Mualliflar

  • Abdullajanova Raxmatoy Sirojidinovna
  • Ortiqova Madina Yusubjanovna

Muallif tarjimai holi

  • Abdullajanova Raxmatoy Sirojidinovna

    Namangan viloyati Chortoq tumani 49- maktab amaliyotchi psixologi

  • Ortiqova Madina Yusubjanovna

    Namangan viloyati Chortoq tumani 54 - maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90969

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan uyda yakka tartibdagi ta’lim ta’lim olish o‘qituvchi ijtimoiy moslashuv ijtimoiy-pedagogik yordam qo‘llabquvvatlash shaxsiy xususiyatlar.

Annotasiya

Annotasiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi. 


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

20

UYDA YAKKA TARTIBDA TA’LIM OLAYOTGAN

BOLALARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK RIVOJLANISHI

Abdullajanova Raxmatoy Sirojidinovna

Namangan viloyati Chortoq tumani 49- maktab amaliyotchi psixologi

Ortiqova Madina Yusubjanovna

Namangan viloyati Chortoq tumani 54 - maktab amaliyotchi psixologi

Annotasiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda

yakka tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning

ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish

istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy

muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash,

o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni

yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam

ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibdagi ta’lim, ta’lim

olish,

o‘qituvchi,

ijtimoiy

moslashuv,

ijtimoiy-pedagogik

yordam,

qo‘llabquvvatlash, shaxsiy xususiyatlar.

KIRISH

Jamiyatimizda nogironligi bo‘lgan bola tug‘ilsa, uni tug‘ilganidan boshlab

ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim bosqichiga, umumiy

o‘rta ta’lim, so‘ngra Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishiga erishish va amalga

oshirish uchun mutaxassislar, psixolog, nevropatolog, nogironlik turiga qarab

oligofrenopedagog, tiflopedagog yoki logoped biriktiriladi. Bu mutaxassislar

bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug‘ullanishadi va uni

ijtimoiy muhitga har tomonlama moslashtirib boradilar. Respublikamiz xalq


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

21

ta’limi tizimida imkonniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning uyda yakka

tartibdagi ta’lim shakli mavjud. Uyda yakka tartibda taʼlim olish jismoniy yoki

psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy

xulosasiga koʻra doimiy yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar

uchun tashkil etiladi. Sog‘liqning buzilishi bolalarning shaxsiyatida o‘z izini

qoldiradi: birinchi navbatda, sog‘lig‘ining cheklanganligi kasbiy o‘zini o‘zi

belgilashga va mehnat faoliyatini amalga oshirishga ta’sir qiladi. Patologiyaning

mavjudligini bilish o‘z qobiliyatlarini, intilishlar darajasini, tashabbusning

yetishmasligi va bunday

bolalarning

mustaqilligini yetarli

darajada

baholamaslikka olib keladi. Hissiy sohaning rivojlanishida buzilish mavjud

bo‘lib, bu ijtimoiy moslashuv, ta’lim olish va kasbiy faoliyatga qiziqishning

yetishmasligida namoyon bo‘ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-

4860 son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya

berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidaˮgi qarori

qabul qilingan bo‘lib, Bunda jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari

bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga uyda

yakka tartibda ta’lim berish tartibini belgilaydi. Uyda yakka tartibda ta’lim berish

o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning

ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish asosiy maqsadi ekanligi ko‘rsatilgan.

O`zbekistonda uy ta`limiL.Nurmuxamedovaning “Oilada nogiron farzandni

tarbiyalashning pedagogik xususiyatlariˮ mavzusidagi tadqiqotida hamda

M.X.Jo‘raxo‘jayevning “Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka

tartibdagi ta`limi samaradorligini oshirish mexanizmlariˮ mavzusidagi

tadqiqotilarida tadqiq etilgan.

MUHOKAMA

Uyda yakka tartibdagi ta’limda pedagogik ishlar o‘quvchi hayotining

ijtimoiy, hissiy, kognitiv sohalariga hamda o‘z-o‘zini anglashiga qaratilishi zarur.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

22

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun uyda ta’limning integratsiyalashgan

tizimini amalga oshirishda butun ta’lim davrida bolaning rivojlanishi uchun

psixologik, tibbiy va pedagogik yordam doimiy kerak.

Bilish faoliyatini rivojlanmay qolishi, aqli zaiflikni asosiy belgisi

hisoblanadi. Bu buzilish birinchi o‘rinda voqelikni aks ettirishga sezgi va idrokka

taalluqli. Nerv sistemasi buzilgan bolalarda bu psixik funksiyalar, sekin va bir

qator xususiyat hamda kamchiliklar bilan shakllanadi. Bu xususiyatlar o‘qish

jarayonida aniq namoyon bo‘ladi: bilib olish suratini sekinligi, grafikasi o‘xshash

harflarni, raqamlarni, predmetlarni, talaffuzi o‘xshash tovush va so‘zlarni

aralashtirib yuborish bularga misol bo‘la oladi.

