Mualliflar

  • MATYOQUBOVA GO’ZAL SALIYEVNA

Muallif biografiyasi

  • MATYOQUBOVA GO’ZAL SALIYEVNA

    O‘zbekiston davlat drama teatri adabiy bo‘lim boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.91002

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Xayriddin Sulton hikoya detal badiiy tafakkur kompozitsiya lirik chekinish portret peyzaj syujet axloqiy muammo inson ruhiyati zamonaviy o‘zbek nasri. Keywords: Khayriddin Sultan story detail artistic thought composition lyrical digression portrait landscape plot moral problem human psyche modern Uzbek prose.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xayriddin Sulton hikoyalarida detalning badiiy-funktsional ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif hikoyalarida detal — syujetni harakatga keltiruvchi, g‘oya va mazmunni ochuvchi markaziy vosita sifatida qo‘llaniladi. “Plastinka”, “Uch tup xurmo”, “Onamning yurti” kabi hikoyalar misolida detallar voqealar rivoji va qahramonlar ruhiy kechinmalari bilan chambarchas bog‘langan. Portret, peyzaj va lirik chekinishlar yordamida yozuvchi inson ruhiyati, jamiyatdagi axloqiy muammolar va insoniy qadriyatlarni badiiy mushohada qiladi.

Abstract. This article analyzes the artistic and functional significance of detail in the stories of Khayriddin Sultan. In the author's stories, detail is used as a central tool that sets the plot in motion, reveals the idea and content. In the example of stories such as "Plastinka", "Uch tup khurmo", "Onaming yurt" (Mother's Land), details are closely connected with the development of events and the spiritual experiences of the characters. With the help of portraits, landscapes and lyrical digressions, the writer artistically observes the human psyche, moral problems in society and human values.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

228

XAYRIDDIN SULTON HIKOYALARINING KOMPOZITSION O‘ZIGA

XOSLIGI

MATYOQUBOVA GO’ZAL SALIYEVNA

O‘zbekiston davlat drama teatri adabiy bo‘lim boshlig‘i

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xayriddin Sulton hikoyalarida detalning

badiiy-funktsional ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif hikoyalarida detal — syujetni

harakatga keltiruvchi, g‘oya va mazmunni ochuvchi markaziy vosita sifatida

qo‘llaniladi. “Plastinka”, “Uch tup xurmo”, “Onamning yurti” kabi hikoyalar

misolida detallar voqealar rivoji va qahramonlar ruhiy kechinmalari bilan

chambarchas bog‘langan. Portret, peyzaj va lirik chekinishlar yordamida

yozuvchi inson ruhiyati, jamiyatdagi axloqiy muammolar va insoniy qadriyatlarni

badiiy mushohada qiladi.

Kalit so‘zlar: Xayriddin Sulton, hikoya, detal, badiiy tafakkur,

kompozitsiya, lirik chekinish, portret, peyzaj, syujet, axloqiy muammo, inson

ruhiyati, zamonaviy o‘zbek nasri.

Abstract. This article analyzes the artistic and functional significance of

detail in the stories of Khayriddin Sultan. In the author's stories, detail is used as

a central tool that sets the plot in motion, reveals the idea and content. In the

example of stories such as "Plastinka", "Uch tup khurmo", "Onaming yurt"

(Mother's Land), details are closely connected with the development of events and

the spiritual experiences of the characters. With the help of portraits, landscapes

and lyrical digressions, the writer artistically observes the human psyche, moral

problems in society and human values.

Keywords: Khayriddin Sultan, story, detail, artistic thought, composition,

lyrical digression, portrait, landscape, plot, moral problem, human psyche,

modern Uzbek prose.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

229

Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion o‘ziga xosligini belgilovchi

asosiy jihat – bu asarning mazmuni va shakli o‘rtasidagi uyg‘unlik, syujetning

hayotiy haqiqatga asoslangan holda badiiy vositalar orqali ifodalanishidir. Uning

hikoyalarida voqealar rivoji, obrazlar tizimi va til unsurlari bir-biri bilan uzviy

bog‘langan bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikni ta’minlaydi. Adib hikoya yozishda

klassik an’analarni saqlagan holda, zamonaviy badiiy izlanishlarni ham qo‘llaydi.

