Mualliflar

  • Nilufar Axmadova Parda qizi

Muallif biografiyasi

  • Nilufar Axmadova Parda qizi

    Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 35 maktab psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90981

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ehtiyoj ehtiyoj turlari moddiy ehtiyoj ma’naviy ehtiyoj transformatsiya va boshqalar.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Maqolada shaxs ehtiyojlari shakllanishi, uning takomillashtirish va transformatsiyasi o‘z ifodasini topdi. Shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda shaxs ma’naviy ehtiyojlarning tarkib topishining ilmiy asoslari, shakllantirish omillari, shart-sharoitlar va uni transformatsiya qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, sharq va g‘arb olimlarining, shuningdek, respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan yetuk psixolog olimlarining ushbu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarining natijalari ochib berilgan. 


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

350

INSONDAGI EHTIYOJLAR SHAKLLANISHINING

PSIXOLOGIK VAZIFALARI

Nilufar Axmadova Parda qizi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 35 maktab psixologi

ANNOTATSIYA: Maqolada shaxs ehtiyojlari shakllanishi, uning

takomillashtirish va transformatsiyasi o‘z ifodasini topdi. Shuningdek, ijtimoiy

jarayonlarda shaxs ma’naviy ehtiyojlarning tarkib topishining ilmiy asoslari,

shakllantirish omillari, shart-sharoitlar va uni transformatsiya qilishning

ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, sharq va g‘arb olimlarining, shuningdek,

respublikamizdagi ko‘zga ko‘ringan yetuk psixolog olimlarining ushbu

yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarining natijalari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar: Ehtiyoj, ehtiyoj turlari, moddiy ehtiyoj, ma’naviy ehtiyoj,

transformatsiya va boshqalar.

KIRISH

Hozirgi zamonda jamiyatni yangilanishining ijtimoiy-psixologik tahlillar

asosida uning transformatsiyasi xususiyatlarini hamda uning nazariy va

metodologik asoslari, shuningdek, shaxsning ma’naviy ehtiyojlarining

transformatsiyasining sabab va oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar

tadqiq etilmoqda. Mazkur muammo ham barcha davrlarda tadqiqotlar ob’ekti

bo‘lib kelgan. Shu nuqtai-nazardan qaraganda sharq va g‘arb olimlarining

tadqiqotlarida, asarlarida muhim ilmiy ob’ekt, yеchimini kutayotgan muammo

sifatida qaralib kelingan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy,

Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Zaxriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy,

Ibn Sino,

Zamaxshariy kabi sharqning buyuk olimu - ulamolari, mutafakkiru-

donishmandlarining asarlarida xalqning orzulari, intilishlari, qiziqishlari, maqsad


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

351

va mafkurasi, motivlari va motivatsiyalari hamda ehtiyojlarning shakli,

mazmuni, turli-tuman ko‘rinishlariga oid g‘oyalar, qarashlar tahlil etilgan.

Shuningdek, shaxsning ma’naviy ehtiyojlarini tadqiq etishning

metodologik asoslarini klassik olamdagi tadqiqotchilar shaxs ma’naviy

ehtiyojlari holatini, mazmunini, tarkibini, atributlarini, ta’sir ko‘rsatuvchi

ob’yektiv

shart-sharoitlarni

va

sub’yektiv

omillarni

mamlakatimiz

psixologlaridan

E.G‘oziyev,

A.Safiyev

,

V.Karimova,

A.Jabborov,

D.Muxamedova,

B.Umarov,

X.Ruxiyeva,

I.Maxmudov,E.Sattarov,

I.Xudoyberdiyev, M.Mamatov, L.Tursunov, X.Alimov, Sh.M Ulug‘ova,

A.Rasulov va boshqa taniqli olimlar ma’naviy ehtiyojlar ta’sir ko‘rsatuvchi

ijtimoiypsixologik faktlarni muammo sifatida tadqiq etishgan.

