men fitnachilarning dodini bergan va murtadlarning ildizini quritgan kishining

o`g`liman! Qasamki, men sizlarni xorlikka giriftor etaman!”. Ular Abdurahmon

ibn Xolid ibn Valid huzurida bir oy turishdi. U ularga o`ta qattiqlik bilan muomala

qildi, Said va Muoviya kabi yumshoqlik qilib o`tirmadi, yayov yursa, birga yayov

yurishdi, otliq yursa, yonida otliq yurishdi, u bilan birga g`azotlarga chiqishdi.

Mavridi keldi deguncha Abdurahmon ularni xorlar va burunlarini yerga ishqardi,

peshvolari Sa`sa`a ibn Savhon bilan uchrashganda unga: “Ey fitnachi! Bilasanmi,

kim yaxshilik bilan tuzalmasa, yomonlik bilan tuzaladi, kimni yumshoqlik

tuzatmasa, uni qattiqqo`llik tuzatadi!”, derdi. Ularga xitob qilib: “Nega menga

Ko`fada Saidga va Shomda Muoviyaga qaytargandek javob qaytarmayapsizlar?!

Nega ularga aytgan gaplaringni menga ham aytmayapsizlar?!”, derdi.

Abdurahmon ibn Xolid ibn Validning qo`llagan uslubi asqotdi va uning shiddati

va qatiqqo`lligi ularning tillarini soqov qildi. Ular unga o`z pushaymonliklarini

izhor qilib: “Allohga tavba qilamiz va istig`for aytamiz. Bizni ozod qil, Alloh seni

ozod qilsin, bizga yengillik ber, Alloh senga yengillik bersin”, deyishdi.

Abdurahmon ularning boshliqlaridan bo`lgan Ashtar Naxaiyni o`zlarining tavba

qilib, tuzalganlarini va fitnadan voz kechganlarini bildirishi uchun Usmon

roziyallohu anhu huzuriga yubordi. Usmon Ashtarga: “Atrofingdagi odamlar

bilan istagan joylaringga borib yashayveringlar, men sizlarni afv qildim”, dedi.

Ashtar hozircha Jazirada, Abdurahmon huzurida qolishlarini aytdi. Ular u yerda

tavba izhor etib, o`zlarini tuzatgandek bo`lib yurishdi. Fitnachilar Ko`fada bir

muddat tinchib qolishdi, bu voqea-hodisalar hijriy 33 yilda bo`layotgan edi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

122

Fitnachilarning boshliqlarini avval Shomga Muoviya huzuriga, keyin Himsga

Abdurahmon huzuriga surgun etilishi Ko`fadagi fitnakorlarni ancha sergak

torttirdi va ular vaziyat taqozosiga ko`ra vaqtincha jim yurishni ixtiyor qildilar[3].

[1] “Tarixi Tabariy” (5/330).

[2] “Tarixi Tabariy” (5/331).

[3] Xolidiy, “Al-xulafour-roshidun” (134-bet).

Hijriy 33 yili fitnachilarning boshliqlarini avval Shomga – Muoviya

huzuriga, keyin Himsga – Abdurahmon huzuriga surgun etilishi Ko`fadagi

fitnakorlarni ancha sergak torttirdi va ular vaziyat taqozosiga ko`ra vaqtincha jim

yurishni ixtiyor qildilar[1].

Ammo Basra, Misr va boshqa joylardagi fitnachilar fitna harakatlarini

davom ettirishdi. Usmon ibn Affon xalifaligining o`n birinchi yili – hijriy 34 yili

Abdulloh ibn Saba` o`ta puxta harakat rejasini ishlab chiqdi va o`ziga ergashgan

sabaiylar jamoati bilan birga xalifaga va uning voliylariga qarshi qo`zg`olon

boshlashga kelishib oldi. Ibn Saba` o`zining Misrda joylashgan makr uyasidan

turib Basra, Ko`fa va Madinadagi shayton malaylari bilan aloqa bog`lab, xuruj

boshlash tafsilotlari haqida ularga ta`limotlar berdi, o`rtalarida to`xtovsiz o`zaro

yozishmalar bo`lib turdi. Ko`fadagi sabaiylarning boshliqlaridan 17 kishi

Shomga, undan Jaziraga – Abdurahmon ibn Xolid ibn Valid huzuriga surgun

qilinganidan so`ng Ko`fadagi sabaiylarga Yazid ibn Qays boshliq bo`lib qoldi.