Asarlardagi voqealar ketma-ketligi ko‘pincha xronologik tartibda emas, balki

ichki psixologik holat, xarakter o‘zgarishi, muhit ta’siri kabi omillarga qarab

shakllanadi. Bu esa hikoya kompozitsiyasining ichki dinamikasini kuchaytiradi.

Xayriddin Sulton hikoyalarida ekspozitsiya, rivojlanish, avj nuqtasi va

yakun an’anaviy shaklda mavjud bo‘lsa-da, bu qismlar har doim qat’iy tartibda

emas, balki hikoya mazmuniga mos holda o‘zgartirilgan bo‘ladi. Hikoyaning

boshlanishidayoq asosiy konflikt yuzaga chiqadi va bu o‘quvchini darhol asarga

jalb etadi. Ba’zan hikoya yakunida aniq xulosa berilmaydi, natijada o‘quvchi

o‘zicha mulohaza yuritishga undaladi. Ayniqsa, psixologik kechinmalar orqali

voqeani berish usuli Xayriddin Sultonga xos uslubdir. U tashqi tasvirdan ko‘ra,

ichki holatni aks ettirishga urg‘u beradi. Shuningdek, xarakterlar yaratishda har

bir obrazning hikoyadagi vazifasi aniq belgilangan bo‘lib, ularning harakati,

so‘zlari va ichki holati umumiy g‘oyani ochishda xizmat qiladi.

Adib hikoya yaratishda badiiy tahlilga, ruhiy holatlarni teran ochishga katta

e’tibor beradi. Hayotiy haqiqat voqealar orqali emas, balki obrazlar dunyosi,

tafakkur tarzi va ularning ichki tortinchoqlari, iztiroblari, orzulari orqali beriladi.

Shu boisdan ham Xayriddin Sulton hikoyalarida syujetdan ko‘ra badiiy muhit,

ichki holat ustuvorlik kasb etadi. U o‘z hikoyalarida hayotni to‘qimasiz, bo‘yoqsiz

aks ettirishga intiladi, ammo bu aks ettirish oddiy kuzatuv emas, balki

san’atkorona tasvir orqali beriladi. Kompozitsiyaning bunday shakllanishi

yozuvchining adabiy mahoratini, badiiy tafakkurini va uslubiy yondashuvini

namoyon etadi. Shu bois Xayriddin Sulton hikoyalarini o‘rganishda

kompozitsiyaning nafaqat tashqi tuzilishi, balki ichki garmoniyasi ham alohida

ahamiyat kasb etadi[1.58].


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

230

Muallifning «Uch tup xurmo» hikoyasi kompozitsiyasini shu nuqtai

nazardan kо‘zdan kechiraylik. Hikoya birgina voqeaga asoslangandek tuyulsa-da,

syujet rivoji davomida u ancha murakkablashib, boshqa hodisalar, tugunlar va

ziddiyatlar hosil qiladi. Hikoyada barcha badiiy syujet va kompozitsiya unsurlari

— ekspozitsiya, tugun, yechim, ziddiyatlar, portret, peyzaj, detal tasviri о‘rni-

о‘rnida qо‘llangan bо‘lib, asosiy g‘oyaning ochilishiga xizmat qilgan.

Hammasi ochiq-oshkor kо‘rinib turgan pyesaning bir pulga qimmat ekanini

ta’kidlagan edi buyuk K.Stanislavskiy. Buni hikoya janriga nisbatan ham aytish

mumkin.

«Uch tup xurmo» hikoyasini о‘qish jarayonida kitobxon har xil

jumboqlarga duch keladi va ular birin-ketin yechila boradi; voqealar rivoji

asnosida qahramonning qalb sirlari, shuning barobarida esa badiiy g‘oya —

muallifning ijodiy niyati ham oydinlashadi[5.69].