Uyda ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy

moslashuvi - bu turli xil yashash muhitiga moslashishning ijtimoiy ijobiy

tajribasini, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yutuqlarga erishish jarayonida o‘zini

namoyon qilish va o‘zini o‘zi anglash tajribasini to‘plash qobiliyatini

belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim hisoblanadi. Bunday moslashuvchanlik uyda

ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolaga o‘z kasbini tanlashda va

keyinchalik kasbni egallashda muvaffaqiyatli o‘zini o‘zi belgilashga, mustaqil

hayotda o‘zini ijobiy va shaxsan namoyon etishga imkon beradi. Imkoniyati

cheklangan bolalarni uyda o‘qitish ularning ijtimoiylashuviga ta'sir qiladi hamda

oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalari

mutaxassislaridan ijtimoiy va pedagogik yordam talab qiladi. Bunday qo‘llab-

quvvatlash bolalar haqida bilish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini,

o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni

bashorat qilish va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘z-o‘zini

anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratishning

maqsadga muvofiq jarayonidir. Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy

moslashuvini shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash shaxsga

yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanadi. Ushbu yondashuvning mohiyati

bolalarning ijtimoiy o‘ziga xosligini, ularning sotsializatsiya ehtiyojlarini, ta’lim


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

23

va tarbiya muhitini, shuningdek, jamiyatga integratsiyalashuv istiqbollarini to‘liq

hisobga olishdan iborat.

Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan

shart-sharoitlar majmui quyidagilarni o‘z ichiga oladi: har

bir

bolaning

shaxsiyatini shakllantirishni

qo‘llab-quvvatlash

strategiyasini

belgilash

jarayonida uning individual o‘ziga xosligini hisobga olish, ijtimoiy moslashuv;

imkoniyati cheklangan bola oilasining mutaxassislar bilan munosabatda

ochiqligi; turli

hayotiy

vaziyatlarda

bolalarning ijtimoiy

moslashuvining rag‘batlantiruvchi ko‘rinishlari; uyda ta'lim beruvchi

o‘qituvchining imkoniyati cheklangan bola, uning oila a’zolari va maktab

pedagoglari bilan o‘zaro munosabatlarida hamkorlik va sheriklik.

Ota-onalar zarur imkoniyatlarni yaratib, tegishli soha mutaxassislari bilan

birgalikda hamkor bo‘lib ishlarni amalga oshirish, bolaning imkoniyatlariga loyiq

turli faoliyatlarga jalb etish, uning psixologik-fiziologik, jismoniy va aqliy

rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish bilan korreksiyalash ishlarini samarali

amalga oshirish uchun eng muhim zaminni vujudga keltiradi. Bu o‘rinda,

shifokor-pedagog-psixolog va ota-ona hamkorligi ilmiy asosda, barcha

psixologik-fiziologik jarayonlarni to‘g‘ri hisobga olib tashkil etilsa, yuqori

natijalarga erishish kafolatlanadi.

Dars mashg‘ulotlarning davom etishi bajariladigan faoliyatlarning

murakkablik darajasiga, o‘quvchining shu darsni o‘zlashtirish vaqtidagi sog‘lig‘i

va psixik holati hamda jismoniy imkoniyatlariga bog‘liq. Ushbu jarayon

o‘rganilayotgan mavzuning murakkablik darajasiga qarab 5-10 daqiqadan 20-25

daqiqagacha o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan uyda

yakka tartibdagi ta’limga jalb etilgan o‘quvchilarning aksariyatida tez toliqish,

diqqatining tarqoqligi, turli xil salbiy xatti-harakatlar paydo bo‘ladi. Bunday

holatlarni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, psixonevrologik

rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilarning foydali ish koiffitsyenti


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

24

darajasini oshirish o‘z vaqtida dam olish daqiqasini o‘tkazish va turli faoliyat

turlarini almashtirish orqali amalga oshiriladi. Dam olish daqiqasi butunlay

o‘quvchining holatiga bog‘liqdir. Agar kerak bo‘lsa, dars davomida istalgan

vaqtda yoqilishi mumkin. Dars va mashg‘ulotlar davomida foydali ish

koiffitsyentini maqbul darajasini saqlab qolish uchun o‘quvchilar miya katta

yarimsharlarining funksional holatini tezroq tiklashga qaratilgan turli

tadbirlardan foydalanishlari; ta’limga qiziqishni faollashtirish va oshirish

maqsadida tuzatuvchi o‘yinlar va mashqlar ko‘ngilochiq tomoshalardan

foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.

F.I.Kevlyaning fikriga ko‘ra “…o‘quvchilarning indidual xususiyatlarini

o‘rganish uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik yo‘l yo‘riqlar, usul

va vositalarni to‘g‘ri tanlash imkoniyat yaratadi. O‘qituvchi xuddi psixolog kabi

o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlar strategiyasi va taktikasini to‘g‘ri aniqlashi

uchun o‘quvchilarning har tomonlama diognostikasidan ma’lumotlar to‘plashi

kerakˮ.