Hozirgi kunda zamonaviy ijtimoiy psixologiya fanida ehtiyojlarning bir

necha o‘nlab tasnifi mavjud. Tadqiqotimizning

maqsadiga muvofiq ravishda, biz

zamonaviy shaxs ehtiyojlarining shakllanishining asosiy yo‘nalishlarini

belgilash, ajratishda belgilovchi ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi tasniflarini ilmiy

tahlil etamiz. Ma’lumki, ehtiyojlarning mazmuni, ularning sifat va miqdoriy

xarakteristkalari faoliyat asosida, determinatsiya qilinadi, shuning uchun

ehtiyojlarni tasniflashning asosiy yo‘nalishlaridan biri faoliyatning asosiy

turlariga ko‘ra tasniflashdan iborat – moddiy-ishlab chiqarish, ijtimoiy-siyosiy,

ma’naviy – mehnatga bo‘lgan ehtiyoj, ijtimoiy-siyosiy faoliyat ehtiyoji, ma’naviy

ehtiyojlarning turli shaklllari: axloqiy, estetik, badiiy va hokazo kabi ehtiyojlar

ajratib ko‘rsatiladi. Biroq bu ehtiyojlarning turli-tumanligi faqat ularni

belgilaydigan faoliyat turlari bilan cheklanib qoladi degan ma’noni bermaydi. Bir

ehtiyojning o‘zi masalan, axloqiy yoki estetik turli faoliyat – mehnat, ijtimoiy-

o‘zgartiruvchi, muloqot sohasidagi turlari bilan qondirilishi mumkin. Shu bilan

birga, faoliyatning birgina turi masalan, mehnat faoliyati bir emas, bir necha

ehtiyojlarni qondirishi mumkin.

Ijtimoiy munosabatlarning asosiy turlariga ko‘ra biz shaxs ehtiyojlarining

ikki guruhini: moddiy ва ma’naviy hамда uchinchi– moddiy-ma’naviy guruhini


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

352

ajratishimiz ham mumkinki, uni moddiy yoki ma’naviy guruhga tom ma’noda

ajratib kiritib bo‘lmaydi. Albatta, ehtiyojlarni u yoki bu guruhga kiritish ma’lum

darajada shartli hisoblanadi, chunki moddiy ehtiyojlarda ma’naviy mazmuni

mavjud, “ma’naviy ehtiyojlar” esa “moddiy ehtiyojlar” bilan bog‘liq. Shu

sababdan, moddiy yoki ma’naviy ehtiyojlar haqida so‘z ketganda ular ustunlik

jihatdan xuddi shunaqa (moddiy yoki ma’naviy) ekanligiga aniqlik kiritib olish

kerak. Masalan, kiyimga bo‘lgan ehtiyoj nafaqat moddiy bo‘libgina qolmay, u

ma’lum darajada estetik, ma’naviy ehtiyojlarning namoyon bo‘lishi ham

hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyotining o‘sib borishi bilan birga hirsiy “emotsional”

ehtiyoj ham yorqin aks etadigan ma’naviy mazmun kasb etmoqda.

Ba’zi ehtiyojlarning bizni qiziqtirayotgan aspektdagi (jihatdagi) o‘rnini

statusini aniqlash oson ish emas. Ular qatoriga, masalan, tabiat bilan muloqot

qilish ham kiradi. Shu paytgacha moddiy ehtiyojlarga bo‘lgan yondashuvga ko‘ra

bundaylar qatoriga, asosan, inson organizmini, uning jismoniy yashashini

borlig‘ini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyojlar kiritiladi. Shu asnoda, L.P.Buyevaning

nuqtayi nazarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Olimaning fikricha, moddiy ehtiyojlar

tizimini, jumladan, tabiat bilan muloqot ehtiyojini kengroq tushunish zarurligini

ta’kidlaydi. Olimaning fikriga ko‘ra, “Insonning moddiy ehtiyojlari tizimi

jamiyat moddiy hayotini qayta ishlab chiqarish va rivojlanishi jarayonining turli

tomonlarini aks ettiradi. Ushbu tizim insonning mehnat jarayonida amalga

oshadigan tabiat va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini ishlab chiqarishning

yaxlit, yagona usulida qamrab oladi”. Boshqa nuqtayi nazar ham mavjud. Bunda

diqqat e’tibor tahlil qilinayotgan hodisa, fenomen avvalambor ma’naviy ehtiyoj -

estetik, axloqiy va boshqa ehtiyojlarning o‘ziga xos sintezidir degan fikrga

qaratiladi. Albatta, har bir jamiat o‘ziga xos tabiatga bo‘lgan tor pragmatik, faqat

iste’mol qilish munosabatini yеngib o‘tish bilan, zamonaviy jamiyat tabiat bilan

birga o‘zaro aloqani shakllantiradi va bu aloqalarda inson sub’ektivligining

yuqori va nozik tomonlari namoyon bo‘lishi” aks ettiriladi. Zamonaviy

jamiyatning taraqqiyoti davomida biz o‘rganayotgan ehtiyoj turi, bizning

fikrimizcha, asosan moddiy ehtiyojligicha qolsa ham, yanada ko‘proq


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

353

ma’naviylik kasb etadi. “Faqat sayr qilish, turizm paytidagi tabiat bilan muloqot,

balki mehnat qilayotgan paytda, jamoa shaklida uning estetik o‘zgarishi,

“jumladan, bog‘-tomorqalaridagi (uchastkalaridagi) tabiat bilan muloqot ham

umumiy ehtiyojga aylanadi” degan fikrga qo‘shilmasdan bo‘lmaydi.

