Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
43
INSONDA EKOLOGIG TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
Erqulоv Ziyоt Sadinоvich
QarDU universiteti tibbiyоt fakulteti о‘qituvchisi
Annоtasiya Maqolada yoshlarda ekoestetik tafakkurni shakllantirishning
regulyativ imkoniyatlari falsafiy tahlil qilingan. Bunda ekoestetik tafakkur
hodisasi, uni shakllantiruvchi obyektiv va subyektiv omillar, bundan tashqari
ekoestetik tafakkurning individuallik jihatlari ochib berilgan. Maqoladagi eng
muhim jihatlardan biri unda ekoestetik tafakkurning dunyoda sodir bo‘layotgan
global ekologik muammolarni hal etishdagi regulyativ, boshqaruv imkoniyatlari
va ushbu imkoniyatlardan foydalanish istiqbollari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: ekoestetik tafakkur, regulyatsiya, obyektiv va subyektiv
omillar, individuallik, ekologiya, go‘zallik, nafosat, estetika, globallashuv,
boshqaruv, badiiy obraz, dunyoni estetik o‘zlashtirish.
Резюме: В статье осуществляется философский анализ
формирования экоэстетического мышления и ее регулятивные
возможности. Изучается экоэстетическое мышление как социально-
философское явления, а также объективные и субъективные факторы
которые формируют экоэстетическое мышления. Кроме того
раскрывается индивидуальные аспекты экоэстетического мышления.
Один из важных моментов в статье анализировалась регулятивные
возможности экоэстетического мышления в решении глобальных
экологических проблем.
Ключевые
слова:
экоэстетическое
мышление, регуляция,
объективные и субъективные факторы, индивидуальность, экология,
красота,
прекрасное,
эстетика,
глобализация,
управление,
художественный образ, эстетическое усвоивание мира.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
44
Kirish
Jamiyat ekologik ongi va madaniyati asosida tabiatga estetik munosabatni
shakllantirish murakkab ijtimoiy jarayon hisoblanadi. Bunda bir tomondan,
biosfera tabiiy ekologik muvozanatni tiklashga doir tarixiy tajribalarni
umumlashtirib, tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish amaliy faoliyatini
tashkillashtirish, ikkinchi tomondan, tabiatga ma’naviy-estetik munosabatni
realistik badiiy obrazlarda ifodalash va uni ommaga yetkazib berish usul-
vositalaridan ijodiy foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada
bugungi kunda global ahamiyatga ega bo‘lgan ekoestetik tafakkurni shakllantirish
va uning regulyativ imkoniyatlaridan oqilona foydalanish muammolarini falsafiy
tahlilini amalga oshiramiz.
Ekologik voqelikni estetik idrok qilish va badiiy ifodalashdan iborat
ma’naviy hodisasi, tabiat muhofazasining eng umumiy va obyektiv
qonuniyatlarini namoyon qiladi. Bu qonuniyat, o‘z navbatida, “tabiat-jamiyat-
inson-san’at” tizimi munosabati yo‘nalishlarining ekologik yoki antiekologik
xarakterini belgilab berishi bilan san’atning ekologik borliqqa ta’siridagi
subyektiv omil maqomini, vujudga kelishining obyektivligini hamda,
funksiyalarining yaxlitligini ifodalaydi.
Shaxs ekologik ongi va madaniyatining tabiatga estetik munosabatni
shakllantirishga ta’siri, ularning barcha sohalari uchun universalligini, maqsadga
muvofiqligini, imkoniyati realligini ta’minlaydi. Ularning funksional rolini
aniqlash uchun bir tomondan, estetikaning tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga
ta’sir yo‘nalishlarini, ikkinchi tomondan, ekoestetik qadriyatlarni yaratish
usullarini va vositalarini takomillashtirishni nazarda tutadi.
