Mualliflar

  • Murodova Mohinur Hoshim qizi
  • Yo'ldoshova Hilola Husan qizi
  • Xushvakova Dildora Shuxratovna

Muallif tarjimai holi

  • Murodova Mohinur Hoshim qizi

    Navoiy shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

  • Yo'ldoshova Hilola Husan qizi

    Navoiy shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

  • Xushvakova Dildora Shuxratovna

    Navoiy shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90970

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: zararli odatlar smartfonlar noutbuklar kompyuterlar raqamli texnologiya.

Annotasiya

ANNOTATSIYA:  Ushbu maqolada o’quvchilarning kundalik faoliyatlari, o’quvchilarning kun tartibi va mobil qurilmalardan foydalanish madaniyati, o’quvchilarda zararli odatlarni oldini olish, mukkasidan ketishning yo‘qotish yo‘llari, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish omillari bayon etilgan.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

13

O‘QUVCHILARDA KUN TARTIBI,MOBIL TELEFONLARDAN

FOYDALANISH MADANIYATI,ZARARLI ODATLARGA QARSHI

KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB

PSIXOLOGIK MASALALARI

Murodova Mohinur Hoshim qizi

Navoiy shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Yo'ldoshova Hilola Husan qizi

Navoiy shahar 17-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Xushvakova Dildora Shuxratovna

Navoiy shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o’quvchilarning kundalik faoliyatlari,

o’quvchilarning kun tartibi va mobil qurilmalardan foydalanish madaniyati,

o’quvchilarda zararli odatlarni oldini olish, mukkasidan ketishning yo‘qotish

yo‘llari, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish omillari bayon

etilgan.

Kalit so’zlar: zararli odatlar, smartfonlar, noutbuklar, kompyuterlar,

raqamli texnologiya.

KIRISH

Jahonning ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlarida global axborot xavfsizlik

makonini yaratish dolzarb vazifaga aylandi, axborotlashgan jamiyatning jadallik

bilan rivojlanishi tabiiyki, ta’lim-tarbiya jarayonida ham muayyan psixologik-

pedagogik omillarni hisobga olishni taqozo etadi. Xususan, globallashuv va

axborotlashuv asri yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishi bilan birga, ularning

ma’naviy-axloqiy, jismoniy va intellektual rivojiga salbiy ta’sir etuvchi xatarlarni

ham yuzaga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 9 sentyabrdagi O‘RQ-444-son

“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

14

to‘g‘risida”, 2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi

qonunlarida o‘quvchilarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga

tayyorlash hamda zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirishning

pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi. “Ommaviy

axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali

tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni

zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni

shakllantirish” uzluksiz ma’naviy tarbiyaning ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab

berilgan.

O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog’lom tarbiyalash

umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblanadi. Buning boisi shundaki,

jamiyatimizning barcha a’zolarida umumiy va o’z navbatida sog’lom muhitni

shakllantirmasdan turib, oliy maqsadimiz bo’lgan huquqiy demokratik davlatni

to’laqonli barpo etib bo’lmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda o’quvchilarning “Internet kafe”larda kompyuter qarshisida

o’tirib kunlarini o’tkazishi sir emas. U yerda yoshlarimiz nimalarni o’rganayapti?

Ular bizning milliy mentalitetimizga yot bo’lgan, behayo, jangari, insonda

agressiv holatlarni kuchaytiradigan kinofilmlar tomosha qilmoqda, har xil

o’yinlarni ishtirokchisiga aylanmoqda. Bunday zararli odatlarning hammasi

insoniyat salomatligi va ruhiyatiga katta putur yetkazadi. Shuni aytish kerakki,

uzoq muddat televizor ko’rish, uyali telefondan ko’p foydalanish hamda

kompyuter bilan uzoq vaqt ishlashning, zararli va ayanchli oqibatlari haqida to’liq

tushunchaga ega emaslar.

