Mualliflar

  • Adilova Dilafruz Rustamjonovna

Muallif biografiyasi

  • Adilova Dilafruz Rustamjonovna

    Toshkent shahar Yashnobod tumani 23-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90982

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ta'lim bolalar nogironlar maxsus ta'lim umumiy ta'lim inklyuziv ta'lim ijtimoiy ajratish maktab yaxlit jins umumiy ta'lim muassasalari.

Annotasiya

Annotatsiya: Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta'lim madaniyati! Salamanka deklaratsiyasiga muvofiq xar bir o'quvchi xususiyatlarini isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi va ma'qullovchi dalil sifatida qaraladi. Uning maqsadlari jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyati va qobiliyati farqlar sabab ijtimoiy segregatsiya oldini olish uchun emas. Biroq, kontseptsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo'lib chiqdi. Dunyo tajribasiga ko'ra, maktablarda kiritish ko'pincha tengdoshlari bilan birga o'rta maktablarda nogironlar ta'lim sifatida qaraladi (Judi Kugel'mas) biroq, inklyuziv ta'lim mohiyati bilim va bilim hali jamiyatda etarli emas."Inklyuziv "va" integrallashgan " terminlari ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi. Lekin falsafada bu tushunchalar o'rtasida katta farq bo'lishiga qaramay.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

344

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV

TA’LIMGA OʻQITISHNING PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI

Adilova Dilafruz Rustamjonovna

Toshkent shahar Yashnobod tumani 23-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi

kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda

Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi,

imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta'lim

tizimida ta'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta'lim tizimi amalga

oshirilmoqda. Inklyuziv ta'lim madaniyati! Salamanka deklaratsiyasiga muvofiq

xar bir o'quvchi xususiyatlarini isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi va

ma'qullovchi dalil sifatida qaraladi. Uning maqsadlari jinsi, irqi, madaniyati,

ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyati va qobiliyati farqlar sabab ijtimoiy

segregatsiya oldini olish uchun emas. Biroq, kontseptsiya universal foydalanish

uchun yaroqsiz bo'lib chiqdi. Dunyo tajribasiga ko'ra, maktablarda kiritish

ko'pincha tengdoshlari bilan birga o'rta maktablarda nogironlar ta'lim sifatida

qaraladi (Judi Kugel'mas) biroq, inklyuziv ta'lim mohiyati bilim va bilim hali

jamiyatda etarli emas."Inklyuziv "va" integrallashgan " terminlari ko'pincha bir

xil ma'noda ishlatiladi. Lekin falsafada bu tushunchalar o'rtasida katta farq

bo'lishiga qaramay.

Kalit so’zlar: Ta'lim, bolalar, nogironlar, maxsus ta'lim, umumiy ta'lim,

inklyuziv ta'lim, ijtimoiy ajratish, maktab, nogironlar, yaxlit, jins, umumiy ta'lim

muassasalari.

KIRISH

Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida

bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular

jumlasiga quyidagilar kiradi: Salbiy munosabat; Hamjamiyatda ko’rinmaslik;

Moddiy mablag’ muammolari; Jismoniy moslashtirish; Sinfdagi o’quvchilar soni;


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

345

Qaramlik; Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va

qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim

muasasalari tizimida ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak.

Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat

a’zolari, o’qituvchilar, umumta’lim muassasalari hodimlari, boshqaruv

organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta’lim

muassasalarida ta’lim tarbiya olishlariga nisbatan qashiliklari va buni

istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr,

ular to’g’risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning

chegaralangan muhitda o’sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko’rinmaslik

muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar

otaonalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hyech kimga

ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to’g’risida hyech bir

ma’lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok

etishdan mahrum bo’ladilar.

Ular to’g’risida hyech bir ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya

muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik,

tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Inklyuziv

ta’limda nogiron bollalarni o’qitish va tarbiyalash muammolari haqida qisqacha

tahlil olib borildi. Крыжановская Л.М. “Психологическая коррекция в

условиях инклюзивного образования. Пособие для психологов и педагогов”

nomli kitobi mantiqiy tahlil sifatida olindi.

