Mualliflar

  • Umarova Nazokat Anvarjonovna

Muallif biografiyasi

  • Umarova Nazokat Anvarjonovna

    Fargʻona viloyati Rishton tumani MMTB ga qarashli 52-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.90993

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Pedagog o‘quvchi shaxs kamoloti ta’lim-tarbiya ta’lim psixologiyasi tarbiya psixologiyasi pedagogik faoliyat.

Annotasiya

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o’rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun bo’lajak pedagoglarni, ya’ni talabalarni yuqori ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlash, ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari muhokama qilingan. 


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

291

PEDAGOGLAR ISH FAOLIYATIGA MAKTABDAGI

PSIXOLOGIK MUHITNING TA’SIRI

Umarova Nazokat Anvarjonovna

Fargʻona viloyati Rishton tumani MMTB ga qarashli 52-maktab

amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini

oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o’rinlarga olib chiqish uchun kelajak

avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga

yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun bo’lajak

pedagoglarni, ya’ni talabalarni yuqori ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlash,

ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar: Pedagog, o‘quvchi, shaxs kamoloti, ta’lim-tarbiya, ta’lim

psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat.

KIRISH

Pedagogik faoliyatning tuzilishi o‘qituvchining o‘ziga xosligi faqatgina

uning har tomonlama pedagogik faoliyatidagi fazilatlari bilan bog‘liqdir.

O’qituvchi faoliyati o‘z aro komponentlardan iborat. Pedagogik faoliyatning 3

komponenti farqlanadi: konstruktiv, kommunikativ va tashqilotchilik.

Konstruktiv komponenti. O’qituvchining ishida konstruktiv dars katta o’rin

egallaydi, ya’ni sinfdan tashqari ishlar maktab dasturlari bilan bog’liq o’quv

materiallarni ta’lim oluvchilar uchun turli metodik ishlanmasi va uni ta’lim

oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar dars konspekti

tarkibida o‘z ifodasini topadi, ya’ni: o‘z faoliyatining tartibi va tizimi ta’lim

oluvchilarning faoliyat tartibi va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o‘quvchilarni).

Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan

asosiy vazifasi o’sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash

o‘qituvchi shaxsiga ma’lum bir talablarni qo’yadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

292

bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin

nazariy savollarni oson o‘zlashtirilishi uchun o‘quv materialni tanlash va qayta

ishlashi lozim.

Birinchi navbatda ta’lim oluvchilarning faoliyati faol bo’lmasa, chuqur

bilim va o‘zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi.Muhit, ta`lim-tarbiya va

tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Bu

jarayonda ta’lim qanday mavqega ega? Ta`lim rivojlanishga nisbatan yetakchi

vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qillnishi ta’lim

jarayonining mazmuni va metodikasini, o’quv darajalari va darsliklarning

mazmunini belgilab beradi. Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta’lim psixik

rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg‘a surgan

edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik

rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi

bo’lib ilgari surdi va uni: ta’lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o‘z

orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab, beradi. Yuqorida bayon

qilingan birinchi fikrga muvofiq ta`lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan

narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga

aralashmaslik, unga, xalaqit bermaslik, balki ta`lim uchun imkoniyat yetilguncha

chidam bilan passiv kutib turish kerak. Shveytsariyalik psixolog J.Piajening

nazariyasi ham ayni shu g’oyalar bilan yug’rilgandir. J.Piajening fikricha,

bolaning aqliy o‘sishi o‘zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat

jihatdan o‘ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o‘tadi.

Ta`lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki

sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday

jiddiy ta`sir ko‘rsata olmaydi. Demak, ta`lim rivojlanish qonunlariga bo‘ysunishi

kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr

yuritishga o‘rgatish foydasizdir. Ta`limning turli bosqichlari bolaning tegishli

psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat`iy nazar

bogliqligi ana shundan kelib chiqadi. Ta`kidlash joizki, ta`lim yetakchi rolni


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

293

bajaradi, ta`lim va rivojlanish esa o‘zaro bir-biriga bog’liqdir; ular alohida sodir

bo’ladigan ikki jarayon bo’lmay, balki bir butun jarayondir. Ta`limsiz to’la aqliy

rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta`lim rivojlanishga turtki bo’ladi,

rivojlanishni o‘z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug‘ilganda ta`lim

mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun

zamin bo’ladi. Lekin, ta`lim rivojlanishga turtki bo’lish bilan bir vaqtda o‘z i

rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xisusiyatlarini,

rivojlanishning ichki qoidalarini, albatta, inobatga oladi. Ta`limning

imkoniyatlari juda keng bo’lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi

L.S.Vigotskiy ta`lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-

nazaridan yondashib, bilimlarni o‘zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida

yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta`kidlaydi. U olga surgan

psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko’ra, psixik

faoliyat taraqqiyoti uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli

alomatlar bilan avval tashqi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy»

shaklini egallash tushuniladi.