Zararli odatlar aqliy va jismoniy kamolotning makkor dushmani. Ko’rinib

turibdiki, zararli odatlar o’smir ta’lim tarbiyasiga, jismoniy kamolotiga salbiy

ta’sir ko’rsatadi. O’smirlik asosan 11 dan 16 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga

oladi. Bu davrda o’smir organizmining o’sish va rivojlanishi tezlashgan bo’lishi,

organ va organizm funksiyalarini takomillashuvi kabilar bilan xarakterlanadi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

15

Ko‘p milliard dollarlik elektron ko‘ngil ochar sohalar global miqiyosida

innovatsiyalar kengayishda davom etmoqda. Raqamli media shaxsiy va ijtimoiy

manfaatlarga ega. Smartfonlar, noutbuklar, kampyuterlar va o‘yin

pristavkalaridan ortiqcha foydalanish o‘quvchilar salomatligi uchun salbiy

oqibatlarga olib keladi. Meyordan ortiq foydalanish xulq-atvorga qaramlik

(masalan, qimor o‘yinlari) bilan mos keladigan disfunksional (ishlamaydigan,

buzilgan) xatti-xarakatlar namunasiga aylanishi mumkin. Ko‘plab raqamli media

faoliyati, jumladan ijtimoiy media va onlayin o‘yinlar xatti-xarakatlarni kuzatish,

ijtimoiy ma’lumotlarni manipulyatsiya (boshqarish, ta’sir o‘tkazish) qilish va

boshqa taktikalarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan. JSST video o‘yinlarni

o‘ynashda chegaradan chiqib ketish xolatlarini rasman tan oladi, ba’zi ekstremal

foydalanuvchilarni “patologik” foydalanuvchilar xisoblanadi. Tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, ba’zi insonlar, ayniqsa o‘smirlar himoya choralari bo‘lmasa video

o‘yinlarni o‘ynashda chegaradan o‘tishi mumkin xamda foydasiz texnologik

odatlarni rivojlantirishga boshqalarga qaraganda ko‘proq ximoyasizdirlar.

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha tavsiyalar ma’lum tadbirlarga masalan, onlayn

o‘yinlarga jalb qilish yoshini kechiktirishni va shu vaqt ichida ekran vaqtini

cheklashni o‘z ichiga oladi. Biroq, yuqori foydalanish imkoniyati va arzonligi,

raqamli qurilmalar uyda, ishda va maktabda borligi bunday tavsiyalarni amalga

oshirishni kiyinlashtiradi. Zararli odatlarni oldini olish xarakatlari quyidagilarni

o‘z ichiga oladi:

Birlamchi prafilaktika umumiy axolining barcha vakillariga tushunarli

bo‘ladi. Raqamli texnologiyalarga asoslangan muammolar bilan bog‘liq zararlar

xaqida xabardorlikni targ‘ib qilishni o‘z ichiga oladi. Xaddan tashqari

foydalanish, o‘rtacha foydalanish darajasiga rioya qilish va sog‘lom turmush

tarzini tarzi, parxez va jismoniy mashqlar shular jumlasidan.

Birlamchi profilaktika quyidagilar:

1.

Ta’lim resurslari, masalan sog‘lom foydalanish bo‘yicha

yo‘riqnomalar (kuniga foydalanish soatlarini cheklash), internetdan unumli


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

16

foydalanishni oshirish uchun raqamli savodxonlik kurslari, jismoniy faoliyat

bo‘yicha tavsiyalar (kuniga 30 daqiqa jismoniy mashqlar) va targ‘ib qilishga

tuzilgan tashqi faoliyatlar;

2.

Onlayn o‘yin xizmatlarini majburiy o‘chirish kabi qonun chiqarish

yoki tartibga soluvchi xarakatlar, kuning ma’lum vaqtlarida va o‘yin

maxsulotlarini ma’lum vaqtda sotishni oldini olish ishlarini amalga oshirish

nazarda tatiladi;

3.