Shaxsning ehtiyojlaridan a) “ovqatlanish”; b) “kiyinish”; v) “uy-joyga”; g)

“hirsiy/jinsiy”; d) “jismoniy”; e) ”salomatlik”, uni saqlash va tibbiy xizmat; j)

tabiat bilan o‘zaro faoliyatga (muloqotga) bo‘lgan ehtiyojlar tabiiy, asosan bular

moddiy ehtiyojlar qatoriga kiradi. Bir qator mualliflar tabiat bilan muloqotga

nisbatan ehtiyojni boshqa ba’zi ehtiyojlar bilan chambarchas bog‘liq majmua

shaklida ekologik ehtiyoj deb ham ataydilar. Asosan ma’naviy ehtiyojlar qatoriga

a) ilmiy dunyoqarashga bo‘lgan ehtiyoj; b) nazariy-o‘rganishga (bilim olishga);

v) axloqiy; g) estetik va badiiy; d) ma’naviy muloqotga bo‘lgan ehtiyoj; е)

hayotning mohiyatini (mazmuni) izlash va amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyojlar

kiradi. Shu o‘rinda ehtiyojlar haqidagi bilimlarimiz chuqurlashib borgani sayin

ehtiyojlar tizimining o‘zi ham yangi elementlar bilan to‘lib boradi. Masalan,

“estetik ehtiyojlar” bilan bir qatorda san’at funksiyasi bilan qanoatlantiriladigan

badiiy ehtiyojni ham ajratib ko‘rsatish asoslanib berilgan edi.

Ehtiyojlarning navbatdagi guruhiga biz “mehnat” va “ijtimoiy-siyosiy

faoliyatga” bo‘lgan ehtiyojlarni kiritamiz. Ularning tahlili bundan oldin zikr

qilingan ehtiyojlar guruhlarini chuqurroq tushunish uchun asosiy rol o‘ynaydi.

Shu asnoda, ijtimoiy ehtiyojlarning zamonaviy sharoitdagi umumiy tuzilmasida,

strukturasida moddiy va ma’naviy jihatlari bir-biriga yaqindan bog‘lanib

ketadigan ehtiyojlarning ko‘lami oshib borayotganligini ta’kidlab o‘tish lozim.

Boshqacha qilib aytganda, mehnat va ijtimoiy-siyosiy faoliyatga bo‘lgan

ehtiyojlar moddiy va ma’naviy jihatlarning birligi, yaxlitligi bilan xarakterlanadi.

Ya’ni mehnatga bo‘lgan ehtiyoj sintetik ehtiyoj bo‘lib, unda moddiy va ma’naviy

ehtiyojlarning elementlari mavjud. Ijtimoiy-siyosiy faoliyat moddiy-amaliy

faoliyatlarning asosiy turlaridan biri bo‘lganligi sababli, unda ehtiyoj moddiy

ehtiyoj jihatlari majud. Biroq, ushbu ehtiyoj tarkibida mehnatga bo‘lgan ehtiyoj


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

354

ham, ma’naviy ehtiyojning o‘rganishga (bilim olishga), muloqotga va

hokazolarga bo‘lgan ehtiyojlar kabi elementlari ham mavjud.

Bizning fikrimizcha, bu еrda moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining

jihatlarning dialektikasi aniq namoyon bo‘ladi. Zamonaviy shaxs moddiy

ehtiyojlarining shakllanish jarayonida moddiy jihat ma’naviylashadi, g‘oyaviy

mazmun bilan to‘ldiriladi. O‘z navbatida, ma’naviylik moddiylashadi,

ob’ektivlashadi. Ma’naviy jihatning moddiylashuvida, shaxsning “ma’naviy

intilishlarining”, “g‘oyaviy qiziqishlarining” ob’ektivlashuvida, ideallik va

voqelikning “bir-biriga qo‘llab bo‘lmaslikni” еngib o‘tishda, avvalambor,

amaliyot yеtakchi rol o‘ynaydi va amaliyotning asosiy turi sifatida ishlab

chiqaruvchi mehnat dastlabki o‘rinda turadi. Zamonaviy shaxs ehtiyojlarining

shakllanish jarayonida mehnat va amaliyotning har qanaqa boshqa asosiy turi –

ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ushbu jarayonning ham maqsadi va ham moddiy asosi

hisoblanadi. Biroq bu kelajak jamiyatida inson faoliyati shaxs ehtiyojlaridan

mustaqil, xoli bo‘ladi degani emas. Bunda mehnatga bo‘lgan ehtiyoj mustasnodir.