Hikoya Fayzulla — hikoyachi-qahramonning о‘zi bilan bog‘liq ayrim

tafsilotlarni bayon etishi bilan boshlanadi. Muxtasar ekspozitsiyadan uning

tushlik chog‘i uch-tо‘rt hamkasbi bilan shahar tashqarisiga kabobxо‘rlikka

chiqqani ma’lum bо‘ladi. Ishxonaga kelganida unga direktor yо‘qlatganini

aytishadi. Shosha-pisha boshliq huzuriga kirgan Fayzullaga uning hech bir izohsiz

«Siz besh-о‘n kun о‘ynab keling, о‘g‘lim», deydi. Dabdurust?dan aytilgan bu

gapga tushunolmay u turfa о‘ylar girdobida qoladi. Fayzullaga qо‘shilib

kitobxonning ham qiziqishi ortadi. Hikoya mazkur tugun bilan boshlanadi.

Shundan sо‘ng asosiy qahramon Mallayev paydo bо‘lib, ilk tugun yechiladi,

ammo voqealar mobaynida boshqa tugunlar yuz kо‘rsata boradi. Kitobxon

nazdida Mallayev qanchalik sir-sinoatli odam sifatida gavdalansa, Fayzulla uchun

ham u xuddi shunday jumboq. Yozuvchi bu sirni oydinlashtirishga shoshilmaydi,

buni shart deb ham hisoblamaydi. Dastlab kulgiliroq, dali-g‘uli odamdek

taassurot uyg‘otgan Mallayev о‘zini tutishi, ba’zi xatti-harakatlari, gap-sо‘zi bilan

kitobxon kо‘z о‘ngida о‘zgarib boradi: goh jiddiylashadi, goh avvalgi holiga

qaytadi, goh ayanch ahvolga tushadi. Shu tariqa voqealar silsilasida Mallayevning

aslida boshqacha odam ekani, tabiatan о‘zgaruvchanligi ayon bо‘ladi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

231

Hikoyada voqealarning dinamik tarzda rivojlanishi kuzatiladi: dastlab bir

oz kulgili, maroqli tasvirlar bilan boshlangan hodisa ba’zi о‘rinlarda dramatik

vaziyatlarga joy bо‘shatadi. О‘rni kelganda yozuvchi kinoyadan, goho satiradan

ham foydalanadi; qо‘yilgan muammoni, hayotdagi ayrim illatlarni, kishilarning

salbiy fe’l-atvorini ochishda bu usul ayniqsa qо‘l keladi. Lekin yozuvchi vaziyatni

butunlay kulgili yoki dramatik yо‘sinda aks ettirmaydi, balki qahramonga xos

bо‘lgan jihatlarning ham, vaziyatning ham kulgili va qayg‘uli (tragik) tomonlarini

yonma-yon, deyarli uyg‘un tarzda tasvirlaydi. Aynan shu xususiyatlar

yozuvchining N.Gogol, A.Chexov, A.Qahhor kabi hikoya ustalari ijodidan

bahramandligini kо‘rsatadi[2.86].

Mallayevning tashqi qiyofasi birgina sо‘z — «xomsemiz» degan ta’rif bilan

chiziladi, «qora kostyumining yaltirab ketgani, hansirab turishi» ham u haqdagi

tasavvurni tо‘ldirishga yordam beradi. Yozuvchi qahramon portretiga alohida

tо‘xtalmaydi. Unga oid sifatlarni о‘rni kelganda bir-ikki jumla orqali ifodalab

(muallifning boshqa hikoyalarida ham shu usul kuzatiladi), yо‘l-yо‘lakay

tasvirlab ketadi. Masalan, Mallayevning «siyrak, sarg‘ish kipriklarini pirpiratib»

kulib turishi uni beg‘araz qilib kо‘rsatsa, «bamaylixotir lapanglab mashinadan»

tushishi, «qozondek shlyapasini boshidan olib, yarg‘oq kallasini siypab»

qо‘yishiyu «halpillagan shimini yuqori» tortib, «orqa о‘rindiqqa savlat bilan»

о‘tirishi uning tashqi qiyofasinigina emas, tabiatiga xos boshqa jihatlarni ham

ifodalaydi. Ya’ni, Mallayev о‘rni kelganda uddaburon, vaziyatdan chiqib ketishga

usta odam. Bu hol yо‘lda militsiya xodimi bilan bо‘lgan uchrashuvda, ayniqsa,

yaqqol kо‘rinadi. «Rо‘paradagi kо‘zguchadan asta razm soldimu hayron qoldim

— orqada Mallayev yо‘q, uning о‘rnida vajohatli, qovog‘i soliq bir arbob

о‘tirardi! Militsionerga qarab indamay yelka qisdim[4.93].