Texnologik

choralar,

masalan

ota-ona

nazoratlari,o‘yin

pristavkalarida vaqt chegarasini sozlash, smartfonlarni olib yurish o‘rniga soatlar

taqish, qalqib chiquvchi oyna kurilmada sarflangan vaqt xaqida bildirishnomalar;

Uchinchi darajali profilaktika strategiyalari yuqori xavf ostida bo‘lgan

shaxslarga qaratilgan. Bu shaxslarga ambulatoriya davolash imkoniyatlari va

statsionar klinikalar yoki reabilitatsiya markazlari xizmat ko‘rsatadi. Uchinchi

darajali profilaktika misollari:

1.

qo‘llab-quvvatlash guruxlari, jumladan jamoat guruhlari va onlayn

o‘z-o‘ziga yordam hamjamiyatlari;

2.

ambulator tibbiy va ruhiy salomatlik xizmatlari, shu jumladan ruhiy

kasalliklarni davolash (masalan kayfiyatni buzilishi, shaxsiy muammoliri,

uyqusizlik) va tibbiy muammolar (masalan, ishga joylashishga to‘sqinlik

qiladigan jaroxatlar) o‘yin muammolariga asos bo‘lishi yoki hissa qo‘shishi

mumkin;

3.

psixologik ijtimoiy reabilitatsiya, shu jumladan “raqamli detoks” va

boshqa tizimli dasturlar, yuzma-yuz ijtimoillashuvini, tabiatda o‘tkaziladigan

vaqtni oshirish va muqobil qiziqishlarini rivojlantirishga e’tibor qaratish

4.

zararini kamaytirish uchun o‘yinni tartibga solish, simptomlar va

strategiyalar haqida maxsus ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan psixota’lim.

O‘quvchilarni texnomaniyadan uzoqroq turishi uchun:

1.

Texnologik qurilmalarni ishlatish o‘riniga qiziqarli interfaollardan

foydalanish. (darslarda, darsdan ham tashqari)


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

17

2.

Texnologiyalarda o‘yin o‘ynashdan oldin ro‘yxat tuzing.

3.

Texnologiyalarda o‘yin o‘ynash vaqtlari sekin-asta kamaytirib

borish (darxol to‘xtatib qo‘ymaslik kerak).

4.

Mukkasidan ketishni yo‘qotish yo‘llari - yotoqxonaga telefon olib

kirmaslik

- telefon, smartfonni o‘rnini yoqtiradigan narsalar bilan

almashtirish mobil qurilmalarni 30 minut oshiq ishlatmaslik.

Bolalar yotoqxonasidan elektron qurilmalarni olib tashlash va uzoqroqqa

joydashtirish. Bolalar texnologiya vaqtini kamaytirgandan so‘ng ularni sovg‘alar

bilan xursand qilish.

Bolani qiziqib ko‘rayotgan videolarini kuzatib, videodagilarni xaqiqiy

xayotda bajartirish. (vertuallikdan-reallikka yo‘l) Masalan: janglarni ko‘rib

borsa, sportga olib borish.

Internetga qaramlik darajasini sezilarli kamaytirishda maslaxat dasturlari

belgilanadi, vaqtni boshqarish, shaxslararo munosabatlar va sog‘liq

muammolarini yaxshilashda samaralidir. Kognetiv hulq- atvor psixoterapiyasi

depressiyada ijobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Sport bilan shug‘ullanish

zararli odatlarning barcha belgilarini yaxshilashni ko‘rsatadi.