АDАBIYОT TАHLILI VА METОDОLОGIYАSI
M.A.Vostrikova, R.S.Gaysina, Ye.V.Luneva asarlarida ekologik
vaziyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish
zaruriyati, A.Kumar, Ye.V.Matveyeva, A.V.Karanda asarlarida xalqaro,
mintaqaviy va milliy ekologik munosabatlar xarakteridagi o‘zgarishlar.Umuman,
ekologik muammolarga optimistik, pessimistik, skeptik, realistik, fatalistik va
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
45
boshqa yondashuvlar san’at asarlarida, falsafiy qarashlarda hilma-xil
munosabatlarni keltirib chiqargan. Bu masala hind yozuvchisi Robindranat
Tagorning “Adabiyotning mazmuni” nomli maqolasida umumlashtirilib, “tashqi
dunyo bizning ongimizga ta’sir qilib, unda boshqa dunyoni vujudga keltiradi. Bu
dunyo tashqi dunyoda hosil bo‘lgan bo‘yoqlar, obrazlar, tovushlar va boshqalarga
liq to‘la bo‘lish bilan birga, bizning yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi
tushunchalarimiz ham, qo‘rqish, ajablanishlarimiz ham, qayg‘u va shodliklarimiz
ham, u bilan chambarchas bog‘liq, uning turli-tuman tashqi ifodasi ma’naviy
dunyomizdagi xazinamizga bog‘liqdir [1;36]”, deb ta’kidlagan edi.
Tabiatdagi uyg‘unlik, tabiat go‘zalligi, unga estetik munosabatni
ifodalash mohiyatini ham, mazmunini ham, shakllarini ham, usul-vositalarini ham
belgilab beradi. Chunki ekologik ong va madaniyatning tabiatga estetik
munosabatni shakllantirishdagi funksional roli obyektiv voqelikni emotsional-
hissiy aks ettirishi bilan bog‘liq holda ijtimoiy xarakter kasb etadi. “Bu hodisani
badiiy adabiyot yoki monumental san’at misolida aniqlashtiradigan bo‘lsak, ular
– inson tomonidan tabiat va narsalarning ijodiy o‘zlashtirib, ideallashtirilgan
hamda “moddiylashgan” obrazlar shaklidagi obyektivlashgan inson ruhidir
[1;36]”.
Shuni alohida qayd etish kerakki, tabiatdagi uyg‘unlik, ekologik
muvozanat san’atning doimiy ifodalash va badiiy o‘zgartirish obyekti, predmeti
bo‘lib kelgan. YA’ni ijodkor tomonidan obyektni badiiy “o‘zgartirish”, qayta
yaratish – san’at estetik funksiyasining bilvositaligini ko‘rsatib turadi. Lekin,
shaxsning ekologik ongi va madaniyati asosida tabiatga estetik ta’sir jarayonida
tabiatga estetik munosabatni shakllantirishdagi roli bevositaligi, uning estetik ong
bilan zaruriy, obyektiv aloqadorligini izohlashga asos bo‘ladi.
Tabiatga estetik munosabatning regulyativ funksiyasi, tabiatni muhofaza
qilish orqali insoniyat hayotini va kelajagini saqlab qolishga yo‘naltirilgan
ma’naviy-ruhiy salohiyatni, intellektual potensialni “moddiylashtirish” hamda
reallashtirishdan iborat imkoniyatdir. Bundan tashqari, “ekologik ong va
madaniyat ham, ularni estetik “reallashtirish” faoliyati ham, ushbu faoliyatning
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
46
usul-vositalari ham, ijtimoiy amaliyotning dinamik rivojlanish qonuniyatlariga
bo‘ysunadi [2;132]”. Ya’ni, shaxsning ekoestetik yo‘nalishdagi ijtimoiy-tarixiy
faoliyati, mohiyati va funksional ahamiyatiga ko‘ra, insoniyat hayotini, insoniyat
sivilizatsiyasi istiqbollarini ta’minlash ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib
chiqqanligi uchun ham, obyektiv hodisa hisoblanadi.
Bu obyektiv qonuniyatning amal qilishi, inson tafakkur tarzi, inson
omilining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin har qanday vaziyatda va
holatda ham, uning obyektivligi subyektivlik jihatlarini istisno qilmaydi, aksincha
taqozo qiladi. Bundan tashqari, muayyan tarixiy davrda, ayniqsa, ekologik
muammolar keskinlashuvi va globallashuvi sharoitida shaxs ekologik ongi va
madaniyatiga asoslangan har qanday faoliyat, shu jumladan tabiatga estetik
munosabat ham insoniyatning tabiat muhofazasini oqilona tashkillashtirishga
xizmat qilishini asoslash yaxlit-tizimli tadqiqotlarga muhtoj.
