Mualliflar

  • Toirova Zubayda Omongaldiyevna

Muallif biografiyasi

  • Toirova Zubayda Omongaldiyevna

    Urganch Ranch texnologiya universiteti

     “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.91004

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ramziy-majoziy talqin evrilishlar mifopoetik qarashlar ijodkor dunyoqarashi shaxs konsepsiyasi milliy gʻoya ramziy qahramon. Keywords: symbolic-figurative interpretation evolutions mythopoetic views creative worldview concept of personality national idea symbolic hero. Ключевые слова: символико-образная интерпретация эволюции мифопоэтические воззрения творческое мировоззрение концепция личности национальная идея символический герой.

Annotasiya

Annatotsiya. Mazkur maqolada zamonaviy oʻzbek hikoyachiligida ramziy-majoziy talqin va mifologik uslubning estetik va badiiy xususiyatlari tahlil etiladi. Asad Dilmurodning “Qoʻngʻiroq” hikoyasi asosida kichik janrning chuqur falsafiy-fikriy qatlamlari, diniy-ilohiy kiritmalar, xalq ogʻzaki ijodidagi timsollar orqali inson ruhiy olamining murakkab jihatlari ochib beriladi. Hikoya qahramoni – Tugalboy muallim obrazi orqali jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy, psixologik va axloqiy muammolar yoritiladi. Muallif hikoyada mifologik strukturalar, ramziy obrazlar, tush motivlari orqali qahramonning ichki kechinmalarini, tafakkur tahlillarini tasvirlaydi. Asarda polifonik yondashuv, tushunilmagan sirli holatlar, zamon va makon noaniqligi kabi xususiyatlar yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubini belgilaydi. Shuningdek, maqolada hikoya shakllanishidagi poetik gʻoya, obrazlar harakati va syujet kompozitsiyasi ham ilmiy-nazariy asosda sharhlanadi.

Abstract. This article analyzes the aesthetic and artistic features of symbolic-figurative interpretation and mythological style in modern Uzbek storytelling. Based on the story "The Call" by Asad Dilmurod, the complex aspects of the human spiritual world are revealed through the deep philosophical-ideological layers of the small genre, religious-divine references, and symbols in folk oral art. The image of the hero of the story - Tugalboy, the teacher, illuminates the social, psychological, and moral problems existing in society. The author describes the hero's inner experiences and analysis of thought through mythological structures, symbolic images, and dream motifs in the story. Features such as a polyphonic approach, incomprehensible mysterious situations, and the ambiguity of time and space in the work determine the writer's unique artistic style. The article also comments on a scientific-theoretical basis on the poetic idea in the formation of the story, the movement of images, and the composition of the plot.

Абстрактный. В статье анализируются эстетические и художественные особенности символико-образной интерпретации и мифологического стиля в современном узбекском сказительстве. На примере повести Асада Дильмурода «Колокол» сложные аспекты духовного мира человека раскрываются через глубокие философские и интеллектуальные пласты малого жанра, религиозные и божественные отсылки, символы устного народного творчества. Главный герой рассказа, учитель Тугалбой, проливает свет на социальные, психологические и моральные проблемы, существующие в обществе. Автор описывает внутренние переживания и психические анализы персонажа через мифологические структуры, символические образы и мотивы сновидений в рассказе. Такие черты, как полифонический подход, необъяснимые загадочные ситуации, неоднозначность времени и пространства в произведении, определяют уникальный художественный стиль писателя. В статье также на научно-теоретической основе анализируется поэтическая идея, движение персонажей, композиция сюжета в формировании рассказа.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

213

BADIIY HIKOYADA RAMZIY-MAJOZIY TALQIN VA

MIFOLOGIK USLUB TABIATI.

Toirova Zubayda Omongaldiyevna

Urganch Ranch texnologiya universiteti

“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchisi

Annatotsiya. Mazkur maqolada zamonaviy oʻzbek hikoyachiligida ramziy-

majoziy talqin va mifologik uslubning estetik va badiiy xususiyatlari tahlil etiladi.

