Mualliflar

  • Ikramova Feruza Xayrullayevna
  • Imomova Mohidil Furqat qizi

Muallif tarjimai holi

  • Ikramova Feruza Xayrullayevna

    (Toshkent Davlat Transport Universiteti  dotsenti)

  • Imomova Mohidil Furqat qizi

    (Toshkent Davlat Transport  Universiteti 

    YMAE-7r guruhi talabasi)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.91085

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: g‘oyat shafqatli hayotbaxsh qo‘llar ayovsiz yovuz go‘r kabi sovuq tanbal qo‘llar qo‘llar yurakning navkarlaridir. Keywords: very compassionate lively hands ruthless evil cold lazy

Annotasiya

Annotatsiya: Maqsud Shayxzoda “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak, bu daftarni foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan to‘ldirish lozim deydi. Darhaqiqat, bu cheklangan, sargardonlikka to‘lgan umrni, ya’ni muhlatli daftarini ezgulik satrlari bilan to‘ldirgan adibning har satri qatlarida olamcha ma’no, hikmatlar mujassam. Maqolada shu xususda fikr yuritiladi.

Annotation: Maqsud says that Prince's "notebook with a limited period of human life" means that this notebook should be filled with useful, noble deeds - "records". Indeed, this limited, wandering life, that is, every line of the writer who filled his timeless notebook with lines of goodness, has universal meaning and wisdom. The article discusses this.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

123

SHAYXZODA ASARLARINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ikramova Feruza Xayrullayevna

(Toshkent Davlat Transport Universiteti dotsenti)

feruza.ikromova71@gmail.com

Imomova Mohidil Furqat qizi

(Toshkent Davlat Transport Universiteti

YMAE-7r guruhi talabasi)

mohidilimomova05@gmail.com

Annotatsiya: Maqsud Shayxzoda “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”,

demak, bu daftarni foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan to‘ldirish lozim deydi.

Darhaqiqat, bu cheklangan, sargardonlikka to‘lgan umrni, ya’ni muhlatli

daftarini ezgulik satrlari bilan to‘ldirgan adibning har satri qatlarida olamcha

ma’no, hikmatlar mujassam. Maqolada shu xususda fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar, ayovsiz, yovuz, go‘r kabi

sovuq, tanbal qo‘llar, qo‘llar yurakning navkarlaridir.

Annotation: Maqsud says that Prince's "notebook with a limited period of

human life" means that this notebook should be filled with useful, noble deeds -

"records". Indeed, this limited, wandering life, that is, every line of the writer who

filled his timeless notebook with lines of goodness, has universal meaning and

wisdom. The article discusses this.

Keywords: very compassionate, lively hands, ruthless, evil, cold, lazy

"hands", hands are the navkars of the heart..


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

124

Tafakkur va fikrlashlarimiz milliy g‘oya asosida takomillashayotgan bir

davrda o‘z davri ijodkorlarining san’at hisoblangan badiiy asarlari tilini endilikda

tadqiq etish ishlari yangicha uslubda boshlandi. Maqsud Shayxzoda ijodiga

munosabat, asarlari mazmuni va mohiyatini tushunish har bir asarning o‘ziga xos

serjilo, purma’no, emotsionallikka boy jihatlari kabi qirralarini ochishga asosdir.

Ozarboyjon va O‘zbekistonning mohir so‘z san’atkori Maqsud Shayxzoda

merosini uning nazmiy va nasriy asarlarn kabi yetuk mutafakkirlar hayoti hamda

ijodi ularning ilmiy, tarixiy, falsafiy, diniy, axloqiy qarashlari, g‘oyalariga ilmiy

munosabati kabi masalalar o‘rganilishi nihoyatda zarur ekanligiga ishoratdir.

Ona tilini puxta o‘rganish g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlar orasida eng asosiy

masalalardan hisoblanadi. O‘z navbatida milliy tilni chuqur o‘zlashtirish, uning

adabiy manbalari tilini maxsus tadqiq etish tilshunoslik fanining asosiy

vazifalaridan biridir.

Maqsud Shayxzodaning badiiy asarlarida hayotning turli jabhalariga

taalluqli bo‘lgan so‘z va atamalar ijodkor uslubiga xos o‘z badiiy ifodasini

topgan. Bu esa, albatta, so‘z san’atkorining dunyoqarashi binlan bog‘liq

kuzatuvchanlnk, turli sohalarga bo‘lgan qiziquvchanlik, ayniqsa, gumanistik

g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan ijtimoiy, tabiiy sohalarga nisbatan chuqur

mulohazakorligidan darak beradi.Shayxzoda o‘z asarlarini “O‘n besh yillik

daftari” yoki “Chorak asr devoni” deb nomlashi ham bejiz emasdir. Shoir

ta’kidlaganidek, “Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak bu daftarni

foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan to‘ldirish lozim deydi. Darhaqiqat, bu

cheklangan, sargardonlikka to‘lgan umrini, ya’ni muhlatli daftarini ezgulik

satrlari bilan to‘ldirgan adibning har satri qatlarida olamcha ma’no, hikmatlar

mujassam.

