Авторы

  • Murtozayev Sardor, Farmonova Nigora Bekzod qizi
    Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitet

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.119652

Ключевые слова:

raqamli iqtisodiyot aholi bandligi elektron tijorat innovatsion texnologiyalar.

Аннотация

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakat farovonligini oshirish uchun eng tez rivojlanayotgan va samarali ish berayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Eng jannatmisol yurt O’zbekiston, raqamli texnologiyalarni o’z iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida qabul qilgan. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, elektron tijorat va aholi bandligini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko’rsatib, O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy o’sishiga yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Bu maqola raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari aholi bandligi ortishi va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’sirini O’zbekiston misolida tahlil qiladi. Shuningdek, bu borada paydo bo’layotgan mavjud muammolar aniqlanadi va vaziyatni yaxshilash bo’yicha ma’qul yechimlar taklif etiladi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

RAQAMLI IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANISHINING AHOLI

BANDLIGIGA TA’SIRI: O’ZBEKISTON MISOLIDA

Ilmiy rahbar

: Murtozayev Sardor

(PhD).

Farmonova Nigora Bekzod qizi

(0-14a-24)

Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti (JIDU)

Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy aloqalar fakulteti 1-kurs talabasi

nigorabekzatvna006@gmail.com

Toshkent, O’zbekiston

Annotatsiya:

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakat farovonligini oshirish uchun eng tez

rivojlanayotgan va samarali ish berayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Eng jannatmisol yurt

O’zbekiston, raqamli texnologiyalarni o’z iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omili sifatida qabul

qilgan. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, elektron tijorat va aholi bandligini ta’minlashga

ijobiy ta’sir ko’rsatib, O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy o’sishiga yangi imkoniyatlarni

yaratmoqda. Bu maqola raqamli iqtisodiyot rivojlangani sari aholi bandligi ortishi va jamiyatning

ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’sirini O’zbekiston misolida tahlil qiladi. Shuningdek, bu borada paydo

bo’layotgan mavjud muammolar aniqlanadi va vaziyatni yaxshilash bo’yicha ma’qul yechimlar

taklif etiladi.

Kalit so’zlar

: raqamli iqtisodiyot, aholi bandligi, elektron tijorat, innovatsion texnologiyalar.

Kirish:

Raqamli texnologiyalar davrida aynan raqamli iqtisodiyot va texnologiyalarning

rivojlanayotgani ko’plab mamlakatlarning iqtisodiy barqarorlikka erishishiga hamda bandlik

oshishiga asosiy sabab bo’lmoqda. Shuningdek, O’zbekistonda ham raqamli texnologiyalar faol

ishlab o’z samarasini bermoqda. Ushbu jarayon sanoat samaradorligini oshirish, yangi ish

o’rinlarini ko’paytirishda va mehnat bozori shakllanishida muhim rol o’ynamoqda. Barchamiz

bilamizki, O’zbekistonda innovatsiyalarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va

maqbul kadrlar tayyorlash uchun ilgari surilgan “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi mavjud.

2020-yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon

qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga koʻtarilib, Prezident Farmoni bilan

mamlakatning “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl

xaritasi” tasdiqlandi.

1

Bugungi kunda ommalashib ketgan onlayn platformalar va sun’iy intellekt

aholi bandligi tizimiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatmoqda. Bir tomondan, raqamli iqtisodiyot

yangi kasblarning paydo bo’lishi, masofaviy ish va ta’limning ommalashishi va iqtisodiyot

platformalari orqali qulay ish imkoniyatlarini yaratmoqda. |Boshqa tomondan esa, online

platformalar rivoji natijasida ishchi kuchi qisqarib ketish xavfiga duch kelmoqda. Bu esa aholi

uchun qayta o’qish va zamonaviy texnologiyalar kabi yangi ko’nikmalarga ega bo’lish zaruratini

oshiradi. Raqamli iqtisodiyotning O’zbekiston mehnat bozoriga ko’rsatayotgan ta’sirini turlicha

o’rganish muhim albatta. Bu holatda barcha aholi qatlamining vaziyati va manfaatini hisobga olgan

holda chora ko’rish lozim. Ushbu maqola navbatma-navbat O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar rivojlanishining bandlikka ta’siri ko’rsatkichlarini tahlil qiladi va uning

ijobiy jihatlari va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ko’rsatadi.