NATIJA

Uyda ta’lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni

ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga

oladi:ijtimoiy individual ahamiyatga ega muammolarni aniqlash (bolalar

rivojlanishining o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, ularning ijobiy va salbiy

xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga sezilarli ta’sir qiladi va ular

bilan ijtimoiy-pedagogik ishlashda e’tiborga olishni talab qiladi; bolalar

hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilish jarayonida duch kelishi mumkin

bo‘lgan haqiqiy qiyinchiliklar, ularni yengish jarayonida ular ijtimoiy-pedagogik

yordamga muhtoj bo‘ladi; rag‘batlantirishga qaratilgan bolaning xatti-harakati

va o‘zini namoyon qilish istiqbollarini bashorat qilish usullari, shuningdek,

rivojlanish holatlarida o‘zini o‘zi anglashda eng munosib yordam bo‘lgan

qo‘llab-quvvatlashni ko‘rsatish; bolaning individual muhim ijtimoiy

muammolarini mustaqil ravishda yengishini ta'minlash (yordam, qo‘llab-


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

25

quvvatlash, rag‘batlantirish, o‘qitish, mashq qilish, maslahat berish va

boshqalar); bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish samaradorligini

baholash (ijtimoiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar, kasbiy yo‘nalishni

shakllantirish monitoringi).

O‘qituvchilarning faoliyatida og‘zaki nutqdan tashqari boshqa aloqa

vositalariga ega bo‘lishi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday aloqalarga

jismoniy va vizual aloqalar – o‘quvchining boshini silash, qo‘llarini ushlash,

yelkalarini quchoqlash kiradi. O‘qituvchilar bunday harakatlarni yurakdan

chiqarib bajarsa o‘quvchilar ularni juda aziz inson deb qabul qiladilar.

Muloqot va hamkorlik uyda yakka tartibdagi ta’lim jarayonida

yo‘naltiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi omil sifatida qaraladi. Darslarni olib

borishda ijobiy munosabatni shakllantirish uchun o‘quvchining dunyosiga yo‘l

topa bilish, quvonch-u qayg‘usiga sherik bo‘lish, ishonchini oqlay bilish lozim.

O.N.Maikina quyidagini ta’kidlagan edi: “Siz har doim o‘zingizning

xattiharakatlaringizni eslab qolishingiz kerak, chunki o‘quvchi uchun o‘qituvchi

nafaqat do‘st, maslahatchi, balki adolatning tirik timsoliˮ

O‘qituvchi o‘quvchining individual psixologik, shaxsiy xususiyatlarini,

vazifalarning tabiatini yaxshi bilishi orqaligina ushbu muhim masalada

muvaffaqiyatga erishishi mumkin. O‘qituvchi har doim o‘quvchining shaxsiy

xususiyatlarini tahlil qilganda unga yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun asos topa

olishi kerak. O‘qituvchi o‘quvchiga o‘qitish faoliyatida haqiqiy muvoffaqiyatga

erishishiga yordam berishga qodir bo‘lishi lozim. Bunga erishish uchun

o‘qituvchi o‘quvchiga ijobiy, do‘stona hamda xayrixoh munosabatni yaratishga

intilishi yaxshi natija beradi.

XULOSA

Uydagi ta’lim bolalarning bilim olish huquqlarini ta’minlash va ularning

ta’lim olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yo‘lga qo‘yish maqsadini ko‘zda

tutadi. O‘quvchilar dunyoqarashi va tasavvurini shakllantirish, fanlar bo‘yicha


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

26

bilim, hayotiy ko‘nikma hamda malakalarni singdirish, axloqiy-ma’naviy

jihatdan tarbiyalash, mehnatga tayyorlash kabi va boshqa vazifalarni bajaradi.

Aqliy, jismoniy va psixik rivojlanishi muammoli bolalar ta’limning qay bir

shakli, turiga jalb qilinmasin, ularga mos yondashuvlarni tanlash o‘ziga xos

murakkab, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni taqazo qiluvchi jarayon

hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun pedagog

o‘zi ta’lim berayotgan o‘quvchining shaxsiy, tibbiy, psixologik hamda pedagogik

o‘ziga xosliklari borasida ma’lumotlarni bilishi zarur. Ijtimoiy-pedagogik

yordam ortiqcha himoya bilan almashtirilmasligi kerak, balki bolaning o‘zini

namoyon qilishini rag‘batlantirishga, yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni

bartaraf etishga va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan o‘zini o‘zi

anglash tajribasini to‘plashga qaratilgan bo‘lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risidaˮ 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860 son qarori// O‘zbekiston

Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2021-yil 12-oktabr, 638-son.

2.

Рыжова,

Ольга

Семеновна.

Социально-педагогическое

проектирование

надомного

обучения

детей

с

ограниченными

возможностями здоровья: дис… кандидат педагогических наук. – Ростов-

на-дону. 2003. 241 с.

3.

Попова,

Людмила

Григорьевна.

Сойиально-педагогическое

сопрования формирования социальной адаптивности подростков,

обучающихся на дому, в условиях учреждения социального обслуживания

семьи и детей: дис… кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

4.

Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство

прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо

социалъной и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. – С.

5058.