— Kechirasizlar-da endi, — deb jilmaydi militsioner, — xizmatchilik...

Mallayevning olamshumul ma’no bilan chimirilgan baroq qoshlari past-baland

bо‘lib ketdi.

— Nima? E, uka, qiziq ekansiz-ku! Yo bizning gapimizga ishonmayapsizmi?

— Ishonamizu, lekin...


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

232

— Iya! Bu qanday gap! Axir, bizning gapimizga el ishonadi, xalq ishonadi, siz

nega ishonmaysiz? Sizniki xizmatchilik bо‘lsa, biz ammamizning chorbog‘iga

anjir yegani ketayotganimiz yо‘q, bizniki ham xizmatchilik! Qani, ketdik!

— Mayli, yaxshi boringlar, akalar, — dedi militsioner birdan bо‘shashib» .

Mallayev yolg‘onni kо‘p ishlatadi. Ba’zan hikoyachi-qahramonga u

yolg‘onni qalashtirib tashlayotgandek tuyuladi. U Mallayevni jiddiy qabul

qilmasligi (Uni Mallayevning о‘zi g‘urur bilan ta’kidlashicha, «idoraning yirik

namoyandalaridan biri» sifatida bilishadi, xolos), tо‘g‘rirog‘i, u haqda hech narsa

bilmasligi (buni Fayzullaning о‘zi ham e’tirof etadi) sababli uning uydirmalari

ham, rost gapi ham gо‘yo Shumbolaning «innaykeyin»iga о‘xshaydi. Tabiiyki,

har kuni kо‘rib yurgan odamingiz kо‘z oldingizda turfa qiyofalarga kiraversa, har

xil maqomda gapiraversa, unga ishonish-ishonmaslikka qiynaladi kishi.

Xayriddin Sultonning “Uch tup xurmo” hikoyasi kompozitsion jihatdan

o‘ziga xos badiiy uslubda qurilgan bo‘lib, unda voqealar ketma-ketligi an’anaviy

xronologik tartibdan chekinib, sirli va mushohadaga undovchi tarzda taqdim

etiladi. Dastlab Mallayevning Surxondaryoda zо‘r tantana bilan kutib olinishi,

Berdirahmat bilan bo‘lgan to‘qnashuvi, stansiya bufetidagi ayol va “jingalak

sochlari sarg‘ish yigitcha” tasvirlari kitobxonda chalkashlik uyg‘otadi. Bularning

bari darhol ochiqlanmaydi, yozuvchi muhim tafsilotlarni to‘liq bayon etmasdan,

o‘quvchini mulohaza yuritishga undaydi. Shuning uchun ham hikoya davomida

Mallayev shaxsiga doir savollar — uning asl fe’l-atvori, yolg‘onlari va ichki

iztiroblari kitobxonni qiziqtiradi, unga javoblar esa asar yakuniga boribgina aniq

tus oladi.

Yozuvchi muhim sirni – Mallayevning Surxondaryoda o‘g‘li borligini –

hikoya oxirida oshkor etadi. Ammo bu sir mutlaqo kutilmagan holatda emas,

muallif o‘quvchini bunga ma’lum darajada tayyorlab boradi. Shu tariqa,

hikoyaning asosiy g‘oyasi, ya’ni insonning yolg‘on ustiga qurilgan hayoti uni

iztirobga, ruhiy vayronagarchilikka olib kelishi haqiqatini kompozitsiya

vositasida kuchli ta’sir bilan yetkazadi. Mallayevning: “Bir og‘iz yolg‘on o‘n


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

233

og‘izini boshlab keladi...”[4.184] degan iztirobli iqrorida butun hikoyaning

g‘oyaviy mazmuni jamlangan.

Shuningdek, hikoya kompozitsiyasida “uch tup xurmo” obrazining ramziy

xarakter kasb etgani alohida e’tiborga molik. Voqea aynan xurmo bilan

boshlanadi va ayni shu detal voqealar rivoji bilan syujet ipini bog‘lab turadi.