Bundan tashqari, shaxs ekologik ongining tabiatni muhofaza qilish
faoliyatini, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish orqali tashkillashtirish,
boshqarish va nazorat qilishdan iborat regulyativ funksiyasini: 1) tabiatga estetik
munosabat ekologik amaliyotni ideallashtirilgan badiiy obrazlarda aks
ettirishning usullari va vositalarini takomillashtirish; 2) ekologiya tarixida
yaratilgan tarixiy merosni, ijtimoiy-ekologik tajribalarni badiiy obrazlarda
umumlashtirish; 3) ekologik estetik qadriyatlarni saralash, an’analarini saqlab,
ijodiy rivjlantirib yanada takomillashtirishga e’tibor qaratish lozim. Buning uchun
ekologik ong va madaniyatni “estetik borliqqa” ko‘chirishning obyektiv shart-
sharoitlari va subyektiv omillarini uyg‘unlashtiruvchi imkoniyatlarni qidirib
topish hamda reallashtirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda asosiy muammo, fikrimizcha, ekologik
ong va madaniyatning estetik tafakkur usul va vositalari rivojlanishini
ta’minlaydigan inson omili intellektual potensiali, maqomini, xarakterini
reallikka mos o‘zgartirishdan iborat. Zero, hozirgi davr falsafasi va ekoestetikaga
doir maxsus adabiyotlarda inson tomonidan tabiatni badiiy obrazlarda o‘zgartirish
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
47
va o‘zlashtirish jarayonini muayyan ekologik makonda o‘z-o‘zini shaxs sifatida
anglash imkoniyati tarzida e’tirof etilishi ham tasodifiy emas.
Tabiatga estetik munosabat, jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi
sifatida, ekologik axborotni uning subyektlari tomonidan obyektlariga yetkazib
berish ehtiyojiga asoslanadi. Bunda uzatilayotgan axborot mazmunan hamda
shaklan ekologik borliqning mavjudik holatiga va rivojlanish tendensiyasiga
mutanosibligi alohida ahamiyatga ega.
Umuman, “shaxs ekologik ongi va madaniyatining tabiatga estetik
munosabat xarakteriga va yo‘nalishlariga ta’siri jarayonida badiiy axborot, san’at
janrlari va turlarining maxsus funksional yo‘nalishlari va xususiyatlari
shakllanadi [3;45]”. Ularning ekologik voqelikka mutanosibligini belgilaydigan
universal mezon insonning tabiatga estetik munosabatini badiiy obrazlarda, san’at
asarlarida hissiy-emotsional ifodalash va uni uzatish usullari, vositalari
samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shu bilan birga, shaxs ekologik ongi va madaniyati fenomenining tabiatga
estetik munosabati bir tomondan individual xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy-
ekologik mohiyatini badiiy obrazlarda ifodalaydi va maxsus usullar, vositalar
orqali ma’naviy hayot sohalariga aylantiradi. Ikkinchi tomondan esa, shaxs
ekologik ongi, madaniyati, estetik tajriba asosida, dunyoning ekologik
manzarasini “badiiy o‘zgartirishi” bilan, uning funksional ahamiyatini namoyon
qiladi va asosiy vazifalarini belgilab beradi.
TАHLIL VА NАTIJАLАR
“Shaxs ekologik ong va madaniyatining tabiatga estetik munosabatni
shakllantirishiga ta’siri murakkab dialektik jarayon bo‘lib, insoniyatning tabiatni
muhofaza qilish tarixiy tajribasini umumlashtiruvchi badiiy obrazlarda namoyon
bo‘ladi [4;46]”. unda badiiy obrazlarning real ekologik voqelikka mutanosibligi,
uning nisbiy mustaqilligini inkor qilmaydi, aksincha obyekt va subyektning
funksional uyg‘unligini namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ekologik ong
va madaniyatning estetikalashuvi boshqa ijtimoiy ong shakllarini ham tabiatni
muhofaza qilish maqsad-manfaatlari doirasida birlashtiradi. O‘z navbatida,
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
48
ekologik borliqni estetik idrok qilishning ustuvorlashuvi qonuniyat maqomiga ega
bo‘lib, kelajakda ham o‘z mavqeini yo‘qotmaydi.