Hijriy 34 yili Ko`fa es-hushli va obro`-e`tiborli kishilardan deyarli bo`shab

qolgandi, chunki ko`pchilik Alloh yo`lidagi jihodga chiqib ketishgan va Ko`fada

asosan sabaiylarning fitna to`riga ilingan to`polonchi va ig`vogar kimsalar

qolgandi. Sabaiylar ularga o`z ta`sirlarini o`tkazishgan va ularni Usmonning

Ko`fadagi voliysi Said ibn Os roziyallohu anhuga qarshi qayrashgandi. Ko`fadagi

qo`mondon Qa`qo ibn Amr Tamimiy sabaiylarning Yazid ibn Qays

boshchiligidagi birinchi isyon harakatini bostirishga muvaffaq bo`ldi. Yazid

Qa`qoning o`ta ogoh, aql-farosatli va shu bilan birga o`ta qattiqqo`lligini bilgani


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

123

tufayli unga o`zlarining asl maqsadlari bo`lmish xalifa Usmonga qarshi isyon

ko`tarish va uni xalifalikdan ag`darish rejalarini oshkor qilmadi, balki

unga o`zining va jamoatining maqsadi faqatgina Ko`fa voliysi Said ibn Osni

mansabidan bo`shatish va o`rniga boshqa voliy talab qilish bo`lgandek qilib

ko`rsatdi. Ularning bu talablari qabul qilindi. Shuning uchun Qa`qo Yazidning

so`zlarini eshitgach, ularni ozod qildi. U Yazidga: “Agar sening maqsading faqat

shu bo`lsa, odamlarni atrofingga yig`ib masjidda o`tirma, uyingga borib o`tir.

Xalifadan istaganingni talab qil, Allohning izni bilan talabing qabul etiladi”, dedi.

Yazid ibn Qays fitna olovini yoqishdan to`xtamadi va xuruj qilish rejasini ortga

surib turishga majbur bo`ldi. So`ng sabaiylarning makrlari, tadbir va rejalari

ostida to`polonchi va g`avg`ochilar Yazid ibn Qays boshchiligida Ko`fa voliysi

Said ibn Osning Ko`faga kirishiga monelik qildilar, o`shanda Said Madinadan

kelayotgan edi[2].

To`polonchi sabaiylar fitna qo`zg`ash va beqarorlik keltirib chiqarish

maqsadida xuruj boshlagach, musulmonlarning nufuzli va e`tiborli kishilari

xalqqa nasihat qilish uchun masjidga yig`ildilar. Voliyning noibi Amr ibn Hurays

minbarga ko`tarilib, musulmonlardan birdamlik va birodarlikni saqlashni talab

qildi, ularni ixtilof, tafriqa, fitna va xurujdan qaytardi, fitnachilarga quloq

solmaslikka chaqirdi. Qa`qo ibn Amr Tamimiy fitnani kuch bilan bostirishga

chaqirib: “Selning yo`lini to`sib bo`ladimi yo daryoni ortiga qaytarish

mumkinmi?! Hayhot! Yo`q, Allohga qasamki, bu g`avg`o va fitnani faqat

qilichlar bostira oladi!”, dedi.

Fitnachilar Said ibn Osni Ko`faga kiritishmagach, u Madinaga qaytib ketdi.