Asad Dilmurodning “Qoʻngʻiroq” hikoyasi asosida kichik janrning chuqur

falsafiy-fikriy qatlamlari, diniy-ilohiy kiritmalar, xalq ogʻzaki ijodidagi timsollar

orqali inson ruhiy olamining murakkab jihatlari ochib beriladi. Hikoya

qahramoni – Tugalboy muallim obrazi orqali jamiyatda mavjud boʻlgan ijtimoiy,

psixologik va axloqiy muammolar yoritiladi. Muallif hikoyada mifologik

strukturalar, ramziy obrazlar, tush motivlari orqali qahramonning ichki

kechinmalarini, tafakkur tahlillarini tasvirlaydi. Asarda polifonik yondashuv,

tushunilmagan sirli holatlar, zamon va makon noaniqligi kabi xususiyatlar

yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubini belgilaydi. Shuningdek, maqolada hikoya

shakllanishidagi poetik gʻoya, obrazlar harakati va syujet kompozitsiyasi ham

ilmiy-nazariy asosda sharhlanadi.

Kalit so‘zlar: ramziy-majoziy talqin, evrilishlar, mifopoetik qarashlar,

ijodkor dunyoqarashi, shaxs konsepsiyasi, milliy gʻoya, ramziy qahramon.

Abstract. This article analyzes the aesthetic and artistic features of symbolic-

figurative interpretation and mythological style in modern Uzbek storytelling.

Based on the story "The Call" by Asad Dilmurod, the complex aspects of the

human spiritual world are revealed through the deep philosophical-ideological

layers of the small genre, religious-divine references, and symbols in folk oral art.

The image of the hero of the story - Tugalboy, the teacher, illuminates the social,

psychological, and moral problems existing in society. The author describes the

hero's inner experiences and analysis of thought through mythological structures,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

214

symbolic images, and dream motifs in the story. Features such as a polyphonic

approach, incomprehensible mysterious situations, and the ambiguity of time and

space in the work determine the writer's unique artistic style. The article also

comments on a scientific-theoretical basis on the poetic idea in the formation of

the story, the movement of images, and the composition of the plot.

Keywords: symbolic-figurative interpretation, evolutions, mythopoetic

views, creative worldview, concept of personality, national idea, symbolic hero.

Абстрактный. В статье анализируются эстетические и

художественные особенности символико-образной интерпретации и

мифологического стиля в современном узбекском сказительстве. На

примере повести Асада Дильмурода «Колокол» сложные аспекты

духовного мира человека раскрываются через глубокие философские и

интеллектуальные пласты малого жанра, религиозные и божественные

отсылки, символы устного народного творчества. Главный герой рассказа,

учитель Тугалбой, проливает свет на социальные, психологические и

моральные проблемы, существующие в обществе. Автор описывает

внутренние переживания и психические анализы персонажа через

мифологические структуры, символические образы и мотивы сновидений в

рассказе. Такие черты, как полифонический подход, необъяснимые

загадочные ситуации, неоднозначность времени и пространства в

произведении, определяют уникальный художественный стиль писателя. В

статье также на научно-теоретической основе анализируется

поэтическая идея, движение персонажей, композиция сюжета в

формировании рассказа.

Ключевые слова: символико-образная интерпретация, эволюции,

мифопоэтические воззрения, творческое мировоззрение, концепция

личности, национальная идея, символический герой.

Oʻzgarib borayotgan dunyo sarhadlari badiiy adabiyot oldiga – mif, din,

dunyo va falsafiy-estetik qamrov tigʻizlashuvini hamda psixologik nuqtai nazar


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

215

yaxlitlashuvini koʻndalang qoʻymoqda. Chunki har qanday badiiy matnda

hikoyanavis oʻzi sahnad rol ijro etayotgan san'atkorni yodimizga soladi. Mana shu

tamoyil Asad Dilmurodning oʻnlab hikoyalarida yaqqol seziladi.

Yangilanayotgan badiiy tafakkur miqyoslarini anchayin kengaytirishga hissa

qoʻshayotgan N.Eshonqul, A.Dilmurod, I.Sulton, U.Hamdam talqinlarida

timsollar – kodlar va ifodalar oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Bu haqda prof.