Ekologik ong darajalarining tabiatga estetik munosabatni shakllantirish
maqsadi, imkoniyati, vositalari va natijasi o‘rtasida dialektik ziddiyat mavjud,
ya’ni, tabiatga estetik munosabat natijasida ekologik vaziyatni, muammoni badiiy
obrazlarda nisbatan mukammal aks ettirishi mumkin, lekin ekologik ongning
barcha qirralarini to‘liq aks ettirib bo‘lmaydi. Chunki ekologik ongning
individualligi aniq shaxs faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligidan ijtimoiylik
chegaralari g‘oyat nisbiy, o‘zgaruvchan va shartlidir.
Ekologik ongning shaxs estetik tajribasi subyektiga va obyektiga,
madaniyat shakliga aylanishi jarayonida konservativ – eskilik bilan progressiv –
yangilik, real voqelik bilan badiiy haqiqat ilmiy nazariya bilan ijtimoiy amaliyot
o‘rtasidagi ziddiyat doimiydir. Shu bilan birga, shaxs ekologik ong va
madaniyatini estetik usul-vositalar, badiiy adabiyot janrlari va san’at shakllari
bilan ommaga transformatsiya qilish orqali ongda shakllangan psixologik
aqidalarni o‘zgartirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Tabiatga ekologik munosabatni badiiy obrazlarda ifodalashning real
voqelikdan nisbiy mustaqilligi, xususan, orqada qolishi, bir tomondan, mavjud
ijtimoiy-siyosiy tizimning volyuntaristik g‘oyaviy-mafkuraviy ta’siridan mutlaq
xoli bo‘la olmasligi natijasidir. Ikkinchi tomondan, ekologik ong va
madaniyatning
globallashuvi
jarayonida
milliy,
hududiy
qadriyatlar
integratsiyasida birlashtiruvchi subyekt va integratsiyalashuvchi obyekt
o‘rtasidagi muayyan ziddiyatlarni bartaraf qilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yangi
ziddiyatlar kelib chiqadi. Umuman, ijtimoiy hayot ziddiyatlari tizimining
ekologik ongga ham, uni estetik ifodalash usul-vositalari rivojlanishiga ham
bevosita
ta’sir
qilishini
boshqarish
ushbu
sohadagi
manfaatlarni
uyg‘unlashtirishga bog‘liqdir.
Jamiyat ekologik borlig‘idagi ushbu ko‘rsatilgan ziddiyatlarni bartaraf
qilish zaruriyati ekologik ong va madaniyatning nafaqat tabiatga estetik
munosabatini shakllantirishga, balki uning boshqa ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
49
siyosiy asoslarini rivojlantirishga ham bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda,
“ekologik ong va madaniyatning ijtimoiy ong shakllarini integratsiyalashtiruvchi
imkoniyatini, aynan uning o‘zini rivojlantiruvchi imkoniyati tarzida olib qarash
lozim [5;16]”. Chunki ekologik ong estetikalashuvi kuchayishi bilan, boshqa
ijtimoiy ong shakllari ekologiyalashuvining yangi yo‘nalishlari, masalan,
ekologik-huquqiy ong, ekologik-iqtisodiy ong, ekologik-siyosiy ong va boshqa
ong shakllari va ularning institutsional tizimi paydo bo‘lmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida, ekologik ong va madaniyatni estetik vositalar
orqali ifodalashga ta’sir ko‘rsatuvchi subyektiv omillarning yaxlitligini,
tizimliligini ta’minlab beradi. Zero, ekologik ong individuvlligi va ijtimoiyligini,
ekologik madaniyatning moddiyligi va ma’naviyligini ifodalashda badiiy-estetik
obrazlar ham, texnika, texnologiya, dizayn estetikasi ham ijtimoiy ong shakllari
ekologiyalashuvini baholashda muhim mezonlardan biri hisoblanadi. Chunki
insonning tabiatni muhofaza qilishi bilan bog‘liq emotsional-ruhiy, ma’naviy-
axloqiy ehtiyojlarini qondirmaydigan estetik qadriyatlar har qanday ijtimoiy ong
va faoliyatdan uzoqdir. Shuning uchun ham tabiatga estetik munosabat natijasini
ijtimoiy ong shakllari ekologiyalashish yo‘nalishida tahlil qilish dunyoning
ekologik manzarasi haqida nisbatan to‘liq tasavvurlarning shakllanishiga asos
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday fan va ijtimoiy ong “dunyo
ekologik manzarasi haqidagi ilmiy ta’limotlari umumiylikni ifodalaydi. Pirovard
natijada, ularning integratsiyalashuvi dunyoning yaxlit ekologik manzarasini
yaratadi [6;49]”.
