ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
149
SOVET ITTIFOQINING TANAZZULI VA O`ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK
G`OYALARINING SHAKLLANISHI
Umirzoqova Farangiz Yaxshimurod qizi
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Tarix ta`lim yo`nalishi 4-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Sovet davlatining so‘nggi yillari, yurtimizda mustaqillik g`oyalarining shakllanish va
mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi
o‘zgarishlarni tahlil qilishdan iborat. Bundan tashqari mustaqillik biz uchun naqadar muhim
ekanligi, sovet davlati yuritgan siyosat o`zbek xalqining yo`q bo`lib ketishiga olib kelayotgani
ba`tafsil bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
sovet davlati, mustaqillik, siyosiy tizim, iqtisodiy islohotlar, milliy tiklanish, milliy
qadriyatlar, davlat tili.
Abstract:
The last years of the Soviet state, the formation of ideas of independence in our country
and the analysis of changes in the socio-economic and cultural spheres in Uzbekistan in the first
years of independence. In addition, it is described in detail how important independence is for us,
and how the policy pursued by the Soviet state is leading to the extinction of the Uzbek people.
Keywords:
Soviet state, independence, political system, economic reforms, national revival,
national values, state language.
Mustaqillikka erishish g'oyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga o‗tib, ming
yilliklar qa`ridan bizgacha yetib kelmoqda. Prezident I.A.Karimov ―Buyuk kelajagimizning
huquqiy kafolati‖ nomli risolasida ―0`zbek millati azaldan o‗z fikr-zikri, e‗z istiqloli uchun
kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi,
o‗z yo`lidan, maslagidan, so‗zidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart
bo`lgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz‖, — deganda
xalqimiz tarixiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini o'rganishni nazarda tutadi. Zotan,
xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash davridir.
SSSR deb atalgan sobiq mamlakatda rivojlanish tobora susayib borardi, sotsial tanglik kuchaydi,
bunga bir qancha sabablar bor. Avvalo voqealarni sun'iy tezlashtirishga urinildi. 1928 yildan
boshlab yangi iqtisodiy siyosat vazifalari inkor etildi, vaholanki bu jiddiy va uzoqqa mo`ljallangan
siyosat edi. Bu iqtisodiy siyosat NEP deb nomlanib, sovet ittifoqi shu yo`l orqali o`zini tiklab olgan
edi. Kapitalistik munosabatlarga chek qoyishga shoshildiki, ma'muriy-buyruqbozlik usulini joriy
qilib, ayniqsa qishloq xo`jaligida majburiy kollektivizatsiya kabi yirik xatolarni amalga oshirdi,
dehqonlar va ishbilarmonlarning faoliyatiga sun'iy to`siqlar yaratdik. Ikkinchi besh yillik oxirida
sotsializm qurib bitkazilganligini e'lon qildi va AQSHga yetib olish va undan o`zib ketish
vazifasini belgiladi. II Jahon urushi oqibatlari va undan keyingi voqealar, sovuq urush, qurollanish
poygasi (40-50 foiz harajat), boshqa davlatlarga beg`araz yordam, ilmiy-texnika taraqqiyotiga
e'tiborning kamligi (kibernetika va genetikani dastlab inkor etish) iqtisodiyotda qo`pol xatolar
jiddiy oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, og`ir sanoatning ustun rivojlanish qonuni katta ziyon
keltirdi. 1953 yilda Stalin vafotidan so`ng G.M. Malenkov tomonidan xalq iste'mol mollarini
koproq ishlab chiqarish goyasi zararli deb e'lon qilindi. Ayniqsa N.S.Xrushchevning iqtisodiy
siyosati xalq xo`jaligini keskin o`gir ahvolga solib qo`ydi.
N.S.Xrushchevning siyosiy va iqtisodiy
xomxayollik (―Amerikani quvib yetish va undan oʻzib ketish‖
1
kabi shiorlar), 1980-yilga
1
N. Xrushchyovning 1957-yil 22- maydagi qishloq xo`jalik xodimlari bilan uchrashuvdagi qilgan ma`ruzasidagi 3-yil
Ichida bir qator qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda Amerikani quvib o`tish rejasini qo`ygandi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
150
kommunizm qurish vaʼdalari uning siyosatida ziddiyatlar va poymapoylikka olib keldi.
2
Bu yerda
Xrushchev Sovet ittifoqida 20 yilda komunizm quramiz degan rejasi haqida aytib o`tilmoqda.
1964-yilda Xrushchyov oʻrniga Brejnev Sovet davlati rahbari boʻldi. Brejnev davri (1964-1982)
yuqori iqtisodiy oʻsish va farovonlik bilan boshlandi. Lekin asta-sekin ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy
sohalarda jiddiy muammolar toʻplanib boraverdi. Ijtimoiy turgʻunlik esa Brejnev hokimiyat
tepasiga kelganidan soʻng Xrushchevning bir qancha islohotlarini bekor qilib, stalinistik siyosatni
qisman tiklaganidan keyin boshlandi.
SSSR qurollanish poygasi hamda kosmosni o`zlashtirish
uchun juda katta mablag`larni sarf etdi. 1950-yildan boshlab dunyoning yetakchi davlatlari
o`rtasida qurollanish poygasi boshlanib ketdi. Bu poygada SSSR eng ko`p mablag` sarf etgan
mamlakat bo`lib qoldi.
1990 yilda Sovet iqtisodiyoti dunyoda ikkinchi o'rinni egalladi, ammo iste'mol tovarlari tanqisligi
yig'ish odatiy hol edi. Hisob-kitoblarga ko'ra, Sovet qora bozor iqtisodiyoti mamlakat rasmiy
YaIMning 10 foizdan ko'prog'iga teng edi. Iqtisodiy turg'unlik yillar davomida mamlakatni bezovta
qilib keldi va qayta qurish islohotlari faqat muammoni yanada kuchaytirib yubordi. Ish haqining
oshishi inflyatsiya spiralini oshirib, pul chop etish orqali qo'llab-quvvatlandi. Byudjet siyosatining
noto'g'ri boshqarilishi mamlakatni tashqi omillar ta'sirida zaif qilib qo'ydi va neft narxining keskin
pasayishi Sovet iqtisodiyotini inqirozga olib keldi. 1970-80-yillar davomida Sovet Ittifoqi neft va
tabiiy gaz kabi energiya resurslari boʻyicha dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri
boʻlgan va bu mahsulotlar eksporti dunyodagi eng yirik qoʻmondon iqtisodiyotini
mustahkamlashda muhim rol oʻynagan. Neft 1980 yildagi 120 dollardan bir barrel uchun 1986 yil
mart oyida 24 dollarga tushib ketganida, tashqi kapital uchun bu muhim hayot liniyasi qurib qoldi.
1990-yil avgust oyida Iroqning Quvaytga bostirib kirishi ortidan neft narxi vaqtincha koʻtarildi,
biroq oʻsha paytga kelib Sovet Ittifoqining qulashi aniq bo`lgan edi. Oqibatda sobiq SSSR va
boshqa ―sotsialistik‖ deb atalgan mamlakatlarda iqtisodiy va siyosiy inqiroz ro`y berdi, ular
parchalandi va bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tishga majbur bo`ldi.
O`zbekiston SSR da ham bu davrda ozodlik uchun harakatlar bo`lib turdi. O`zbek xalqi avval
podshoh hukumati tomonidan keyin bo`lsa SSSR tomonidan bo`y so`ndirilgan bo`lsa ham
mustaqillik, ozodlik barchaning qalbida yashirin edi. Ular yurtni ozod qilish uchun pinhona kurash
olib borar edi. Bu kurash dahshatli jahon urushi yillari (1939–1945) da ham, urushdan keyingi
davrda ham turli ko‗rinish, shakl va usullarda, goh ochiqchasiga, goh yashirincha olib borildi.
Ayniqsa, 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshi bu kurashda yangi bosqichga kirildi.
1989–yil 23–iyun kuni bо`lib о`tgan O`zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom
Abdug‘aniyevich Karimov O`zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I. A.
Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan о`zbek xalqining milliy о`zligini anglashi kuchayib
borayotganligi birinchi bor e‘tirof etildi. Xalqning shon shuhrati, qadr–qimmatini himoya qilish,
milliy mustaqillikka yerishish tomon yо`l olindi. O`zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989–yil 21–
oktyabrda bо`lgan о`n birinchi sessiyasida ―O`zbekiston SSRning davlat tili haqida‖ Qonun qabul
qilindi. Qonunda о`zbekistonning davlat tili о`zbek tilidir, о`zbek tili Respublikaning siyosiy-
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida tо`liq amal qiladi, deb belgilab
qо`yildi.
O'zbekiston hali Ittifoq tarkibida bo'lib, SSSRning konfederativ davlatga aylanishiga ko'z tutib
turilgan mahalda 1991-yil 31-avgust kuni respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan
tashqari 6-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Resupblikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida
Prezident I.A. Karimov ma'ruzasi tinglangandi. Sessiyada ―O`zbekiston Respublikasining Davlat
Mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida‖ Qonun qabul qilindi. Qonunda 1-sentabr O'zbekiston
2
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi―
Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 5, ISSUE 02, IYUN 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
151
Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi. 17 moddadan iborat mazkur Qonunda suveren
O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilari aniqlab berildi.
Shunday qilib, xalqimizning mustaqillikka erishishdek asriy orzusi ro'yobga chiqdi. Bir yuz
yigirma besh yil davom etgan Rossiyaning mustamlakachilik davriga, shuningdek, podsho va sovet
mustabid tuzumiga chek qo'yildi. ―Mustaqillikni erkinlik to'g'risidagi shiorlar bilan emas, balki
siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy mazmun bilan to`ldirish kerak‖
3
―Turkiston o`zining keyingi bir yarim
ming yillik tarixida bor yo`g`i 376-yil mustaqil mamlakat bo`lgan. (B. Ahmedov)‖. Yurtimiz 1918-
1991-yillar orasida, 70 yildan ziyod vaqt orasida Sovet Ittifoqi nazorati ostida o`z qaram bo`lib,
o`zligini yo`qotishiga oz qolgan edi. Lekin so`nggi kuchini to`plab, mard va jasur insonlari bilan
birga xurlikka erishdi. O'zbek xalqining muqaddas va tarixiy orzusi ushalib, o'zining mustaqil
davlatchiligiga qayta erishdi. Bu nodir voqea kamida uch ming yillik o'tmishga ega o`zbek xalqi va
davlatchiligi tarixiga zarhal sahifalar bo'lib yozildi. Mustaqillik xalqimizning XX asrda erishgan
eng yuksak yutug'i, ajdodlarimiz to'kkan qutlug' va tabarruk qonning mahsuli hisoblanadi. Endi bu
tinchlikni saqlab qolish va avlodlarga yetkazish har bir millatdoshimizning ulug` maqsadi bo`lishi
zarurdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Karimov I. A. O‗zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent:
O‗zbekiston, 1996.
2.
Karimov I. A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‗zbekiston,
2011.
3.
Nosirov N. O‗zbekiston tarixi: Mustaqillik yillari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
4.
Sodiqov O., Qodirov R. O‗zbekistonning mustaqillikka erishish tarixi. – Toshkent: Sharq,
2005.
5.
Yo‗ldoshev O. Siyosiy islohotlar va mustaqillikning dastlabki yillari. – Toshkent:
Ma‘naviyat, 2002.
6.
O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to‗g‗risida Qonun. – Toshkent, 1991.
7.
BMTning 1992-yilgi hujjatlari va xalqaro tashkilotlarning ma‘lumotlari.
8.
Bo‗riyev T. Mustaqillik davri O‗zbekistonning rivojlanish bosqichlari. – Tarix va hozirgi
zamon, 2020-yil.
9.
Islomov A. Sovet Ittifoqining qulash saboqlari va milliy mustaqillikning ahamiyati. –
Ma‘rifat, 2021-yil.
3
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» asari.
―O`zbekiston‖ NMIU, 2013 ISBN 978-9943-01-728-3