J.Eshonqul shunday idroklaydi: “Timsol oʻzi nima? Biz biron asarni

oʻqiganimizda yoki xalq ogʻzaki ijodi namunasini tinglaganimizda gap A haqida

borayotgan boʻlsa ham, asl ma’no B ga tegishli ekanligini his etib turamiz. Biz

buni istamasak-da, ichki tuygʻularimiz A aslida B ekanini takrorlayveradi. Chunki

timsolni aqlimiz emas, tuygʻularimiz tez anglaydi. Inson oʻzi kashf etgan qoʻrquv,

vahm timsollarni, hali abstrakt mushohada qila olmagani uchun jonli holda

tasavvur qilib, mahluq va yirtqichlar shaklida ramzlashtirgan. Timsollar inson

ongining tinimsiz ishlashga yoʻl ochgani uchun, ong oʻz navbatida ojizlikdan

qutulish choralarini izlagan. Natijada vahm va yovuzlik timsollari boʻlgan

mahluqlarni yenguvchi, oʻziga boʻysunduruvchi qahramon tugʻilgan”[3.81-81].

Haqiqatdan ham, timsollar xalq ogʻzaki ijodidan – yozma aadabiyotga ba’zan

mifologik syujet tarzida kirishi, insonni tashqi olam va oʻzi yashayotgan muhit

bilan uzviy bogʻlab turuvchi adabiy vosita boʻlishi tayin. Ana shu timsollar – Asad

Dilmurod badiiy izlanishlarida yagona estetik gʻoyaning syujetga aylanishida,

uslubning xilma-xillashuvi, diniy-ilohiy kiritmalar, bid’at unsurlarga ishonuvchan

olomon qiyofasini ham tipiklashuviga olib keladi.

“Dunyo adabiyotida prozaning oʻrni haqida gap borganda uning

taraqqiyotini kuzatayotgan har bir oʻquvchi hikoyachilikning tez sur’atlar bilan

rivojlanib borayotganligini va bu kichik janrda ham boshqa epik janrlardagidek

salmoqli hayotiy muammolar hal qilib berilayotganini koʻrmasligi mumkin emas.

Inson oʻzidagi evrilishlar, oʻzligini anglash tuygʻusining borgan sari kuchayishi

odamlararo munosabatlardagi murakkablikni, shaxs va voqelik, jamiyat

oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni haqqoniy, real aks ettirishni taqozi qildi”[5.].

Mana shu jarayonda kichik janrda “katta gap aytish” mahorati har bir ijodkor


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

216

qiyofasini belgilovchi badiiy uslub kriteriylari bilan jonlantiriladi. Ayni paytda,

hikoya va qissa orasidagi farqlanishlar, kichik janrning mifopoetik

imkoniyatlarini yangilash jahon adabiyoti bilan boʻylashish yoʻsinlari sari

harakatlanadi.