Jamiyat ekologik ongi va madaniyatining estetik tafakkur natijasida
namoyon bo‘lishi, inson ijodkorligining ma’naviy ekologik qadriyatlarni yaratish
va rivojlantirish faoliyatidir. Bu faoliyat samaradorligi va ijtimoiy ahamiyati
tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlarini anglash darajasiga mos keladi, chunki
muayyan ehtiyojlarni qondirish, insonning ongli faoliyati qonuniyatidir.
Shuningdek, tabiatga estetik munosabat natijalarini o‘zlashtirishning intensivligi
ham, ko‘lami ham, ularni transformatsiya qilishning usul-vositalarini
rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
50
Bu tizim elementlari o‘rtasidagi funksional muvofiqlikni ta’minlash
ekoestetik qadriyatlar obyektini tanlash, adekvat usul va vositalarini aniqlash,
metodologik plyuralizmga asoslanish, rivojlanish tendensiyasini va istiqbollarini
belgilash kabi manfaatlardan kelib chiqadi. Aniqroq qilib aytganda, ekologik
ongning estetikalashuvi tabiatning badiiy obrazlarini yaratish ehtiyoji va uni
o‘zlashtirish imkoniyatlari bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida,
bunday bog‘liqlik, umuman dunyo ekologik manzarasining yaxlitligini, xususan
uning global ekoestetik maqsadga muvofiq ekanligini ta’minlaydi.
Jamiyatning tabiatga estetik munosabat ehtiyojlari va manfaatlari
ekologik ong va madaniyat rivojlanishining harakatlantiruvchi motivi va asosiy
harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, shaxs ekologik ongi va
madaniyatining tabiatga estetik munosabatni belgilash imkoniyati har qanday
tarixiy davrda jamiyat tomonidan belgilab berilgan aniq vazifalarni bajarishga
xizmat qiladi. Shu sababdan ham, uning vazifalari ekologik muammolarning
ustuvor yo‘nalishlariga mos tarzda turli davrlarda turlicha talqin qilingan.
XULОSА
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida,
ekologik borliqqa estetik munosabat, mohiyati va xarakteriga ko‘ra, shaxs
ekologik faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dunyo ekologik
manzarasinining xaritasini, voqelik xarakterini belgilashda ekoestetik tafakkur
tabiatga estetik munosabat rivojlanish tarixi va uning davrlari uchun asosiy mezon
va ko‘rsatkichdir. Bundan tashqari ekologik ong va madaniyatning tabiatga
estetik munosabatni shaklllantirish imkoniyatlari, uni ifodalash usullarini,
vositalarini ham qamrab oladi. Tabiatga estetik munosabat bilan ekologik ong va
madaniyat rivojlanish darajasi o‘rtasida korrelyatsion bog‘lanish mavjud bo‘lib,
biri ikkinchisining rivojlanishini rag‘batlantiradi. Ekologik ongning boshqa
ijtimoiy ong shakllarini integratsiyalashtiruvchi potensiali tabiatga estetik
munosabatni funksional jihatdan universallashtiradi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
51
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1.
Худойбердиев Э.Адабиётшуносликка кириш.–Тошкент:Шарқ,2008.–368
б.
2.
Ғайбуллаев Отабек. Шахс маънавий камолоти ва эстетик маданият. –
Тошкент: CHASHMA PRINT, 2008. –160 б.
3.
Айматов
А.Қ.
Шахснинг
табиатга
эстетик
муносабатини
шакллантиришда экологик онгнинг роли. Самарқанд. 2019. 245 б.
4.
Мамашокиров С.
Роль
социально-политических факторов в
формировании экологической активности и ответственности.: Автореф.
