Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
119
MAQSUD SHAYXZODA ILMI DARYO ALLOMA, QOMUSIY
BILIM SOHIBI
Ikramova Feruza Xayrullayevna
(Toshkent Davlat Transport Universiteti dotsenti)
feruza.ikromova71@gmail.com
Imomova Mohidil Furqat qizi
(Toshkent Davlat Transport Universiteti YMAE-7r guruhi talabasi)
mohidilimomova05@gmail.com
Annotatsiya: maqolada Maqsud Shayxzoda asarlari, O‘zbekistonga bo‘lgan
muxabbati, vatanparvarlik, shuningdek, shoirning tarixiy asarlari haqidagi
shaxsiy yondoshuvlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: she’riyat, meros, inson obrazi, inson falsafasi, vatanparvarlik,
immunitet, mafkura, xotira.
The article describes the works of Maqsud Shaykhzoda, his love for
Uzbekistan, homeland, patriotism, as well as his personal views on the historical
works of the poet. a
Keywords: poetry, heritage, human image, human philosophy, homeland,
patriotism, immunity, ideology, memory.
O’zbekisfon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-vil 24-avgustdagi
502-sonli qarori ijrosi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi «Atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy
merosinİ yoshlar o’nasida targfib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali
foydalanish chora-tadbirlari to’g’risİda»gİ 502-sonli qarori hamda Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 2-sentabrdagi 458-son, O’zbekiston
Respublikasi
transport
vazirligining
2020-yil
7-sentabrdagi
173-sonli
buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
120
transport unversiteti 23.09.2020-yil №46-Y sonli buyrug’I bilan Axborot-resurs
markazining badiiy adabiyotlar o‘quv zalini “Maqsud Shayxzoda” nomidagi
badiiy adabiyolar bo‘limi deb yuritila boshlandi.
“Maqsud Shayxzoda” o‘quv zali shinam va yorug’ bo’lib foydalanuvchilar
uchun juda ham qulay. Adabiyot va san’at darg’alari aks ettilrilgan suratlar bilan
bezatilgan. O’quv zali klassika, poeziya,dedektiv,sarguzasht hamda fantastika
janrdagi o‘zbek, rus va lotin alifbosidagi 31919 ta adabiyotlar, 28 ta so’ngi
rusumdagi kompyuter va bepul internet tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘quv zalida mavjud adabiyotlar
ochiq fond shaklida joylashtirilgan. Bu kitobxonga o‘zi hohlagan turdagi
adabiyotni o‘qish imkoniyatini beradi. Ulkan so‘z san’atkorlarining qadru
qimmati umrzoqligi, badiiy mahoratdagi ustozlik darajasini o‘lchaydigan eng
haqqoniy va ishonchli mezon zamon va kitobxon hisoblanar ekan, u holda bunday
sermashaqqat sinovdan sharaf bilan chiqolgan nodir siymolar qatorida Maqsud
Ma’sumbek o‘g‘li Shayxzodaning tabarruk ismini ham faxr va mehr bilan
e’zozlab, yodga olamiz. Ustod shoir va dramaturg, adabiyotshunos olim va
tanqidchi, publitsist va tarjimon, noshir va murabbiy sifatida faol hayot kechirdi.
Atoqli adib bu sohalarning har birida o‘chmas izlar qoldirdi. Maqsud Shayhzoda
ilmi daryo alloma, qomusiy bilim sohibi, donishmand inson edi. U xalqimizning
yozma va og‘zaki adabiyoti, jahon adabiyoti, rus va qardosh xalqlar adabiyotlari
haqida teran, o‘rnak bo‘larli tadqiqotlar yaratdi, xalq dostonlarini nashrga
tayyorlash ishlarida faol qatnashdi, o‘zi ham folklor materiallari asosida o‘lmas
asarlar yozdi. Ayniqsa, olimning Alisher Navoiy ijodiga doir tadqiqotlari
navoiyshunoslikdagina emas, balki boy klassik merosimizni o‘rganishda ham
yangi bosqich bo‘ldi. Ulug‘ inson va san’atkor Maqsud Shayhzoda tom ma’nosi
bilan ikki xalqning – o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining asl farzandi edi. Biri unga
hayot berdi, ikkinchisi kamolotga yetkazdi. Ustod o‘zbek xalqini, O‘zbekistonni
jon – dilidan ulkan muhabbat bilan sevardi, ardoqlardi. O‘zbekiston xalq
yozuvchisi Asqad Muxtorda saqlanib qolgan bir maktubida u shunday samimiy
so‘zlar yozgan ekan: “Men bu o‘lkaga, uning odamlariga o‘la o‘lguncha
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
121
qarzdorman. Bordi-yu bir mo‘jiza yuz berib, bir emas, to‘rt umr yashasam,
to‘rtovini ham shu ona yurtimga bag‘ishlab, kecha-kunduz madhini aytardim va
shunda ham uning menga bag‘ishlagan sahiy mehri uchun qarzimning mingdan
birini ham uzolmagan bo‘lardim. Men bu yerda ma’naviy kamol topdim. Shu
yerda olamni tanidim, hayotni, insonni, she’riyatni sevdim...” Maqsud
Shayhzodaning o‘zi ham umr bo‘yi yuksaklikka intilib yashadi, ulkan san’atkor
qalbida ezgu tuyg‘ular bilan ezgu ishlarni amalga oshirdi – insonga mehr
muhabbat ruhi ufurgan o‘lmas asarlar yaratdi, xalqiga sidqidildan xizmat qildi.