Zero, mehnatga bo‘lgan ehtiyojning ulkan ahamiyati borligi bilan bir qatorda,

inson xulq-atvorini belgilovchi determinant boshqa ehtiyojlarning ma’naviy,

estetik va boshqalar ahamiyatiga past baho bermaslik kerak.

Mehnatni zamonaviy shaxsning “yetakchi ehtiyoji” deb tushunish ularning

tizimida moddiy ehtiyojlarning o‘rnini belgilash imkonini beradi. Moddiy

ehtiyojlarni qondirish bilan inson dastavval moddiy va ma’naviy boyliklar

iste’molchisi sifatida amal qiladi. Mehnatga bo‘lgan ehtiyojni qondirish

jarayonida esa inson ularning yaratuvchisidir va “o‘zida ishlab chiqariladigan va

iste’mol qilinadigan narsa va xizmatlar doirasidan tashqariga chiqadigan

qobiliyatlar va ehtiyojlarni rivojlantiradi”.

Ajratib ko‘rsatilgan asosga ko‘ra, ehtiyojlarning biz taklif qilgan tasnifi

to‘la bo‘lmasada, shaxsning ko‘plab ehtiyojlarini qamrab olishga imkon

beribgina qolmay, balki ularni tizimga solish imkonini ham beradi deb o‘ylaymiz.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

355

XULOSA

Yuqorida keltirilgan ehtiyojlar guruhlarining har birida o‘ziga xos

xususiyatlari bor va zamonaviy shaxsni shakllantirishda ularni hisobga olish

lozim. Masalan, moddiy ehtiyojlarning ma’naviy ehtiyojlardan muhim bir farqi

allaqachon ularning nomidayoq mujassamlangan bo‘lib, unda moddiy ehtiyojlar

umuman olganda iste’mol (sarf bo‘lish, utilitar) tabiatiga ega. O‘zining moddiy

ehtiyojlar tipiga ko‘ra– ovqatga, kiyimga, poyafzalga bo‘lgan ehtiyojlarini

amalga oshirish bilan inson o‘zining ushbu ehtiyojlarini qondiruvchi

predmetlarni o‘zlashtirib, o‘ziniki qilib oladi va ularga ega bo‘lishdan ularni

tasarruf etishdan to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy foyda oladi. Ma’naviy ehtiyojlarini –

axloqiy, estetik, bilim olish, o‘rganish, ehtiyojlarini amalga oshirishda inson

aksariyat hollarda o‘zining shaxsiy “men” jihati, tor shaxsiy manfaatlar

doirasidan tashqariga chiqadi va ijtimoiy qadriyatlarga erishadi, ularning bir

qismiga aylanadi. Shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun moddiy

ehtiyojlarining ma’naviylashuvi juda muhimdir. Ma’naviy ehtiyojlarning mavjud

xarakteristikasi ularda moddiy ehtiyojlarga qaraganda ko‘proq sub’ektiv jihat

namoyon bo‘ladi. Ushbu holat (fakt) shaxs uchun ushbu ehtiyojlarni qondirishga

tanlov, erkinlik qanday darajada ta’minlanishidan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. T. Abdulla Qodiriy

nomidagi Xalq merosi nashriyot -1993, -246 bet.

2.

Temur tuzuklari. Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi. T.:

O‘zbekiston. 2018. 14b

3.

Yusuf Xos Xojib. Qutadg‘u bilig.-T. Fan.197, -402b.

4.

Abu Rayxon Beruniy. Mineralogiya. Izd, prizv. T. Z. –T.1966 -308b.

5.

Abu Rayxon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar . –T.

Fan. 1968. -

375b.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

356

6.

G‘oziev E. Faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi. –T.Universitet

2003.

7.

G‘oziev E. Yuksak xislarni shakllantirish. Xalq ta’limi 1-son 2005.

8.

Буева Л.П. Человек, деятельности и общения.-М. Вопросы

философии:-№5

1978. С.138

9.

Anikeev N.P. Jamoada ruxiy muhit. -O‘qituvchi, 1993-252 b.

10.

Козлова О.В. Психология современной семьи. –М:.

Просвешение. 1988.с 210