Adabiyot tahlili:

Ko’plab iqtisodchilar O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivoji bo’yicha

tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, Brynjolfsson va Mcafee raqamli iqtisodiyotning aholi

bandligiga ta’sirini tahlil qilib, yangidan-yangi ish o’rinlari paydo bo’lishini ko’rsatib bergan.

Ularning fikrlariga ko’ra, raqamlashtirish hamda avtomatlashtirish, IT va texnologiya sohalarida

1

https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

2

Shuningdek, Umirov Islombekning “Mehnat bozori va elektron

tijorat” nomli maqolasi “Diversity Research: Journal of Analysis and Trends” jurnalining 2024-yil

dekabr sonida chop etilgan. Ushbu maqolada mehnat bozori va tijorat sektoriga qo’shimcha

raqamli iqtisodiyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, ularning iqtisodiyotdagi o’rni, muammolari,

rivojlanish yo’llari tahlil qilinadi.

3

Bundan tashqari, Qo’qon universiteti Raqamli texnologiyalar kafedra mudiri Mulaydinov Farxod

Murotovich o’z maqolasida, hozirgi zamonning shiddat bilan o’zgarishi, insonlar ehtiyoji, talablari

o’zgargani sari texnologiyalar ham takomillashib raqamli ko’rinishga kelayotgani haqida tahlil olib

boradi. Global tarmoq, raqamli qurilmalar iqtisodiyot taraqqiyotining drayveri hisoblanishini aytib

o’tgan.

4

Freeman va Soete kabi olimlar raqamli iqtisodiyotda innovatsiyalarning ahamiyatini tadqiq qilgan.

Ular raqamli innovatsiyalar va texnologiyalarni iqtisodiy rivojlanishga turtki beruvchi asosoiy omil

sifatida qayd etadi. Ular ta’kidlaganidek, innovatsiyalar yangi xizmat va mahsulotlarni yaratish

orqali iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi, bu esa jamiyatning turmush farovonligini oshirishga yordam

beradi. Bu fikrlar O’zbekistondagi “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturida raqamli

innovatsiyalarga e’tibor berilishi va ularni rivojlantirishga qaratilgan harakatlarning ahamiyatini

ko’rsatadi

5

.

Robert Chirinko va Debdulal Mallick maqolasida OECD mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning

aholi bandligiga ta’sirini tahlil qiladilar. Ular raqamli texnologiyalarning joriy etilishi natijasida

yangi ish o’rinlari yaratilishi va ba’zi an’anaviy kasblarning yo’qolishi kabi masalalarni ko’rib

chiqadilar. Tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyotning mehnat bozoriga ijobiy va salbiy ta’sirlarini

aniqlashga yordam beradi hamda siyosat yurituvchilar uchun tavsiyalar beradi.

6

Metodologiya:

Ushbu maqolada keltirilgan barcha statistik ma’lumotlar Jahon banki, Xalqaro

mehnat tashkiloti, O’zbekiston iqtisodiy rivojlanish markazi yil hisobotlari va Milliy statistika

qo’mitasi ma’lumotlariga asoslangan. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari kuzatish, taqqoslash,

ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil qilish va SWOT tahlil qilish usullari orqali aniqlangan.

Natijalar va Muhokama:

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va aholi farovonligiga ta’siri

O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu qismda

raqamli iqtisodiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning aholi bandligi va turmush

farovonligiga ko’rsatayotgan ta’siri statistik ma’lumotlar bilan tahlil qilinadi. Bundan tashqari,

yangi yaratilgan ish o’rinlari soni, elektron tijorat va masofaviy ta’lim tizimining jamiyatga ta’siri

ko’rib chiqiladi. Bugungi kunga kelib texnologiyalar raqamlashtirilgach, aynan IT sohasida

ko’plab ish o’rinlari yaratilmoqda. “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasiga ko’ra mamlakatda

2023-yilgacha raqamli sohada 100 mingdan ortiq ish o’rinlari yaratish rejalashtirilgan edi va bu

sezilarli natija berdi. 2022-yilda IT texnologiyalar bo’yicha 50 mingdan ortiq yangi ish o’rinlar

yaratilgan bo’lsa, 2023-yilda bu ko’rsatkich yana ham oshgan.(1-Jadvalga qarang)

7

1-jadval. Yangi ish o’rinlari soni va Raqamli iqtisodiyot sohasida o’sish darajalari

8

2

Brynjolfsson, Erik, and Andrew McAfee. The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant

Technologies.
W. W. Norton & Company, 2014

3

https://academiaone.org/index.php/2/article/view/1039

4

https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/566

5

Samadov, T. (2018). Raqamli xizmatlar va bandlik.

6

https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/jep.37.2.23

7

https://www.worldbank.org/en/research

8

https://www.ilo.org/global/research


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Yill

ar

Yangi

ish

o‘rinlari soni

(ming)

Raqamli

iqtisodiyot

sohasida

o‘sish (%)

202

0

25

15

202

1

35

20

202

2

50

25

202

3

60

30

Ushbu jadvalda ko’rsatilganidek, yildan-yilga raqamli iqtisodiyot sohasida ish o’rinlari soni o’sib

bormoqda va bu mamlakat iqtisodiyotida xizmat ko’rsatish va IT ning rolini kuchaytirmoqda.

O’zbekistonning turli xil joylarida tashkil etilgan IT markazlar va texnoparklar bu jarayonni

tezlashtiradi. Yana aholini raqamli sohada malaka oshirish dasturlari orqali qo’llab-quvvatlash

aholi bandlik darajasini orttirmoqda. 2023-yilda davlat xizmatlarining 80 foizi raqamlashtirilgan va

aholi onlayn xizmatlardan foydalanishi uchun imkoniyat yaratildi.

9

Mamlakatimizda onlayn ta’lim tizimining rivojlanishi raqamli iqtisodiyot va uning aholi

bandligiga ko’rsatgan ta’sirini kuchaytirdi. COVID-19 pandemiyasidan keyin masofaviy ta’limdan

foydalanuvchilar soni sezilarli ortdi. Hozirda aholining 30 foizi onlayn kurslarda o’qib, o’z bilim

va malakalarini oshirmoqda. Bu esa, ularga kelajakda daromadli ish topish imkoniyatini yaratdi.

1-rasm. Onlayn ta’limdan foydalanuvchilar soni va bandlik darajasi

10

9

International Labour Organization (ILO). (2021). Employment Impact of Digital Economy.

10

Jahon Banki (World Bank) 2023-yilgi yillik hisobot:

https://thedocs.worldbank.org/en/doc/e0f016c369ef94f87dec9bcb22a80dc7-0330212023/original/Annual-Report-
2023.pdf


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Manba:

Jahon Banki (World Bank) va Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ning tegishli yil

hisoboti.

11

1-rasmga ko’ra, onlayn ta’lim mamlakatda aholi bandligini oshirishga sabab bo’lmoqda. Turli

sohalarda malakali kadrlarni tayyorlash orqali aholi raqamli iqtisodiyotda faol ishtirok etmoqda.

Onlayn o’qitish jarayoni insonlarda an’anaviy ta’limga bo’lgan istagini kamaytirib, istalgan joyda

va istalgan vaqtda bilim olish ko’nikmasini yaratdi. Bundan tashqari, moddiy va yashash

sharoitidan kelib chiqib imkoniyati yetmayotganlar uchun ham qo’l keldi va ularga bu imkoniyatni

yaratdi. Hamda chekka qishloqdagi ayollarga ham ish topish ancha osonlashdi.