дис. ... док. филос. наук. –Ташкент: 1997. –56 с.
5.
Усмонов Э. Экологик муносабатларнинг глобаллашуви //Тафаккур. –
Тошкент, 2009. –№4.–Б. 15-17.
6.
Nomozov,
Xurshid.
"INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN
FOYDALANISH SOHALARI."
Development and innovations in science
2.7
(2023): 8-14.
7.
Nomozov, Xurshid. "INTERNET-MAKON MOHIYATI, GENEZISI VA
ZAMONAVIY TARKIBI."
Farg'ona davlat universiteti,(3)
(2023): 67-67.
8.
Номозов, Х. "ИНТЕРНЕТ-МАКОН ТАЪСИРИДА СОДИР БЎЛАЁТГАН
НЕГАТИВ
ИЖТИМОИЙЛАШУВ
ШАКЛЛАРИ."
Философия
и
право
26.3 (2023): 232-235.
9.
Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING
IJTIMОIY FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-
255.
10.
Nomozov, Xurshid (2024). JAMIYAT IJTIMOIYLASHUVIDA
INSTITUTLARI O’RNI VA INTERNET-MAKONNING UNDAGI O
‘RNI.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(2), 83-88.
11.
Nomozov, Xurshid (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON
KONTENTLARI TA’SIRIDA SODIR BO ‘LAYOTGAN NEGATIV
IJTIMOIYLASHUV
SHAKLLARI.
TANQIDIY
NAZAR,
TAHLILIY
TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(2), 52-58.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
52
12.
Nomozov,
Xurshid
(2024).
JAMIYATDA
INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS
IN EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
13.
O’G’Li,
Nomozov
Xurshid
Shavkat.
"YUKSAK
AXBOROT
MADANIYATI–INTERNET-MAKON RESURSLARIDAN RATSIONAL
FOYDALANISH SHARTI."
Research Focus
2.6 (2023): 105-110.
14.
Nomozov, Xurshid (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN
EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 229-231.
15.
Nоmоzоv Xurshid. "AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI,
ULARNING
IJTIMOIY
MUHITDA
AMALGA
OSHISH
USULLARI."
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari
41.1 (2025): 632-636.
16.
Shаvkаt о’g’li, Nоmоzоv Xurshid. "AXBOROTNING ZAMONAVIY
TARKIBI."
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari
41.1 (2025): 628-631.
17.
Nomozov Xurshid. "INTERNET-MAKON MOHIYATI, GENEZISI VA
ZAMONAVIY TARKIBI."
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
1.2 (2024): 48-51.
18.
Nomozov Xurshid. "AXBOROT XURUJINING O ‘SMIRLAR HAYOTIGA
TA’SIRI."
QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
(2023): 1285-1287.
19.
Omonov, B. N. "O ‘zbekiston ekologik siyosatining strategik
asoslari."
Философия и право
28.2 (2024): 41-43.
20.
Omonov, Bahodir Nurillayevich. "MARKAZIY OSIYO
MAMLAKATLARIDA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA–
MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY OMILI."
Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
4.21
(2024): 529-535.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
5-To’plam 2-son May , 2025
53
21.
Омонов, Баходир Нуриллаевич. "Идейно-политический путь
просветительского и джадидского движения."
Gospodarka i
Innowacje.
44 (2024): 235-242.
22.
OMONOV, Bahodir. "“DASTUR UL-MULUK” VA “SADDI
ISKANDARIY” ASARLARIDA GEOSIYOSIY
QARASHLAR."
News of the NUUz
1.1.2 (2024): 180-183.
23.
Nurillaevich, O. B. "THE IMPORTANCE OF RELIGIOUS VALUES
IN THE FORMATION OF A PERSONAL ECOLOGY
CULTURE."
Archive of Conferences
. Vol. 15. No. 1. 2021.
24.
Nurillayevich, O. B. "ЭКОЛОГИК ГЛОБАЛЛАШУВ
КОНТЕКСТИДА ЎЗБЕКИСТОНДАГИ ЭКОЛОГИК
ВАЗИЯТДАГИ ЎЗГАРИШЛАР."
PHILOSOPHY AND LIFE
INTERNATIONAL JOURNAL,(SI-1)
(2022).