MUHOKAMA VA

NATIJALAR

Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab

etiladi:


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

346

-

ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim

olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish,

ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni

amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga

oshirish;

-

o’quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;

-

jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning

extiѐjlarini qondirish, ijtimoiy xaѐtga erta moslashtirish;

-

imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda

yashash xuquqini ruѐbga chiqarish;

-

jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona

va mexr-muxabbatli munosabatni shakllantirishdir.

Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni

joriy etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron

bolalarga nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning

hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning

maktabda ko‘rinmaslik muammosi; Moddiy mablag‘ muammolari; Ta'lim

muassasalarini moslashtirish; Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi;

Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; Imkoniyati cheklangan

bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar;

Kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati

cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida

keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat

bor?

Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson

kechmaydi.

Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar

kiradi:


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

347

Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon

beradi;

Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;

Kamsitishlarni oldini oladi;

Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.

Inklyuziv ta'limning prinsiplari:

1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas. 2.

Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va

muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga muxtoj. 5. Shaxsning

to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma

kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim

oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki

nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haѐtini har tomonlama

ko‘chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo‘yidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga

oladi; maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy

ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-

xunarga tayѐrlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim

muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida dastur va

darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi

integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig mazmun – moxiyati, maqsadi,

vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi.

Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni

o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-

ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga

oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi.

Bunday psixik muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni

to‘g‘ri ketmaketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin.

L.S.Vigotskiy ijtimoiy muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun

birinchi darajali ahamiyatga egadir, degan g‘oyani ilgari suradi, Xuddi

shuningdek, u imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishini ildizi yomon


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

348

o‘simlikka o‘xshatadi. «Uning ingichkagina ildizlari oziqlantiruvchi tuproqning

qatlamlari va shakliga mos kelmaydi. Ular o‘zo‘zicha tuproqning oziqa beruvchi

qatlamlariga yetib borolmay, quruq va zaharli qatlamga kirib qoladi. Bunday

o‘simlik muvofiq sharoitlarda gullashi mumkin edi, biroq odatdagi sharoitda

taraqqiyotning cho‘qqisiga yetmasdan, bujmayib so‘lib qoldi», deydi. Binobarin,

ta'lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o‘ziga xos tomonlari, milliy

an'analari,

urf-odatlari,

davlatning

maqsad-vazifalari

hamda

tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga

olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan

bolalarda kattalar bolaning rayiga, mustaqil bo‘lishiga qarshi turmasdan, mumkin

qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish

jarayonidagi qiyinchiliklar o‘z-o‘zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan

bolada o‘jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo‘lishi bu kattalarning

haddan tashqari paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi. Psixolog olima

L.M.Krijanovskaya imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta'lim tizimida

ta'lim-tarbiya berishda psixologik korreksiyalash metodlari orqali tarbiyalash

yo‘llarini keng yoritib bergan. Uning fikricha, inklyuziv ta'lim tizimida ta'lim-

tarbiya ishlarining samarali bo‘lishi, yaxshi yutuqlarga erishishda maktab

psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi uzviy bog‘langan bo‘lishi

lozim.

XULOSA

Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan

shu narsa o’z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni

nuqsonini ilk yoshdan o’z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va

maktabga tayyorgarlik ishi o’z vaqtida olibib borilsa abatta ko’zlangan maqsadga

erishish mumkin. Ya’ni inklyuziv ta’limning samarasi yuqori darajada bo’ladi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

349

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.

Выготский Л.С. Дефект и сверхкомпенсация. // «Проблема

дефектологии». М., 1996. –С. 42.

2.

Крыжановская Л.М. Психологическая коррекция в условиях

инклюзивного образования. Пособие для психологов и педагогов. – М.:

«Владос», 2013. 83-б.

3.

Maktablar hamma uchun – Save the children – 2002y. 20\23 bet

4.

Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school.

//PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto,

Canada. No: 1-2, 2020.

5.

PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi

ijtimoiysiyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume

1. 2020 468474 P.