E.Torndayk va J.Piajening ta`lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb

tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: «Bola taraqqiyotini hech mahal maktab

ta`limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas», - deb ta`kidlaydi.

Bundan tashqari, ta`lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo’lmagan jarayonlardir,

degan yunalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy

ta`limning bola taraqqiyotidagi o’rniga alohida ahamiyat beradi. Shuning uchun

o’quvchilarning aqliy rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri maktab dasturi mazmuniga

bog’liq ekanligini ta`kidlaydi.

Yosh va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy

taraqqiyoti ta`siri ostida har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Individning

dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta`sir etib, uning individual

o’zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning

muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

294

(iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya`ni uning jamiyatda egallagan o’rni)

orqali ifodalanadi.

Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy

funktsiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo’nalganlik shaxsni

faollashtiradi.

Status,rol,qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini

tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning ta`rifi xulq

motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe`l-atvor tuzilishini belgilab, uning

tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va

ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta`sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida

inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini

rivojlantiruvchi asosiy shakluning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai

holi hisoblanadi. Individ, shaxs va sub`ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi

holatlarga e`tibor qilishi zarur: - inson rivojining asosi hisoblangan omillar va

shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va

yashash muhiti omillari); -insoning o`ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki

qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va

involyutsiya; -inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o’zaro

aloqalari, shaxsning tashqi ta`sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot

jarayonida ularning takomillashuvi kabilar, Uch xil xususiyatli tadqiqot

dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari

hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallash

interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi. Odamning maqsadga

qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida hayotiy deb ataladigan

mexanizmlari va ongli faoliyatining funktsional sistemasi protsesslari yuzaga

keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarni, kishining

sotsial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri,

xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli

munosabatini hamda o’z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib

toptiradi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

295

Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo`lgan barcha sifatlari ijtimoiy

taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi Birinchi tizimi hosil bilishida

analizatorlar shaxsning hulq-atvori va xattiharakatlarini belgilaydi. O’rtasidagi

doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o’ynaydi.

Biroq, bu ilgari yuqorida ta`kidlab, o’tganimizdek ontogenez protsessida

filogenetik analizatorlar o’rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan

qishilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida pertseptiv tizimiga o’tib

ketadigan yuksak darajada integratsiyalangan ma`lum ichki sensor komplekslarni

hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko’rish hamda

sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi

odamning hayot-faoliyati jarayonida o’zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga

kirishib, sensorpertseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini

yaratadi. Insonning sensor-pertseitiv jihatlari doimo takomillashib boshlagan

ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt,

bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.

XULOSA

Bolalar ta’lim-tarbiyasida bo’ladigan kamchiliklarning asosiy sabablaridan

biri o’qituvchining psixologiyasiga bog’liq. Lekin bunga ko’pincha e’tibor

berilmaydi.Shuning uchun o’qituvchilar jamoasini psixologik nuqtai nazardan

o’rganish, uni muvaffaqiyatli boshqarishning psixologik yo’llarini ishlab chiqish

dolzarb ahamiyatga egadir. Pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun

jamoa tarkibini o’rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik

jamoa sifatida shakllantirish lozim. Jamoada ishlash ko’nikmalarining

rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan biridir.

Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning

rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

G‘oziyev, E. (2010).

Umumiy psixologiya

. Yangi asr avlodi.

2.

Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

296

3.

Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the

results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM

Publ. 103, 41–46.

4.Samarova

Shoxista

Rabidjanovna,

Rakhmonova

Muqaddas

Qahramanovna,

Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov

Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative

personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17):

498-505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69

5.

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development

Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and

Technologies, 15(1), 272-274.

6.

Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as

the Factor of Increase of Education’s Efficiency. Theoretical & Applied Science,

53(9), 79-82.

7. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar

Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in

Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources.

International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3),

2677-2684.

8. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020).

Developing Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical

Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02),

1337-1346.

9.