Xurmo niholi nafaqat voqeani birlashtiruvchi vosita, balki axloqiy-ma’naviy

muammo — insoniy munosabatlar, haqiqat, vijdon, mehr-muhabbat va yolg‘on

oqibatlari haqida chuqur o‘y uyg‘otuvchi ramz sifatida xizmat qiladi.

Muallif Mallayev obrazini avvaliga ijobiy taassurot uyg‘otadigan, ammo

borayotgan sayin yolg‘onlari, ikkiyuzlamachiligi ochiladigan shaxs sifatida

tasvirlaydi. U sobiq tuzumda yuqori lavozimda ishlagan, o‘z vaqtida

Berdirahmatning illatlarini fosh qilgan odam bo‘lsa-da, bu fazilatlar uni insoniy

jihatdan oqlamaydi. Aksincha, hayotiy haqiqatlar va ichki kechinmalar fonida

Mallayevning asl qiyofasi — yolg‘onlar ortiga yashiringan, ruhan sinib qolgan

inson sifatida namoyon bo‘ladi.

Yozuvchi hikoyaning har bir qismini, obrazlarni, detallarni aniq reja

asosida joylashtiradi. Har bir sahna va obraz umumiy g‘oyaga xizmat qiladi.

Muallifning asosiy maqsadi xarakter, ayniqsa inson ruhiyatining ziddiyatli va

murakkab tomonlarini ochishdan iborat. Hikoya so‘ngidagi ruhiy portret esa bu

badiiy niyatning puxta amalga oshganidan dalolat beradi. Shu jihatdan qaraganda,

“Uch tup xurmo” hikoyasi kompozitsiyasida sirli boshlanish, izchil voqeaviy

o‘sish, kechikkan kulminatsiya va ramziy yakun an’anaviy bo‘lmagan, ammo

zamonaviy adabiyotga xos bo‘lgan mukammal bir tuzilmani hosil qiladi.

Hikoya oxiridagi tabiat tasviri ma’lum ma’noda qahramonlarning о‘sha

damdagi ruhiy holatini ham aks ettiradi: «Osmon tо‘la yulduz, jimir-jimir jilvasi

kо‘ngilga g‘uluv soladi. Poyonsiz dala yо‘li о‘rtasida tо‘xtab yotgan mashinam

derazasidan miltillab xira yog‘du taraladi. Allaqaydan uzoqlab ketayotgan poyezd

tovushi eshitiladi».

Fayzullani band etgan xayollar muallif qarashlari bilan tutashib ketadi:

«Nima uchun u (Mallayev — SH.S.) о‘zi istagandek yashamadi? Aldamay,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

234

aldanmay? Yashay olmadimi? Kim bilsin...» Muallif mulohazaga undovchi

bunday savollarni kitobxon hukmiga havola qiladi.

Yozuvchi hikoyalarida muhim kompozitsion vositalardan qarshi qо‘yish

usuli ham samarali qо‘llangan. Masalan, «Uch yuz oltmish tо‘rt kun», «Qog‘oz

gullar» hikoyalarida personajlar о‘zaro kontrast tasvirlansa, «Yо‘qchilik va

tо‘qchilik» asarida voqealar shunday qarshilantiriladi.

Adabiyotshunos U.Normatov: «Hikoya janri о‘z nomiga xilof о‘laroq,

hikoya qilib berishni uncha xush kо‘rmaydi, u kо‘proq kо‘rsatishni, detallarni

jonli gavdalantirishni yoqtiradi, ayni paytda har bir detal, tafsilot jiddiy

ma’nodorlik kasb etishini talab qiladi»3, deb yozgan edi.

Ushbu matndan ko‘rinib turibdiki, Xayriddin Sulton hikoyalarida detal

markaziy badiiy vosita sifatida muhim o‘rin tutadi. U faqatgina tasvir yoki bezak

emas, balki kompozitsion tuzilmaning tayanch nuqtasi, voqealarni bir-biriga

bog‘lovchi, g‘oya va mazmunni ochib beruvchi vosita sifatida xizmat qiladi.