Texnologiyaga asoslangan muammolarda sog‘liqni saqlash mutaxasislari

bilan maslaxatlashish lozim. Kampaniyalar Microsoft, SONI, va Nintendo vaqt

chegaralarini belgilash bo‘yicha onlayn qo‘llanmalar va video namoyishlarni

taqdim etadi va ularning o‘yin tizimlarida aniq cheklovlar bor. Yirik onlayin

xizmat ko‘rsatish kompaniyalari, masalan Apple va Google ota-onalar uchun

maxfiylik, filtrlash va monitoring imkoniyatlarini tushuntiriuvchi xavfsiz

foydalanish yo‘riqnomalarini ishlab chiqdi. Texnologik o‘yinlar bilan bog‘liq

zararlarning yanada aniqlangan o‘lchovlarini, shuningdek, birgalikda

kasalliklarni bartaraf etish choralarini o‘z ichiga olishi kerak. Zararli odatlar

depressiya kabi boshqa ruxiy kasalliklarning, tashvish, diqqat etishmasligi,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

18

giperaktivlik yoki raqamli ma’lumotlardan foydalanishga ta’sir qilishi mumkin

bo‘lgan boshqa omillarni keltirib chiqaradi. Kelajakda raqamli texnologiyadan

foydalanishda qanday muammolar paydo bo‘lishi va davom etishini tushunib

olish

uchun

muqobil

istiqbollarni

ko‘rib chiqish kerak. Raqamli

texnologiyalardan foydalanish muammosida skrining moslamasi umumiy

foydalanish uchun qulayroq masalan, ilova yoki veb-saytda o‘zo‘ziga xisobot

berish ro‘yxati shaklida. Bugungi kunga kelib Janubiy Koreya va Xitoyda

profilaktika tadqiqotlari olib borildi xamda muammolarga qarshi kurashish uchun

manbalarni ustuvorligini, sarflanishini ta’minladi. Profilaktika bo‘yicha

tadqiqotlar maktab ta’limida o‘quvchilarda sog‘lom internetdan foydalanish

odatlarini o‘rgatish dasturlariga katta e’tibor qaratildi.

Sanoatlashgan jamiyatda tug‘ilgan shaxslar muxitida raqamli texnologiyalar

doimo mavjud bo‘lib, xayotning ajralmas qismi xisoblanadi. Raqamli dunyoda

ruhiy salomatlik bu kundalik hayotdir. Asosiy muammo sifatida oldini olish

mumkin bo‘lgan samarali choralarni aniqlashdan iborat. Ijtimoiy soxalar borgan

sari ko‘proq e’tiborini internet va o‘yinlarga qaramlik haqidagi tasavvurga

qaratmoqda.

Yurtboshimiz tomonidan madaniyat markazlari va umumta’lim

maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib to’garak tashkil etish,

tashabbuskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda,

madaniyat markazlarida badiiyhavaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va

“Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi ta’kidlab o’tilgan

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytamizki, o’quvchilar bo’sh vaqtlarini ko’proq o’z

qiziqishlariga qarab o’tkazadilar. Badiiy kitoblar o’qish, bichish-tikish,

teleko’rsatuvlar ko’rish, rasm chizish o’quvchilar uchun 1,5-2,5 soatni tashkil

qilishi kerak. To’garaklar, sport musobaqalariga qatnashish haftasiga 2 marta 45

minutdan 1,5-2 soatgacha bo’lishi maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar kun


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 2-son May , 2025

19

tartibidan o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy-foydali mehnat ham o’rin egallashi

zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni

o’tkazgan vidioselektrda so’zlalagan nutqi. https://xabar.uz/kmd.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi

“Yoshlar – kelajagimiz Davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5466-son Farmoni //

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y., 07/18/3907/1706-

son.

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi -

Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-

tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari

to’g’risida‖gi PQ3907-son Qarori Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

15.08.2018 y., 07/18/3907/1706- son.

4.

M.N.Ismoilov “Bolalar va o’smirlar gigienasi” Toshkent -1994 yil.

5.

D.J.SHaripova

“Talabalarda

sog’lom

turmush

tarzini

shakllantirish”. “Farg’ona” nashriyoti -2010 y.

6.

N.Abdulazizova, S.Evatov Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida zararli

odatlarni oldini olish omillari. Журнал вестник Каракалпакского

государственного университета имени Бердаха.Том 25. №4. Стр 38-41