Muammo va yechimlar:

Hozirda raqamli iqtisodiyot rivojlanayotgan bo’lsa-da mamlakat

mehnat bozoriga turli shakllarda ta’sir ko’rsatmoqda. Ushbu raqamlashtirish bir qancha yangi ish

o’rinlarini yaratmoqda, ammo, mavjud ba’zi kasblarga talabni kamaytirib, ularni yo’qolib ketishiga

sabab bo’lmoqda. Quyida mavjud ba’zi muammolar va ularga keltirilgan yechimlar keltiriladi.

1.Raqamli iqtisodiyot yangi soha va bu borada bilim yetishmovchiligi aholi o’rtasida mavjud.

Ya’ni yosh kadrlar an’anaviy tizim tajribalariga ega bo’lsalar ham, yangi va zamonaviy

texnologiyalar bilan ishlash uchun bilim va ko’nikmalar yo’qligi sababli qiynalishmoqda. Bu

borada raqamli savodxonlikni oshirish uchun o’quv markazlari va maktablarda IT darslarini

kengroq tarzda shakllantirilishini ta’minlash eng a’lo yechimdir.

2.Elektron faoliyatning va raqamlashtirishning rivojlanishi natijasida ayrim kasblarga bo’lgan

talab kamaymoqda. Natijada, zamonaviy kasbni o’rgana olmayotganlar ishsiz qolish xavfiga

duchor bo’lmoqda. Shuningdek, bu uchun qayta o’qitish dasturlarini ilgari surish muvofiq.

3. Internet sifati va tezligi, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi mamlakat bo‘ylab bir xil

darajada emas. Ayniqsa, qishloq hududlaridagi texnologik qurilmalar yaxshi rivojlanmagan.

Yechim sifatida raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun davlat va xususiy korxonalar

hamkorligida internet tarmog’ini kengaytirish, tezkor va sifatli internet xizmatlarini shakllantirish

lozim.

Tahlil:

O’zbekiston raqamli iqtisodiyotga o’tishga faol tarzda harakat qilmoqda. Ayniqsa,

so’nggi yillarda tashkil etilgan islohotlar yaqqol misol. Raqamli iqtisodiyot bandlikka to’g’ridan-

to’g’ri ta’sir qiluvchi omildir. Mazkur jarayonni yanada chuqur o’rganish uchun raqamli

iqtisodiyotning aholi bandligiga ta’sirini SWOT tahlil asosida ko’rib chiqamiz (2-jadval).

Kuchli tomonlar:

Davlat

tomonidan

qo’llab-

quvvatlanish

IT va raqamli sohada ish o’rinlari

ortishi

Elektron

tijorat

orqali

yangi

imkoniyatlar

Yoshlarning texnologiyaga qiziqishi

va IT mutaxassislari ortishi

Zaif tomonlari:

Aholining raqamli savodxonligi yetarli

darajadamasligi

Internet sifati pastligi

Yuqori malakali kadrlar tanqisligi

11

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) 2023-yilgi yillik hisobot: https://www.ilo.org/publications/annual-report-2023


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

Imkoniyatlar:

IT xizmatlari eksport orqali xalqaro

bozorga chiqish imkoniyati

Raqamlashtirish yordamida bandlikni

oshirish

Sun’iy intellektni rivojlantirish

Onlayn

ta’lim

orqali

kadrlar

malakasini oshirish

Tahdidlar:

Kiberxavfsizlik muammolari bilan

bog’liq xatarlar

An’anaviy

ish

o’rinlarining

avtomatlashtirish natijasida qisqarishi

Xorijiy

kompaniyalarning

kuchli

raqobati, mahalliy bizneslarga bosimi

2-jadval:

O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning aholi bandligiga ta’sirining SWOT tahlili.