Bu uslub rus adabiyotining buyuk vakillari Gogol («Shinel»), O‘zbekiston

adabiyotida esa Abdulla Qahhor («Anor») kabi yozuvchilarning an’analarini

davom ettiradi. Ularning asarlarida bitta detall (pо‘stin, anor) butun syujetni

harakatga keltiruvchi, qahramonlar hayoti va ichki kechinmalarini ochib beruvchi

kuchli obrazga aylanadi. Xuddi shunday, X.Sultonning “Plastinka”, “Qog‘oz

gullar”, “Nuqta”, “Uch tup xurmo” kabi hikoyalarida ham detal sarlavhagacha

olib chiqiladi va hikoya mazmunida ramziy, ma’naviy yuk ko‘taradi.

Masalan, “Plastinka” hikoyasida bolakayning plastinka sindirishi oddiy

voqea bo‘lib tuyulsa-da, aslida bu holat orqali insoniy qadriyatlar, mehr-oqibat,

sabr, tushunish, kechirimlilik kabi masalalar muhokamaga tortiladi. Hikoyachi-

qahramon ana shu voqea orqali ichki monolog, mushohada orqali insoniy qadrni

anglaydi.

Yana bir misol — “Onamning yurti” hikoyasi[5.214]. Bu asarda

kompozitsiya g‘oyaga to‘liq xizmat qiladi: hikoya “Nihoyat, onamning yurtiga

jo‘nar bo‘ldik” degan jumla bilan boshlanadi, ya’ni voqea markazida onaning

bolalik yurti, vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usi turadi. Hikoyachi o‘z onasining


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

235

bolalikdagi yo‘qolishi, o‘z ildizlarini unutganligi yoki bilmasligidan ko‘ra,

vatanga bo‘lgan sog‘inchni, ona yurtning ruhini qamrab olishga urinadi. Aynan

shu ruh hikoyaning poetik, lirik ohangini ta’minlaydi.

Portret va peyzaj, lirik chekinishlar ham hikoya tuzilmasiga muvofiq

xizmat qiladi. Onaning ota-onasi haqidagi esdaliklar – bola xotirasiga o‘yilgan

obrazlar orqali aks ettirilgan. Bu tasvirlar faqatgina estetik vazifa bajarmaydi,

balki hikoyaning ruhiy qatlamini to‘ldiradi.

Yozuvchining lirik chekinishlari esa hikoyachining o‘z munosabatini,

dardini, hayot haqidagi qarashlarini ifodalash vositasiga aylanadi. Muallif

bevosita murojaat qilib, o‘quvchining qalbini junbushga keltiradi, mehr-oqibat,

insoniylik haqida mushohadaga chorlaydi. Bu usul asarga shaxsiy intonatsiya,

hayotiy samimiyat beradi.

Hikoyada peyzaj onaning yetti-sakkiz yashar bolalik xotiralari asosida

bunday tasvirlanadi: «...bir jiydazor bog‘ki, boshi-adog‘i yо‘q. Jiyda gullaganda

ichiga kirsang, adashib qolasan. Gullari sap-sariq, gurkirab yotadi, boshlaring

aylanib ketadi...»

Xulosa shuki, X.Sulton hikoyalarida detal syujetning harakatlantiruvchi

kuchi sifatida paydo bo‘ladi va bu orqali inson ruhiyatining nozik jihatlari,

jamiyatdagi axloqiy-ruhiy holatlar, insoniy qadriyatlar, or-nomus, mehr-

muhabbat haqida teran badiiy mushohada yuritiladi. Shu jihatdan uning hikoyalari

zamonaviy o‘zbek nasrining mazmunan chuqur, kompozitsion jihatdan

mukammal namunalaridandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Adabiyot nazariyasi, Ikki tomlik, II-tom (Adabiy-tarixiy jarayon),

Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1979.

2.

Quronov, D., Mamajonov, Z., Sheraliyev, M. (2010),

Adabiyotshunoslik

lug‘ati

, Toshkent: “Akademnashr”.

3.

Sulton, X. (2020),

Odamlardan tinglab hikoya. Hikoyalar

, Toshkent:

“Adabiyot” nashriyoti.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

236

4.

Sulton, X. (2022),

Navoiy – 30. Janri yo‘q kitob

. Toshkent: “Mashhur-

press” nashriyoti.

5.

Sultonov, X. (1983),

Bir oqshom ertagi. Hikoyalar, tarixiy etyudlar, qissa

.

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti.