Mualliflar

  • Sattorov Shahzod Yarashovich
  • Ismatov Temurbek Akbar o’g’li

Muallif tarjimai holi

  • Sattorov Shahzod Yarashovich

    Buxoro Davlat texnika universiteti  dotsenti.

  • Ismatov Temurbek Akbar o’g’li

     Buxoro Davlat texnika universiteti  doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.91096

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: O‘simlik obyekt kadastr miqdor sifat integratsion tizimlar yer munosabatlari Yer hisobi elektron dastur.

Annotasiya

Annotatsiya: O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri mazmuni, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risidagi muvofiq o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashni mazmun mohoyati to’g’risida.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

59

UDK: 528.46:004:043

DAVLAT KADASTRLARI YAGONA TIZIMIDA O‘SIMLIKLAR

DUNYOSI OBYEKTLARI DAVLAT KADASTRINING MAZMUNI.

Sattorov Shahzod Yarashovich

Buxoro Davlat texnika universiteti dotsenti.

Ismatov Temurbek Akbar o’g’li –

Buxoro Davlat texnika universiteti doktoranti

E-mail:

shsattorov1993@mail.ru

Annotatsiya:

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri mazmuni,

ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risidagi

muvofiq o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan

oqilona foydalanishni ta’minlashni mazmun mohoyati to’g’risida.

Kalit so‘zlar: O‘simlik, obyekt, kadastr, miqdor, sifat, integratsion

tizimlar, yer munosabatlari, Yer hisobi, elektron dastur.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri «O‘simlik dunyosini

muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Davlat kadastrlari

to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy

hujjatlarga, shuningdek “Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat

hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish

to‘g‘risida Qaror”ga muvofiq o‘simliklar dunyosi obyektlarining davlat

muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida

yuritiladi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri o‘zida o‘simliklar dunyosi

obyektlarining jug‘rofiy joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

60

va bahosi to‘g‘risidagi yangilab turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimini

ifodalaydi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish uchun quyidagi

asosiy prinsiplar asos qilib olingan:

- Respublikaning butun hududida o‘simliklar dunyosining barcha

obyektlarini o‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri bilan qamrab olish;

- Kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi;

-

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri yuritishni

markazlashtirilgan tarzda boshqarish;

- Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta’minlash;

- Kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to‘ldirish va yangilab

borishning uzluksizligi;

- Kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrini yuritish o‘simliklar

dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini va boshqa huquqlarni davlat

ro‘yxatidan o‘tkazishni, o‘simliklar dunyosi obyektlarini miqdoriy va sifat

tavsiflarini hisobga olishni, o‘simliklar dunyosi obyektlarini sifat va qiymat

jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni,

o‘simliklar dunyosi obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzishni,

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim

etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat

kadastrida quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi o‘simliklarning har bir turi

bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:

yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat

sifatida foydalaniladigan o‘simliklar;


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

61

texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar;

tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar;

yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan

turlari.

O‘simliklar dunyosi obyektlari, mulkchilik obyektlari va subyektlari,

o‘simliklar dunyosi obyektlariga egalik qilish,

ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to‘g‘risidagi

ma’lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi;

o‘simliklar dunyosi obyektlari ro‘yxatini tuzadi;

o‘simliklar dunyosi obyektlari bo‘yicha kadastr daftarini yuritadi;

o‘simliklar dunyosi obyektlarining joylashishi sxemasini tuzadi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrining mazmuni - O‘simliklar

dunyosi obyektlari davlat kadastrida Respublika hududidagi barcha o‘simliklar

dunyosi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.

Hisobga olish va baholash axboroti birgalikda o‘simliklar dunyosi

obyektlari bo‘yicha kadastr axborotini tashkil etadi, ushbu axborot alifboli-

raqamli (matnli, jadvallar, vedomostlar) va chiziqli (rejalar, sxemalar, kesimlar va

o‘lchamlar) shakllarda qog‘ozda, magnit va boshqa manbalarda taqdim etiladi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri o‘simliklar dunyosi

obyektlarining jug‘rofiy joylashishi haqidagi ma’lumotlarni, o‘simliklar dunyosi

obyektlarining miqdoriy va sifat tavsiflari hisobini va miqdoriy va qiymat

jihatidan hisobini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat

kadastrida quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi o‘simliklarning har bir turi

bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi:

yovvoyi holda o‘sadigan dorivor va manzarali, shuningdek, oziq-ovqat sifatida

foydalaniladigan o‘simliklar;

texnik maqsadlarda foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar;


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

62

tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar;

yovvoyi o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan

“O‘zbekiston oliy o‘simliklarining ta’rifnomasi”, shuningdek dalani tekshirish

ma’lumotlari o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini tuzish uchun

axborot manbai hisoblanadi.

O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri kadastri axboroti uzluksiz

yangilashini ta’minlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi.

O‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining asosiy (birlamchi) turini

yuritishda obyektlar birlamchi ro‘yxatdan o‘tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda

asosiy tur o‘tkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi o‘zgartirishlar qayd

etiladi va kadastrga kiritiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobga olish va baholash axboroti o‘simliklar

dunyosi to‘g‘risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot alifbo-

raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (xaritalar, sxemalar) shakllarida, an’anaviy

va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.

O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza

qilish qo‘mitasi tomonidan quyidagi ma’muriy-hududiy darajalarda:

birlamchi darajada o‘simlik dunyosi obyektlarning davlat kadastri

subyektlarining vakolatli shaxslari tomonidan;

mintaqaviy darajada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni

muhofaza qilish qo‘mitasining kadastr xizmati va tabiatni muhofaza qilish

viloyat qo‘mitalarining vakolatli shaxslari tomonidan;

Respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza

qilish qo‘mitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi.