Shu tufayli u hamisha vatandoshlari safidadir.
O‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Maqsud Shayxzoda
1908 yil 25 oktabrda Ozarboyjonning Oqdosh shahrida tavallud topgan. Shoir
1928 yilda Toshkentga kelib, umrining oxiriga qadar poytaxtda yashab, ijod
qilgan. U bu shaharni ikkinchi vatani deb bilgan. Shayxzoda «O‘n she’r»,
«Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Kurash nechun», «Jang va qo‘shiq»,
«Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki…» kabi she’riy to‘plamlari, «Jaloliddin
Manguberdi» tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarni yaratdi
Maqsud Shayxzoda 1944 yilda, ayni ikkinchi jahon urushi payti, keyinchalik
boshiga ko‘p g‘avg‘olar (o‘zbek xalqining “feodal o‘tmishini ideallashtirish”da
ayblanib, hibsga olingan) kelishiga sababchi bo‘lgan «Jaloliddin Manguberdi
»
tarixiy dramasini nega yozgan edi?Taniqli adabiyotshunos Naim Karimovning
fikriga ko‘ra, urush yillarida hokimiyat vakillari yozuvchilarni o‘tmishdagi
mashhur sarkardalar haqida asar yozishga da’vat etishgan. Ular bunday asarlar
xalq va armiyani o‘tmishdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat
olishga da’vat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari
ruhida tarbiyalashi mumkin degan qarashda bo‘lishgan. Shunday ijodiy
buyurtmani olgan Shayxzoda o‘zbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin
Manguberdi haqida sahna asari yozishga kirishgan. [Naim Karimov
2009:259].Respublikaning o‘sha paytlardagi rahbari Usmon Yusupov
shoirning
asarini tezroq yakunlashi uchun uni yurtimizning xushmanzara maksanlaridan biri
Farg‘ona viloyatiga yuboradi. “Boshqa ishlar bilan xayolingni bo‘lma. Xalq
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
122
sendan Jaloliddin to‘g‘risidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib,
uni tezroq tugallab qayt!” deya rahbar shoirni ruhlantiradi. Shunday qilib, Maqsud
Shayxzoda rafiqasi Sakinaxonim bilan Farg‘onaga borib, olti oy ichida tarixiy
dramani yozadi. [www ziyouz.com]
Oradan ko‘p yillar o‘tsa ham Shayxzoda asarlari o‘z kuch-qudratini
namoyon etib kelmoqda. Yaqinda shoir Botir Ergashevning aynan "Jaloliddin
Manguberdi" dramasidagi "Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan
yovni quvsa, mendirman o‘shal" misrasidan ilhomlanib yozgan she’ri Ozodbek
Nazarbekov tomonidan maromiga yetkazib kuylanishi va bu qo‘shiq xalqimiz
ko‘nglidan chuqur o‘rin egallagani bunga yorqin misol. Asarda sulton
Jaloliddinning oxirgi so‘zi sifatida quyidagi satrlar keltiriladi: Bir kun paydo
bo‘laman shu yurt, shu yerda, Yurt shaydosi ko‘rinmas g‘urbatda – go‘rda. Kim
yurtdan yovni quvsa, mendurman o‘shal! Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal
Ma’lumki, Mo‘g‘ul istilosi davrida Movaraunnahrda katta jasorat ko‘rsatgan
Jaloliddin haqida Shayxzodaga qadar birorta badiiy asar yaratilmagan, sovet
tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning na nomi, na jangovar jasorati iliq
so‘zlar bilan tilga olingan edi. Shunga qaramay, Shayxzoda bu ajoyib siymo
haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin
Mangburni” va Alouddin Atomalik Juvayniyning “Tarixi jahongushoyi
Juvayniy” kabi asarlarini o‘qib, shu asarlarda tasvirlangan tarixiy davr voqealari
asosida o‘z asarini yozishga ahd qildi. Jaloliddin mo‘g‘ullarning ashaddiy
dushmani bo‘lganiga qaramay, Chingizxon uning dovyurakligi va sarkardalik
mahoratiga tan berishga majbur bo‘ladi. Shayxzoda yetuk yozuvchi sifatida yoza
boshlagan ilk sahna asariga ana shunday tarixiy shaxsni – mo‘g‘ul qo‘shinlariga
g‘ulg‘ula solgan, g‘alaba yuz o‘girgan jang maydonlaridan ham omon eson chiqib
ketgan Jaloliddinni qahramon qilib oladi.
Adabiyotlar
1.
Naim Karimov. Maqsud Shayxzoda (Ma’rifiy-biografik roman).-
Toshkent,”Sharq”, 2009 yil (359 b.).
2.
www ziyouz.com
3.
https://elib.tstu.uz/ru/shayxzoda-2/