U ularga to`qnashmaslikni va fitna olovini alangalatmaslikni hikmatdan deb bildi,

aksincha, uni o`chirishga urinish lozim yoki hech bo`lmasa alangasi kuchayishi

oldini olish kerak, deb o`yladi. Madinaga qaytib kelgach, Said Usmonga bo`lgan

voqeani aytib berdi. Usmon undan: “Ular nima istaydilar, bay`atdan voz

kechishdimi, xalifaga qarshi isyon qilishdimi, unga itoat qilmasliklarini e`lon

qilishdimi?”, deb so`radi. “Yo`q, ular meni o`zlariga voliy bo`lishimni


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

124

istamasliklarini va o`rnimga boshqa voliy istashlarini izhor qilishdi”, dedi Said.

“Kimning voliy bo`lishini istaydilar?”, deb so`radi. “Ular Abu Muso Ash`ariyni

istashyapti”, dedi. Usmon: “Bo`pti, unda biz Abu Musoni ularga voliylikka tayin

qildik. Allohga qasamki, biz biron kishi uchun aslo uzr qoldirmaymiz, ularga to

istayotgan narsalarining haqiqatini bilmagunimizcha bizdan talab etilganidek sabr

qilamiz”, dedi. So`ng Usmon roziyallohu anhu Abu Muso Ash`ariyga uni Ko`faga

voliy etib tayinlagani haqida maktub yo`lladi [3].

Bu payt Abu Muso Ash`ariy roziyallohu anhu vaziyatni tuzatishga va

odamlarni isyondan qaytarishga urinish bilan ovora edi. U odamlarga xitob qilib:

“Ey odamlar, muxoliflarga quloq solmanglar, bu isyonga aralashmanglar,

jamoatdan ajralmanglar, itoatni lozim tutinglar, shoshqaloqlik qilmanglar, sabr

qilinglar, tez orada xalifa sizlarga yangi amir yuborsa kerak”, dedi. Ular:

“Ungacha siz bizga imom bo`lib namoz o`qib berib turing”, deyishdi. U: “Yo`q,

faqat bir shart bilan rozi bo`laman, Usmon ibn Affonga itoat qilishga so`z

berasizlar”, dedi. Ular Usmonga itoat qilishga so`z beramiz, deyishdi, biroq bu

so`zlariga o`zlari ham ishonmasdilar, haqiqiy maqsadlarini boshqalardan

yashirayotgandilar. Abu Muso to xalifa Usmondan uni Ko`faga voliy etib

tayinlagani haqidagi farmon kelguniga qadar imomlik qilib turdi. Usmon isyon

ko`targan Ko`fa ahliga shunday maktub yozib yuborgandi: “Ammo ba`d, men

sizlarga o`zingiz tanlagan kishini voliy qildim va Saidni voliylikdan bo`shatdim.

Allohga qasamki, men o`z obro`yimni sizlarning oyoqlaringiz ostiga to`shayman,

sizlarga sabr qilaman va imkonim boricha holatni isloh qilishga urinaman.

Allohga osiylik bo`lmaydigan ishlardan istagan narsalaringni mendan so`ranglar,

so`raganingizni beraman, Allohga osiylik bo`lmaydigan ishlardan nimani

yoqtirmasangiz, uni sizlardan olib tashlayman, sizlarning istaklaringizni bajo

keltiraman, toki sizlarda menga qarshi biron hujjat qolmasin”. Usmon ibn Affon

roziyallohu anhu mana shu ma`nodagi maktubni boshqa shaharlarga ham

yubordi[4].


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

125

Amirulmo`minin Usmondan Alloh rozi bo`lsin, u imkoni boricha islohga

harakat qildi, muxoliflarga bag`rikenglik qildi, isyonkor va fitnakor sabaiylar esa

unga mislsiz darajada zulm qildilar va ixtilofda haddan oshdilar.

[1] Xolidiy, “Al-xulafour-roshidun” (134-bet).

[2] “Tarixi Tabariy” (5/338).

[3] “Tarixi Tabariy” (5/339).

[4] Avvalgi manba (5/343).