O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri subyektlari darajasida

vakolatli shaxslar: yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni ro‘yxatga oladi, ularning

soni, sifati va bahosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi, kadastr kitobini yuritadi,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

63

o‘simliklarning turlar bo‘yicha tarqalishining kadastr rejasini tuzadi va

mintaqaviy darajada zarur kadastr axborotini beradi.

Mintaqaviy darajada vakolatli shaxslar kadastrini yuritishda subyektlarga

uslubiy yordam ko‘rsatadi, tushayotgan axborotni tahlil qiladi, taqdim etilgan

ma’lumotlarning ishonchliligini baholaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va

viloyatlar bo‘yicha yovvoyi o‘simliklarning ro‘yxatini va yovvoyi

o‘simliklarning turlar bo‘yicha joylashishi hududiy sxemalarini tuzadi, hisobotlar

tuzadi hamda ularni har yili 1-martgacha belgilangan shaklda Davlat tabiatni

muhofaza qilish qo‘mitasiga taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining

kadastr xizmati respublika darajasida:

o‘simlik

dunyosi

obyektlarining

davlat

kadastri

yuritilishini

muvofiqlashtiradi;

me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi;

viloyat kadastr hisobotlarini tizimlashtiradi;

kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta’minlaydi;

o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot

tizimini ishlab chiqadi;

manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr materiallaridan

foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi;

zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga beradi.

O‘simliklar dunyosining ko‘chmas obyektlariga huquqlar yer uchastkalari

muhofaza zonalarining naturada belgilangan va mustahkamlangan chegaralari

mavjud bo‘lgan taqdirda binolar va inshootlarning davlat yer kadastri va davlat

kadastrini olib boruvchi organlarda kadastr ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Yer

uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari qoziqli belgilari yo‘qolgan taqdirda

ular o‘sha joyda yer uchastkasi chegaralarining burilish nuqtalari o‘rnatilgan

holda dala geodeziya o‘lchamlari o‘tkazilgan yoki tegishli ko‘lamdagi fotografiya


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

64

ma’lumotidan foydalanilgan holda yer uchastkalari ajratish materiallari bo‘yicha

tiklanadi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari soni ularning amaldagi holati va

foydalanilishiga ko‘ra hisobga olinadi.

O‘simliklar dunyosi obyektlarini baholash, shu jumladan qiymatini

baholash ulardan samarali foydalanishni belgilash, yetkazilgan zarar miqdorini

aniqlash, sug‘urta, ijara to‘lovi stavkalari, ularni ta’mirlash, konservatsiya qilish

xarajatlarini qoplash, joriy tuzatishni olib borish uchun o‘tkaziladi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastri kadastr axborotining

uzluksiz yangilanishini ta’minlovchi asosiy va joriy turlarni o‘z ichiga oladi.

O‘simliklar dunyosi obyektlari davlat kadastrining asosiy turini yuritishda

o‘simliklar dunyosi obyektlari barcha turlarining birlamchi hisobi amalga

oshiriladi, ularning soni ko‘rsatiladi va naturada yer uchastkalari chegaralari

belgilanadi.

O‘simliklar dunyosi obyektiga kadastr hujjatlari: o‘simliklar dunyosi

obyektiga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardan,

o‘simliklar dunyosi obyekti kadastr ishidan, kadastr xaritasidan, kadastr

daftaridan va o‘simliklar dunyosi obyektining holati to‘g‘risidagi hisobotdan

iborat bo‘ladi.

O‘simliklar dunyosi obyekti kadastr ishi kadastr obyektiga huquqlarni

shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun

zarur bo‘lgan pasport, hujjatlar, materiallar va kadastr suratga olish hujjatlari,

texnik xatlash va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va qidiruvlar, kadastr

obyektining sifat va qiymat bahosidan iborat bo‘ladi.

O‘simliklar dunyosi obyektining kadastr xaritasi kadastr obyektlarining

joylashgan joyini, ularning chegaralarini, muhofaza zonalarini, baholash,


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

65

miqdoriy va sifat tavsiflarini aks ettiruvchi chiziqli hujjat hisoblanadi hamda

qog‘ozda, magnit va boshqa manbalarda tuziladi.

Adabiyotlar ro’yxati.

[1]

Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. GEOMA’LUMOTLAR

BAZASIDAGI

MAVZULI

QATLAMLARNING

ATRIBUTIV

JADVALLARINI ALGORITMGA BOG ‘LASH //Ustozlar uchun. – 2024.

– Т. 58. – №. 2. – С. 99-104.

[2]

Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. АЕRОKОSMIK MЕTОD

YОRDАMIDА MЕLIОRАTIV MОNITОRING QILISH VА KАRTАSINI

ISHLАB CHIQISH //Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 58. – №. 2. – С. 110-115.

[3]

Yarashovich S. S., Faxriddinovich J. F. DALA TADQIQOT

NATIJALARINI

GEOMA’LUMOTLAR

BAZASIGA

INTEGRATSIYALASH //Ustozlar uchun. – 2024. – Т. 58. – №. 2. – С. 93-

98.

[4]

Yarashovich

S.

S.,

Faxriddinovich

J.

F.

KOSMOSURATLARDAN FOYDALANIB ELEKTRON RAQAMLI

KARTALARNI YANGILASH //Journal of new century innovations. –

2024. – Т. 54. – №. 4. – С. 14-18.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари