Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
66
UDK: 528.46:004:043
DAVLAT KADASTRLARI YAGONA TIZIMIDA O‘SIMLIKLAR
DUNYOSI OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRINI YURITISH
TARTIBI.
Sattorov Shahzod Yarashovich –
Buxoro Davlat texnika universiteti dotsenti.
Ismatov Temurbek Akbar o’g’li –
Buxoro Davlat texnika universiteti doktoranti
E-mail:
Annotatsiya: O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri mazmuni va
yuritish tartibi, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini
yuritish to‘g‘risidagi muvofiq o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat
muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash orqali yuritish
tartibi to’g’risida.
Kalit so‘zlar: O‘simlik, obyekt, kadastr, miqdor, sifat, integratsion
tizimlar, yer munosabatlari, Yer hisobi, elektron dastur.
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri «O‘simlik dunyosini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Davlat kadastrlari
to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarga, shuningdek “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat
hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish
to‘g‘risida Qaror”ga muvofiq o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat
muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida
yuritiladi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
67
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri o‘zida o‘simliklar dunyosi
obyektlarining jug‘rofiy joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari
va bahosi to‘g‘risidagi yangilab turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimini
ifodalaydi.
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish uchun quyidagi
asosiy prinsiplar asos qilib olingan:
- Respublikaning butun hududida o‘simliklar dunyosining barcha
obyektlarini o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri bilan qamrab olish;
- Kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
-
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritishni
markazlashtirilgan tarzda boshqarish;
- Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta’minlash;
- Kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‘ldirish va yangilab
borishning uzluksizligi;
- Kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi.
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish o‘simliklar
dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini va boshqa huquqlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni, o‘simliklar dunyosi obyektlarini miqdoriy va sifat
tavsiflarini hisobga olishni, o‘simliklar dunyosi obyektlarini sifat va qiymat
jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni,
o‘simliklar dunyosi obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishni,
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim
etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat
kadastrida quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi o‘simliklarning har bir turi
bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
68
➢
yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat
sifatida foydalaniladigan o‘simliklar;
➢
texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar;
➢
tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar;
➢
yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan
turlari.
Kadastr daftari o‘simliklar dunyosining kadastr obyektlarini ro‘yxatdan
o‘tkazish va hisobga olishning asosiy hujjati hisoblanadi hamda unda ularning
jug‘rofiy joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy va sifat tavsiflari va baholash
haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning
obyektlarni o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastriga kiritish to‘g‘risidagi
takliflari hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi. Hududiy boshqarmalar obyektni
oldindan o‘rganadi, zarur kadastr hujjatlari tuzadi va agentlikka yuboriladi.
Agentlik obyektlarni o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastriga
kiritish bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni ekspertizadan o‘tkazish uchun
agentlik Ilmiy-ekspert kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastriga kiritilgan o‘simliklar
dunyosining har bir obyektiga buyruq qabul qilingan paytdan boshlab o‘n kun
mobaynida o‘simliklar dunyosi obyekti pasporti rasmiylashtiriladi. Pasportda
maqsadi o‘simliklar dunyosi mazkur obyektini muhofaza qilish hisoblanadigan
ma’lumotlar va uning asosiy ma’lumotlari bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri
yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning foydalanish xususiyatlari bo‘yicha
kadastr obyektlarining quyidagi guruhlarida birlashtirilgan har bir turi bo‘yicha
son, sifat va baholash ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi:
➢
kamyob va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklar;
➢
dorivor va ozuqa maqsadlarida ishlatiladigan yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklar;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
69
➢
texnik maqsadlarda ishlatiladigan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar;
➢
yovvoyi holda o‘suvchi manzarali o‘simliklar;
➢
tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklari;
➢
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o‘sadigan o‘simliklar;
➢
o‘simliklarning boshqa turlari.
Hududni kadastr bo‘yicha tekshirish, o‘simlik dunyosi obyektlarini davlat
tomonidan har yili hisobga olish, ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish
o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish uchun asosiy
ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining tegishli vakolatli bo‘linmasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha o‘simlik
dunyosi obyektlarini davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish
hajmlarini hisobga olish to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumotlari o‘simlik
dunyosi obyektlarining davlat kadastriga tegishli hududlar bo‘yicha kiritiladi va
Davlat ekologiya qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘simlik
dunyosi obyektlarining davlat kadastriga kiritish uchun taqdim etiladi.
1-rasm O‘simlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa
ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobi
1
O‘simlik dunyosi obyektlarini hisobga olish va boshqa ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobini yuritish
tartibi to‘g‘risidagi
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
70
Kamyob va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi
o‘simliklar turlari bo‘yicha o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastriga
kiritiladigan ma’lumotlar quyidagilardan iborat:
➢
identifikatsiya raqami;
➢
o‘simlik turining nomi;
➢
turning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha maqomi;
➢
turning populatsiya holati;
➢
joylashgan joyi;
➢
xo‘jalik subyektining nomi;
➢
turning populatsiyasi o‘sadigan joylar (geografik koordinatlar);
➢
turning tarqalish maydoni;
➢
populatsiyaning zichligi;
➢
turning populatsiya soni;
➢
hududdan foydalanish xususiyati;
➢
muhofaza etish choralari.
O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish kadastr
ma’lumotlarini to‘plashning oldingi (dastlabki yillarda to‘plash), asosiy
(birlamchi) va joriy (har yilgi) turlarini o‘z ichiga oladi va bu turlar ushbu
ma’lumotlarni uzluksiz yangilanishini ta’minlaydi.
2-rasm O‘simlik dunyosi obyektlari bo‘yicha kadastr ma’lumotlarini
taqdim etish.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
71
Birlamchi ma’lumotlar asosida o‘simlik dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi
birlamchi kadastr ma’lumotlari hududiy darajada umumlashtiriladi va kiritiladi.
Kadastr ma’lumotlarini joriy (har yili) to‘plashda birlamchi ma’lumotlar
kiritilgandan so‘ng ro‘y bergan keyingi barcha o‘zgarishlar qayd etiladi va
kadastrga kiritiladi.
Kadastr ma’lumotlari hududiy darajaga taqdim etilgandan so‘ng
ro‘yxatdan o‘tkazish kitobining “Har yili davlat tomonidan hisobga olish
ma’lumotlari” bo‘limida “Hisobot yili uchun kadastr ma’lumotlari Davlat
ekologiya qo‘mitasining vakolatli bo‘linmasiga berildi” yozuvi qayd etiladi va
kadastr ma’lumotlarini yuborish to‘g‘risidagi ilova xatining raqami hamda sanasi
ko‘rsatiladi. Ilova xati vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanib, uning nusxasi
qabul qilingani haqida belgi qo‘yilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish kitobiga
yopishtiriladi.
O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini yuritadigan va kadastr
ma’lumotlarini Davlat ekologiya qo‘mitasining vakolatli bo‘linmalariga taqdim
etadigan tashkilotlarning vakolatli shaxslari, rahbarlari kadastr ma’lumotlarining
ishonchliligi, to‘liqli va qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida taqdim etilishi
uchun mas’uldir.
Adabiyotlar ro’yxati.
[1]
Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. KАRTАGА ОLISHDА
ZАMОNАVIY MЕTОD VА TЕXNОLОGIYАLАRNING АHАMIYАTI
//Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 58. – №. 2. – С. 105-109.
[2]
Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. GEOMA’LUMOTLAR
BAZASIDAGI
MAVZULI
QATLAMLARNING
ATRIBUTIV
JADVALLARINI ALGORITMGA BOG ‘LASH //Ustozlar uchun. – 2024.
– Т. 58. – №. 2. – С. 99-104.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
72
[3]
Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. АЕRОKОSMIK MЕTОD
YОRDАMIDА MЕLIОRАTIV MОNITОRING QILISH VА KАRTАSINI
ISHLАB CHIQISH //Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 58. – №. 2. – С. 110-115.
[4]
Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. DALA TADQIQOT
NATIJALARINI
GEOMA’LUMOTLAR
BAZASIGA
INTEGRATSIYALASH //Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 58. – №. 2. – С. 93-
98.
[5]
Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. KOSMOSURATLARDAN
FOYDALANIB ELEKTRON RAQAMLI KARTALARNI YANGILASH
//Journal of new century innovations. – 2024. – Т. 54. – №. 4. – С. 14-18.