Adibning “Qoʻngʻiroq” nomli hikoyasida sodda va ishonuvchan, hayotda

oddiy turmushni oʻnglash payida doim oʻzgalarga “chuv” tushib yurgan

qahramon intellekti badiiy uslubning ijodkor dunyoqarashi-yu shaxs

konsepsiyasi sintezini yaxlitlashtiradigan tamoyilga evrilish nuqtalarini

ifodalagan manzaraga duch kelamiz. Hikoyaning “Qoʻngʻiroq” deb nomlanishi

asar qahramonining bir paytlar shu bolalik damlarida sovda-sotiq ishlari bilan

mashgʻul boʻlishga qiziqishi, inson tafakkuridagi ong osti hislarining

kutilmaganda uygʻonish moduslarini koʻrishimiz mumkin boʻladi: “Yarim

kechada uyqusi qochgan Tugalboy muallim koʻrpani siltab ustidan uloqtirdi,

soʻng bir chirillab yigʻlayotgan Maqsudjonga, bir uni ovutolmay yuragi qonu

zardobga toʻlgan Shafoatga parishon tikildi. Endigina uchni qoralagan yolgʻiz

farzandning boshi darddan chiqmadi, Xudodan shifo soʻrayverib xotini ayniqsa

qiynalib ketdi. Tugalboy visol damlaridan birida Shafoatni hazilu chin aralash

koʻnglim guli, muhabbatim qoʻriqboni deb atagandi, mazmunli oʻtgan toʻydan

keyin ham uni, shirin muomalasini ayamay, iloji boricha kaftida koʻtarishga

urindi, peshonasiga aqlli-hushli, husni malohatda tengsiz ayol bitilgani uchun

Tangriga shuk-rona aytardi. Lekin iloj qancha, dunyo biri kam-da, bir yostiqqa

bosh qoʻyishganiga yetti yildan ziyodroq vaqt oʻtsa ham tirnoq buyurmadi,

eskichayu yangicha rasmu rusumlardan najot istab tinkai madorlari quridi. Oxiri

taqdirga tan berishgach, buni qarangki, koʻp oʻtmay xonadonda chaqaloq

“inga”ladi”. Otalik zavqu shavqi buyurgan Tugalboy oʻshanda osmon-u falakda

parvoz etayotgan qushga oʻxshardi. Soʻng kuchli boʻronda qanotlari singandek

nogoh quyiga shoʻn-gʻidi. Xudodan tilab olingan goʻdak chillasi chiqmay kak-

radek koʻkarib yigʻlaydigan boʻldi”.[1.265]


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

217

Hikoya ekspozisiyasida voqelik sodir boʻlish sabab va oqibati haqida soʻz

borsa-da, adib syujet liniyalarini – asosan tun obrazi bilan bogʻliq ravishda

ochiqlamoqda. Bolaning yigʻisi, ancha yillar tirnoqqa zorligi, uning nimjon boʻlib

tugʻilishi hamda Tugalboy muallim qismatining nechogʻli azob-uqubatlarda oʻtib

kelayotganidan dalolat bermoqda. Hikoyada yozuvchi diniy-ilohiy kiritma

voqelarni mifologik yoʻsinda syujet qisimlariga singdirib yuboradi. Ayni damda

adibning universalimzga katta e’tibor berishi, F.Kafka, A.Kamyu, L.X.Borxes,

P.Koelo badiiy uslubini yodimizga solsa-da, milliy gʻoya va tafakkur sarhadlarini

umumlashtirishga yoʻnaltiriladi. Oʻzbek xalqida bola tarbiyasiga alohida e’tibor

beriladi. Shunday boʻlsa-da, Tugalboy muallimning tirikchilik vajidan meva-

cheva savdosi bilan shugʻullanishi, har gal maktab yonidan oʻtganida qulogʻiga

begunoh bolalarning qiyqiriqlari-yu, qoʻngʻiroq jarangi uni olis oʻtmish xotiralari

sari yetaklaydi. Uning soddaligi va ishonuvchanligidan qishloqdagi bozorga

chiquvchi chayqovchilar koʻp foyda koʻradilar. Shafoat esa unga vafodor va oʻzi

kabi ishonuvchan ayol sifatida oʻquvchi qalbidan achinish hissini uygʻotadi.

Mana shu talqin ranginlashuvi yozuvchining inson qismatini butun-

murakkabligicha tasvir etish prinsipini namoyon etishida koʻzga tashlanadi.

Badiiy uslubning tigʻizlashuvi va mavhumlikdan murakkablik sari harakati

syujet yangiligini tayin etadi. Shuni qayd etish lozimki, “asar shakllanish

jarayonida yozuvchi ilhom bilan mehnat qiladi. Dastlabki koʻtarinki holat

keyinroq tartibga tushadi, ijodiy xayollarning parvozi asta-sekin tiniqlashadi.

Yozuvchining talant kuchi, diqqati, butun borligʻi bir markazga toʻplanadi.

Boʻlajak qahramonlar aniqlanadi. Asarning asosiy poetik gʻoyasi, uning obrazli

ifodalanishi koʻzga tashlanadi va shu doira atrofida obrazlar harakat qila

boshlaydilar. Xarakterlar tasviri ular xatti-harakatlari va psixologiyalarini

asoslashning yoʻllari, fabula rivojining juda koʻp variantlaridan (Tolstoy

aytganidek, milliondan biri) eng ma’quli tanlanadi. Qisqasi, san'atkor ongida

yaxlit yaratmoqchi boʻlgan asarining nusxasi, badiiy modeli yaratiladi. Endigi gap

yaratilajak, tugʻilajak asarining hayotiyligini, jonliligini ta’minlovchi yozuvchi

qalbining qon tomiriga, san’atkorning soʻz sehriga, oʻtkir fahmiga, ajoyib


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

218

ilhomiga... yana va yana juda koʻp psixik jarayonlarga bogʻliqdir”[6.133-134].