Uning ijodida alohida o‘rin egallagan “Qo‘llar» she’rida qo‘llarda insonning

borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini ko‘radi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

125

Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi”

(1944) tragediyasida ona yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul

istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini

tarixan aniq dalillar asosida haqqoniy tasvirlagan. Ulug‘ adib bilan bir safda

turgan adiblarimizdan Oybek bilan G‘afur G‘ulom ham o‘sha vaqtda asarga juda

yuqori baho berishib, uning o‘zbek kitobxonlari uchun naqadar qimmatli ekanini

ta’kidlagan: “Asar tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki

ma’nosini” ochib bergan, “Kompozitsiyasi pishiq, dramatik to‘qnashuvlarga boy

bir asar» deb ta’riflashgan.

Adabiyot olamida taniqli adabiyotshunos Naim Karimovning fikriga ko‘ra,

ikkinchi jahon urushi yillarida hukumat vakillari yozuvchilarni o‘tmishdagi

mashhur sarkardalar, qahramonlar haqida asar yozishga da’vat etishgan. Ular

bunday asarlar xalq va armiyani o‘tmishdagi jasur sarkardalardan, xalq

qahramonlaridan ibrat olishga da’vat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning

vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin degan qarashda bo‘lishgan.

Shunday ijodiy buyurtmani olgan Shayxzoda o‘zbek xalqining jasur

farzandlaridan biri Jaloliddin Manguberdi haqida sahna asari yozishga kirishgan.

Respublikaning o‘sha paytlardagi rahbari Usmon Yusupov shoirning asarini

tezroq yakunlashi uchun uni yurtimizning xushmanzara, bahavo maksanlaridan

biri Farg‘ona viloyatiga yuboradi. “Boshqa ishlar bilan xayolingni bo‘lma. Xalq

sendan Jaloliddin to‘g‘risidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib,

uni tezroq tugallab qayt!” deya rahbar shoirni ruhlantiradi. Shunday qilib,

Maqsud Shayxzoda rafiqasi Sakinaxonim bilan Farg‘onaga borib, olti oy ichida

tarixiy dramani yozadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bunday tarixiy-qahramonlik asarlari o‘sha

davr tuzumi, hukumat o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Bu asarlar xalqda o‘zligini

anglash, millati bilan g‘ururlanish ruhini uyg‘ota boshladi. Shundan so‘ng garchi

buyurtma asosida yozdirilgan bo‘lsa-da, bunday asarlar mualliflari chetlashtirila

boshlandi. jumladan Maqsud Shayxzodani ham o‘tmishni ideallashtirishda


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

126

ayblab qamoqqa olishdi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 1946 yilgacha

“Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar “Armug‘on” to‘plamida

bosilgan edi. Afsuski, millatimiz o‘zligi, tarixi, madaniyati toptalayotgan bir

davrda tabiiyki boshqa nodir asarlarimiz “taqdiriga bitilgani”dek, undan keyin 43

yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan

olingandan keyin ko‘p o‘tmay Shayxzoda qamaldi. Bu asarga o‘tmish

ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yildi. Tarixdan ma’lumki, musodara

etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Bunday qismat

barcha buyuk ijodkorlarimiz, ziyolilarimiz asarlariga ravo ko‘rilgan “siylov” edi.

Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan

bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil

qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir

nusxasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon

qilinmay qolaverdi.

Xalqimizning juda topib aytgan naqli bor: Haqiqat egiladi, ammo sinmaydi.

Taqdir charxpalagi aylanib, kelajak avlod ajdodining kim bo‘lganini ko‘rsatgan,

tarixning qonli qo‘llarida shafqatsizlarcha toptalib, olmosdek o‘z egasiga qaytgan

bu asarning chop etilganini adib ko‘rmay olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin

Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida

Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988

yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida yozuvchining

“Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi. Xalqimiz qo‘liga yetib

bordi. Odamlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini jo‘sh urdiruvchi, qahramonlik

ruhidagi bu asar bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Oradan ko‘p yillar

o‘tsa ham Shayxzoda domla asarlari o‘z kuch-qudratini namoyon etib kelmoqda.

Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi

taqdiri va kurashiga odilona yondashganligi, haqiqatni himoya qilganligi o‘z

isbotini topdi.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

127

Adabiyotlar

1.

M. Shayxzoda. Xiyobon: She’rlar/ M. Shayxzoda Toshkent: G‘afur

G‘ulom, 1967.

2.

Haqiqat va go‘zallik navkari: [Maqsud Shayxzoda tavalludining 75

yilligi oldidan] // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati. – 1983.

3.

M.Shayxzoda. Jaloliddin Manguberdi. T.: 1944.

4.

M. Shayxzoda. Dunyo boqiy: She’rlar, dostonlar, dramalar / M.

Shayxzoda. - Toshkent: G‘afur G‘ulom. 1988.