Ushbu SWOT tahlili O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning bandlikka ta’sirini ko’rsatadi. Kuchli

tomonlar va imkoniyatlardan samarali foydalanish natijasida yangi ish o’rinlari yaratilishi va

iqtisodiy o’sishi mumkin. Shuningdek, zaif tomonlar va tahdidlarni bartaraf etish uchun

hamkorlikda ishlash lozim.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, bu soha keng rivojlanish salohiyatiga ega. Kelajakda raqamli

iqtisodiyotning yanada rivojlanishi uchun kiberxavfsizlikni mustahkamlash, malakali kadrlar

tayyorlash va texnologik investitsiyalarni ko’paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot

natijalari shuni ko’rsatadiki,bu sohadagi o’zgarishlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham

katta foyda keltirishi mumkin. Shu bois, taklif etilgan tavsiyalar va amaliy chora-tadbirlar

qo’llanilsa, soha rivoji yanada ortishi shubxasiz.

Reference :

1.

(2025, March 27). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish.

Yuz.uz

.

https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish

2.

Brynjolfsson, E., & McAfee, A.

(2014).

The second machine age: Work, progress, and

prosperity in a time of brilliant technologies

. W. W. Norton & Company.

3.

(2025,

March

27).

Raqamli

xizmatlar

va

bandlik.

AcademiaOne

.

https://academiaone.org/index.php/2/article/view/1039

4.

(2025, March 27). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va bandlik.

Kokand University

Herald

.

https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/566

5.

Samadov, T.

(2018). Raqamli xizmatlar va bandlik.

Economic Journal

, 45(2), 23-45.

6.

American Economic Association (AEA).

(2023).

Digital economy and its impact on labor

.

Journal

of

Economic

Perspectives,

37

(2),

23-45.

https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/jep.37.2.23

7.

World

Bank

.

(2023).

Research

and

development

[Data

report].

https://www.worldbank.org/en/research

8.

International Labour Organization (ILO)

. (2023).

Research on digital economy and

employment

.

https://www.ilo.org/global/research

9.

International Labour Organization (ILO).

(2021). Employment impact of digital

economy.

International Labour Organization

.

https://www.ilo.org/global/research

10.

World

Bank

.

(2023).

Annual

Report

2023

.

https://thedocs.worldbank.org/en/doc/e0f016c369ef94f87dec9bcb22a80dc7-

0330212023/original/Annual-Report-2023.pdf

11.

International Labour Organization (ILO)

. (2023).

Annual Report 2023

.

https://www.ilo.org/publications/annual-report-2023

Библиографические ссылки

(2025, March 27). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish. Yuz.uz. https://yuz.uz/uz/news/ozbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish

Brynjolfsson, E., & McAfee, A. (2014). The second machine age: Work, progress, and prosperity in a time of brilliant technologies. W. W. Norton & Company.

(2025, March 27). Raqamli xizmatlar va bandlik. AcademiaOne. https://academiaone.org/index.php/2/article/view/1039

(2025, March 27). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va bandlik. Kokand University Herald. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/566

Samadov, T. (2018). Raqamli xizmatlar va bandlik. Economic Journal, 45(2), 23-45.

American Economic Association (AEA). (2023). Digital economy and its impact on labor. Journal of Economic Perspectives, 37(2), 23-45. https://www.aeaweb.org/articles?id=10.1257/jep.37.2.23

World Bank. (2023). Research and development [Data report]. https://www.worldbank.org/en/research

International Labour Organization (ILO). (2023). Research on digital economy and employment. https://www.ilo.org/global/research

International Labour Organization (ILO). (2021). Employment impact of digital economy. International Labour Organization. https://www.ilo.org/global/research

International Labour Organization (ILO). (2023). Annual Report 2023. https://www.ilo.org/publications/annual-report-2023