Haqiqatdan ham, Prof.H.Umurov masalaga diqqat bilan talqiniy yondashadi. Buni

keyingi tasvirlar simfoniyasida ham anglash qiyin emas:

“Tugalboy tong azonda tuman markaziga oshiqdi, it egasini tanimas toʻs-

toʻpolon bozorga oralar ekan, shovqin-suron orasidan bot-bot maktab

qoʻngʻirogʻi jiringlashi eshitilardi. Ajib ohang sehrini tuygani sayin necha yil

mobaynida e’zozlagan kasbini begona hayot tarziga almashtirish uchun bu yerga

ataylab qadam ranjida qilgandek xijolat cheka boshladi. Tugalboy betartib kappon

boʻylab onasidan adashgan buzoqday uzoq tentiradi, oxiri tez-tez Xudoni yod

etayotgan choʻpdek ozgʻin koʻsa kishi atrofida oʻralashdi. Soʻng butun bozorda

bundan sarasi yoʻq deb ta’riflagan gʻalvirak yongʻogʻiga talabgor boʻldi. Agar

ikki tonnadan ziyod shu yukni shaharga eltib sotsa tuzukkina foyda qolishi

mumkin – ichida bir ovoz shunday demoqda edi. Faqat ish bexosdan teskari

tomonga aylandi, yukni shahar bozoriga tushirgan hamono kimdir gʻalati gap

aytdi. Avval ishonmadi, yukni nazardan kechirgach, qoq boshiga soʻyil tekkan

kabi dovdirab qoldi. Endi arzu dodini kim eshitadi, hayhot, barcha xalta dabdala

boʻlib, bozor lahjasi bilan aytganda, ustakorlik bilan “oʻqlab” qoʻyilgandi, ya’ni

usti toza-yu, osti sidirgʻa toshday qattiq koʻrak edi, magʻzini ochofat kuya-mita

ilma-teshik qilib tashlagan…”[1.265-267]

Keltirilgan parchada Tugalboy muallimning ikkkinchi hayoti – savdo-sotiq

tashvishlariga shoʻngʻishi hamda bu kasb-korning hiyla qiyinchiliklari evaziga

boshiga yogʻilayotgan – qoʻngʻiroq sadolari, maktabdan, (ta’lim va ilm)dan

uzilish, oilaning tirikchiligi bois (oʻtish davri muammolari) ham syujet

chiziqlarini birlashtirishga, yozuvchining badiiy uslubining mukammalashuviga

etaklaydi. Ayniqsa, istiqlol davri nasrida U.Hamdam, N.Eshonqul kabi yosh avlod

vakillari ijodida turlicha rakurslarda inkishof qilinishi yuqoridagi hikoya

tagma’nosini toʻlaqonli quvvatlaydi. Tugalboy muallimning folbinga ishonishi,

xayolida, tushida oyogʻini jondor kemirib ado qilishi, “sirli qoʻngʻiroq”ning

bexosdan bezovta qilib, qulogʻi tagida jaranglashi, betob oʻgʻlining tashvishi bir


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

219

tomonda qolib, oʻz dardisarligini hamma oldida aytishga, qulayroq davolanishga

imkon topolmasligini koʻrsatib beruvchi tasvirlar yanada hikoyani jonliligini

yuzaga chiqarishga hissa boʻlib qoʻshiladi. Yozuvchi bu erda oʻqituvchining

saviyasini koʻrsatishni maqsad qilar ekan, sobiq ittifoq davridan qon-qonimizga

singib ketgan – olomonchilik kayfiyatining hatto ziyoli inson boshiga tushganda

ikkilanishlar orasida qolishi hech gap emasligini koʻrsatishdan ham iborat boʻlib

tuyulmoqda. Negaki, yozuvchi bilimli va tafakkurli inson boshqalardan ajralib

turishi tayin degan oʻtkir ijtimoiy-siyosiy aqidani ilgari surmoqda. Bunday

tavsiflar yozuvchining boshqa hikoyalarida ham koʻplab uchrashini unutmaslik

lozim.

Prof.Sh.Doniyorova uslub haqida quyidagi mulohazalarini ifodalab:

“Yozuvchining uslubi va badiiy mahorati masalasi adabiyotshunoslikda hamisha

dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Uslub yozuvchining badiiy mahoratini

koʻrsatadigan adabiy hodisa boʻlsa, qahramon obrazi badiy asar mohiyatini

oydinlashtirishda muhim estetik ijtimoiy-badiiy ahamiyatga ega boʻlgan

masaladir. Demak, individual uslub va qahramon obrazi talqinini tadqiq etish

yozuvchiga ijtimoiy voqelik haqida, davr kishilari, ularning hayoti, faoliyati va

oʻy-kechinmalari toʻgʻrisida oʻziga xos badiiy fikr yuritishi hamda poetik idrok

etilgan voqelikni badiiy taahlil qila olish xususida muayyan nazariy

umumlashmalar chiqarish imkonini beradi”[2.68]. Har bir ijodkorning individual

uslubga ega boʻlishi uchun tinimsiz mehnati va uning natijadorligi mifopoetik

talqin qamrovini ham yangilanishiga olib keladi. Shuning uchun ham, Asad

Dilmurod “Qo‘ngʻiroq” hikoyasida Tugalboy muallim va Shafoatxon obrazi

negizida Maqsudjon qismatining uzoq kutilgan orzu-havas mevasi ekanligini, bu

ayanchli mushkulotlardan unumli foydalanayotgan – XX asr olomoni qiyofasini

gavdalantirishni maqsad qilganligida yaqqol seziladi. Agar ongli va tafakkurli

inson boʻlganida, insu-jins, irim-sirimlarga unchalik ishonmaslikni, har qanday

dardning davosi “Qur’on” ekanligini tushunib etgan boʻlardi. Mana shu epizodlar

negizida yozuvchi millat boshiga tushgan ogʻir sinovlarning hali-veri yoʻqolib

ketmaganini, bid’at sanalgan odatlardan odamzod oʻzini saqlay bilishi, botinida


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

220

va ruhida – Allohga boʻlgan ishonch, ulkan muhabbat kezishini birinchilardan

boʻlib oʻzgalarga ham tushuntirardi. Tugalboy muallim kabi odamlar jamiyatda

yoʻq deb oʻylaysizmi? Hikoyadagi ikkita epizod va universal mifopoetik talqin

ustuvorligi, syujet chiziqlarini bir-biriga payvandlashda, hamda tush motivining

“ochqich kalit” sifatida ishtirokni tayin etishida yuzaga qalqib chiqadi. Ayni

damda, yozuvchi-oʻquvchi orasidagi mavhum tushunchalar, dialoglarning deyarli

yoʻqligi, har qanday voqelik faqat bosh qahramon Tugalboy muallim ongida roʻy

berayotgani, polifonik nutq qamrovining ustuvorligini reallashtirishga xizmat

qilmoqda. Buni quyidagi lavhada tiniqrov his etishimiz mumkin boʻladi: “Shafoat

befahm emas-da, ertalab bir qarashdayoq ahvolini sezdi va nafsoniyatiga

tegmaydigan qilib gap kavladi. Oxiri noiloj yorildi, faqat tovonlari-ni ishgʻol

qilgan choʻgʻ nima balo ekanini umuman tushuntirib berolmadi. La’natini

unutishga tirishib, sarmoya tiqilgan charm sumkani yelkasiga osdi-da, yana tuman

markaziga shoshildi. Eshikdan chiqar payti Shafoat ehtiyot yuzasidan avval

Odinaqul oldidan oʻtgani ma’qul ekanini ta’kidlagach, rejasi oʻzgardi.

Odinaqul top-toza va silliq tovonlariga qayta-qayta jiddiy nigoh yugurtirdi,

barmoqlari bilan oʻrtasi va girdlarini goh avaylab, goh qattiq bosib-bosib koʻrdi,

achishib kuyishuv sababi xususida tasavvur beradigan nishona topilmagach,

asabni tinchituvchi dori ichib turishni buyurdi. Toʻgʻrisi, Odinaqulning

muomalasidan barcha xavotiri tumandek tarqadi va ancha yengil tortdi, faqat asab

bilan bogʻliq boʻlsa bemalol davosini qilish mumkin degan oʻyda, dori qogʻozini

gʻijimlab uloqtirdi-yu, tijoratni yanada tuzukroq yoʻlga qoʻyish niyatida avtobus

bekatiga burildi”. [1.269-270]. Hikoyaning mifologik talqin etilishiga sabab –

Tugalboy muallimning, ayniqsa, oʻqituvchi-murabbiyning “adabiy tip” sifatida

olingani bilan belgilanadi. Odinaqul ham kodlashtirilgan

ramziy

qahramon.

Uning diyonatidan Xolbibi xolaniki tubdan farq qiladi. Odamlarni shu yoʻsinda

“bir-ikki” dori yozib berishi bilan davolay oladigan, har qanday bemor oʻzining

ichki ishonchi evaziga yaxshi boʻlib keta olishini yozuvchi boshqa tartibda

namoyon qiladi. Hikoyadagi qahramonlar eskichasiga ham, yangichasiga ham

muolajani olishda davom etadi. Bu erda Tugalboy muallim qulogʻiga


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

221

chalnayotgan ovoz, eng avvalo, istiqlol ovozi sifatida qabul qilish ishonchni

oqlaydi. Negaki, “sirli qoʻngʻiroq” muallim ruhiyatida roʻy berayotgan tizginsiz

mulohazalar mahsuli ekani va bu jarayonning ruhiy-ijtimoiy sabablari

jamiyatning “kasal”ga chalinib, milliy mental xususiyatlarning tobora “oʻlim”

yoqasiga kelib qolganidan shahodat beradi. Istiqlol yillari arafasida koʻpchilik

tizim ishdan chiqqanligi, Vatan ozodligi har narsadan ustun, uni yangicha

formatda rivojlantirish muhimligi ayonlashadi. Bir oila timsolida – bir jamiyat,

makon va zamon aniq belgilanmagan bozor va qishloq negizida roʻy berishida

ham alohida bir ramziy detalnni uchratish mumkin. Yozuvchi Asad Dilmurodning

va oʻzining boshqa-da salafalari ijodida yorqin boʻyoqlarda namoyon boʻlayotgan

har bir detal syujet, gʻoya va individual uslub yaxlitlashuvi bugungi mifologik

talqin ustuvorlashib borayotganidan dalolatdir. Shuning uchun ham, joriy

adabiyotshunoslikda ramzlashgan tasvir etikasi insoniyatning ancha taraqqiy etib,

ilgarilab ketganligini izohlaydi. Zotan, har bir detal strukturasida aks etgan

falsafiy-psixologik kechinmalar yuqoridagi ramziy-majoziy detallar negizida

insoniyat yangi davrga oyoq qoʻyganligini, uning har bir talqinida zamondosh

odam tiynati ifodalanayotgani sezishi qiyin emas.

Xulosa shuki, Asad Dilmurod “Qoʻngʻiroq” hikoyasida azim tarixiy hodisa,

jadid bobolarimizning orzu-umidlarining roʻyobga chiqayotganidan, har bir kasb

egasining tafakkuri chandon yuqori boʻlishiga ishonganini tasdiqlaydi. Istiqlol

oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilgan hodisa emas! Buning uchun badiiy tafakkur ham

qanchadan-qancha ziyo istovchilarga mayoq vazifasini oʻtaganligini kafolatlaydi.

Yozuvchi tush, ramz va detallar tigʻizlashuvi negizida shaxs konsepsiyasi – millat

sajiyasi bilan uzviy ekanligini isbotlay olganligida koʻrinadi. Bu jarayon yozuvchi

poetik mahoratining chuqurlashib ketganligini, Sharq badiiy falsafiy-psixologik

kriteriylariga toʻlaqonli javob berishini tayin eta olganligida namoyon boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar .

1.

Asad Dilmurod. Xilvat. –T: “Yangi asr avlodi”. 2017. –B.265


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

5-To’plam 1-son May , 2025

222

2.Doniyorova Sh. Omon Muxtor ijodida yangicha talqinlar. –T: “Turon

Zamin-Ziyo”. 2017. –B.68.

3.Eshonqulov J. Folklor: obraz va talqin. –Qarshi. Nasaf. 1999. –B.81-82.

4.Qoʻchqorova M. Hozirgi oʻzbek nasrida badiiy shartlilik. Filol.fan.dok.

diss.si. –T., 2020.

5.Saitov S. O.Genri va oʻzbek adabiyoti. –Buxoro: “Durdona”. 2024. –B.

6.

Umurov H. Saylanma. 5-jild. –Samarqand. 2011. –B.133-134.

7.Xolmirzaev Sh. Hikoya haqida// Sharq yulduzi. 1971 yil, 1-son.

8.Xurshid Doʻstmuhammad. Milliy hikoya: izlanishlar, yutuqlar, istaklar.

Ozod vatan sogʻinchi. Adabiy tanqid. Toshkent “Adib”2004.